Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi
sha
Jami
|
472 |
104 |
|
|
Yuqorida olingan namunalardan 211 ta Varroa kanasi ajratib olinib, probirkalarga etil spitriga solindi. Probirkalarga namuna olingan hudud, yil, oy va kunieteketkalarda rasmiylashtildi.
Shu yo‘l bilan mazkur arizor arilari akarapidoz bilan kasallanganligi aniqlandi, ulardan tirik va o‘lik kanalar topildi. Shundan keyin arizorning barcha asalari uyalariga akarapidozga qarshi shovul kislotasi bilan ishlov berildi. Bahorda, yoz va erta kuz davomida asalari oilalari odatdagi sharoitda parvarish qilinib, ular hosili yig‘ib olindi. Biz bahorda tekshirish o‘tkazgan o‘sha arizorda kech kuzda (noyabr) ham yana qaytadan akorologik tekshirish o‘tkazdik. Bahorda tekshirishdan o‘tkazilgan 67 asalari oilasining 41 tasi 8,1 %, kuzda tekshirishdan o‘tkazilgan37 asalari oilasining 27 tasi8,1 % Varroa kanalari bilan zararlanganligi aniqlandi.
Varroatoz juda xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, kasallangan asalari oilalari birgina davolagan bilan ular tuzalmaydi. Davolash usulini varroatozdan xoli bo‘lish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlarni yordamchi vositasi sifatida qarash mumkin. Bir marotaba davolash orqali asalari oilasini varroatoz kasalligidan to‘liq sog‘ayishini ta’minlab bo‘lmaydi. Bunda asalari oilalari kasallikdan qisman tuzaladi. Shuning uchun davolashni surunkali va har yili qayta-qayta takrorlash talab etiladi. Bundan tashqari uni oldini olish va kompleks qarshi kurash chora – tadbirlarini qo‘llash taqoza etiladi.
Arizorlarida asalarilarni Varroa kanalari bilan zararlanganligiga vaqtida tashxis qo‘yish ishlarini tashkil etish va unga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini qo‘llab, ishlov berib borilsa bu varroatoz kasalligini rivojlanishiga barham beradi va tarqalishini chegaralaydi. Natijada asalari oilalari sog‘lomlashadi va mahsuldorligi yuqori bo‘lishi ta’minlanadi.
O‘zbekistonda ham asalarilarda Acarapis woodi, Varroa destructor kanalari uchrab asalarichilikga zarar yetkazadi. Acarapis woodi kanasi asalarilarni traxeyasida parazitlik qilib akaripidoz kasalligini, Varroa destructor kanalari asalarilar uyasida yashab asalarilar qishlash davrida hamda asalari lar tuxumdan chiqqan lichinkalari qanotlarini yeb katta zarar yetkazadi. Natijada asalarilar ucha olmasdan nobud bo‘ladi va asalari oilalari zaiflashib qolib, mahsuldorlik kamayib ketadi. Bir mavsumda sog‘lom asalari oilasiga nisbatan, akaripidoz,varroatoz bilan kasallangan asalari oilalari 50-70 % gacha kam asal beradi.
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida jumladan mamlakatimizda ham asalarilarning turli yuqumli kasalliklarga chalinishi kuzatilmoqda. Jumladan asalarilarda akaripidoz, varroatoz kasalliklarini Acarapis woodi, Varroa destructor kanalari qo‘zg‘asa, Asalari organizmida mikroblar rivojlanishi tufayli – nozematoz, septisemiya, gafnioz, salmonellez, kolibakterioz, spiroplazmoz kabi kasalliklar kelib chiqadi. Bu kasalliklar bilan asalarilarning turli yoshdagi individlari kasallanadi. Ularning turli tashqi va ichki organlari kasallanadi. Natijada asalarilarni nimjonlashib qolishi, ba’zilarini ishlash faoliyati sustlashib ketishi kuzatiladi. Aksariyat hollarda asalarilar yoppasiga nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Respublikamizda asalarilar rivojlanish stadiyalarining barcha bosqichlarida (lichinka, g’umbak va imoga) parazitlik qilib varroatoz kasalligini keltirib chiqaruvchi Varroa kanalari tarqalishi kuzatilmoqda. Shuning uchun biz Qashqadaryo viloyatining O‘rmon xo‘jaligiga qarashli va Kasbi tumani hududida joylashgan asalarichilik fermer xo‘jaliklari va shaxsiy xonadonlarda bo‘lib asalarilarni varroatoz kasalligi bilan zararlanganligini aniqladik. O‘zbekistonda hamda mamlakatimizning qo‘shni regionlarida keyingi davrlarda asalarichilik yaxshi rivojlanmoqda.
Download 1.26 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling