Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi
Download 1.26 Mb.
|
sha
Oksivit – sariq poroshoq undan chirish kasalligini davolashda foydalaniladi. Davolash sharbati: 1/1 tayyorlangan shakar sharbatini bir litriga 0,5 g oksivit qo‘shilib, har bir oilaga 100 g dan oxurchalarga qo‘yib beriladi. Demak tayyorlangan aralashma 10 oilaga etadi.Davolashni har uch kunda kasallik tugaguncha berib turish kerak.Bir xil dori uzoq vaqt qo‘llanilganida kasallik qo‘zgatuvchilariga ta’sir qilmay qoladi.Shuning uchun ularni almashtirib turish kerak.
Varroatoz– Voyaga etgan asalarilar, ona asalari va ishchi asalarilarning invazion kasalligi bo'lib, uni mikroskopik kana keltirib chiqaradi. Varroa kanalari asalaril oilasining barcha individlarining tashqi paraziti hisoblanib, asosan voyga etgan, katta yoshdagi asalarilar terisining nozik joylari -qo’ltiqlari va qanotlari ostida, mo’mkataklarda rivojlanayotgan lichinkalar va g’umbaklar tanasiga yopishib olib terini teshib gemolimfa bilan oziqlanadi. Kanalarni butun hayot sikli asalari oilalarida kechadi. Urgochi kanalar asalarlar uysidagi mo’mkatakalarga tuxum qo’yadi. Urg'ochi kana 4 tadan 10 tagacha tuxum qo'yadi, ulardan 4-5 kundan keyin lichinkalar paydo bo'ladi, ular avval nimfaga, keyin esa voyaga yetgsn imagoga aylanadi. Bitta arida 15 tagacha Varroakanalari topilgan. Varroa kanalari rivojlanishining to’liq sikli 10-16 kun davom etadi. Voyaga etgan kana 40 kungacha yashaydi. Ular asalari terisini teshib asalarilarning gemolimfasi bilan oziqlanadi (lichinkalari bilan birga). Odatda varroatoz bilan kasal asalarilar bilan bevosita aloqada bo’lgan yosh asalarilar zararlanadi.. Asalari oilalarining varroatoz bilan zararlanishi yoz mavsumining oxirlarida kuchayib, qishda va erta bahorda zararlanishning eng yuqori cho'qqisiga yetadi. Varroatoz bilan zararlangan asalari oilalarining mahsuldorligi tushib ketadi. Kanalarning hayotiy faoliyati natijasida asalari lichinkalari yaxshi rivojlanmaydi yoki zaif bo’ladi. Ko’pincha qanotsiz imogalar shakllanadi. Bunday asalarilar uyadan chiqib ucha olmydi, qo'nish taxtasidan yiqilib, ular uyaga qaytib kelmaydilar. Ular yiqilib, uyaning atrofida o’rmalab yuradilar. Asalarizorga varroatoz kasalligi, varroatoz bilan kasallangan oilalar sotib olinganda, shuningdek, varroatoz bilan zararlangan asalarilar uchib kirganda tarqaladi. Varroatoz past nam joylarda joylashgan asalarizorlarda intensiv ravishda ko'payadi. Asalarilarda varroatoz mustaqil kasallik sifatida yoki boshqa kasalliklar (nozematoz, varroatoz, septisemiya va boshqalar) bilan birga paydo bo'lishi mumkin. Varoatoz kasalligi asosan sog’lom oilaga yuqishida kasal oiladagi Ona ari katta pol o’ynaydi.U asalarilar katakchalariga tuxum qo’yganda kanalarni keying avloda o’tkazadi kasallik uchun ko'payish joyi bo'lib xizmat qiladi.Kasal oilada ona arini albatta almashtirish kerak. Odamlar va hayvonlar varroatoz bilan zararlanmaydi. Kasallikning klinik belgilari va kechishi. Varroatoz kasalligi yuqish paytidan boshlab bir necha yil davomida asalarilarda yashiringan holda bo’ladi.Varroatozga xos bo'lgan klinik belgilarni asalarichi faqat asalarilar oilasidagi asalarilarning yarmidan ko'pi kanalar bilan zararlanganda sezadi. Asalarilar oilasida asalarilarni varroatoz bilan kasallanganligini dastlabki belgilari, erta bahorda birinchi parvoz paytida yoki asalari oilalarini qishlovdan chiqish oldida ularni ko’zdan kechirihs jarayonida ko’zga tashlana boshlaydi. Bahorda, yozda, yomg'irli va salqin ob-havo natijasida kasal asalarilar ucha olmasdan uylari atrofida o’rmalab yuradilar. Uyasidan qo'nish taxtasiga chiqqan asalarilar uchishga harakat qiladilar, lekin ko'tarila olmaydilar va yana qaytib yerga tushadi. Kasal asalarilarning qanotlari tushib, qorinlari odatda kattalashadi. Bunday asalarilarning qanotlari noto'g'ri joylashgan ("ochilish" holatida) bo’ladi. Qanotlar har ikki tomonga yozilgan bo’lib, yig’ilmaydi. Kechqurun bunday asalarilar uylari oldida yig'ilib, ba’zan to’da-to’da bo’lib nobud bo’ladi. Varroatoz kechishigako’ra surunkali kasallik bo'lib, u dastlab ko’pincha yashirin shaklda paydo bo'lishi mumkin. Varroatozning yashirin shakli infektsiyadan keyingi dastlabki 2-3 yil davom etishi mumkin. Asalarichila ko'pincha bitta-ikkita asalarilarni zaiflashib qolganiga e’tibor berishmaydi. Ko’plab arilar o’la boshlagandan keyin sezishadi. Bunda endi kech bo’lgan bo’ladi. Ko’p holatlarda bu darajada kasallikni chiqishiga varroatozga tashhiz qo’yish va qarshi profilaktika chora-tadbirlarini doimiy olib borilmasligidir. Kasallikning sekin va uzoq davom etishi asalarilar oilasida kanalar asta-sekin ko'payishi bilan bog'liq. Asalarilar oilalarining 50 % ni kanalar bilan zararlashi uchun 3-5 yil kerak bo'ladi. Asalarilar oilalarini oziqlantirish va saqlash uchun noqulay sharoitlar kasallikning tarqalishiga yordam beradi. Varroatoz asalarichilikda katta iqtisodiy yo'qotishlarga olib keladi. Varroatozga tashxis kasallikning yuqoridagi klinik belgilari kuzatilganda va asalarilar oilasini akarologik tekshirishning natijalari hamda hududdagi epizootik vaziyatni hisobga olgan holda qo'yiladi. Veterinariya labaratoriyasida asalarilar oilasidan yig’ib olingan namunalarni mikroskopik tekshirish orqali asalarilarning varroatoz bilan zararlanish bosqichini aniqlashi mumkin. Birinchi bosqichda (infeksiya paytidan boshlab 3-6 kun) asalarlar tashqi terisida qizil dog'lar paydo bo'ladi. Ikkinchi bosqichda (infektsiyadan 2-3 hafta o'tgach) mo’mkataklardako'p miqdorda lichinkalar, tuxumlar va kanalar mavjud bo’ladi. Uchinchi bosqichda asalari oilalardagi individlarini barchasida kanalarni uccratish mumkin. Varroatoz bilan kasallangan arilar (infektsiyadan 30 kun o'tgach) juda nimjon bo’lib aslo ucucha olmay qoladi. Asalarilar uyalari oldida nimjon arilar koplab uchraydi. Agar varroatoz aniqlansa, asalarilar 14 kunlik interval bilan va yakuniy chora-tadbirlar ko'rilganidan keyin, asalari oilalarida yana uch marotaba laboratoriya tekshiruvi o’tkaziladi. Bu tekshiruvlarda olingan namunalardan kanalar chiqmasa, asalarilar oilasi kasallikdan xoli hisoblanadi va karantin bekor qilinadi. Asalarilarning asosiy zararkunandalarining oldini olish va yo'q qilish bo'yicha ko'rsatmalar.Varroatoz kasalligi aniqlangan arizorlardagi kasal ari oilalari oltingugurt dioksidi yoki formalin bilan fumigatsiya qilish, so'ngra asalarilarning jasadlarini yoqish orqali yo'q qilinadi. Shundan so’ng tugatilgan yoki kasal bo'lgan asalari oilalaridan olingan nasllarni sog'lom oilalarga o'tkazishga ruxsat beriladi. Arizorlarda kasal oilalarni saqlash va ularni ko'paytirish taqiqlanadi. Kasal oilalardan bo’shagan asalarisiz uylar, ramkalar va boshqa asalarichilik uskunalari kasal oilani yo'q qilgandan keyin 7 kundan keyin dezinfektsiyasiz ishlatilishi mumkin. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling