Ishning maqsadi –“Tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining kichik
mutaxassislar tayyorlashdagi mohiyati, mazmunini yoritish va ushbu fan bо‘yicha
amaliy mashg‘ulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash bo’yicha tavsiyalar
ishlab chiqishdan iborat.
Ishning vazifalari:
1.“Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining maqsadi, vazifalari, kichik
mutaxassislar tayyorlashdagi ahamiyatini yoritish.
2. Kasb-hunar ta’limida o’quv jarayoni samaradorligini ta’minlash yollarini tahlil
qilish.
3. O’quv mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiya asosida loyihalash
bosqichlarini tavsiflash.
4. Modulli ta’lim texnologiyasi va uni amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishdagi
afzalliklarini yoritish.
5.“Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni
modulli texnologiya asosidagi loyihalasini ishlab chiqish.
6. Tikuvchilik korxonalarida mehnat muhofazasini tashkil etish asoslari.
Ishning ilmiy- uslubiy yangiligi: “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi”
fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarning modulli tuzilmasi ishlab chiqildi, 3 ta
amaliy mashg’ulot modulli texnologiya asosida loyihalandi, mashg’ulotlarning
texnologik xaritasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari va tarqatma materiallar,
ko’rgazmali slaydlar tayyorlandi.
Ishning amaliy ahamiyati, ishlab chiqilgan tavsiyalarni “Yengil sanoat
mahsulotlari texnologiyasi” yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlarni
o’qitishda, dars jarayonida, amaliyot davrida, to’garaklarda foydalanishi uchun
tavsiya etish mumkin.
Bitiruv ishi kirish, 3ta bob, 8 ta bo’lim, xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan
iborat.
7
I-bob. “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining mazmuni,
tuzilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |