Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


Yoqilg`i-energetika kompleksi


Download 64.69 Kb.
bet8/9
Sana26.01.2023
Hajmi64.69 Kb.
#1128693
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qirg\'iziston iqtisodiy geografik tavsifi mavzusida

Yoqilg`i-energetika kompleksi. Sanoatning bu turi birmuncha rivojlangan. U asosan mamlakatda mavjud bo`lgan ko`mir, neft hamda zahirasi uncha katta bo`lmagan tabiiy gaz zamirida rivojlantirilgan. Mamlakat gidroresurslarga boy va uning elektro energetika sanoatida gidravlik elektro stansiyalarning ulushi yil sayin ortib bormoqda. Mamlakatda yiliga 12-13 mlrd. kvt. soat elektro-energiya ishlab chiqariladi. Shuning 3,5-4 mlrd.kvt. soati gidravlik elektro stansiyalar hisobiga to`g`ri keladi. Q`irg`izistonning daryolari MODda yagona energosistemani barpo qilishda munosib rol o`ynashi shubhasizdir. Shuning uchun ham Markazly Osiyoning oliy darajadagi hukumat raxbarlari 1993 yil 4 yanvar kuni Toshkent sharida imzolangan xujjatlarida Qirg`izistonda MOD uchun “Energetika” qo`mitasini tuzishga qaror qildilar. Bu qo`mita yaqin kelajakda MODda yagona energosistemani barpo qilishda muhim rol o`ynaydi. Qirg`iziston elektro energetika sanoatining istiqboli birinchi navbatda uning daryo suvlari resurssidadir.
Misol. Qirg`izistonda Norin uzunligi 616 km, Talas 294, Chu 221, Qoradaryo‚189, Sarijaz 165, Chotqol 144 va boshqa o`nlarcha tog` daryolari katta energetika quvvatiga ega. Bu daryolar gidroresursi elektroenergiya zahiirasi 15 mln. kvt.ga teng. Birgina Norin daryosini tilga olaylik. Unda mamlakatning millioneri-To`xtagul GES ishga tushgan. Uning quvvati 1,2 mln. kvt. Mazkur GES ning ishga tushishi bilan 19,3 mlrd. kubometr suv sig`diradigan Norin suv ombori ham barpo qilindi. Bu narsa mamlakat agrosanoat kompleksining rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.

2.3. Qirg`izistonda Ekologik tarbiya
Ekologik tarbiya quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:
1. Kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish.
2. Ekologik o`zgarishlarni oldindan ko`ra bilishni tarbiyalash.
3. Ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash.
4. Kishilarni tabiat “Inomlari”dan to`g`ri foydalanish ruhida tarbiyalash.
5. Tabiatning normal uchun fuqorolik mas‟ulyatini to`la anglash.
Ekologiya va tarbiyaning ifodasidir. Tabiatni muxofaza qilish va ekologik tarbiya masalasi pedagogika va psixologiya masalalarining eng muhim tarkibiy qismidir. Ekologik tarbiya ahloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir.
Kishilarda ekologik ong va tafakkurini ekologik dunyoqarashni hosil qilish, tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. Hamma bosqichlarda ekologik ta‟lim va tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas‟ulyatini yaxshi bilgan yoshlarni tayyorlash zarur. Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda balikchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga kuyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda otmosfera yonilgilari tushishi va yuzadan suvning buglanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 - 2,10 o`zgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan bo`liq bo`lib, suvning hajmi 100 - 150 kub km, suv sathi maydoni - 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sug`oriladigan dexkonchilikning rivojlanishi natijasida su`orilishga foydalaniladigan kaytmas suvlar va kurkchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga kuyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994 yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-10 ‰ dan 34-37 ‰ ga ortadi; 2000 yilga borib 180- 200 ‰ kutariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 - 110 sm tashkil etmoqda. Kirgok chizigi 60 - 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km2 tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroksiz bo`libqoladi. Ekologik tizmlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inkirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir.
Ushbu mintaqa o`z ichiga shimoliy garbiy qizil qum, Zaungao`z, Qora qum, Janubiy ustyurt va Amudaryo delütasi kabi landshaft komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni - 473 ming km2 bo`lsa, uning Janubiy qismi 245 ming km2 tashkil etadi. Bunga KKR hududi,O`zbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvo`z vilochtlari kiradi. Orol va orol bo`yida sodir bulayotgan jadal ravishdagi chullanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham mikdor va sifat jixatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga cho`l maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan koplanib yangi shakldagi kum qoplamlarini hosil qiladi.
Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki ma'lumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100-150 mln. tonnagacha chang - tuzon kutarilishi mumkin.

XULOSA.
Xulosa uchun Qirg`iziston qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida ahamiyati jihatidan 2-o`rinda dehqonchilik va bog`dorchilik turadi. 1996 yilda Mamlakatda jami ekin maydoni 1,4 million gektarni tashkil qildi. Shuning 49,6 foiziga don-dukkakli ekinlar, 11,9 foiziga texnika ekinlari, 3,4 foiziga kartoshka va sabzavot, 35,1 foiziga esa hashaki ekinlari ekiladi. Mamlakatda bug`doy, makkajo`xori, sholi, paxta, ko`knori, tamaki, qand lavlagi, kartoshka, sabzavot ko`p ekiladi. Shuningdek, Qirg`iziston meva va uzumni ko`p yetishtiradi. Texnika ekinlaridan ko`knori etishtirish Markaziy Osiyo uchun yagona dehqonchilik tarmog`idir.
Misol. Dorivor ko`knori asosan Qirg`izistonning Issiqko`l cho`kmasida ko`l bo`yida maxsus ixtisoslashgan xo`jaliklarga ekiladi. Bu ekin quyoshli kunlarni, mo`tadil iqlimiy sharoitni, shamolning tez-tez almashinib turishini yoqtiradi. Bunday tabiiy sharoit esa Issiqko`l bo`ylarida, Tyan-Shan tog`larining ichki qismidagi vodiylarda muhayyo. Dorivor o`simlik ko`knori novcha 1,2-1,8 m bo`ladi. Ko`knori yetishtirish ishlari asosan qo`lda bajariladi. Uning hosili-goradori ximiya-farmaseftika sanoatida ishlatiladi.
Qirg`izistonning sanoatida bo`lganidek, uning qishloq xo`jaligi ham qayta qurilshning katta qiyinchiliklariga duch keladi. Qishloq xo`jaligi tarmoq tuzilishidagi o`zgarishlar, uni texnika vositalari, moddiy resurs bilan, hamda malakali kadrlar bilan ta`minlashdagi qiyinchiliklar yalpi mahsulot yetishtirish hajmiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Mamlakat agrosanoat majmuida qishloq xo`jalik mahsulotlarini xorijiy texnologiya asosida qayta ishlashni yo`lga qo`yish mln-mln, milliy valyutani sarflashni taqozo etmoqda. Shuning uchun mamlakat ASMda mamlakat qishloq xo`jaligining ko`rki bo`lgan chorvachilikda iqtisodiy ko`rsatkichlar aholi ehtiyojiy darajasidan ancha past. Mamlakat qishloq xo`jaligidagi orqaga chekinishlar ayniqsa 1990—1995 yillarda yaqol ko`zga tashlandi.

Tog`li mamlakat Qirg`iziston transportida ayniqsa uning ichki aloqasida avtomobil transportining ahamiyati birlamchi. Mamlakatning ichkarisida tashiladigan yukning 88 foizi avtomobil transportida tashiladi. Avtomagistrallarning umumiy uzunligi 39,2 ming km. Bu ko`rsatkich Turkmanistonnikidan-20,1 ming.km ko`p. Yoki bu ko`rsatkich har bir ming.kv.km ga taqsim qilinganda MDHga a`zo bo`lgan davlatlar o`rtacha ko`rsatkichidan 22 km.ga ko`p. Mamlakat hududidan uning ichki ma`muriy rayonlarini birlashtiruvchi ko`pdan –ko`p avtomagistrallar o`tkazilgan. Yirik atomagistrallari: Bishkek-Ribache-Norin-Torugart-Bishkek-Osh; Osh-Gulcha Saritosh – Xorog; Bishkek-Ribache-Qorako`l; Bishkek Toshkent; Bishkek-Olmata. Mazkur avtomagistrallar Qirg`iziston davlati ichki yuk va passajir tashishida muhim ahamiyatiga ega bo`lib qolmasdan, balki uning Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy bilan iqtisodiy hamda madaniy aloqasida katta o`rin tutadi.


1-MISOL. Bishkek-Osh magistrali. Buyuk Qirgiz trakti deb nom olgan mazkur avtomobil yo`lining qurilishi mamlakatning ikki Shimoliy va Janubiy qutbini birlashtiruvchi muhim yo`l bo`ldi. Ungacha avtomobilda butun Farg`ona vodiysi hamda Toshkent vohasi orqali Oshdan Bishkekgacha 1200 km yo`l bosilardi. Bu masofa mazkur magistral qurilishi bilan ikki marta qisqardi va mamlakatning ichki yuk va passajir tashishida burilish yasadi.
2-MISOL Osh-Xorog yo`li. Mazkur magistralning qurilishi Tojikistonning togli rayonlari bilan qirg`izlarning azal-azaldan mavjud bo`lgan aloqalarini kuchaytiradi. Bishkek Torugat yo`lining qurilishi Xitoyning Qashqar shariga chiqish imkoniyatini yaratdi.
Qirg`iziston tog`li mamlakat bo`lishiga qaramasdan uning transportida temir yo`lning ham ahamiyati katta. Mamlakat hududida qurilgan temir yo`llarning umumiy uzunligi 376 km. Bu ko`rsatkich bo`yicha Qitg`iziston MODda oxirgi o`rinda turadi. Temir yo`l transporining ham ichki ham tash qi aloqada ahamiyati bor. Mamlakat temir yo`li transporti Bishkek- Ribache mamlakat ichkarisida, Osh-Andijon, Toshkent-Chimkent-Jambul-Bishkek o`zga mamlakatlar uning shimoliy va janubiy rayonlari orqali o`tgan. Mamlakatda suv, quvur va havo transportlari ham yaxshi rivojlangan.
Qirg`iziston rivojlangan transport tarmoqlari orqali xorijiy davlatlar va birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama aloqalar qiladi. Bu aloqa ayniqsa O`zbekiston, Qozog`iston va Tojikiston bilan mustahkamdir. Ushbu davlatlar bilan mavjud bo`lgan temir yo`l va avtomobil transportidagi aloqa yaqin kelajakda MODda yagona transport sistemasining barpo bo`lishiga asos yaratadi.
Mamlakat transport vositalari orqali o`zidan neft, ko`mir, rangli va nodir metallar, mashina va asbob uskunalar, jun tolasi, har xil gazlama, poyafzal, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo`jalik mahsulotlarini chiqaradi. O`z navbatida u xorijdan ko`mir, neft mahsulotlari, mashina, qora metall, mineral o`g`it, don va boshqaa mahsulotlar oladi.
Ichki rayonlari. U Shimoliy va Janubiy-G`arbiy Qirg`iziston iqtisodiy rayonlariga bo`linadi.
Shimoliy Qirg`izistonning hududi 126,5 ming kv.km, aholisi 2 mln. 500 ming kishidan ortiq. U Chu, Talas vodiylarini, Issiqko`l cho`kmasini va shartli ravishda Markaziy hamda Ichki Tyan-Shanni o`z ichiga oladi. Rayonning xalq xo`jaligi yaxshi rivojlangan. Rayon iqtisodiyotida mashinasozlik, metallni qayta ishlash, to`qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari yetakchilik qiladi. Bishkek shaxri shu rayonda joylashgan mamlakatning yirik sanoat markazidir. Unda avtomobilsozlik, qishloq xo`jaligi mashinasozligi, elektrotexnika sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoat tarmolari joylashgan. U fan va madaniyat markazi ham. Shimoliy Qirg`izistonda qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi ham yaxshi rivojlangan. Uning daryo vodiylari, cho`kma va pastqam yerlarida dehqonchilik donli ekinlar, tamaki, ko`knori, qand lavlagi, mevachilik togli zonasida esa yaylov chorvachiligi rivojlangan.



Download 64.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling