Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi
Download 1.26 Mb.
|
sha
Varroa gamazoid kanalarida jinsiy demorfizm sezilarli darajada shakllangan.Varroa Jacobsoni Oudemans kanasi: tuxum, lichinka, protonimfa, deytonimfa va imoga rivojlanish stadiyalarini o‘taydi.
Tuxumi ovalsimon, tiniq rangsiz oq, kattaligi 0,60-0,67 / 0,3-0,4 mm yupqa qobiqli bo‘lib ichida embrion ko‘rinib turadi. Embriogenez 48 soat davom etadi. Dastlabki 24 soat ichida tuxum ichida kattaligi 0,5-0,5 mm bo‘lgan olti oyoqli lichinka hosil bo‘ladi va shundan keyin u protonimfa stadiyasiga o‘tadi. Urg‘ochi kana protonimfa stadiyasi 3-4 kun davom etadi. Protonimfa kattaligi 0,6-0,8 mm bo‘lib, rangi oq, shaffof-sharsimon shaklda, to‘rt juft oyog‘i bo‘ladi. Qorin tomonida anal qalqon va rudiment peritremalar rivojlanadi. Oyoqlari konussimon (uchi qisqargan) bo‘lib, oyoqlari uchlarida joylashgan so‘rg‘ichlari yordamida asalarilar tanasiga yoki boshqa jismlarga yopishib turadi. Erkak protonimfa (kattaligi 0,62-0,74/0,58-0,69 mm) yumaloq shaklda bo‘lib, uning rivojlanishi 2-3 kun davom etadi. Anal qalqoni shakllana boshlaydi. Oyoqlari va perilemfalari urg‘ochi protonimfanikiga o‘xshash bo‘ladi. Urg‘ochi protonimfanikiga (kattaligi 0,94-1,1/1,2-1,6 mm) tanasi yumaloq, qo‘ng‘ir rangli, ko‘krak qalqoni qisman ko‘rinadi. Erkak protonimfa urg‘ochi protonimfaga nisbatan ko‘proq yumaloq bo‘lib, kattaligi 0,74-0,88 / 0,71-0,8 mm, ko‘kimtir–oq rangda bo‘ladi. Bu stadiyalar rivojlanishi 1-2 kun davom etadi. Voyaga yetgan urg‘ochi kananing krabsimon tanasi uzunligi 1,1 mm, kengligi (eni) 1,6 mm, qizil-qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Tanasi tashqi tomonda harakat qilish va xo‘jayin tanasiga yopishib turish uchun qattiq shoxlangan kuchli xitin bilan qoplangan qilchalari bo‘ladi. Urg‘ochi kana og‘iz apparati sanchuvchi – so‘ruvchi tipda bo‘lib, odatda tanasi ostida yashiringan bo‘ladi. Oyoqlari qisqa va kuchli, so‘rg‘ichli bo‘lib, tirnoqlari zaif rivojlangan. Parazit hayot kechirish tarzi urg‘ochi kanalarda o‘ziga xos morfologik belgilarni shakllantirgan va ular quyidagi xususiyatlarga ega. Jumladan, tananing o‘ziga xos shaklda halqasimon bo‘lishi, asalarilar qorin qismi bo‘g‘imlari orasiga mustahkam yopishib turishini ta’minlaydi va kanalar asalarilar tanasida erkin harakat qila oladi. Erkak kana tanasi (uzunligi 0,8 mm, eni 0,7 mm) urg‘ochi kanadan biroz kichik bo‘lib, oq rang, yumaloq shaklda bo‘ladi. Erkak kana faqat asalarilar oilasi uyasida yopiq katakchalardagi asalarilar naslida yashaydi. Kana hayotida aniq ikkita bosqich mavjud: ko‘payish bosqichida asalari uyalarining yopilgan kataklaridagi naslida rivojlanadi va o‘tish bosqichida urg‘ochi kana katta yoshdagi asalarilarga yopishib. Urg‘ochi kanani urug‘lanishi asalarilar oilasi kataklarida ishchi yoki truten arilar avlodida (nasli) yuz beradi. Urug‘lanish ishchi arilar lichinkalarida 8-10 kun, trutenlarda 8-9 kunlar sodir bo‘ladi va urug‘langan urg‘ochi kana katakchalar tubiga, lichinkalar ostidagi ozuqa zaxirasiga tushadi va tinim holatiga (uyquga) ketadi (Shishkanov, 2008). O‘zbekistonda ham asalari oilalarida asalarilar rivojlanishining (metamorfozining) barcha bosqichlarida parazitlik qiluvchi Varroa gamazoid kanalari keltirib chiqaruvchi varroatoz kasalligi sezilarli darajada uchramoqda. O‘zbekiston sharoitida Varroa gamazoid kanalari bioekologiyasi o‘rganilmagan. Varroatoz qo‘zg‘atadigan Varroa avlodi kanalari turlar tarkibi, bioekologiyasi, tarqalishini o‘rganish issiq iqlim sharoitida ularga qarshi kurash profilaktika chora – tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling