Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi
Download 1.26 Mb.
|
sha
X U L O S A
Asalarilarda Varroa kanalari uchrab asalarichilikga zarar yetkazadi. Varroa kanalari asalarilar uyasida yilning barcha fasllarida yashab asalarilar rivojlanishi metamorfozining barcha stadiyialarida (lichinka, g’umbak va imoga) ularda parazitlik qiladi. Bu parazitizm veterinariyada varroatoz kasalligi deb nomlanadi. Varroatoz kasalligi asalarichilikga katta zarar yetkazadi. O‘zbekistonda hamda mamlakatimizning qo‘shni regionlarida keyingi davrlarda asalarichilik yaxshi rivojlanmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda 12225 ta jismoniy va yuridik shaxslar asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Ular tomonidan 450500 ta asalari oilalari parvarish qilinadi. Mamlakatimizda 585 ta asalarichilik bo‘yicha fermer xo‘jaliklari mavjud.Har ikkala kasallikda ham asalarilar ucha olmasdan nobud bo‘ladi va asalari oilalari zaiflashib qolib, mahsuldorlik kamayib ketadi. Bir mavsumda sog‘lom asalari oilasiga nisbatan, varroatoz bilan kasallangan asalari oilalari 50-70 % gacha kam asal beradi (Bobonazarov G‘.Y., Rabimova Z.SH. va boshqalar, 2019). Respublikamizda asalarilar nafas olish organi traxeyasida parazitlik qilib varroatoz kasalligini keltirib chiqaruvchi Varroa kanalari tarqalishi kuzatilmoqda. Shuning uchun biz Qashqadaryo viloyatining O‘rmon xo‘jaligiga qarashliva Kasbi tumani hududida joylashgan asalarichilik fermer xo‘jaliklari va shaxsiy xonadonlarda bo‘lib asalarilarni varroatoz kasalligi bilan zararlanganligini aniqlash maqsadida 2021-2023 yillar davomida tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar davomida tanlangan Kasbi tumani10 ta fermer xo’jaligi va shaxsiy xonadonlar, Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli 2 ta asalari arizorlarida (pasekalar) 472 ta asalari oilalari akarologik kuzatuvdan o‘tkazildi. Kuzatuvlar yilning barcha fasllarida olib borildi. Mazkur arizorlardagi 104 ta asalari oilasida Varroa kanalarini tarqalganligini aniqlash va Varroa kanalarini yig’ib olish uchun varroatozga qarshi ishlov berildi. Akarologik ishlov berishdan oldin asalari oilalari joylashgan quttilar ichining ostki qismiga oq qog’oz to’shaklar solib chiqildi. Shundan so’ng asalari oilalari joylashgan mo’mkataklarga chumoli kislotasi bilan ishlov berildi va asalarilar oilasi joylashga qutilar bekitib qo’yildi. Varroatozga qarshi akarologik ishlov berilgan 104 ta asalari oilasining 68 tasida Varroa kanalari uchrashi aniqlandi.Yuqorida olingan namunalardan 211 ta Varroa kanasi ajratib olinib, probirkalarga etil spitriga solindi. Probirkalarga namuna olingan hudud, yil, oy va kunieteketkalarda rasmiylashtildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarimiz natijalarida quyidagi xulosaga keldik. Varroatozga chalingan asalarilari oilalari zaiflashib qoladi. Bunga sabab asalarilar sog’lom rivojlanmaydi va ayrim asalarilar nobud bo‘ladi. Ayniqsa oilada asalarilar individlari soni kamayib ketadi. Bu holat asalari olalarini yoz mavsumida to’laqonli ishlashini – faoliyatini ta’minlay olmaydi. Natijada bunday asalari oilalarini mahsuldorligi tushib ketadi. Bu asalarichilikga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Shuning uchun, Qashqadaryo viloyati sharoitida ilk bor: 1. Asalarioilalarinida Varroa kanalari tarqalishi va varroatoz bilan zararlanishi tadqiq qilindi. 2. Asalarilar Varroa kanalari kanalari tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanish sikli va bioekologik xususiyatlari o‘rganildi. 3. Varroatoz surunkali kasallik bo‘lib, asalarioilalarida yilning barcha fasllarida birga yashab, asalarilar rivojlanishining (metamorfozning) barcha - lichinka, g’umbak lik va imoga stadiyalarida parazitlik qiladi. 4. Varroatozga chalingan asalarilari oilalari zaiflashib qoladi. Bunga sabab asalarilar sog’lom rivojlanmaydi, ayrim asalarilar nobud bo‘oilada asalarilar individlari soni kamayib ketadi. Bu holat asalari oilalarini yoz mavsumida to’laqonli ishlashini – faoliyatini ta’minlay olmaydi. Natijada bunday asalari oilalarini mahsuldorligi tushib ketadi. 5. Asalarilarni varroatoz bilan kasallanganda keltiradigan zarari aniqlandi. Bir mavsumda sog‘lom asalari oilasiga nisbatan, varroatoz bilan kasallangan asalari oilalari 50-70 % gacha kam asal beradi. 6. Asalarilarni varroatoziga qarshi ekologik xavfsiz, uyg’unlashgan zamonaviy va iqtisodiy samarali kurash chora- tadbirlari haqida tavsiyalar berildi. 7. Asalarilarni varroatoz kasalligi bilan zararlanishini oldini olish bo‘yicha aholini, chorvadorlarni va keng jamoatchilikni xabardorlik darajasini oshirib borish ko‘rsatib o‘tildi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling