Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi


,5-rasm. Qashqadaryo viloyati arizorlarida olib borilgan tadqiqotlardan lavhalar


Download 1.26 Mb.
bet10/21
Sana15.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1477816
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
sha

4,5-rasm. Qashqadaryo viloyati arizorlarida olib borilgan tadqiqotlardan lavhalar.

Buning uchun 2021-2023 yillar erta bahorda (mart) asalari oilalari oldida o‘rmalab yurgan, ucholmaydigan, nimjon asalarilarni yig‘ib oldik. Ularni laboratoriya sharoitida yopiq Petri kosachasiga saqlab, akarapidozga tashxis qo‘yishning umum qabul qilingan metodlari orqali akarologik tekshiruvlar o‘tkazdik (4-5-rasmlar).


Shundan so’ng asalari oilalari joylashgan mo’mkataklarga chumoli kislotasi bilan ishlov berildi va asalarilar oilasi joylashga qutilar bekitib qo’yildi. Ma’lum vaqtdan so’ng yashshiklari ochilib to’shalgan qog’ozlar sekin, silkitmasdan chiqarib olindi. To’shalgan oq qog’ozlar sinchiklab kuzatilganda ularda guda ham kichik mayda qora nuqtachalar Varroa kanalari ko’zga tashlandi. Shundan so’ng qog’ozlarni Petri kosachasiga sekin silkitib, qoqib kanalar yig’ib olinindi. Petri kosachasidagi yoki dastakli ninalar yordamida olinib buyum oynasi ustiga qo’yilgan kanalar binokulyar yoki mikroskop ostida kuzatildi. Bundan tashqari kasal arilarni MBS-1 yoki MBS-2 binokulyar lupalar yordamida tekshirib, kanalarni ingichka preporaval ignalar yordamida ham terib olish mumkin.
Umuman sut emizuvchilar, yovvoyi va uy hayvonlari hamda chorva mollarini va asalarilarni kanalar qo‘zg‘atadigan kasalliklari o‘rganilganda, bu kasalliklarning o‘ziga xos klinik belgilari hayvonlarni kuzatish, laboratoriya sharoitida tekshirish orqali aniqlanadi. Ayniqsa kana yoki ularni tuxumlarini topish uchun kana zararlagan deb taxmin qilingan hayvonlarning turli organlaridan hamda terisini yangi jaroxatlangan joyidan qirindi olinadi, chunki bu yerda kasallikni qo‘zg‘atuvchi kanalar joylashgan bo‘ladi.
Varroa kanalarini tarqalishi va varroatoz kasalligini aniqlash uchun veterinariyada ma’lum ilmiy-tadqiqot va laboratoriyada o‘rganish usullari qo‘llab kelinadi. Kanalarni tabiatda tarqalishini va asalarilarni zararlashini o‘rganish uchun ma’lum akarologik kuzatuv va tekshiriuvlar o‘tkaziladi. Har yili erta bahorda asalari oilalarini qishlovdan keyingi o‘tkaziladigan ko‘rik davrida varroatoz bilan zararlangan yoki zararlanmaganligini aniqlash uchun asalarilar xulq-atvori, uchish layoqati va holati kuzatiladi. Bunda varroatozasalari oilalari joylashgan mo’mkataklarga chumoli kislotasi bilan ishlov beriladi va asalarilar oilasi joylashga qutilar bekitib qo’yildi. Oradan 2 soat vaqt o’tgachasalarilar yashshiklari ochilib to’shalgan qog’ozlar sekin, silkitmasdan chiqarib olindi. To’shalgan oq qog’ozlar sinchiklab kuzatilganda ularda guda ham kichik mayda qora nuqtachalar Varroa kanalari ko’zga tashlanadi. Shundan so’ng qog’ozlarni Petri kosachasiga sekin silkitib, qoqib kanalar yig’ib olinindi. Petri kosachasidagi yoki dastakli ninalar yordamida olinib buyum oynasi ustiga qo’yilgan kanalar binokulyar yoki mikroskop ostida kuzatildi. olinadi va veterinariya laboratoriyasiga akarologik tekshiruvga yuboriladi.
Asalarilar varroatoz kasalligini boshqa yuqumli kasalliklardan farqi shuki u asalarilar oilasi (Apis meilifera) rivojlanishining barcha stadiyalarida va yilning hamma fasllarida uchrashi bilan juda xavflidir.
Varroatoz kasallangan arilarni turli rivojlanish bosqichidagi: lichinka, nimfa va katta yoshdagi arilar uchraydi (6-rasm).

Shuningdek asalari oilalarining yoppasiga qirilib ketishiga asalarilarni varroatoz bilan kasallanishi va Varroa kanalari tarqalishi bilan bog‘liq kechadigan ikkilamchi virusli infeksiyalar asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Varroa kanalari bilan zararlanishi bilan bog‘liq holda bir nechta virusli kasalliklar: qanot deformatsiyasi virusi, aralash nasl virusi (sctambler virusi) epizotik jarayonlarn murakkablashtirib, asalarilar nobud bo‘lishini 2-3 marta tezlashtiradi. Varroa kanalari faqatgina viruslarni tashuvchisi bo‘lib qolmasdan (asalari koloniyalari ichida va koloniyalararo) ular zararlashi oqibatida zaiflashgan yetuk arilar va lichinkalarida viruslarni rivojlanishini yanada jadallashishiga ham sabab bo‘ladi. Asalarilarda varroatoz intensivligi oshishi bilan infeksion kasalliklar rivojlanishi tezlashadi, chunki kanalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri asalarilar gemolimfasi bilan oziqlanishi bilan bog‘liq holda arilar organizmiga ikkilamchi infeksiyalar o‘tishi ham birga boradi

Olingan namunalarni dala sharoitida yoki laboratoriyada iloji boricha tezda (3-5 kun) tekshirilishi kerak. Bundan kechiktirilganda namuna qurib, kanalar o‘la boshlaydi. Kana o‘z harakatini yo‘qotadi. Laboratoriyada yuborilgan material Petri kosachasiga solinib, uning ostiga distillangan suv yoki qaynatilgan suv bilan ho‘llangan fil’tr qog‘ozi to‘shalganda qo‘tir kanalarining harakatchanligi bir muncha uzoqroq davom etadi. Qirindi laboratoriyaga zich berkitilgan probirkada yoki permanganat qog‘ozdan qilingan haltachada yuborilgan bo‘lishi shart.


Yuborilgan material solingan idishni ustiga etiketka yozilib unga arizor va asalari oilasi raqami (asalari qutisi) birka nomeri, namuna olingan joy va vaqt ko‘rsatiladi. Olingan namunadan o‘lik kanani topish yoki tirik kanalarni topish uchun tekshiriladi.
Mortal usul:
Mortal usulida olingan namuna soat oynachasiga solinadi, keyin ustiga 10 % li o‘yuvchi kaliy yoki natriy ishqori quyiladi. Namuna ishqor eritmasiga aralashtirilgandan keyin namuna yumshaguncha 25-40 minut o‘tadi. Tukshirishni tezlashtirish talab qilinsa, tayyorlangan material + 60-700 S qizdiriladi. Keyin bu material predmet va berkituvchi oynachalar orasiga joylanib, mikroskopning yeng kichik kattaligida ko‘rsatuvchi obyektivlarida ko‘zdan kechiriladi. Aniqroq ko‘rish uchun mikroskopning ko‘rish maydonini qorong‘iroq qilish tavsiya qilanadi.
Vital usul:
Vital usulda - tirik kanalarni topish va o‘tkazilgan davolash tadbirlarning kanalarga bo‘lgan ta’sirini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
1. Olingan namuna soat oynachasiga yoki laboratoriya kosachasiga solinib, ustiga 5-8 barobar suv solinadi. Keyin namunaga suvga aralashtirilib 30-400 S termostatda 15 minut qo‘yiladi. So‘ngra soat oynachasiga yoki laboratoriya kosachasiga solingan material mikroskopning predmet stolchasiga qo‘yilib, kichik kattalikda tekshiruvchi obyektivda tekshiriladi.
2. Yaxshiroq ko‘rish uchun mikroskopning ko‘rish maydonini qorong‘iroq qilish kerak. Qanalar odatda issiqroq suvda tez harakat qila boshlaydi va ko‘zga tez ko‘rinadi.
3. Namuna laboratoriya kosachasiga solinib og‘zi berkitiladi. So‘ngra kosachani og‘zi bilan pastga aylantirib 500 S suvga qo‘yiladi. Tahminan 25-30 minut o‘tgach kosachani olib uning og‘zini ko‘rish maydoni qornog‘iroq qilingan mikroskopning stolchasiga qo‘yib obyektivda ko‘zdan kechiriladi. Shunda kanalar issiqlik ta’sirida namunadan ajralib chiqib xarakatlana boshlaydi va osongina ko‘zga tashlanadi.
4. Olingan namuna, soat oynachasiga solinib ustiga bir necha tomchi kerosin qo‘yiladi. Qanalar kerosinda 4-6 soatgacha yashaydi va namuna ichidagi tirik kanalarning xarakati mikroskop ostida yaxshi ko‘rinadi. Namuna tekshirilayotganda faqatgina Acarapis woodi kanalari topilmasdan balki ularning tuxumlari ham ko‘rinadi. Bu vaqtda kana tuxumlarining o‘lik yoki tirikligini ajratish kerak. Acarapis woodi kanalarini tirik tuxumlari oval shaklida bo‘lib, uchidagi embrioni oq bo‘ladi yoki tuxum ichida lichinka bo‘lib, tuxum qobig‘iga tegmay turadi. O‘lik tuxumlar esa oval, assimetrik shaklda, tashqi pardasi to‘lishgan yoki tuxum ichidagi lichinka tuxumni tashqi pardasiga zich tegib turadi. Akarapidoz bilan bilan kasallangan ari oilalari davolangandan keyin qayta tekshiriladi. Asalari oilalari akarapidozga qarshi to‘g‘ri davolangan bo‘lsa oradan 12-14 kun o‘tgach olingan namunalarda tirik kana va uning tuxumlari bo‘lmaydi.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling