5. KOATSERVATSIYA HODISASI.
Ba‘zida YuMB eritmalarining harorati va rN qiymati o’zgartirilganda yoki unga quyi molekulyar modda qo’shilganda koatservatsiya hodisasi ro’y beradi. Bunda bir-biridan izolyatsiyalangan makroskopik tomchilar zoldan ajraladi. Har bir tomchi, o’z navbatida, ultramikroskop tomchilar majmuidan tashkil toptan bo’ladi. Yirikroq tomchilar o’zaro birikib, oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan darajada yiriklashadi va jarayon sistemaning ikki qavatiga ajralishi bilan tugallanadi. Koatservatsiya jarayoni qaytardir. Ularning bu xususiyati elektrolit kontsentratsiyasining kamayishi, rN va haroratning o’zgarishi bilan yuz beradi.
Koatservatsiya hodisasi qarama-qarshi zaryadli zollar, masalan, oqsil va letsitin, oqsil va nuklein kislotalar o’zaro aralashtirilganda sodir bo’lishi mumkin. Har xil zaryadli zollar aralashtirilgandagi koatservatsiya kompleks koatservatsiya deyiladi. Koatservatsiya biologik jarayonlarda - protoplazmada katta rol o’ynaydi. Olimlardan Oparin nazariyasiga ko’ra, dastlabki tirik organizmlarning paydo bulishida koatservatsiya muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |