Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi
, 2, 3 -rasmlar. Qadimda yovvoyi asalarilardan asal yetishtirish
Download 1.26 Mb.
|
sha
1, 2, 3 -rasmlar. Qadimda yovvoyi asalarilardan asal yetishtirish.
Asalarichilik tarixi insoniyatning qadimgi ibtidodiy tarixi bilan bog‘liq. Ibtidodiy odam ilk bor yovvoyi arilar asalidan ovqat sifatida foydalanib, keyinchalik kundalik ehtiyoji uchun asal yig‘ish bilan shug‘ullana boshlagan. Shuni ta’kidlash lozimki qadimgi odamlar asalarilarni boqish bilan shug‘ullanmasada, lekin yovvoyi arilar asalidan ozuqa sifatida foydalanib kelgan. Adabiyotlarda asalarichilikni kelib chiqishi va rivojlanishi, ya’ni “yovvoyi asalarichilik” Hindistonda paydo bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Ko‘plab tarixiy manbalarning guvohlik berishicha qadimgi Misrda Nil daryosi bo‘ylarida bundan 6000 yil oldin odamlar Asalarichilik bilan uyda shug‘ullanganlar va shu yerdan dunyoning boshqa mamlakatlariga tarqalgan. Tarixiy va arxeologik manbalarda ko‘rsatilishicha yovvoyi asalari uyalari qadimda Falastin tog‘larida nihoyatda ko‘p uchrab, yozning jazirama issig‘ida asal erib toshlardan oqib yotgan. Xalq eposlarida yozilgan “mamlakat hududida sut va asal oqib yotadi” began iboralar shundan olingan bo‘lsa ajab emas. Asalari, bolari (Apis mellifera L.) — arilar oilasining bir turi. Asalari vataniJanubiy Osiyo hisoblanadi. Hozirgi davrda janubiy. kengliklardan Chekka Shimolgacha tarkalgan. Asalarilar, asosan, oila bo‘lib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida "podshosi" deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak asalaridan iborat. Ona asalari tanasi uz. 20 – 25 mm, vazni 200 – 250 mg , bahordan kuzga kadar tuxum qo‘yish va oilani boshqarish vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yig‘uvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona A.ning jinsiy a’zolari rivojlan-gan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asala-richilar ona Ani har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 ming-tagacha tuxum qo‘yadi. Otalangan tuxum-lardan 21 kunda ishchi A., otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak A. chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi A.lar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda ona A. chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona A. 7 — 8 kunda jinsiy balog‘atta yetadi. Er-kak A. tanasi uz. 15 – 17 mm, vazni 200 mg , qorin qismi to‘mtoq bo‘lib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yi-guvchi apparati, nayzasi yo‘q, ko‘kragi keng , hartumi qisqa. Bir oilada 80 — 100 tagacha erkak A. bo‘ladi. Asosiy va-zifasi ona A.ni urug‘lantirish (asosan, havoda juftlashadi, urug‘lantirganidan keyin halok bo‘ladi). Ular uyada faqat yozda bo‘ladi, kuzda oilada urchish ish-lari to‘xtashi bilan ularni ishchi A.lar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi A. tana-si uz. 11 – 15 mm, vazni o‘rtacha 100 mg , jinsiy a’zolari rivojlanmagan, urgo-chi asalarilar bo‘lib, yozda 35 — 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 — 80 ming , qishda 10—15 ming ishchi A. bo‘ladi, soatiga 60 km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 – 3 km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul chan-gini yig‘ish, nektarni asalga aylanti-rish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qo‘riqlash kabi ish-larni bajaradi. A qadimdan qimmatbaho mahsulotlar bo‘lgan asal, propolis, mum, ona asalari suti, asalari zahari va boshqalarni olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlarini mevali bog‘larni changlatish uchun boqiladi (q. Asalarichilik). A. oilasi bir mavsumda 683140 – 150 kg asal to‘playdi, bundan 100 kg A. ta’minotiga sarflansa, 40 – 50 kg asal ajratib olinadi. A. oila a’zo-larining xizmat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lganidan ularning birortasi ham o‘zicha mustaqil hayot kechira olmaydi.Zotlari: O‘rta Rossiya o‘rmon (qoramtir) A. zoti (Asalari millifera) — eng ko‘p tarqalgan zotlarga kiradi. Arila-ri yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100 kg gacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) tog‘-qo‘ng‘ir A. zoti (Asalari cavcasica) — aso-san, Zakavkaze, O‘rta Osiyoda tarkal-gan. Karpat A. zoti — G‘arbiy Ukrai-naning tog‘li r-nlari va Karpat ortida ko‘p uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, hartumi uzun. Italiya sariq A. zoti (Asalari ligustuca)ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSH, Av-straliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlyandiya, Yaponiya, Xi-toy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964 — 70 y.larda O‘zbekistonga kelti-rib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlar-da yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq A. zoti — Uzoq Sharq (Pri-more, Xabarovsk)da ko‘p tarqalgan. Zot Ukraina, O‘rta Rossiya, Italiya va Kavkaz A.lari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi o‘rtacha. Kraina kulrang A. zoti (Asalari carnica) — Yugoslaviya, Av-striya tog‘larida keng tarqalgan. Tashqi ko‘rinishdan Kavkaz tog‘-qo‘ng‘ir A.siga o‘xshaydi, mahsuldorligi o‘rtacha.O‘zbekiston chorvachilik i.t. institu-tida Ibrohim Jo‘rayev boshchiligida A.lar bo‘yicha i.t. ishlari olib bo-riladi. Asalari qishda dam olib ko‘klamda ochiqlikka chiqadigan foydali hasharot hisoblanadi. Undan asosan qishloq ho‘jaligida keng foydalaniladi va natijasi o‘laroq juda shirin va foydali bo‘lgan asal moddasi olinadi. Odamlar juda qadim zamonlardan beri asal iste’mol qilib kelishadi. Ilgari yovvoyi asalari asalini yig‘uvchi maxsus ovchilar bo‘lgan. Kishilar asalarini “qo‘l”ga o‘rgatishganiga ham ko‘p yillar bo‘ldi, shundan beri ular maxsus qutilar qo‘yilgan joylarda boqiladi. Hozirgi kunda asalarilarning bir necha mahsuldor zotlari yaratilgan. Odamlar asalari ne’matidan qadim-qadim zamonlardan beri foydalanib kelishayotganiga qaramay, yaqin-yaqingacha uning fe’l-atvori haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Masalan, asalarilar o‘rtasidagi o‘zaro signal, ya’ni xabar berish usulini olib ko‘raylik. Bu vosita orqali ular qayerda ko‘proq gul changi yoki ko‘proq nektar yig‘ish mumkinligi to‘g‘risida bir-biriga xabar yetkazadi. Ko‘pincha odamlar asalari uyasiga qaytib kelgach, uning atrofida raqs tushgandek aylanaverishini kuzatishgan. Buning siri yaqinda oshkora bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, razvedkachi asalarilarning raqsga tushishiga qarab boshqa asalarilar uyadan qancha masofa uzoqda gulzor borligini, ular qanday gul ekanligi va oz-ko‘pligini bilib olishar ekan! Asalarilarning g‘uvillashida ham ma’lum ma’no bo‘lishi kerak. Olimlar hozir mana shu sirni topish ustida tadqiqot olib borishmoqda. Asalning shifobaxsh ekanini odamlar qadimdanoq bilishgan. Hatto hadisda ham uning shifobaxshligi ta’kidlangan. Abu Ali ibn Sino esa o‘zining “Tib qonunlari”da: “Asal a’zolarimizdagi suyuqlik o‘tkazuvchi tomirlarni kengaytirish va tozalash xususiyatiga ega. U ichki a’zolardagi fasodni haydab chiqaradigan narsa ... Asal ko‘z xiralashishiga ham dori... Tomoq og‘riq (angina)ni ham davolaydi...” deb yozgan va asaldan o‘nlab dorilar tayyorlash mumkinligini aytgan edi. Darhaqiqat, asal faqat to‘yimli oziqgina bo‘lib qolmasdan, balki ba’zi zararli mikroorganizmlarni halok etadi, bundan tashqari uning tarkibida odam organizmi uchun juda zarur bo‘lgan A provitamini ko‘p. Ona asalarilar - asalarini boqadigan maxsus aralashma – asalari suti ham qimmatbaho shifobaxsh dori hisoblanib, u yurak faoliyatini yaxshilaydi, ishtahani ochadi va organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshiradi. Ammo asalarining eng qimmatbaho dorisi uning zaharidir. Asalari chaqishi, albatta, noxush, bordi-yu bir yo‘la 400 asalari chaqsa, odam halok bo‘lishi ham hech gap emas. Biroq asalari zaharidan to‘g‘ri foydalanilsa, u odamni ko‘pgina kasalliklardan xalos etadi. Ekinlarni changlatishi asalarining yana bir ajoyib xususiyatidir. G‘o‘za, mahsar, beda kabi ekinlar asalarilar yordamida changlanganda hosildorligi 20—25% ortishi aniqlangan. Respublikamizning tabiiy iqlim sharoiti serasal o‘simliklarni ko‘paytirish, asalari oilasini tezkor texnologiya asosida boqish uchun juda qulaydir. Faqatgina paxta dalalarida g‘o‘za gullagan davrda bir milliondan ko‘proq asalari oilalarini boqish mumkin.Xalqimiz, asalarini yetti xazinaning biri, deb hisoblaydi. Haqiqatan ham shunday. Bu mitti hasharotning foydasi juda katta. Asalari zahri, suti, propolisi, gulchangi ko‘pgina xastaliklarga davodir.O‘simlik gulini chetdan changlantirishi natijasida, ularning turlarini sog‘lomlashtirish va yuqori mahsuldor navlarni vujudga keltirishga sharoit yaratadi va hosilini ma’lum darajada oshiradi. Asalarining normal oilasi 50–80 ming ishchi asalari, yuzlarcha erkak asalari va bitta ona asalaridan tashkil topadi.Asalarichilikda shu paytgacha hali inson tomonidan birorta ham asalari zotlari yaratilmagan. Shunga qaramasdan har bir hududning tabiiy-iqlim sharoitiga moslashgan asalari zotlari bor. Respublikamizda tabiat qonunlari bo‘yicha, tabiiy saralash oqibatida bir-biridan morfologik va xo‘jalik foydali ko‘rsatkichlari hamda hududiy nomini olgan mahalliy populyatsiyadagi asalarilar mavjud. Bular respublikamizda keng tarqalgan va iqlimga moslashgan. Shuning uchun bu asalari zotini xonadonlarda boqish boshqa zot asalarilarga nisbatan ancha ustun turadi. Yurtimizda ko‘p asal beradigan mahalliy asalari zoti bilan birga «O‘rta rus», «Kulrang Kavkaz tog‘ asalarisi», «Karpat» «Italiya» va «Ukrainka» asalari zotlari tarqalgan. Asalari oilasining asal berish miqdori va sifati turli omillarga bog‘liq. Umuman bitta asalari oilasi uy sharoitida o‘rtacha 15–20 kg. gacha asal bera oladi. Agar asalari oilasi to‘g‘ri parvarishlansa undan ham ko‘p asal olish mumkin. Bular albatta, ularni serasal o‘simliklar joylashgan joyga ko‘chirib turishga va asalari zotiga bog‘liqdir. Xullas, uy sharoitida 10 tagacha asalari oilasini boqish bemalol o‘zini oqlaydi. Xo‘sh, uy sharoitida asalari oilasini boqishni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin? Agar hovlingizda yetarli sharoit bo‘lsa, hech ikkilanmay, bu ishni boshlayverishingiz mumkin. Buning uchun eng avvalo yaxshi asalari zotlarini tanlab, xarid qiling. Agar, siz asalari oilasini xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo sog‘lomligiga e’tibor bering. O‘zingizga yoqib qolgan asalari oilasiga chetdan turib razm soling, asalarilarni uyadan uchish va qaytib kelishiga e’tibor bering. Ularning uchish parvozi bir tekis bo‘lishi kerak. Negaki, ba’zi asalari oilalarida asalari parvozi ancha sust bo‘ladi. Bu asalari oilalarida ona asalari keksa va kammahsulligidan darak beradi. Bundan tashqari, uyadagi ona asalari yoshiga ham e’tibor bering. Yosh ona asalarilar harakatchan, keksa ona asalarilar esa sekin harakat qilib, qanotlarining uchki qismi bir oz yeyilib, qirqilganday bo‘ladi. Uyadagi ramkalardagi naslni joylashishiga e’tibor qarating. Ramkadagi ochiq va yopiq nasl bir tekis joylashgan bo‘lsa, demak ona asalari yosh, serpusht bo‘ladi. Oilada erkak asalari ko‘p bo‘lsa, bilingki, ona asalarining yoshi kattadir. Bunday ona asalarini almashtirishga to‘g‘ri keladi. Ko‘p asal beradigan asalari oilasini qanday aniqlasa bo‘ladi? Asalari oilasini kuchiga qarab, albatta, ko‘p asal beradigan asalari oilasida ramkalar soni 10–15 ta va undan ham ko‘p, asalari soni esa 50–60 ming atrofida bo‘ladi. Bu ramkalarda 8–10 tagacha ochiq va yopiq nasllar (qurtchalar) bo‘lishi lozim. Ramkalar orasidagi yo‘lakchalar asalari bilan zich joylashgan bo‘lishi kerak. Bu belgilar, albatta asalari oilasi kuchli va ko‘p asal to‘plashidan dalolat beradi. Uy sharoitida asalari boqishni tashkil qilganingizda joy tanlashga ham alohida e’tibor bering. Buning uchun asalari qutilarini joylashtirishda quyoshli joy tanlang, asalari uchadigan tuynuklarni janubga qaratib qo‘ying. Qutilar ostida qoziqchalar bo‘lishi lozim, aks holda har xil zararkunandalar uyaga kirib, asalarilarga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, maxsus idishlarga suvdonlar qo‘yish lozim. Bu esa asalarilarni suv izlab boshqa iflos suvlardan ichishining oldini oladi. Asalari oilasini parvarish paytida daladan yaxshigina shira kelayotgan bo‘lsa, yangi mumpardali ramkalarni bir kunda to‘qiydi. Bunday davrda uyadagi ramkalarni ustki qismi oqaradi, hatto uyadagi ramkalar ustidagi surp-matoni ham mum bilan yopishtirib tashlaydi. Bu asal tortish davri boshlanishini bildiradi. Asal tortish mavsumi yil davomida 2–3 marotaba, ayrim yillarda esa undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Asal tortish mavsumi tugagach, asalari oilasi qishlovga tayyorlanadi. Buning uchun asalari oilalarida ko‘proq yosh asalarilar bo‘lishini ta’minlash lozim. Har bir asalari oilasiga qishlov uchun uning kuchiga qarab 10–15 kg gacha sifatli ozuqa-asal qoldirish maqsadga muvofiqdir. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling