Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash ucun test savollari
Ishning bajarilishi. Bodyaga tanasiga suv kiradigan mayda teshikchalarni va
oskulumni kuzatish uchun koloniyasining bir qismini kesib olib, har xil kattalikda ko’rsatuvchi lupalar va binokulyar orqali kuzating, noaniq shakli va yashil rangiga e'tibor bering va rasmini chizing. Bulutning tana qoplag’ichidan tayyorlangan preparatni mikroskopda ko’rib, undagi turli xil hujayralarni toping va rasmlarini chizing. Fiksatsiyalangan bodyagadan bir bo’lagini olib, uni probirkaga soling va ustiga 40- 45% sulfat kislota eritmasini quyib 2-3 daqiqa davomida spirtovkada qizdiring. Shunda bodyaganing tanasi erib ketadi va suyuqlikning ostiga cho’kadi. Keyin suv bilan yuvib soat oynasiga soling, qurigan cho’kmani mikroskopda ko’rib, mayda tayoqchasimon ignachalarga (skeletiga) diqqatingizni qarating. Mavzuni mustahkamlash ucun test savollari 1.Ko’p hujayralilarni kelib chiqishini “fagositella” nazariyasini mohiyati nimada? A. Blastula bo’shlig’iga hujayralar immigratsiyasi; B. Blastula devorini invaginatsiyasi; S. Ko’p yadroli bir hujayralilarni sellyulyarizatsiyalashuvi;D. Bir hujayralilarni boshqa bir hujayralilar bilan oziqlanish natijasida; 2.Ko’p hujayralilarni kelib chiqishini “gastreya” nazariyasini moxiyati nimada? A. Blastula devorini invaginatsiyasi; B. Blastula bo’shlig’iga hujayralar immigratsiyasi; S. Ko’p yadroli bir hujayralilarni sellyulyarizatsiyalashuvi; D. Bir hujayralilarni boshqa bir hujayralilar bilan oziqlanish natijasida; 3.Ko’p hujayralilarni kelib chiqishini “sintsitiy” nazariyasini moxiyati nimada? A. Ko’p yadroli bir hujayralilarni sellyulyarizatsiyasi; B. Blastula bo’shlig’iga hujayralar immigratsiyasi; S. Blastula devorini invaginatsiyasi; D. Bir hujayralilarni boshqa bir hujayralilar bilan oziqlanish natijasida; 4.Bulutlarning paragastral bo’shliq hujayralari? A.Xoanotsitlar; B.Kollentsitlar; S.Amyobatsitlar; D.Skleroblastlar; 5.Bulutlar (g’ovaktanlilar) mezogleyasida uchramaydigan hujayralar? A.Xoanotsitlar; B.Kollentsitlar; S.Amyobatsitlar; D.Arxeotsitlar; 6. Gastrea nazariyasining muallifi qaysi olim? A. A.Mechnikov; B. Kovalevskiy; S. Gekkel; D. Darvin; 7. Fagotsitella nazariyasining muallifi kim? A. K.Linney; B. Xodja;S. Lamark; D. Mechnikov; 8. Bulutlarni hayvonot olamining vakili ekanligini qaysi olim isbotladi? A. Aristotel; B. Xolodkovskiy; S. Mechnikov; D. Djorden; 9. Bulutlarni qaysi hujayralarida ovqat xazm bo’ladi? A. Pinakotsitlarda; B. Amyobotsitlarda; S. Xoanotsitlarda; D. Arxeotsitlarda; 10. Bulutlar tipi necha sinfdan iborat? A. 5 ta sinfdan; B. 2 ta sinfdan; S. 4 ta sinfdan; D. 3 ta sinfdan; 11. Askonoidli bulutlarda xoanotsitlar gavdaning qayerida joylashgan? A. Gavda devori ichida; B. Paragastral bo’shligi devorida; S. Oskulum atrofida; D. Gavda bo’shligi devorida oyiqlar (chuqurchalar) ichida; 12. Bulutlar nimalari yordamida geografik tarqala oladi? A. Jinsiy hujayralari yordamida; B. Mayda bo’lakchalari orqali; S. Lichinkalari yordamida; D. Gavdadagi hujayralari orqali; 13. Bulutlar gavdasida qanday to’kimalar bo’ladi? A. Muskul to’qimasi; B. Nerv to’qimasi; S. Togay to’qimasi; D. To’qimalar bo’lmaydi; 14. Evolyutsion taraqqiyot protsessida bulutlar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan? A. Taroqlilardan; B. Koloniya bo’lib yashovchi xivchinlilardan; S. Xivchinlilardan; D. Sarkodalilardan; 15.G’ovaktanlilar tana devori? A. Ektoderma va endoderma; B. Endoderma va mezogleya; S. Ektoderma va mezoderma; D. Ektoderma va bazal membrana; Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling