Qarshi davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti norqobilova Buviholning
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi fani boyicha amaliy mashgulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta‘limning asosiy vazifasi
15 II-bob. Kasb-hunar kollejlarida amaliy mashg‘ulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash. 2.1 Kasb-hunar ta’limida o’quv jarayoni samaradorligini ta’minlash yollari. Ta‘lim-inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri hisoblanadi. O’qituvchi ta‘lim jarayonida faqat bilim berish bilan cheklanmaydi, balki bu jarayonda o’quvchiga ta‘sir ko’rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o’quvchi ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta‘lim berish uchun o’qituvchi mutaxassis sifatida o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik mahorat, muloqat ustasi bo’lishi zarur. Ta‘limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta‘lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi to’plagan bilimlar beriladi, zaruriy ko’nikma va malakalar hosil qilinadi, bundan tashqari ularda dunyoqarash, axloqiy-ma‘naviy sifatlar, e‘tiqodlar, qobiliyatlar shakllanadi. Ta‘lim jarayonida bilim, ko’nikma va malakalar bir-biri bilan uzviy bog’lanadi, bunda bilimlar yetakchi rol o’ynaydi. Ta‘lim-o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini egallash bo’yicha o’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish, ularning tafakkur va qobiliyatlarni o’stirish, dunyoqarash, ma‘naviy sifatlari, axloqiy, estetik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir [7]. Ta‘lim jarayonida o’quvchi faqat bilim berish bilan cheklanmaydi, balki bu jarayonda o’quvchi, o’quvchiga ta‘sir ko’rsatadi, unga tarbiya ham beradi, ma‘naviy axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Ta‘limdagi yutuqlar avvalo o’qituvchiga bog’liq, mutaxassis sifatida u o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo’lishi, pedagogik psixologik va metodik bilim va malakalarni egallagan bo’lishi, pedagogik ta‘sir ko’rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak [20]. Ta‘lim, o’qituvchi va o’quvchilarningbirgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega. Ya‘ni unda ikki tomon-o’qituvchi va o’quvchi faol 16 ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab, reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni singdiradi, o’quvchi o’quvchi esa faol o’zlashtirib oladi. “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingach, mamlakatimizdagi yangi tipdagi ta‘lim maskanlari- akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari yuzaga keldi. Kasb-hunar kolleji - o’quvchilarning o’zlari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkoniga ega bo’ladigan ta’lim muassasisidir. Kollejlar oldingi bilim yurtlaridan ham mazmunli va shakli bilan tubdan farq qiladi. Bular quyidagilar: Qabul qilish tanlov, test asosida bo’ladi, o’quv jarayoni mazmuni, tashkil etilishi, bitiruvchilar bir necha kasb egasi , ustasi, kichik mutaxassis bo’lib o’qishni tomomlaydilar. O’quv jarayoni jahon andozalariga mos keluvchi ta‘lim standartlari, zamon talablariga javob beruvchi o’quv rejasi, dasturlar asosida tashkil etiladi. Kollej pedagoglarning savyasi yuqoriligi va pedagogik texnologiyalarning yangiligi bilan ham farq qiladi . Kasbiy ta‘lim-insonni o’zi tanlagan tor yo’nalishdagi mehnat faoliyatiga xizmat qiluvchi, o’quvchilarni hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari, uning texnologiyasi haqidagi bilimlar sistemasi bilan qurollantirishni ta‘minlaydi, hamda inson faoliyatining turli sohalarida zarur bo’lgan mehnat ko’nikma va malakalarni egallab olishni nazarda tutadi. Bu esa har tomonlama yetuk yoshlarni, malakali kadrlarni tayyorlashga imkoniyat yaratadi [3]. Ayni paytda mavjud kasb-hunar kollejlari zamonaviy tipda qurilgan bo’lib, yangi adabiyotlar bilan ta’minlangan kutubxonalar, o’qitish qurollari,texnik vositalar va kompyuterli sinfxonalar bilan to’liq ta’minlangan va zamon talablariga mos mutaxassis kadrlar tayyorlashning barcha imkoniyatlari mavjud. Ammo, maxsus fanlar bo’yicha o’quv – uslubiy majmualarning yetarli darajada ishlab chiqilmagani, darslarda an’anaviy ta’lim salmog’ining yuqori ekanligi, o’quvchilarni qiziqtiradigan ta’lim metodlaridan yetarli foydalanilmayotgani, maxsus fanlar bo’yicha fan mavzularining oldindan loyihalangan ta’lim texnologiyalarining to’liq ishlab chiqilmagani va amaliyotga qo’llanilmayotgani kabi ba’zi muammolar kasb-hunar ta’limi samaradorligini oshirish uchun soha oldida bir qancha dolzarb vazifalar borligini ko’rsatadi. 17 Bo’lajak mutaxassisning har tomonlama kamol topishda ta’lim jarayoni asosiy tayanchi hisoblanar ekan, uni samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, o’quv jarayonini zarur o’qitish vositalari, manbalari va o’quv -uslubiy majmualar bilan ta’minlash muhim. Fikrimizcha, kasb – hunar kollejlarida ta’lim jarayonining samaradorligi: - o’quv-tarbiyaviy jarayonining o’quv-uslubiy ta’minoti; - o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish sifati; - о‘qituvchi va о‘quvchilarning muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati uchun tanlangan ta’lim metodlarining to’g’riligi va mavzu mazmuniga mosligi hamda shu asosda ishlab chiqilgan dars ishlanmalari va didaktik materiallarning mavjudligi va amalda qo’lanish darajasi; - o’qituvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy mahorati, bilimi va tajribasi; - kollejda axborot va pedagogic texnologiyalardan foydalanish darajasi va samaradorligi kabi bir qancha omillarga bog’liq [29]. Kollejning moddiy texnik bazasini rivojlantirish va maxsus fanlarning o’quv amaliyot xonalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash va ulardan samarali foydalanish ta’lim sifatini oshirish alohida e’tibor qaratish lozim. Hozirgi vaqtda maxsus fanlarni o’qitish samaradorligini oshirishda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o’qitishning interaktiv usullari, xorijiy mamlakatlarning yetuk mutaxassislari va malakali pedagoglarni tajribalaridan foydalangan holda tashkil etish, o’quvchilarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda mustaqil ishlash muhitini yaratadigan, har bir o’quvchining bilish imkoniyatlarini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltiriladigan zamonaviy o’qitish metodlarining ahamiyati katta. Kasb- hunar kollejlari o’quv jarayonini uslubiy ta’minotiga tegishli: ishchi o’quv reja, fan bo’yicha ishchi o’quv dasturi, DTS(Davlat ta’lim standartlari), taqvim-mavzu reja, o’quv-uslubiy majmualar, amaliy va tajriba ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar, mustaqil ishni bajarish uchun uslubiy yoki o’quv qo’llanma, ko’rgazmali qurollar, stendlar, jadvallar, grafiklar, chizmalar va plakatlar, jihozlar va asbob-uskunalar, ta’limning texnikaviy va axborot vositalari, 18 kompyuter, proektorli videoko’z, kodoskop, videomagnitafon, o’quv adabiyotlari va boshqalar bilan ta’mnlash muhim [8,29]. Kollej o’quvchilarining amaliy malaka va ko’nikmalarini shakllantirish uchun ishlab chiqarish ta’limi darslari, ishlab chiqarish amaliyotlarini to’g’ri va samarali tashkil qilish zarur. Mutaxassislikka oid kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish amaliy ta’limning asosiy vazifasidir. Amaliyot uchun ishlab chiqarish muassasalarini to’g’ri tanlash, amaliyot rahbarlari, yetakchi mutaxassislarning o’zaro hamkorligi, dastur talablarini to’liq bajarish mutaxassislarni sifatli tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Kasb-hunar ta’limi o’qituvchilarining malakasini doimiy ravishda oshirishni tashkil etish, ularni yangi zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, pedagogic va kasbiy mahoratini oshirib borish, malaka oshirish muassasalarining faoliyatini zamonaviy ta’lim talablariga muvofiqlashtirish ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan tadbirlar mamlakatimiz uchun har tomonlama yetuk, ijodkor, bilimdon kichik mutaxassislarni tayyorlab berishga zamin yaratadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling