Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
BOB. MINTAQAVIY MUAMMOLAR
Download 64.69 Kb.
|
Qirg\'iziston iqtisodiy geografik tavsifi mavzusida
2. BOB. MINTAQAVIY MUAMMOLAR
2.1. Qirg'izistonning Iqtisodiy rayonlari Hududi, chegaralari, geografik o`rni, davlat tuzumi. Qirg`iziston Respublikasi mustaqil davlat bo`lib, hududining kattaligi va aholisining soni jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida to`tinchi o`rinda turadi. Uning‚ hududi g`arbdan sharqqa 900 km, shimoldan janubga 410 km.ga cho`zilgan. Qirg`iziston tog`li mamlakat hududida joylashgan. Tyanshan tog`i va uning o`nlarcha tizmalari, jumladan Talas Alatau, Qirg`iz tog`i, Kungey Alatau, Terskiy Alatau, Oloy va Farg`ona tog`i, Otboshi togi, Norintog` va boshqa tog`larda 5-7 ming metrga teng keladigan balandlik cho`qqilar bor. Mazkur tog`lar va ulardagi abadiy muzliklar, g`orlar, ulardan boshlanadigan sho`x va tezkor daryolar, tog` vodiylari va daralar, tog` usti va tog` yon bag`rlarini ishg`ol qilgan yamyashil archazorlar, baland tog`lar o`rtasida savlat to`kib turgan mo`jizasimon Issiqko`l Qirg`iziston tabiatining betakror go`zalligidan guvohlik beradi. Qirg`iziston shimoldan Qozog`iston davlati bilan janubi-sharq va sharqdan Xitoy, janubi-garbdan Tyanshanga borib taqalgan Pomir-Oloy tog` sistemasi orqali Tojikiston, garbdan esa O`zbekiston davlatlari bilan chegaralanadi. Mamlakatning geografik o`rni, tabiati va tabiat manbalari uning xalq xo`jalik yo`nalishiga, hamda xorijiy davlatlar bilan aloqasiga bevosita ta`sir ko`rsatib turadi. Qirg`iziston asosan tog`lar o`lkasi bo`lganligi va ayniqsa uning markazida joylashgan baland tog` sistemalari uni shimoliy va janubiy regionlarga bo`lib tashlangan. Bu narsa mamlakatning ichki va tashqi aloqalariga keskin ta`sir ko`rsatgan. Janubiy Qirg`iziston Markaziy va Shimoliy Qirg`izistondan baland tog`lar shu qadar ajratilganki, oradagi iqtisodiy aloqa haqida gapirmasa ham bo`ladi. Negaki, Shimoliy va Janubiy Qirg`iziston o`rtasida to`gridan-to`g`ri temir yo`l transporti aloqasi yo`q. Balki Janubiy Qirg`iziston Farg`ona vodiysining tarkibiy qismi bo`lib, ayni paytda O`zbekiston va Tojikistonning eng rivojlangan viloyatlari bilan chambarchas iqtisodiy aloqadadir. Mamlakatning janubiy qismi – O`sh viloyati uning shimoliy rayonlari bilan o`zga davlatlar Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston orgali temir yo`l bilan iqtisodiy aloqa o`rnatgan. Mamlakatning geografik o`rni, uning relyef xususiyatlari bilan bog`langan tomonlar chegaradosh davlatlar bilan iqtisotiy aloqalarni olib borishda turlicha imkoniyatlar tug`diradi. Misol. Qirg`ziston katta masofada Xitoy davlati bilan chegaralanadi. Biroq ikki davlat o`rtasidagi baland tog`lar iqtisodiy aloqada tabiiy to`siq bo`lib maydonga chiqadi. Yoki janubiy-g`arbiy Qirg`izistonning Farg`ona vodiysida joylashganligi Ozbekiston-Qirg`iziston iqtisodiy va madaniy aloqalarini juda rivojlantirishga olib kelgan. Qirg`iziston mustaqil davlat. U o`z mustaqilligini 1991 yilning avgustida qo`lga kiritdi. Qirg`iziston davlati demokratik asoslarga tayangan holatda jahonda tinchliksevar va o`z navbatida hech qanday harbiy bloklarga qo`shilmaslik siyosatini olib bormoqda. Hokimiyatni umumxalq tomonidan 5 yil muhlatga saylab qo`yilgan Prezidenti boshqaradi. Qirg`izistonda 4,5 million kishi yashaydi. Mamlakat aholisl son jihatidan dastlab tez, mustaqillik yillarida esa sekin o`smoqda. Masalan, bu yerda 1940 yilda 1528 miig kishi yashagan bo`lsa, 1959 yilda-2066 ming, 1970 yilda-2934 ming, 1979 yilda 3529 ming va 1989 yilda esa 4291 ming kishiga yetdi. 1990-1995 yillarda esa mamlakat aholisi 435 ming kishidan 4451 ming kishiga yetdi, yani atigi 2,7 foizga ko`paydi. Mamlakatda aholi tabiiy o`sishidagi bu xil tebranish uning turmush sharoiti bilan bog`liq jarayondir. Mamlakat aholisining dinamik o`sishi bilan uning zichligi ortib bormoqda. Aholi zichligi har bir kv.kmga 1913 yilda 4 kishi, 1968 yilda 14,3, 1989 yilda 21,5 kishi. 1995 yilda esa 22,7 kishini tashkil qildi. Qirg`iz millatining etnik kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. Chunki qirg`iz xalqi Markaziy Osiyodagi eng qadimiy xalqlardan biridir. Qirg`iziston hududida bundan taxminan 300 ming yil burun paleolit ibtidoiy tuzum davrida odamlarning yashaganligi arxeologik qidiruv natijalarida aniqlangan. Dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo`lgan qirg`iz xalqi Buyuk Kushan podsholigi hukmronligi davrida sholi, tariq, arpa, bug`doy ekish bilan hamda bog`dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, zotdor yilqichilik bilan shug`ullangan. O`rta asrda bu yerda turk ko`chmanchi qabilalari hukmronlik qilgan. X asrning o`rtalarida Sharqiy Turkiston va Semirechyada jumladan Qirg`iziston hududida turklarning qudratli davlati Qoraxonidlar hukmronlik qiladi. Qoraxonidlar X asrnning oxiriga kelib Shosh Toshkent vohasi, Farg`ona vodiysi va Movarounnahrni ishg`ol qiladi. Ularning Qirig`iziston hududidagi hukmronligi 200 yil davom qiladi. Shu davrda qirg`iz xalqi ko`chmanchilikdan o`troq xalqqa aylana boshlaydi, feodal munosabatlar shakllanadi, o`troq dehqonchilik tayangan turmush tarzi qaror topadi, shaharlar soni ko`payadi. Qoraxonidlar davrida Issiqko`l bo`yidan yetishib chiqqan taniqli filolog va tarixchi Maxmud Qoshg`ariy “Divonlug`ot at-turk” nomli uch tomlik turk lug`otini yozadi. Unda Turkiston xalqlarining qadim madaniyati, turli, urf-odati, tarixi talqin qilingan. XII-XIII asrda mo`gullarning Turkistonga bostirib kirishi bilan bir tomondan tarixiy yodgorliklar, qadimiy shaharlar vayron qilindi, ikkinchi tomondan bu hududga sharqiy, janubiy-sharqiy davlatlardan turli qabila, el, elatlardan ko`chib kelish boshlandi. Jumladan, Mo`gullarning Qirg`izistonga bostirib kirishi bilan Yenisey bo`yidagi qabilalar Tiyanshanga kelib o`rnashdi. Qirg`iz xalqi— millatining shakllanishi juda murakkab kechgan. Uning tarkib topish tarixi taqdiri Markaziy Osiyo va Turkiston xalqlari tarixi bilan uzviydir. XVII asrining o`rtasida Qirg`izistonga oyrat jung`or xonligi tajovuz qiladi. Ular Markaziy Osiyo, Turkiston yaylovzorlarini egallash maqsadida qirg`iz xalqining qanchadan-qancha qonini to`kadi. Biroq Turkiston xalqlari, qirg`iz, o`zbek, qozoq bir bo`lib oyrat xonligi bosqinchilariga qarshi kurashadi va o`rnatilgan Oyrat davlatini o`rnatadi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib qirg`iz xalqining boshiga yana kulfat tushadi. Endi u Rossiya tazyiqiga duch keladi, 1855 yilda uning issiq ko`l hududi, 1864 yilda Chu vodiysi, 1876 yilda Qo`qonxonligi qo`lida bo`lgan Janubiy Qirg`iziston Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinadi. Natijada Qirgiziston hududining xushmanzara yerlariga ruslar daryodek oqib kela boshlaydi, o`troq aholiga aylanadi. Shuningdek o`tgan asrning 70 va 80 yillarida Qirg`izistonga Xitoydan manjur-sink feodallari zulmga bardosh berolmagan dunga va uygurlar ko`chib kelishadi. Qirg`iziston 1917-1991 yillarda sobiq Sovet Ittfoqi tarkibida edi. Qirg`iziston ko`p millatli davlat. Qirg`izlar mamlakat aholisining katta qismi teng yarmini tashkil qiladi. Bu yerda ruslar 24 foiz, o`zbeklar 10,6, ukrainlar 6,6 tatar, qozoq, tojik, uyg`ur va boshqa millat vakilari ham yashaydi. Mamlakat aholisi juda notekis joylashgan. Tog` yon bag`irlar daryo bo`ylari va vodiylarida aholi juda zich, tog`lik zona Tyanshan viloyati hududida esa juda siyrak joylashgan. Aholining tog`lik va tog` oldi zonalarida farqli joylashishi Markaziy Osiyo davlatlariga xos qonuniyat. Bu qonuniyatning negizida tog`liq va tog` oldi vodiy, tekislik va pasttekislik zonalarining xo`jalik nuqtai nazaridan o`zlashtirilish darajasi yotadi. Tog`li zonada asosan yaylov chorvachiligi, tog` oldi zonalarida intensiv dehqonchilikning amal qilishi aholining zichligini belgilab beruvchi omildir. Download 64.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling