Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi


Tadqiqotda qo‘llaniladigan metodikaning tavsifi


Download 1.26 Mb.
bet4/21
Sana15.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1477816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
sha

Tadqiqotda qo‘llaniladigan metodikaning tavsifi. Asalarilarni Varroa kanalari tarqalishi va bioekologik xususiyatlari, asalarilar oilalari va yosh strukturalarini baholash, rivojlanishini o‘rganish metodikasi, trofologik va oziqlanishini o‘rganish va ular mahsuldorligini aniqlash kabi va boshqa metodlardan foydalanildi.
Varroakanalarini tarqalishi bo‘yicha material yig‘ish, asalarilarni akarapidoz bilan kasallanishini aniqlash va unga tashxis qo‘yish ishlari Veterinariya departamenti tomonidan 2002 yil 13 iyunda tasdiqlangan “Asalarilar ekzoakarapidozi va akarapidoz qo‘zg‘atuvchilariga tashxiz qo‘yish bo‘yicha metodik ko‘rsatma” ga muvofiq amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qashqadaryo viloyatida asalarilar Varroakanalari tarqalishi xususiyatlari va ularni varroatoz bilan zararlanishi haqida ma’lumotlar to‘plandi.
Asalarilar Varroakanalari bioekologik xususiyatlari va kasallikni asalarichilik mahsulotlariga keltiradigan iqtisodiy zarari aniqlandi.
Asalarilar zahiralarini boyitish va ular mahsuldorligini oshirish yo’llarini kuchaytirish choralari tavsiya etildi.
Tadqiqotning aprabatsiyasi. Dissertatsiya ishi Qarshi davlat universiteti Zoologiya kafedrasi qoshidagi ilmiy seminarda hamda“O‘zbekistonda zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi IV respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. (17-18 noyabr 2022 yil), Toshkent-2022. 21-23 betlar, XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI. Xiva. 2022-11/1. 37-40 betlar vaRESULTS OF NATIONAL SCIENTIFIK RESEARGH. Scientifik jurnal.Volume 1/Issue 8. 5. Desember 2022. Vol.199-203. ilmiy jurnallarda chop etilgan.
Ishtuzilmasiningtavsifi.Dissertatsiyaishikirish, 3tabob, xulosavaadabiyotlarro‘yxati ( ---- bet,-- ta jadval -- ta rasm, --- ta adabiyot)daniborat.

1. АDABIYOTLAR TAHLILI.
1.1. Asalarichilik va uning rivojlanish tarixi.

Asalarilar yer yuzida bundan 70 mln yil ilgari paydo bo‘lgan. Asalarilar qadimgi Italiya, Malta, Norvegiya kabi davlatlar tangalarida tasvirlangan. Eramizdan oldingi 7 asrga oid qadimgi sopol topilmalarda asalarilar inlarini tasviri aks etgan. Insoniyat asalarilarni xonakilashtirib, mahsulotidan azaladan foydalanib keladi.


Asalarichilik – insoniyatning qadimiy kundalik mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Dunyoning ko‘pgina xalqlarining qadim madaniyati eposlarida asalarilar va uning mahsulotlari haqida ma’lumotlar uchraydi.








Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling