Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy
ADSORBTSIYAVIY XROMATOGRAFIYA
Download 290 Kb.
|
Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy
2. ADSORBTSIYAVIY XROMATOGRAFIYA
Bu usulda aralashma moddalarni ajratish va tozalash ularni adsorbent yuzasida adsorbtsiyalanish va erituvchi bilan desorbtsiyalanish jarayoni turlicha bo’lishiga asoslangan. Adsorbtsiyaviy xromatografiya maxsus xromatografik kolonkalarda
Adsorbent va xromatografiya uchun tanlangan erituvchi kolbaga solinib, yaxshilab chayqatiladi. So’ngra hosil qilingan alyuminiy oksidning suspenziyasi kolonkaga oz-ozdan qo’yiladi va adsorbentni yaxshi joylashtirish uchun kolonka vaqti-vaqti bilan qalin vakuum kauchugi bilan urib turiladi. Kolonka devoriga yopishgan adsorbent esa erituvchi bilan yuvib tushiriladi, adsorbent sirtiga ozroq shisha paxta joylashtiriladi. Shu tarzda kolonka adsorbent bilan tuldirilgandan so’ng tozalanishi lozim bo’lgan aralashma eritma holida yoki alyuminiy oksid bilan aralashtirilgan holatida kolonkaga asta-sekin solinadi, kolonka erituvchi bilan yuviladi. Kolonkadan erituvchining oqib o’tish tezligi sumrak yordamida boshqarib turiladi. Bunda kolonkadan oqayotgan erituvchining tezligi minutiga 30-40 tomchidan oshmasligi kerak. Yuvilish natijasida.moddalar absorbent ustuni-xromatografikaviy kolonkaning yuqori qismmdan pastga surilib, moddalar aralashmasi bir-biridan ajralib, xalqalar hosil qila boshlaydi. Shu tarzda moddalar oldinma-keyin erituvchi bilan birga yuvilib tushadi. Yuvib tushiradigan erituvchi - elyuat deyilad. Agar xromatografiya uchun ishlatilayotgan elyuat - erituvchi kolonkada qolgan moddani yuvib chiqara olmay qolsa, u xolda elyuotrop qatorida bu erituvchidan keyin kelgan erituvchi qo’llaniladi, 2-jadvalda - adsorbentga adsorbilangan moddalarni yuvib chiqarish xususiyatiga ko’ra erituvchilar oldinma-keyin bir qatorga joylashtirilgan. Bu qator erituvchilarning elyuotrop qatori deyiladi. Eng kuchli adsorbilangan moddalar ko’pincha etil yoki metil spirt bilan yuviladi.
Download 290 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling