Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua
loyihalashtirish
Reja 17.1. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari. Darsdan tashqari mashg’ulotlar tasshkil etishni rejalashtirish 17.2 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish 17.1. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari - bu o'qituvchi tomonidan maktab o'quvchilarining darsdan tashqari vaqtlarda turli faoliyatlarni tashkillashtirish orqali bola shaxsini ijtimoiylashtirish uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishdir. Uning asosiy maqsadi - informatikadan o‘quvchilarning olgan bilim va ko'nikmalardagi bo'shliqlarni o'z vaqtida bilib olish to‘g‘rilash, ta’lim sifati va szmaradorligiga erishishdir [89]. 135 So'nggi yillarda informatika sohasida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, hususan, multimedia, gipermatn, Internet, bulutli texnologiya kabi yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishi o’quvchilarda informatika bilimlariga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi. Informatika o’qituvchishi informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni individual, kichik guruhlarda, butun sinf bilan o’tkazishi mumkin. Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari. ➢ To‘garak ishlarini tashkil etish; ➢ Soha fidoiylari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar; ➢ Bahs munozara kechasini tashkil etish; ➢ Iqtidorli bolalar bilan ishlash; ➢ Викторина кечалари; ➢ “Quvnoqlar va zukkolar, “Zakovat”, “Kim iqtidorli”, “Bilimdonlar klubi” kechasini tashkil etish“. Darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etishni rejalashtirish. Informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish o‘qituvchining ish dasturida, shaxsiy ish rejalaridan o‘rin olgan bo‘lib, u dars qoldiradigan, o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, motivatsiya berishga xizmat qiladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling