Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy


KOLLOIDLARNING ISITISH TA‘SIRIDAN


Download 290 Kb.
bet44/50
Sana09.01.2022
Hajmi290 Kb.
#265009
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy

2. KOLLOIDLARNING ISITISH TA‘SIRIDAN

KOAGULYATSIYALANISHI.

Kolloid eritmalar isitilsa, ba‘zan tez koagulyatsiyalanadi; ba‘zan isitish kam ta‘sir etadi. Umuman, kolloidlar qaynatilganda zolning zaryadi kamayadi, eritmada zarracha va ionlar o’rtasidagi muvozanat buziladi: eritma qizdirilganda kolloid zarrachalar ionlarni yomon adsorbilaydi; natijada ularning zaryadi kamayadi va bunday zar­rachalar bir-biri bilan uchrashib, koagulyatsiyalanadi.


3. KOLLOID SISTEMALARNING STRUKTURA HOSIL QILISHI.

Kolloidlarning mitsellalari ikki xil shaklda: 1) simmetrik mi­tsellalar (masalan, sharsimon mitsellalar) va 2) asimmetrii mitsellalar (masalan, tekis plastinkasimon, chuziq tayoqchasimon va hokazo shakllardagi mitsellalar) bo’ladi. Mitsellaning shakli mitsella yadrosining kristallik tuzilishiga bog’liq chunki yadro tarkibiga kiruvchi atom yoki molekulalar ma‘lum tipdagi kristallik panjaraga ega.

Asimmetrik zarrachalardan iborat kolloid sistemalar alohida xu-susiyatga ega: bu sistemalar ichida tursimon strukturalar hosil bo’la­di.

Asimmetrik zarrachalar shu bilan farq qiladiki, ularni qurshab olgan solvat qobiq ya‘ni erituvchi molekulalaridan iborat qobiq bir tekis taqsimlangan bo’lmaydi: zarrachaning bir qismi ko’proq bir qismi esa kamroq solvatlangan bo’ladi. Zarrachalar o’zaro to’qnashganda ular uzlarinint kamroq solvatlangan qismlari bilan bir-birini tortadi. Ana shuvday tortishuv natnjasida xuddi ko’pikka o’xshash tursi­mon strukturalar hosil bo’ladi.



Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling