19
2.2 O’quv mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiya asosida
loyihalash bosqichlari.
Bo’lg’usi mutaxassislarini sifat jihatidan
zamon talabi darajasida
tayyorlashga avvalo ularga aniq bilimlar berish, kasbiy ko’nikma
va malakalarni
shakllantirish, ularni kelgusi faoliyatlarida unumli qo’llashga o’rgatish orqali
erishish mumkin.
Shunday ekan, o’quv-tarbiya jarayonini ta‘lim nazariyasi
faoliyati nuqtai nazaridan kelib chiqib, barcha ta‘lim-tarbiya ishlarini “pedagogik
texnologiya” yo’nalishiga o’tkazish, maktab amaliyotidagi ixtiyoriylik bilan uning
har bir elementini jiddiy asoslash lozim bo’ladi [15,23].
Ta‘lim texnologiyasi quyidagi uch bosqichdan iborat ko’plab operatsiyalarni
qamrab oladi: loyhalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va baholash.
1-sxema
TA’LIM TEXNOLOGIYASI BOSQICHLARI:
LOYIHALASH
TA‘LIM LOYIHASINI AMALGA
OSHIRISH
NAZORAT QILISH-BAHOLASH
20
I.LOYIHALASH – mo’ljallangan maqsad va uni
amalga oshirish usuli va
vositalari yigindisini aniqlashdan iborat.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo’llashning
yana bir omili – bu muayyan, yaxlit ta’limiy
jarayonni oldindan loyihalash,
o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, ko’nikma va
malakalar darajasini tashxislash hamda ta’lim maqsadining muvaffaqiyatli
natijlalanishini avvaldan bashoratlay olishdan iboratdir.
Muayyan o’quv mashg’uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi
bosqichlardan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: