Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi


,14-rasmlar. Varroatozga qarshi kompleks chora-tadbirlar o‘tkazib borish jarayonlari


Download 1.26 Mb.
bet19/21
Sana15.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1477816
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
sha

13,14-rasmlar. Varroatozga qarshi kompleks chora-tadbirlar o‘tkazib borish jarayonlari.

Birinchi navbatda kasallikni tarqalmasligini oldini olish hamda uni boshqa kasallik qayd qilingan hududlardan o‘tib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bunda hududga boshqa hududlardan asalarilar keltirilayotgan asalarilar to‘liq veterinariya nazoratidan o‘tgandan so‘nggina kirishga ruxsat etilishi kerak.


Davolash usullari.Asalarilar varroatozini davolash uchun turli metodlar va usullardan foydalaniladi. Bundan tashqari kurash chora-tadbirlari yil fasllariga qarab ham alohida qo’llaniladi. Varroatozga qarshi turli xil kimyoviy preparatlar ishlatiladi. Masalan, Aerozol preparatlari maydan-avgust oylarida - etersulfonat, etil diklorobenzilat, tedion va folbeks bilan amalga oshiriladi.
Asalari arizorlari (pasekalari) da asalarilarni birinchi navbatda varroatos akarapidozga qarshi davolanadi. Varroatozni davolash uchun quyidagi dori vositalari qo‘llaniladi. Bular: folbeks, efirsulfonat, etildixlorbenzilat va tedion. Bunda folbeks bilan 10 ta ramkasi bo‘lgan asalari oilasini davolaganda 0,5 g, to‘liq kurs qo‘llanilganda esa 4 g folbeks ishlatiladi. Xuddi shunday efirsulfonat ishlatilganda – 0,3 va 2,4 g; tedion – 1 va 10 g.
Varroatozni davolashdan oldin asalari uyalari yaxshilab ortiqcha chiqnndilar va qoldiqlardan tozalanadi. Ramkalar yashiklar o‘rtasiga zich yig‘iladi va oralariga to‘siqlar qo‘yiladi. Ustki va ostki tomonlari qog‘oz bilan o‘raladi. Davolanayotgan asalari oilalarining kuchli yoki kuchsizligiga qarab ramkalar bir-biriga 2-7 smgacha oraliqda siqib qo‘yiladi. Agar asalari oilalari zaifroq bo‘lsa birlashtiriladi.
Varroatozga gumon qilingan pasekalardagi (asalarizor) barcha oilalar yilning may oyidan sentabr oyiga qadar davolashga ruxsat etiladi. varroatozga qarishi davolashning to‘liq kursi 1,5 - 2 oy gacha davom etadi. Folbeks yoki efirsulfonat bilan varroatoz davolanganda davolash kursi har 7 kunda bir marta, davolash kursi davmida 8 marta takrorlanishi lozim. Bunda albatta davolash o‘tgandan so‘ng va kelgusi davolash oldididan asalari oilalari sinchiklab tekshiruvdan o‘tkaziladi. Salbiy ta’sirlar kuzatilsa davolash to‘xtatiladi. Har yili erta bahorda varroatozga qarshi davolash kursi takrorlab turiladi. Asalarilar folbeks bilan davolanganda namni o‘ziga yaxshi tortadigan g‘ovak qog‘oz yoki filtr qog‘ozi talanaadi. Filtr qog‘oziga 15 % li kaliyli seletra eritmasi shimdiriladi va quritiladi. Shundan so‘ng kaliyli seletra shimdirilib quritilgan filtr qog‘oziga folbeks (xlorbenzolat, etil efiri yoki 4,4-di-xlorbenzil kislotasi) shimdiriladi va yana quritiladi. Qayta quritilgan filtr qog‘ozi 10x2 sm kattalikda lentasimon qilib kesiladi.
Folbeks bilan davolash. Asalarilar varroatozini folbeks bilan davolaganda. Folbeks shimdirilgan filtr qog‘ozidan tayyorlangan 10x2 sm kattalikdagi lentani bir donasi bitta asalari oilasini bir marta davolash mumkin. Folbeksli qog‘oz- lentani bir uchidan ushlab, ikkinchi uchi yoqiladi va kasallangan asalari yashik-uyasining ichiga tutayotgan lentaning ikkinchi uchidan yopishtirib qo‘yiladi. Asalari uyasi mahkam tutun chiqmaydigan qilib berkitiladi. Folbeks tutuni butun uyani qamrab oladi va katta yoshdagi arilar xitin qavatiga o‘tiradi. Folbeks tutuni ta’sirida kanalar nobud bo‘ladi.
Efirsulfanat bilan davolash.Efirsulfanatni ham folbeksni tayyorlagan usul va davolash yo‘li orqali qo‘llaniladi. Bunda ham filtr qog‘ozi yoki yupqa o‘ziga namni yaxshi o‘tkazadigan g‘ovak kardon qog‘ozi ishlatiladi. Qog‘ozga 15 % li kaliyli seletra eritmasi shimdiriladi va quritiladi. Har bir shunday qog‘oz – lenta tarkibida 0,3 g quruq efirsulfanat bo‘ladi. O‘t oldirilgan va tutayotgan lentalar kasallangan asalarilar uyasi ichiga yopishtiriladi.
Tedion bilan davolash.Tedion og‘irligi 1 g bo‘lgan tabletkalarni tutatish orqali qo‘llaniladi. Bunda tedionli tabletkalar yoqilib, asalari ini ichiga ostkiga qo‘yiladi va tutatiladi. Tedion bilan davolash kunora 10 marta takrorlanadi. davolash kursi tugagandan so‘ng 1 oy o‘tgach, kasallangan oiladan 50 tadan asalari olinib veterinariya laboratoriyasiga akarologik tekshirishga yuboriladi. O‘tkazilgan laboratoriya tekshirishlarida olingan namunalarda tirik kanalar uchrasa, davolash kursi yana takrorlanadi.
Fenotiazin kukuni. Bahor va kuzda harorat 15° past bo‘lmaganda fenotiazin kukuni qo‘llaniladi. Bir oilaga 1,5 g fenotiazin ishlatiladi. Davolashni 2 marta kunma-kun qo‘llaydilar. Bir oyda uch marta. Davolashdan oldin arixona poliga usti yoglangan qog‘oz yozilib, arixo­na teshiklari bo‘lsa berkitiladi. Davolash uchun xuddi yuqorida aytib o‘tilganidek 3 g qog‘ozga o‘ralgan fenotiazinni tutatqichning ichidagi cho‘g‘ ustiga qo‘yib ikki oila eshikchasidan tutatiladi. Avval har bir oilaga 30 soniya davomida, keyin 20 soniyadan tutatiladi.Tutatilgandan keyin eshikchalar toraytiriladi, yozilgan qog‘oz yoqib yuboriladi.
Chumoli kislotasi bilan davolash. Poliyetilen paketga o‘lchami 15x25 sm, qalinligi 3-5 mm karton joylashtirilib, 150 ml chumoli kislotasi qo‘yiladi. Chumoli kislotasi oqib ketmasligi uchun, paket butun bo‘lishi shart! Qo‘yilgan kislotani karton shimib olganidan so‘ng, paketning og‘zini o‘rab berkitiladi. Ishlatishdan oldin paketning bir gomonidan 1,5 sm teshikcha ochiladi. Ke­yin teshikchani pastga qaratib ari oilasi ramkalarining ustiga 21 kunga joylashtirib qo‘yiladi. Bu usulni havo darajasi +10°, +30° bo‘lganida qo‘llanadi. Davolash asosiy asal yig‘ish davriga 10 kun qolganida to‘xtatiladi. Davolash vaqtida yuqoridagi eshikchalar ham ochib qo‘yiladi.
Timol bilan davolash. Timol – rangsiz kukun. Davo­lashda havo harorati +7°, +27° bo‘lganda qo‘llaniladi. Da­volash uchun 0,25 g timolni ikki ramka orasiga 3 marta har 7 kunda sepiladi shuningdeq nozematoz, askozferoz va chirish kasalliklarini oldini olishda foydalaniladi. 1/1 tayyorlangan 25 litr shakar sharbatiga 3 g oldindan iliq suvda eritilgan timolni qo‘shib har bir ramka hisobiga 100 g dan har uch kunda bir beriladi. Davolash 4 marta takrorlanadi.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling