Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti noorganik kimyo kafedrasi


Magnit-rezonans bo’yicha Nobel mukofotlari


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana24.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1292517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
FTU

Magnit-rezonans bo’yicha Nobel mukofotlari. 20-asrning birinchi 
yarmida bir nechta Nobel mukofotlari olimlarga berildi, ularning ishisiz 
YMRning kashf etilishi mumkin emas edi. Ular orasida Peter Zeeman, Otto Stern, 
Isidor Rabi, Volfgang Pauli bor. Ammo YMR bilan bevosita bog’liq to’rtta Nobel 
mukofoti mavjud edi.
• 1952-yilda Feliks Bloch va Edvard Purcell YMR kashfiyoti uchun mukofot 
oldilar. Bu fizika bo’yicha yagona “YMR” Nobel mukofoti. 
• 1991-yilda kimyo bo’yicha mukofotni Tsyurixdagi mashhur Shveytsariya oliy 
texnik maktabida ishlagan shveytsariyalik Richard Ernst oldi. U ko’p o’lchovli 
YMR spektroskopiya usullarini ishlab chiqishi uchun mukofotlandi, bu esa YMR 
eksperimentlarining axborot tarkibini keskin oshirishga imkon berdi.
• 2002-yilda kimyo bo’yicha ham mukofot sohibi Kurt Vyutrix bo’lgan, u Ernst 
bilan shu texnik maktabning qo’shni binolarida ishlagan. U eritmadagi 
oqsillarning uch o’lchovli tuzilishini aniqlash usullarini ishlab chiqqanligi uchun 
mukofot 
oldi. 
Bungacha 
yirik 
biomakromolekulalarning 
fazoviy 
konformatsiyasini aniqlashga imkon beradigan yagona usul faqat rentgen 
strukturaviy tahlil edi.
• Va nihoyat, 2003-yilda amerikalik Pol Lauterbur va ingliz Piter Mansfild YMR 
tomografiyasini ixtiro qilgani uchun tibbiyotda mukofotga sazovor bo’lishdi. 
Sovet Ittifoqi kashfiyotchisi E.K.Zavoyskiy, afsuski, Nobel mukofotini olmadi
 


5-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
3.Elektron va ion spektroskopiyasi
3.1 Spektr olish va ko‘p tarqalgan ion massalarining jadvali bilan tanishish 
 
6-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Yupqa qatlamli va qog‘oz xromatografiyalar. 
Xromotografiya va uning turlari. Yuqori effektiv yupqa qatlamli 
xromatografiya. Xromatografiya (xromo... va ...grafiya) — gaz, suyuqlik yoki erigan 
moddalar aralashmasini adsorbsion usulda ajratish va analiz qilish. Xromatografiya 
rus botanigi M.S.Svet tomonidan 1903-yilda kashf etilgan.
1931-yilda Kun va uning shogirdlari xromatografiya yordamida tuxum 
sarig’idagi ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda a va r karotinlarni 
ajratishdi.
1941-yilda A.Martin va R.Sing taqsimlash xromatografiyasiga asos soldi va 
oqsil, uglerod birikmalarini o’rganishda uning keng imkoniyatlarini ko’rsatib berdi. 
1940-45-yillarda S.Mur va U.Staynlar aminokislotalarni xromatografiya usulida 
ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta xissa qo’shdi.
1950-yilda Martin va Jeyms gaz, suyuqlik xromatografiyasi usulini ishlab 
chiqdi.
Xromatografiya olib borilayotgan muhitga qarab:
• gaz xromatografiya;
• gaz-suyuqlik xromatografiya;
• suyuqlik xromatografiyalariga.
moddalarni ajratish mexanizmiga qarab:
 molekulyar (adsorbsion);
 ion almashtirgich;
 cho’ktirish;
 taqsimlash xromatografiyalariga
olib borilayotgan jarayon shakliga qarab:
 kolonkali xromatografiya;
 naychali (kapillyar) xromatografiya;
 qog’ozli xromatografiya; 


  yupqa qatlamli xromatografiyalarga bo’linadi.
Adsorbsion 
xromatografiya 
— moddalarning adsorbentda turlicha 
sorbsiyalanishi (yutilishi) ga asoslangan;
Taqsimlash xromatografiyasi — aralashma tarkibiy qismi (komponentlari) ning 
qo’zg’almas faza (g’ovak sathli qattiq modda yuzasiga o’rnatilgan yuqori tarzda 
qaynaydigan suyuq modda) va elyuyentlarda turlicha erishiga; 
Ion almashtirgich xromatografiya — harakatsiz faza (ionit) va ajraluvchi 
aralashma komponentlari orasidagi ion almashtirish muvozanati konstantalar 
farqiga;
Cho’ktirish xromatografiyasi esa ajratiluvchi komponentlarning qattiq 
qo’zg’almas faza ustida turlicha cho’kmaga cho’kishiga asoslangan. 
Xromatografiya xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga 
oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi 
moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oralig’ida alohida alohida bo’lib 
kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob — detektor yordamida 
uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, yaʼni egri chiziq holida yozib olinadi. 
Bu xromatogramma deb ataladi.
Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to chiqqungacha 
bo’lgan vaqti har bir komponent uchun doimiy tarzda bir xil elyuyentda belgilab 
olinadi.
RASM BO’LISHI KERAK 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling