Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Majmua

Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: Har bir talaba berilgan 4 ta muammoli 
savolga javob yozib, o’qituvchiga jo’natadi. Javobga ijodiy yondashuv, 
yoritilganlik darajasini, ilmiylikni, vaqtni hisobga olib baholanadi.
1. Informatika o‘qituvchisining o’quv-tarbiya faoliyati bilasn tashkiliy 
boshqaruv faoliyatiga nimalar kiradi?  
2. Informatika o‘qituvchisining o’quv-tarbiya faoliyati bilasn tashkiliy 
boshqaruv faoliyati bir-biridan qanday farq qiladi? Nima uchun? 



3. Informatika o‘qituvchisining o’quv jarayonini boshqarishi deganda nimani 
tushunasiz? 
4. Informatika o‘qituvchisining kar’yerasi nima va u qanday shakllantiriladi? 
2-mavzu. TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSIYALAR, TASNIFI, 
SAMARADORLIK MEZONLARI 
Reja 
2.1.Innovatsion pedagogik faoliyat, uzluksiz ta’lim tizimida informatika 
o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati 
2.2.Informatika o‘qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorligini 
shakllantirish vositalari: innovatsion o‘quv-biluv faoliyati, maxsus kurslar, 
malakaviy amaliyot 
2.1.Innovatsion pedagogik faoliyat, uzluksiz ta’lim tizimida informatika 
o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati. Innovatsiya (inglizcha 
innovation-in-kiritish, novation-yangilik, yangilik kiritish)-maqsadga qaratilgan 
o‘zgarishlar bo‘lib, alohida olingan bir tizimni sifat jihati bo‘yicha bir holatdan 
boshqa yangi holatga o‘tkazish, uni tubdan takomillashtirish, degan ma’noni 
anglatadi [3].
Hozirgi kunda “Innovatsiya” atamasining ta’rifini turlicha talqin 
etishmoqda. 
Innovatsiya-bu 
pedagogik 
haqiqatning 
mumkin 
bo‘lgan 
o‘zgarishlarning shunday mazmuniki, u ta’lim va tarbiyaning avvaldan ma’lum 
bo‘lmagan, avvaldan uchramagan holat, natija, rivojlanadigan nazariyasi va 
amaliyotiga olib keladi. Bu holat pedagogikada to‘lig‘incha, shuningdek, uning 
alohida tashkil etuvchilariga ham tegishli bo‘lishi mumkin (N.R.Yusufbekova). 
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka o‘qitish va tarbiya berishda avval 
ma’lum bo‘lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi 
nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o‘zgarib turishi mumkin 
bo‘lgan mazmuni sifatida qaraydi. 
V.I.Zagvyazinskiy «yangi» tushunchasiga ta’rif berib, pedagogikadagi 
«yangi» faqatgina bu g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, 


10 
metodlar, texnologiyalar ekanligini ta’kidlaydi M.M.Potashnikning innovatsiya 
jarayonlari talqinlari ham e’tiborga molikdir. U innovatsiya jarayonining quyidagi 
tuzilmasini beradi [2]: 
• faoliyat 
tuzilmasi-motiv-maqsad-vazifa-mazmun-shakl-metodlar-
metodika komponentlari yig‘indisi; 
• subyektiv tuzilma-innovatsion faoliyat subyektlarining xalqaro, 
mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari
• mazmun tuzilmasi – o‘quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv(va b.)da 
yangilikning paydo bo‘lishi, ishlab chiqilishi va o‘zlashtirilishi; 
• bosqichlikka asoslangan hayotiy davriylik tuzilmasi-yangilikning paydo 
bo‘lishi-ildam-o‘sish-yetuklik-o‘zlashtirish-diffuziya (singib ketish, tarqalish) – 
zamonaviylashtirish; 
• boshqaruv tuzilmasi – boshqaruv harakatlarining 4ta turining o‘zaro 
aloqasi: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish: 
tashkiliy tuzilma – diagnostikalash, oldindan ko‘ra bilish, sof tashkiliy, 
amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi. 
A.Abduqodirov va A.Pardayevlar o‘z qarashlarida innovatsiyaning to‘rtta 
asosiy elementlari mavjudligini ko‘rsatib berganlar. Ular: kreativlik (g‘oyalarni 
yangilari bilan almashtirib turish), strategiya (ushbu g‘oyaning jamoa faoliyatini 
muvofaqiyatli rivojlantirish nuqtai nazaridan yangi va foydali ekanligini 
aniqlash), amalga oshirish(yangi va foydali g‘oyadan uni aniq mahsulot va 
xizmat ko‘rinishiga o‘tishini ta’minlash) va natijaviyligi (yangi g‘oyani amalga 
oshirish tufayli olingan mahsulot va xizmatlarning qiymati keskin ko‘tarilishi 
yoki pasayishi mumkin) [1]. 
Pedagogikada absolyut(mutloq) yangilik yo‘q, nisbiy yangilik(mahalliy, 
xususiy, shartli: amalga qo‘llanilayotganlarga ba’zi o‘zgarishlarni kiritish) va 
psevdoyangilik(yuzaki, mayda-chuyda ixtirochilik) bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib informatika o‘qituvchisi o‘z innovatsion faoliyatni amalga 
oshirish uchun [4]: 
➢ g‘oya va fikrlarning xilma-xilligi va o‘zgarib turuvchanligiga; 


11 
➢ yangilikni tez qabul qila olish (perseptiv qobiliyat); 
➢ ijodkorlik qobiliyati(kreativlik)ga; 
➢ o‘z-o‘zini tahlil qilishi va obyektiv baholash (refleksiflik)ga; 
➢ bag‘ri kenglik, qarama-qarshilikni adolatli bartaraf eta olishga 
(tolerantlik); 
➢ o‘z emotsional holatini boshqarish (rahbar, o‘quvchi, ota-onalarga 
nisbatan), samimiylik, boshqalarga hamdardlikka (empatiya); 
yangilikni amalga oshirib, o‘z xulosa va qarorlarini chiqara olish kabi 
qobiliyatlarga ega bo‘lishi lozim. 
Tadqiqotlardan shuni aytishimiz mumkinki uzluksiz ta’lim tizimida 
informatika o‘qituvchilarining innovatsiyaga munosabat bo‘yicha pedagoglarni 
besh guruhga bo‘lish mumkin ekan: 
1-guruh: novatorlar doimo yangilikni novatorlik ruhi bilan qarshi oladilar, 
jasorat bilan uni qo‘llaydilar va boshqalarga ham tarqatadilar; 
2-guruh: liderlar(ilg‘orlar) yangilikni qabul qilish va qo‘llashda oldinda 
yuradiganlar va o‘zlari istab qo‘llaydiganlar; 
3-guruh: o‘rtalikdagilar, birinchi bo‘lishni ham, oxirida qolishni ham 
istamaydiganlar, yangilikni ko‘pchilik qo‘llaganidan keyingina qo‘llovchilar. 
4-guruh: oxiridan bitta oldingilar, yangilik haqida butun jamoatchilik fikrini 
bilib, yangi bilan eskini o‘rtasida turib, gumonsirab, ikkilanib yangilikni 
qo‘llaydiganlar. 
5-guruh: oxirgilar, eskilikka o‘ta bog‘lanib qolgan, yangilikni hammadan 
keyin qo‘llashga qaror qiladigan pedagoglar. 
Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan ta’lim-tarbiya jarayonida 
talabaga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga 
qaratilgan o‘qitishning zamonaviy usullari, texnologiyalari va vositalari 
majmuidir [5, 6].
Yuqorida keltirilgan besh guruhga mansub pedagoglar innovatsion 
pedagogik texnologiyalarni ta’lim va tarbiya jarayoniga olib kirish uchun aynan 
o‘z munosabatlari bo‘yicha harakat qiladilar va munosabatga mos natija oladilar. 


12 
Bizning vazifamiz bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda ularni 
oxirgilar, oxirgidan bitta oldindagilar yoki o‘rtalikdagilar qilib emas, ta’lim-
tarbiya jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishda liderlar 
va novatorlar qilib tarbiyalashimiz kerak. Liderlik va novatorlikning muhim 
jihatlari, ta’lim-tarbiyaning rivojlanishdagi o‘rnini ko‘rsatib berishimiz kerak. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling