Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi
Download 1.26 Mb.
|
sha
2-bob. TADQIQOTAR NATIJASI
2.1. Material yig‘ish va tadqiqot metodlari Biz Qashqadaryo viloyati sharoitida asalarilarni varroatoz bilan zararlanishini o‘rganish uchun Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli asalari arizorlarida (pasekalar) hamda Kasbi tumani xonadonlarda 2021-2023 yillar davomida tadqiqotlar olib bordik. Tadqiqotlar davomida tanlangan Kasbi tumani10ta fermer xo’jaligi va shaxsiy xonadonlar, Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli 2 ta asalari arizorlarida (pasekalar) 472ta asalari oilalari akarologik kuzatuvdan o‘tkazildi.Kuzatuvlar yilning barcha fasllarida olib borildi. Mazkur arizorlardagi 104 ta asalari oilasida Varroa kanalarini tarqalganligini aniqlash va Varroa kanalarini yig’ib olish uchun varroatozga qarshi ishlov berildi. Akarologik ishlov berishdan oldin asalari oilalari joylashgan quttilar ichining ostki qismiga oq qog’oz to’shaklar solib chiqildi. Shundan so’ng asalari oilalari joylashgan mo’mkataklarga chumoli kislotasi bilan ishlov berildi va asalarilar oilasi joylashga qutilar bekitib qo’yildi. Varroatozga qarshi akarologik ishlov berilgan 104 ta asalari oilasining 68 tasida Varroa kanalari uchrashi aniqlandi.Yuqorida olingan namunalardan 211 ta Varroa kanasi ajratib olinib, probirkalarga etil spitriga solindi. Probirkalarga namuna olingan hudud, yil, oy va kunieteketkalarda rasmiylashtildi. AsalarilarVarroa kanalari asalarilar rivojlanishining hamma bosqichlarida parzitlik qilib aslariarda yilning barcha fasllarida uchraydi. Ular asalari oilalarining doimit paraziti hisoblanadi va barcha individlarida: Ona ari, erkagi, ishchi ari va soqchiarilar tanasiga yopishib, ular tanasining yumshoq joylarida, qanotlar, oyoq va qo’ltiqlari ostida, ayniqsa asalarilar ko’payish vaqtida mumkatalarda rivojlanayitgannozik lichinka va g’umbakllar limfa suyuqligini so’rib oziqlanadi. Bunday asalari oilalari yaxshi rivojlanmaydi, individlari nimjon bo’ladi.Bu kasallik veterinariyada –varroatoz deb ataladi. Kana va uning lichinkalari asalari yumshoq joylari terisini teshib, gemolimfasi bilan oziqlanadi. Qashqadaryo viloyatida Varroakanalari tarqalishi bo‘yicha material yig‘ish, asalarilarni varroatoz bilan kasallanishini aniqlash va unga tashxis qo‘yish ishlari Veterinariya departamenti tomonidan 2002 yil 13 iyunda tasdiqlangan “Asalarilar ekzoakarapidozi va akarapidoz qo‘zg‘atuvchilariga tashxiz qo‘yish bo‘yicha metodik ko‘rsatma” ga muvofiq amalga oshirildi.1 Tadqiqotlar davomida laboratoriya sharoitida ichidan ham kanalar ajratib olinadi. Shundan so‘ng yig‘ib olingan kanalar turi, sistematikasi aniqlanib morfologik tavsif beriladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling