Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy


KOLLOIDLARNING O’ZARO KOAGULYATSIYASI


Download 290 Kb.
bet43/50
Sana09.01.2022
Hajmi290 Kb.
#265009
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy

KOLLOIDLARNING O’ZARO KOAGULYATSIYASI

Ma‘ruza rejasi.

1. Kolloidlarning kolloidlar ta‘siridan koagulyatsiyalanishi.

2. Kolloidlarning isitish ta‘siridan koagulyatsiyalanishi.

3. Kolloid sistemalarning struktura hosil qilishi.

4. Dispers sistemalarning barqarorligini oshirish muammolari.

5. Koatservatsiya hodisasi.

6. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining himoyaviy ta‘siri.
1. KOLLOIDLARNING KOLLOIDLAR TA‘SIRIDAN

KOAGULYATSIYALANISHI.

Kolloidlarning kolloidlar bilan koagulyatsiyalanishi (o’zaro koa­gulyatsiya) ularning zaryadiga va kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, AgI ning musbat va manfiy zollari o’rtasida (ular ekvivalent miqdorda olinganda) bo’ladigan o’zaro koagulyatsiyani quyidagi sxema bilan ko’rsatish mumkin:


[nAgI] · xI- + [nAgI] · xAg+ → (2n + x) AgI
Agar musbat zaryadli zoldan ortiq miqdorda qo’shilgan bo’lsa zol batamom koagulyatsiyalanmaydi:

[mAgI] · xAg+ + [nAgI] · yI- → (m+n) + y) · AgI · (x-y) Ag+ natijada zol musbat zaryadli bo’ladi.

Ichiladigan suvni tozalash uchun kolloidlarning o’zaro koagulyatsiyalanish hodisasidan foydalaniladi. Suvdagi organik moddalar manfiy zaryadli bo’ladi. Suvga xlor qo’shilib, bakteriyalar o’ldirilgandan keyin, suvga oz miqdorda alyuminiy sulfat qo’shiladi. Bu tuz gidrolizlanadi. Hosil bo’lgan gidroksidning musbat zaryadli kolloid suvda­gi organik moddalarning manfiy zaryadli kolloidlarini koagulyatsiyalaydi. Natijada hosil bo’lgan koagulyatlar cho’kadi, suv esa tiniydi.


Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling