Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
Aholining mashg`uloti yaylovdan- yaylovga ko`chmanchilik qilib chorva mollari boqish va qisman dehqonchilik qilishi
Download 64.69 Kb.
|
Qirg\'iziston iqtisodiy geografik tavsifi mavzusida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat geografiisi
2.2. Aholining mashg`uloti yaylovdan- yaylovga ko`chmanchilik qilib chorva mollari boqish va qisman dehqonchilik qilishi
Uning tarmoq va hududiy tuzilishi. Qirg`iziston iqtisodiyotida yaqin o`tmishda qishloq xo`jaligi yetakchilk qilgan. Aholining mashg`uloti yaylovdan- yaylovga ko`chmanchilik qilib chorva mollari boqish va qisman dehqonchilik qilish bo`lgan. Sanoatning kam turi birinchi navbatda tog`-kon sanoati rivojlangan edi. Bugungi Qirg`iziston o`z xalq xo`jaligini va shu jumladan sanoat ishlab chiqarishini keng doirada rivojlantirayotgan mustaqil davlatdir. U o`z mustaqilligini qo`lga kiritish bilan mamlakat xalq xo`jaligini tezkorlik bilan rivojlantirish yo`llarini izlamoqda, ilg`or xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Bu narsa ayniqsa sanoatda yaxshi ko`zga tashlanmoqda. Qirg`iziston sanoatiniig tarmoq va hududiy tuzilishi uning ichki imkoniyatlari xom ashyo rasurslari va mamlakat ehtiyoji, hamda davlatning geografik o`rniga ko`p jihatdan bog`liq. Qirg`iziston hududidan topilgan ko`mir, neft, tabiiy gaz, surma, simob, qo`rg`oshin, qalayi, rux, oltin, uran konlari, mavjud sersuv va tezkor daryolarning elektro energiya berish quvvati, qishloq xo`jaligida yetishtirilayotgan paxta, qand lavlagi, tabiiy ipak, mayin va yarim mayi tolali jun, teri mahsulotlari mamlakat sanoati uchun muhim xom ashyodir. Shu boisdan ham bu yerda yoqilg`i-energetika, ranglil metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari, engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari shakllangan. 1-misol. Elektr-energetika sanoati. Qirg`iziston sanoat ishnlab chiqarishining yetakchi tarmoqlaridan biridir. U asosan ko`mirga va qisman neft hamda tashqaridan keltiriladigan gazga tayanadi. Qirg`izistonda o`tgan asrning 60 yillaridan ko`mir qazib olish boshlangan va 1913 yilga borib ko`mir qazib olish hajmi 103 ming tonnaga yetgan. Hozirgi vaqtda mamlakatda 0,5 mln t. ko`mir qazib olinmoqda, biroq 1990 yilda bu yerda 3,5 mln. tonna ko`mir qazib olingan edi. Janubiy-G`arbiy Qirg`iziston asosan Qorasuv havzasida mamlakat ko`mirining 97 foizi qazib olinadi. Shuningdek, mamlakatning bu rayonida neft va gaz konlari ham uchraydi, Yiliga 100 ming tonna atrofida neft qazib olinmoqda. Osh, Moylisoy issiqlik elektrmarkaz IEMlari Osh viloyatida topilgan gazga ishlamoqda. Shuningdek, Qirg`iziston O`zbekistondan yiliga 1,2 mlrd. kub.m. gaz olmoqda va uning ayrim IESlari O`zbekiston gaziga ishlamoqda. 2-misol. Qirg`iziston tog`-kon sanoatining faxri uning surma ishlab chiqaradigan janubiy metallurgiya kombinatidir. Bu kombinat 1936 yilda ishga tushgan va mashinasozlik sanoati uchun qimmatli surma mahsuloti ishlab chiqaradi. Endilikda Qirg`iziston mazkur zavodda tayyorlanayotgan surmani ko`pgina xorijiy mamlakatlarga eksport qilmoqda. Shuningdek, mamlakatning yana janubi-g`arbiy qismida 1942 yilda rangli metallurgiyaning noyob sohasi - Haydarken simob zavodi ishga tushgan. Bu zavod to`liq siklda ishlaydi. Unda ruda qazib olish, uni saralash va tayyor simob ishlab chiqarishgacha bo`lgan jarayon amalga oshiriladi. Mamlakat rangli metallurgiya sanoat majmuida surma va simob ishlab chiarish, oltin va uran qazib olishning rivojlanishi bilan Qirg`izistonning xalqaro miqyosida iqtisodiy mavqei oshib bormoqda. 3.misol. Qirg`izistonda qishloq xo`jaligi mashinasozligi yaxshi rivojlantirilgan. U bugun sanoat yalpi mahsulotining 23 foizini ishlab chiqaradi. Mamlakat mashinasozlik sanoat korxonalari qishloq xo`jalik mahsulotlarini tashish uchun avtosamosvallar yuk avtomobillari, hamda stanok, elektrotexnika asbob-uskunalari, elektrolampa, kabel, metall kesadigan instrumentlar ishlab chiqaradi. 4-misol. Bishkekda Markaiy Osiyoda yagona kamvol-mogut fabrikasi ishlab turibdi. Tokmoq sharida junni birlamchi qayta ishlaydigan fabrika bor. Bu sanoat korxonalari mahalliy xom ashyoga tayanib sifatli jun gazlamalar, kiyim-kechaklar ishlab chiqaradi. 5-misol. Qirg`iziston Markaziy Osiyoda qand lavlagidan qand-shakar ishlab chiqarishda kattagina tajribaga ega bo`lgan davlat. Chu vodiysida ko`p miqdorda qand lavlagi yetishtiriladi va undan qand-shakar ishlab chiqariladi. 4. Sanoat geografiisi: rivojlanishining tabiiy resurs omili tarmoqlararo muhim komplekslari. Qirg`iziston sanoatni rivojlantirish uchun ko`pgina tabiiy resurs omillariga ega. Uning hududida joylashgan yoqilg`i va mineral xom ashyolar: ko`mir, neft, tabiiy gaz, surma, simob, rux, qo`rg`oshin, qalayi, oltin, uran konlari va rudalari, sersuv daryolarining juda katta energetika resurslari, qurilish materiallari sifatida tabiiy toshlar, marmar, ohaktosh va qumtoshlar na shunday omillardir. Tabiiy resurs omilning mavjudligi mamlakat iqtisodiyotining ko`tarishga, sanoat tarmoqlari komlleksining har jihatdan rivojlanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, surma va simob zahirasining ko`pligi va uni sanoat korxonalarida qayta ishlash mustaqil mamlakatning xorijga tovar ahamiyatli mahsulotlar eksport qilish hajmini keskin oshiradi va valyuta fondini boyitadi. Shu jihatdan Qirg`iziston Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi mavqega ega. Mamlakat sanoati bir necha yo`nalishlarda rivojlantirilgan. Bu yerda mahalliy xom ashyo tabiiy resursga tayangan yoqilg`i-eneretika hamda rangli metallurgiya sanoati, qishloq xo`jalik mahsulotlariga tayangan to`qimachilik va oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Biroq mustaqillikning dastlabki 1992-1995 yillarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ancha kamayib ketdi Bunday salbiy holatning asosiy sababi, bizning nazarimizda Qirgizistondagi asosiy sanoat korxonalarining o`z vaqtida Markaz deb atalgan Rossiya sanoat tarmoqlariga bog`lab tashlanganligidir. Bu iqtisodiy va texnikaviy qaramchilikdan qutilish uchun qirg`iz xalqi va Qirg`iziston iqtisodiyotiga yillar talab qilinmoqda. Nufuzli nashrlarda ta`kidlanishicha, 1990 yilga nisbatan. 1995 yilda O`zbekistonda ichki yalpi mahsulot ishlab chiqarish 81,8 foizni, sanoat yalpi mahsulot ishlab chiqarish 99,9 foizni, qishloq xo`jaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 89 foizni tashkil etgani holatda bu ko`rsatkichlar Qirg`izistonda atigi 50,3:35:57,0 foizga teng bo`lgan. Download 64.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling