Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21 - rasm. Bulutlarning tuzilishi. A-Askon tipidagi bulutning tuzilishi
- B-Askon, siqon, leykon tipidagi bulutlar
Ishning mazmuni. Bulutlar eng sodda tuzilgan ko’p hujayrali, o’troq hayot
kechiruvchi suv hayvonlari bo’lib, asosan dengizlarda, ayrim vakillari chuchuk suvlarda tarqalgan. Ularning tanasida nerv va muskul to’qimalari bo’lmaydi. Tanasi, umuman to’qima va organlarga shakllanmagan, balki turli vazifalarni bajaruvchi ikki qavatli hujayralardan tashqil topgan. Bulutlar tanasi xilma-xil bo’lib, sharsimon, qadahsimon va ko’zachasimon shakllarda bo’ladi (21- rasm). Bulutlar gavdasining ichki tomoni bo’shliqdan iborat bo’lib, unga paragastral bo’shliq deyiladi. Asqon tipida tuzilishga ega bo’lgan bulutlarda bu bo’shliq devorining ichki yuzasi xivchinli yoqali hujayralar-xoanotsitlar bilan qoplangan. Xoanotsitlar ovqat moddasini ushlash va uni hazm qilish vazifasini bajaradi. Bulutlarning gavda devorida juda ko’p mayda teshikchalar (poralar) bo’lib, ularning naychalari orqali suv va ozuqa moddalar paragastral bo’shliqqa tushadi. Bulutlar tanasining ustki tomonida maxsus teshik («og’izcha») bo’lib, unga oskulum deyiladi. 21 - rasm. Bulutlarning tuzilishi. A-Askon tipidagi bulutning tuzilishi: 1-oskulum; 2-poralar; 3-5-turli xil shakldagi skelet ignachalari; 4-tana sirti devorini qoplovchi hujayralar; 6- yulduzsimon hujayralar; 7-pinokotsitlar; 8-porotsitlar. B-Askon, siqon, leykon tipidagi bulutlar: 1-oskului; 2-4-keltiruvchi naychalar; 3-6-yoqali xivchinli hujayra (xoanotsit) lar xonachalari; 5-chiharuvchi naychalar; 7-yoqali xivchinli hujayralar; 8-paragastrol bo’shliq; strelkalar suv oqimi yo’nalishini ko’rsatadi. Oskulum suv va qoldiq moddalarni chiharib turish vazifasini bajaradi. Gavda devorini ustki tomonidan qoplab turuvchi hujayralar yassi shaklda bo’lib, ular pinokotsitlar deb ataladi. Bulutlarning tashqi ektoderma va ichki endoderma qavatlari orasida m ye z o g l i ya deb ataluvchi strukturasiz hujayralararo modda mavjud. Unda har xil hujayralar, xususan yulduzsimon hujayralar, skleroblastlar, amyobatsitlar va arxeotsitlar tartibsiz joylashgan bo’ladi. Yulduzsimon hujayralar tayanch vazifasini bajarsa, skleroblastlardan skelet elementlari xosil bo’ladi. Amyobatsitlar harakatchan hujayralar bo’lib, ularning bir gurug’i xoantsitlardan olingan ozuqani hazm qiladi, ikkinchi guruhi ixtisoslashmagan rezerv hujayralar, ya'ni arxeotsitlardir. Arxeotsitlardan (rezerv deb aytilishiga sabab) yuqorida aytilgan barcha hujayralar xosil bo’lib turadi, shu jumladan jinsiy hujayralar ham xosil bo’ladi. Bulutlar morfo-fiziologik tuzilishiga ko’ra uch guruhga bo’linadi: asqonoid, siqonoid va leyqonoid. O’rganilayotgan bulut chuchuk suv bodyagasi leyqonoid bulutlarning vakilidir. Leyqonoidli tuzilishdagi bulutlar murakkab tuzilgan. Bularda mezogliya yaxshi rivojlangan bo’lib, xoanotsitlar mezogliyadagi maxsus kameralarda joylashgan. Bu kameralarga suv gavda devoridagi teshikchalar (poralar) ning naychalari orqali keladi. Foydalanilgan suv esa chiharuvchi naychalardan paragastral bo’shliqqa o’tib, undan oskulum orqali tashhariga chihariladi. Bodyaga bulutlari turg’un va sekin oquvchi suv havzalarida hayot kechiradilar. Koloniyali bo’lib yashaydilar. Tirik bodyaganing tashqi qismida mayda teshikchalar, ularning uchida esa og’izcha oskulum joylashgan bo’ladi. Bodyaga dermal membrana bilan qoplangan. Gavda devorida kremniydan iborat ignalari mavjud. Bodyaga jinssiz (qurtaklanish) va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Qurtaklanish ham ikki xil bo’ladi. Tashqi qurtaklanish, koloniya xosil bo’lishi va uning tarkibidagi individlar sonining ortishiga sabab bo’ladi. Kuz faslida bodyaganing mezogliyasidagi arxeotsitlardan gemmula deb ataluvchi va qishlab qoluvchi ichki qurtaklar xosil bo’ladi. Bular qalin qobiq bilan o’ralib, maxsus skelet-ignalar bilan mustahkamlanadi. har bir bodyaga koloniyasida bir necha ming gemmulalar yetishadi. qishda bodyagalarning nobud bo’lishi bilan gemmulalar suvda qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashhariga chiqadi va ulardan yosh bodyagalar shakllanadi. Bodyaga ayrim jinslidir. Bir guruh bodyagada tuxum hujayra, ikkinchi guruhida esa urug’ hujayra-spermatazoidlar yetiladi. Jinsiy hujayralar bodyaga mezogliyasidagi arxeotsitlardan shakllanadi. Urug’ hujayralar oskulum orqali suvga chiqib, tuxum hujayralariga ega bo’lgan urg’ochi bulutlarning tanasiga kirib tuxum hujayrani urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanib, keyinchalik tashqi muhitga chiqadi va suvda xivchini yordamida suzib yuradi. Bulut lichinkasining bu davri a m f i b l a s t u l a deyiladi. Keyinchalik bu lichinkalar suv ostidagi substratlarga o’tiradi va ulardan yosh bulutlar paydo bo’ladi. Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling