Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi


Download 1.26 Mb.
bet2/21
Sana15.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1477816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
sha

M U N D A R I J A
KIRISH..........................................................................................................
1-bob.АDABIYOTLAR TAHLILI.............................................................
1.1.Asalarichilik va uning rivojlanish tarixi.............................................................
1.2.AsalarilarVarroa kanalari o’rganilish tarixi………………………………
1.3.Tadqiqot hududiga tabiiy-geografik tavsif............................................
2-bob. TADQIQOTAR NATIJASI.........................................................
2.1. Material yig‘ish va tadqiqot metodlari..............................................
2.2. Asalarilar Varroa kanalari biologiyasi va ekologiyasi.....................
2.3. Qashqadaryo viloyati sharoitida asalarilarni varroatozbilan zararlanishi.....
3-bob.ASALARILAR VARROATOZ KASALLIGIGA QARSHI KURASH CHORA TADBIRLARI.....................................................................
3.1. Asalarilar kasalliklarining klinik belgilari va kechishi.........................................
3.2. Asalarilar varroatozkasalligini davolash usullari va metodlari....................
XULOSA.....................................................................................................
ADABIYOTLAR RO’YXATI....................................................................


KIRISH
Mavzuning asoslanganligi va dolzarbligi. Asalarichilik - qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, asal yetishtirish va o‘simliklarni changlatish orqali ular hosildorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asalarichilikni intensiv rivojlantirishini ta’minlash uchun asalarilar oilasining invasion va infeksion kasalliklardan jumladan akarapidoz, varroatoz va nozeptatoz kabi kasalliklardan muhofaza qilish asosiy muammolardan biri sanaladi. Dunyoda keyingi vaqtlarda bu kasalliklarni asalarilarda aralash kechishi kuzatilmoqda va asalarilarning mahsuldorligiga juda katta iqtisodiy zarar yetkazmoqda. Asalarilar varroatoz kasalligining qo‘zg‘atuvchisi Varroa gamazoid kanalari hisoblanadi va ular sayyoramizda asal beruvchi Apis meilifera asalari oilalarining mahsuldorligi kamayishining asosiy sababchisidir. Asalarilar Varroa kanalari Dunyoning barcha mintaqalarida (Avstraliyadan tashqari) asalarilarda tarqalgan va asalarichilik mahsulotlariga sezilarli darajada zarar etkzadi [1].
Asalarilar varroatozi asalarilar rivojlanishining barcha lichinka, g‘umbak va imoga stadiyalarida uzoq davom etuvchi kasallik bo‘lib, uni Varroa kanalari qo‘zg‘atadi. Hozirgi vaqtda bu kasallik keltiradigan zarariga ko‘ra asalarichilikning eng dolzarb muammolaridan hisoblanib, asalarilar akarapidozi va Amerika gnilsi kabi kasalliklar qatorida karantin kasalliklarning “B” ro‘yxatiga kiritilgan.
O‘zbekistonda ham asalari oilalarida asalarilar rivojlanishining (metamorfozining) barcha bosqichlarida parazitlik qiluvchi Varroa gamazoid kanalari keltirib chiqaruvchi varroatoz kasalligi sezilarli darajada uchramoqda. O‘zbekiston sharoitida Varroa gamazoid kanalari bioekologiyasi o‘rganilmagan. Varroatoz qo‘zg‘atadigan Varroa avlodi kanalari turlar tarkibi, bioekologiyasi, tarqalishini o‘rganish issiq iqlim sharoitida ularga qarshi kurashning innovatsion profilaktika chora – tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling