Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126
Bog'liq
Majmua

17.2 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish
To‘garak ishini loyihalashtirish.
O‘
quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh 
vaqtlarini unumli o‘tkazishlari, iqtidorli bolalar bilan individual shug‘ullanish 
hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va 
fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish yo‘llaridan biri–bu darsdan tashqari 
to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir. 
Yoshlarning kompyuterga qiziqishlarini ortganligi sababli bolalarni 
informatika faniga oid to‘garaklarga jalb etish boshqa fanlarga nisbatan bir muncha 
osonroq kechadi. Kompyuter va uning imkoniyatlaridan barcha sohalarda unumli 


136 
foydalanilayotganlik turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to‘garaklariga 
jalb etish imkonini beradi. 
To‘garaklarni tashkil etish uchun kompyuter xonasi yetarlicha dasturiy 
vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Masalan, musiqaga qiziquvchilar 
uchun SoudForge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, 
arxitekturaga qobiliyati bor bolalar uchun AutoCad va hokazo dasturni o‘rgatish 
shular jumlasidandir [42]. 
O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning 
yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini 
o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman 
olganda kompyuter sirlarini o‘rganishva savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan 
bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin. 
To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga 
olib, Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat 
bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash
o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli 
informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh 
multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash 
mumkin. 
To‘garak ishini loyihalashtirish uchun o‘qituvchi: 
o‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan bilimlarni, bajara olishi bo‘lgan 
ko‘nikmalarni belgilab oladi; 
➢ to‘garak maqsadi, mazmunini belgilab oladi; 
➢ to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi; 
➢ to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi; 
➢ to‘garak a’zolari uchun jurnal tutib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan 
mavzularni qayd etib boradi; 
➢ yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi. 


137 
Misol sifatida informatika o‘qituvchisi tomonidan umumiy o‘rta maktab 
yuqori sinflarida “Yosh informatik” to‘garagini olib borilishini loyihasin 
keltiramiz. 
1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida to‘garak a’zolarining bilishi, bajara 
olishi kerak bo‘lgan tushunchalarni, maqsadini aniqlaydi 
“Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida
bilishi kerak: 
✓ kompyuter o‘zi nima, u qanday ishlaydi, qanday asosiy va qo‘shimcha 
qurilmalari bor; 
✓ kompyuter dasturlari va ularning bir-biridan farqi nimada; 
✓ matn muharriri nima, unda qanday ishlar amalga oshiriladi; 
✓ prezentatsiya yaratish, slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va 
boshqa effektlar berish; 
✓ rasm chizish, uni tahrirlash 
✓ Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni 
tahrirlash. 
Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida
bajara olishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar: 
➢ kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlay olishi; 
➢ office dasturlari imkoniyatlaridan foydalanib rasmlar chizishi, tahrirlashi; 
➢ PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalanib prezentatsiya yaratib, 
unda slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berishi; 
➢ MS Word matn muharririda matnlar kiritish, ularni tahririlash: saqlash, 
o‘chirish, ko‘chirish, bosmalash, jo‘natish va hokazo amallarni bajara olishi
➢ Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni 
tahrirlash ishlarini bajara olishi va h.k. 
Yosh informatik” to‘garagining maqsadlari [42]: 
a
Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling