8-mavzu. Sovuq iqlimli mintaqa o’simliklari
Arktik va tundra zonasi. Sovuq iqlimli mintaqadagi iqlim sharoitlari. Arktik va tundra zonasining o’ziga xos iqlim sharoitlari. O’simliklari olami va ularning sovuq iqlim sharoitlariga moslanishlari. Bu zonalarda o’sadigan o’simlik turlari.
9-mavzu. Tog‘ o’simliklari.
Tog’ o’simliklari. Tog’larning mintaqalarga bo’linishi. Tropik, subtropik va mo’’tadil iqlimli tog’larning mintaqalarga bo’linishidagi farqli jixatlari. Tog’lardagi keng tarqalgan va endem o’simliklar. O’rta Osiyo tog’larining mintaqalarga: cho’l, adir, tog’ va yaylov zonalarga bo’linishi. Endem o’simliklari.
10-mavzu. Intrazonal o’simliklar
Intrazonal o’simliklar haqida tushuncha. O’tloqzor o’simliklari va o’tloq o’simliklarining o’rmonlarda, qirqilgan o’rmonlar o’rnida, tundra, dasht va cho’l zonalarida, tog’li rayonlarda, daryo vodiylarida, quruqliklarda va boshqa ayrim joylarda uchrashi. Botqoqlik o’simliklari. Botqoqlarning hosil bo’lish davrlari, botqoqlik o’simliklarining ahamiyati. Voha o’simliklari, suvda yashovchi o’simliklar va ularning ahamiyati.
11-mavzu. Dunyo floristik oblastlari. Golarklik floristik viloyati
Floristik viloyatlar haqida tushuncha. Floristik viloyatlarning geografik jixatdan bo’linishi. Floristik viloyat maydonlaridagi turlar sonining bir-biriga to’g’ri kelmasligi. Floristik viloyatlarning hozirgi zamon kontinentlar chegarasiga mos kelmasligi. Turli floristik viloyatlarda turkum va oilalar tarkibidagi farqlarning sabablari. Golarklik floristik viloyatning kenja viloyatlarga bo’linishi. Hududi, chegarasi, turlari soni, endem o’simliklari. Xarakterli turkum va oilalari. Boshqa dlaristik viloyatlar bilan qarindoshlik darajasi.
12-mavzu. Neotropik floristik viloyati
Neotropik floristik viloyat va uning kichik viloyatlarga bo’linishi. Hududi va chegarasi. Turlari soni, endem o’simliklari. Boshqa viloyat florasi bilan qarindoshlik darajalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |