Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi


-bob.ASALARILAR VARROATOZ KASALLIGIGA QARSHI KURASH CHORA TADBIRLARI


Download 1.26 Mb.
bet15/21
Sana15.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1477816
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
sha

3-bob.ASALARILAR VARROATOZ KASALLIGIGA QARSHI KURASH CHORA TADBIRLARI
3.1. Asalarilar kasalliklarining klinik belgilari va kechishi
Asalari kasalliklari.Asalarilar qisqa hayot kechirishiga qaramasdan har xil kasalliklar bilan zararlanishlari mumkin. Asalari kasalliklari yuqumli va yuqumsiz bo‘ladi. Yuqumsiz kasalliklar asalari oilasining hayoti uchun kerak bo‘lgan sharoitlarning buzilishi natijasida ke­lib chiqadi. Sharoitlar tiklanishi bilan kasalliklar yo‘q bo‘lib ketadi. Yuqumli kasalliklarga – infeksion va invazion ka­salliklari kiradi. Infeksion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari ke­lib chiqishi o‘simliklarda bo‘lgan bakteriya, virus va zamburug‘lardir. Invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi bir hujayrali, ko‘p hujayrali parazitlardir (2-jadval).
2-jadval
Asalarilarning turli kasalliklar bilan
kasallanishi va kasalliklarni belgisi va kuzatilishi





Kasalliklar nomi

Kasallanish

Qo‘zg‘alish vaqti

Zararlanadigan individlar

Kasallik belgilari

Organizm va ichki organlariga ta’siri

Asalari uyalari holati

1

Septisemiya, gafnioz, salmonellez, kolibakterioz, spiroplazmoz

Asalari organizmida mikroblar rivojlanishi

Bahor, yoz

Asalarilar, ona asalari, trutinlar

Ponos tufayli 5-15 kun davomida asalarilarning yoppasiga o‘lishi kuzatiladi

Gemolimfa quyuq va xira yoki oqish-sutrang bo‘ladi

Uyalari nam va uya devorlarida dog‘lar bo‘ladi

2

Nozematoz

Asalari organizmida mikroblar rivojlanishi, nozema

Qish oxiri, bahor

Ishchi arilar, trutin, asosan o‘rta va katta yoshdagi arilar zararlanadi

Asalariucha olmaydi,oziqlanmaydi, qorin kattalashadi

O‘rta ichak chang bilan to‘lgan, kattalashgan va oqish-sutrang

Asosiy belgilari kuzatilmagan holatda asalari oilalari zaiflasha boshlaydi. Ona asalar o‘ladi. Uya chetlari va devorlarida dog‘lar paydo bo‘ladi

3

Akarapidoz

Oldingi juft traxeyada akaripis kanalari rivojlanadi

Bahor, uzoq davom etgan qishlashdan so‘ng

Deyarli har xil yoshdagi asalarilar zararlanadi

Asalari uyalari oldidi ucholmaydigan indivilar yoppasiga uchraydi

Qanotlari tartibsiz harakatsiz. Traxeyasida (lupa ostida) sariq va qo‘ng‘ir rangda dog‘ bo‘ladi

Umumiy holatida hech qanday o‘zgarish ko‘zga tashlanmaydi

4

Varroatoz

Asalarilarning turli yoshdagi individlari kasallanadi

Barcha mavsumlarda zararlanadi

Deyarli har xil yoshdagi asalarilar zararlanadi

Asalari uyalari oldidi nimjon indivilar uchraydi

Mumkataklar kuzatilganda asalarilar barcha individlari tanasiga yopishib turgan kanalarni ko’rish mumkin

Deyarli har xil yoshdagi asalarilar zararlanadi

Yuqumli infeksion kasalliklarga – Amerika, Evropacha chirish, xaltasimon chirish, toshsimon va ohaksimon qurtchalar kasalliklari kiradi.


Yuqumli invazion kasalliklariga – Nozematoz, Akarapedoz, Varroatoz, Braulyoz kasalliklari kiradi.
Asalari oilalarini sog‘aytirish uchun kasalliklarni o‘z vaqtida aniqdab, unga qarshi davolash, sanitariya va oldini olish tadbirlarini to‘liq qo‘llash zarur.
Davolashdan ko‘ra kasallikning oldini olish ancha osonroqdir. Buning uchun:
-yangi arizor tashkil qilganda, ari oilalarining sog‘lomligi ma’lum bo‘lgan arizorlardangina sotib olish;
-ishlatilgan arixonalar, asalajratkichlar va har qanday asbob-uskunalarni ishlatish oldidan yaxshilab dezinfeksiya qilish;
-asalarilarni chetdan sotib olingan asal bilan boqishga yo‘l qo‘ymaslik;
-asalarichi arizorda ishlaganida ozoda xalat kiyib ishlash, qo‘llarini mumkin qadar tez-tez yuvib, iskana va boshqa mayda asboblarni vaqti-vaqt dezinfeksiyalab turish;
-arizor doirasida ozodalikka qattiq rioya qilish, nobud bo‘lgan asalarilarni kuydirib yuborish;
-qurtchali, asalli hamda asalsiz mumkatak tortilgan ramkalarni kasal oilalardan olib sog‘lom oilalarga o‘rnatishga aslo yo‘l qo‘ymaslik, asalarilar o‘rtasida o‘g‘irlik yuz berishga yo‘l qo‘ymaslik asal, mum va mumkatakdan iborat asalarichilik mahsulotlarini asalarilar kira olmaydigan joyda saqlash;
-ari oilalarini normal sharoitda boqish, yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan ta’minlash va arixonalarni yaxshilab isitish;
-har yili ko‘klamda ari oilalarini qishlovdan chiqargandan so‘ng dezinfeksiyalangan ozoda arixonalarga ko‘chirish zarur. Chirish kasalligi tushgan arizorlarga to kasallik tugatilguncha karantin e’lon qilish lozim!
Yevropa chirish kasalligi.Kasallikning paydo bo‘lish vaqti ko‘klamda, yozning birinchi yarmida, aksari hollarda kunlar sovuq va oziqa kam bo‘lgan vaqtlarda paydo bo‘ladi. Tabiatda asal­li o‘simliklar ko‘paygan sa­ri kasallik kamayadi va kuzga borib, asalarilarning asal to‘plashi to‘xtashi bilan yangidan kuchayadi.Bu kasallikni pluton streptokokklari qo‘zg‘atadi. Pluton streptokokki uncha chidamli bo‘lmaydi va spora hosil qilmaydi, shu sababli yevropa chirish kasalligiga qarshi kurash olib borish ancha engil bo‘ladi. Yevropa chi­rish kasalligiga uchrab nobud bo‘lgan qurtchalarning tanalarida boshqa mikroblar ham bo‘ladi. Yevropa chirish kasalligi belgilari yuz berganida usti suvalmagan katakchalardagi qurtchalar zararlanganligi sabab­li, bu kasallik tushgan mumkataklarda usti teshilgan katakchalar bo‘lmaydi. Usti berkitilib teshilgan ka­takchalar kasallik juda avj olib ketgan hollardagina uchraydi. Qurtchalarning o‘liklari xiralanadi, bo‘shashib qoladi, dastaval sarg‘ish tusda, keyinchalik kir sarg‘ish yoki sarg‘ish qo‘ng‘ir tusda bo‘lib, so‘nga qoramtir yoki jigarrang tusga kiradi. Kasal qurtchalar bezovtalanadi va har xil vaziyatda nobud bo‘lib qoladi. Qurtchalarning po‘stlari katakcha devorlariga yopishib turmaydi, shu sababli asal­arilar bu po‘stlarni kataklardan qiynalmay chiqarib oladilar.Chiriyotgan qurtchadan achigan yoki oyoq terining hidi kelib turadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling