Qarshi davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti norqobilova Buviholning
“Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining maqsadi, vazifalari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi fani boyicha amaliy mashgulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash
1.1“Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining maqsadi, vazifalari,
kichik mutaxassislar tayyorlashdagi ahamiyati. Ma’lumki, yengil sanoat tarmog’i aholini xalq iste’moli tovarlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Xalqimizni iste’mol tovarlariga: kiyim – kechak, charm – poyafzal, triotaj mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun bejirim, zamonaviy modaga mos, raqobatbardosh mahsulotlarini ishlab chiqish zarur. Buning uchun esa, soha mutaxassislaridan kiyim tayyorlash jarayonini takomillashtirish, kiyim detallarini biriktirishning yelimlab ulash va payvandlab ulash kabi ilg’or usullarini texnologik jarayonlarida qo’llash, namlab – isitib ishlov berish va pardozlash jarayonlarini takomillashtirish borasida izlanish olib borishlari talab etiladi [11]. "Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi" fani - “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” yо‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida о‘qitiladigan maxsus fanlardan biri hisoblanadi. “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi" fanining maqsadi – yengil sanoat korxonalarida, jumladan, tikuvchilik korxonalarida buyumlarni xom – ashyo holatidan tayyor mahsulot bo’lgunga qadar bo’lgan : - gazlamalarni qabul qilish; - bichish; - tikish; - namlab – isitib ishlov berish; - pardozlash. bosqichlarida qo’llaniladigan barcha texnologik jarayonlar, texnologik operatsiyalarni bajarish usullari, xususiyatlarini o’rganish, ongli, yuqori madaniyatli, malakali, kasb mahoratiga ega bo’lgan, zamonaviy texnika va texnologiyadan foydalana oladigan ishchi kadrlarni tayyorlashdir. 8 Ushbu fan kasb - hunar kollejlarida tikuvchilik sanoatiga va maishiy xizmat ko’rsatuvchi tikuvchilik tarmog’iga malakali ishchi kadrlar,keng assortimentdagi erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlarining tikuvchilarini tayyorlashga mo’ljallangan. "Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi" fani tikuvchilik sanoatida ishlab chiqariladigan keng assortimentdagi erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari tikish jarayoniga aloqador barcha ma‘lumotlarni o’zida mujassamlashtirishgan. Ushbu fan tikuvchilik sanoati va maishiy xizmat ko’rsatuvchi tikuvchilik tarmog’i ishchilarini tayyorlashda, tikuvchilik texnologiyasi asoslari: qo’l va mashina ishlaridan boshlab, kiymini tayyor holga keltirish, texnologik jarayonlarni hisoblash, mahsulot sifatini nazorat qilishgacha bo’lgan barcha ma‘lumotlar ko’zda to’tilgan. Shu bilan birgalikda kiyim bo’laklariga namlab -issiqlik ishlov berish hamda hosil bo’lgan nuqsonlarni bartaraf qilish usullari ko’rsatilgan. Kiyim bo’laklariga ishlov berishda ishlatiladigan me‘yoriy xujjat va DST larni ishlatilishi ko’rsatilgan va kiyim bo’laklarini va bezak beruvchi bo’laklarni tayyorlashni, kiyimlarni tayyorlashda texnologik harita hamda texnologik ketma-ketlikni tuzish va uning asosida buyumni tayyorlash to’g’risidagi ma’lumotlar mujassamlashtirilgan [5]. Fanni o’rganish jarayonida milliy an‘ana, zardo’zlik, kashtachilik usullarini ishlab chiqarishda yanada kengroq olib kirish nazarda tutilgan. Tikuv ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari: kiyim modellarini yaratish, konstruktsiyasini qurish, mato harajatlarini aniqlash, xom ashyo, gazlamalarini qabo’l qilish, ularni bichishga tayyorlash faoliyatlari ko’rsatib o’tilgan. Tekshirilgan va hisob qilingan matolarni bichuv bo’limiga qabo’l qilish, to’shash va bichish hamda bichiqlarni tikuvchilik jarayoniga uzatishdagi texnologik jarayonlar ko’rsatib berilgan. O’z navbatda tikuvchilik tayanch bo’limi mahsulotni tegishli texnologik xujjat va tushuntirish haritasi asosida tikib, sifatini tekshirish, oxirgi namlab- issiqlik ishlov berish, tayyor mahsulotni omborga yoki savdoga chiqarish usullarini tegishli me‘yoriy xujjatlar bilan ko’rsatib beriladi. 9 Mazqur fanda ko’rsatilgan ishlov berish usullari ommaviy ishlab chiqarish va yakka tartibda ishlab chiqarish sohalariga ham to’g’ri kelishi o’quvchini har qanday ishlab chiqarish sohasiga ishlashga tayyorlaydi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti talablari, tadbirkorlikni ahamiyati, tikuv ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun berilayotgan bilimlar asosida o’quvchi quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak: - Jihozarni ishga tayyorlash. - Kompyuter tizimini ishga tushirish. - Kiiymlar klassifikatsiyasi va kiyimlar oldiga qo’yilgan talablarni bilishi. - Tikuv ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun me‘yoriy xujjatlarni o’qiy ola bilish va shu asosda ishlashni tashkil qilish. - Qo’l va mashina choklarini hosil qilish uchun ishchi o’rni, moslama va dastgohlarni tayyorlay olishi. - Namlab issiqlik ishlov berish usulini tashkil qila olish. - Qo’l, mashinada choklarni hosil qilish va atama bilan nomlash. - Yelimli, payvand choklarni hosil qilish. - Kiyim mayda bo’laklarni tayyorlash va katta bo’laklarga ishlov berish. - Yengil va ustki kiyimlarni tayyorlash jarayoyonlarni o’rganib ishlash; - Sinov tayanch bo’limidagi ishlar; model tayyorlash, andozasini qurish, mato harajatini aniqlash. - Tayyorlov bo’limida matolarni qabo’l qilish, sifat va sonini ko’zatish, hisob qilish va bichuv bo’limiga uzatish. - Bichuv bo’limida matoni to’shash, bichish va tikuv bo’limiga uzatish, me‘yoriy xujjatlarni to’ldirish. - Tikuv bo’limida texnologik jarayonini tashkil qilish. -Milliy an’analarga ko’ra zardo’zlik va kashtachilik ishlarini bajara olish va xokazo. Berilgan bilimlar asosida o’quvchi quyidagi bilimlarga ega bo’lishi kerak: - Dastur asosida ishlaydigan mashinalarni ishga tayyorlash va ishchi o’rinlarini tashkil etish, kerakli anjomlar bilan bezay olish. 10 - Qo’l va mashina choklarini tika olish va bu jarayonda hosil bo’ladigan nuqsonlarni bataraf etish yulini aniqlay olish. - Kiyim mayda bo’laklarini tayyorlashni texnik shartlar asosida bajarish ; - Kiyim bo’laklarni tayyorlashni texnologik shart asosida bajarish. - Milliy zardo’zlik va kashtachilik sirlarini o’rganish. - Sinov bo’limidagi ishlar - model tayyorlash, andozalarni qurish,mato harajatini aniqlash kabi ishlarni bajarishi. - Tayyorlov bo’limida gazlamalarni qabo’l qilish, son va sifatlarini aniqlash, hisob qilinib bichuv bo’limiga uzatish. Bichuv bo’limida matoni tushash, tushamani bichish va bichiqlarni tikuv bo’limiga uzatish. - Tikuv bo’limida mahsulotni tikib chiqarishni tashkil qila olish. - Tayyor mahsulot sifatini belgilash va tayyor mahsulot omboriga topshirish ishlarini bajara olish bilimlarni oladi [5]. Maxsus texnologiyaning asosiy bo’limlari yetti bosqichdan iborat: -1 bosqich: kiyimlarga ishlov berish asoslari; -2 bosqich: palto, kostyum va kurtkalarni bo’laklariga ishlov berish; -3 bosqich: .erkaklar, ayollar kuylaklari va bluzkalariga ishlov berish; -4 bosqich: tikuvchilik buyumlarini tayyorlashdagi texnologik ketma ketligni tuzish; -5 bosqich: sinov tayanch bo’limi; -6 bosqich: tayyorlov sinov bo’limi; -7 bosqich: bichuv tayanch bo’limi. "Tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi" fani quyidagi umum ta‘lim va kasbga yo’nalish fanlari bilan bog’liq: matematika, chizmachilik, maxsus rasm, korxona jihozari, gazlamashunoslik, kiyimni loyihalash va xokazo. O’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalarini baholash va nazorat qilish reyting tizimi asosida amalga oshiriladi [11]. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling