Qarshi Davlat Universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Biologiya yo'nalishi 021-48- guruh talabasi Baxriddinova Adibaning Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan "Antitelolar tuzilishi


Download 0.87 Mb.
bet1/3
Sana13.05.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1455862
  1   2   3
Bog'liq
Antitelo

Qarshi Davlat Universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Biologiya yo'nalishi 021-48- guruh talabasi Baxriddinova Adibaning Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan "Antitelolar tuzilishi, funksiyalari va biosintezining idora etilishi xususiyatlari " mavzusidan tayyorlagan taqdimoti

Antitelolar tuzilishi, funksiyalari va biosintezining idora etilishi xususiyatlari


Reja:
1.Antitelo tuzilishi, xususiyatlari;
2.Antitelo funksiyalari;
3.. Antitelolar biosintezi

ANTITELOLAR — immunitet hosil qiladigan moddalar. Antitelolar teri ostiga yoki tomirga oqsil tabiatli modda (antigen) kiritilganda, unga qarshi hosil boʻladi. Antitelolar, asosan, qon zardobida toʻplanadi. Bunday qon zardobiga kasallik qoʻzgʻatuvchi mikrob toksinidan aralashtirilsa, Antitelolar toksinni neytrallaydi (antitoksinli zardob). A. bor qon zardobiga mikrobning oʻzi aralashtirilsa, zardobdagi Antitelolar mikrobni bir-biriga yopishtirib, gʻuj qiladi (agglyutinatsiya), baʼzan eritib yuboradi (lizis), ayrim hollarda antigenni choʻktiradi (pretsipitatsiya). Antiteloli qon zardoblari, xususan, gamma-globulinlar difteriya, qizamiq, qoqshol, gazli gangrena, gripp va b. kasalliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida keng qoʻllaniladi, sud tibbiyotida ham ishlatiladi.

Antitelalar

Biologik faol moddaga nisbatan antitelalar hosil qilish kerak bo‘lsa, avvvalo ana shu moddaning titri, ya’ni serologik jihatdan faollligi aniqlanadi. So‘ngra immunologik jihatdan stimullovchi moddalar bilan (adyuvand Freyd moddasi yoki boshqa stimulyatorlar) xayvon organizmiga yuboriladi va shundan so‘ng organizmda antitelalar hosil bo‘lish jarayoni kuchayadi. Organizmda sintezlangan antitelolarda faol markazlari mavjud bo‘lib, V- variabel qismi deb yuritiladi. Antitelalar ana shu variabel qismi bilan antigen bilan o‘zaro ta’sirlashib bog‘langanda, ulardagi faol markazlar muhim rol o‘ynaydi. Antigenda mavjud bo‘lgan faol markaz, ya’ni antitelo bilan bog‘lanadigan qismi - antigen determinanti deb ataladi.


Immun sistemani faoliyatini kuchaytiruvchi va vujudga keltiruvchi antigen, yuqorida qayd etganimizdek, immunogenlik xususiyati kuchli modda hisoblanadi. Ko‘pincha antigenlar oqsil tabiatiga ega moddalar bo‘lib, organizmda albatta ma’lum bir immunologik reaksiya turini amalga oshiradi. Axmmo antigenlik xossalari past bo‘lgan, ba’zi boshqa turdagi moddalar ham mavjuddir. Masalan, nuklein kislotalar, antibiotiklar, garmonlar, yog‘lar, gaptenlar shular jumlasidandir.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling