Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
Flektiv tillar
Affiksal tillar shraybe - shriyb yozayapman - yozdim лежу- лег yotibman – yotdim 1818-yilda F. Shlegelning ukasi Avgust Shlegel «Provansal tili va adabiyoti to‗g‗risida xotiralar» degan asarida tillami flektiv, affiksal va amorf tillarga ajratadi. U amorf tillarga xitoy-tibet tillarini kiritib, ularning xususiyatlari to‗g‗risida batafsil ma‘lumot berdi, flektiv tillarni esa sintetik flektiv tillar va analitik flektiv tillarga ajratishni tavsiya etdi. A. Shlegel ham tillarni mukammal va mukammal bo‗lmagan tillarga 66 ajratadi. Kezi kelganda shuni qayd qilish kerakki, tillarning yaxshi-yomon, mukammal yoki nuqsonliligi bo‗lmaydi. XIX va hatto XX asrda yashab ijod etgan ayrim nemis va Amerika olimlari millat va ularning tillarini kamsituvchi ana shunday fikrlarni ilgari surishgan. Aslida barcha millat va tillar bir-biriga teng, chunki tillar o‗z jamiyatiga to‗la-to‗kis xizmat qiladi. Nemis tili nemis xalqiga qanday xizmat qilayotgan bo‗lsa, Kannada (Hindiston), nanay tillari ham o‗z xalqiga aynan shunday xizmat qilmoqda. Barcha tillarning vazifasi bir xil, ya‘ni aloqa vositasi xizmatini o‗tashdir. Aka-uka Shlegellardan keyin bu masala taniqli nemis olimi, tilshunoslik fanining asoschilaridan biri Vilgelm Fon Gumboldt tomonidan har tomonlama ko‗rib chiqildi. «Tildagi tovush va g'oya shakllarini bir-biriga to'g'ri va shiddat bilan qavushib ketishi, tillardagi munosabatlarning ifoda etilishi, gaplarning yasalish uslublari va tovush shakllaridan ko'rinib turadi», - deydi Gumboldt. Ana shulami hisobga olib, u tillami flektiv, agglyutinativ, ajratuvchi (amorf), mujassamlashtiruvchi (polisintetik) deb nomlanuvchi to‗rt turga ajratdi. Bu tasnif oldingilaridan birmuncha farq qiladi. Gumboldt tillarning birinchi turi nomini o‗zgartirmay, «flektiv» tarzida qoldirib, unga qo‗shimcha tillami kiritdi. Xususan, bunday tillarga faqat o‗zakda o‗zgarish sodir bo‗ladigan tillar emas, balki ba‘zi affiksal tillar ham kirishini tushuntirdi. Lekin bu affikslar agglyutinativ tillardagilardan tubdan farq qiladi. Aka-uka Shlegellar affiksal deb atagan tillar guruhini Gumboldt agglyutinativ atamasi bilan atadi. Bu bilan u affiksal flektiv tillami affiksal agglyutinativ tillardan farq qilishini nazarda tutdi. Amorf tillarni u ajratuvchi tillar deb atadi, chunki amorf so‗zi shaklsiz degan ma‘noni anglatadi. Xitoy-tibet tillari boshqa tillar kabi o‗z shakliga ega, lekin ularning grammatik shakllari boshqa tillardan farqli so‗z shakllarini o‗zgartirish yo‗li bilan emas, balki so‗z tartibi va ohang orqali o‗zgaradi. V.Gumboldt mavjud tasnifga yana bir tillar guruhini kiritish maqsadga muvofiq ekanligini ta‘kidlab, uni mujassamlashtiruvchi tillar deb ataydi. Tillardan nuqson topishda V.Gumboldt ham chetda qolgani yo‗q. Uning fikricha, tafakkuming rivojlanishini ta‘minlay oladigan va uning rivojlanishiga «to‗siq bo‗ladigan» tillar mavjud. Birinchi turdagi tillarni u «qat’iy to‘g‘ri shaklga ega bo‘lgan tillar» va «ikkinchisini qat ’iy to'g‘ri shakldan chekinuvchi tillar» deb atab, birinchisiga flektiv tillarni, ikkinchisiga - agglyutinativ, ajratuvchi va mujassamlashtiruvchi til turlarini kiritdi. Ammo u o‗z fikrini tasdiqlaydigan birorta asosli dalil topa olmadi. Yuqorida keltirilgan olimlardan tashqari tillar tasnifi bilan Avgust Shleyxer, F.Misteli, N.Fink, F.F. Fortunatov, E.Sepir va boshqa bir qancha tilshunoslar ham shug‗ullanishgan. Masalan, A.Shleyxer tillarni uchga ajratib (o‗zak, agglyutinativ va flektiv tillar), har bir til o‗z taraqqiyot davrida ana shu uch bosqichni o‗z boshidan o‗tkazadi, deb tushuntiradi. Uning fikricha, tillar o‗zak holida tug'ilib, vaqt o‗tishi bilan ba‘zi o‗zaklar o‗z urg‗ularini yo‗qotadi va yordamchi so‗zlar qatoridan o‗rin oladi. Bu yordamchi so'zlar keyinchalik mustaqil so‗zlarga bog‗lanib, avval agglyutinativ affikslarga, keyinroq esa flektiv affikslarga aylanadi. Umuman olganda tillarda mustaqil so‗zlami yordamchi 67 so‗zlarga va ulaming o‗z navbatida qo‗shimchalarga aylanish hodisasi uchrab turadi. Turkiy tillarda bu hozir ham davom etmoqda, masalan, o‗zbek tilidagi Men talabaman gapini olsak, undagi shaxs va son ko‗rsatkichining bevosita men olmoshiga aloqadorligi, shu olmoshdan kelib chiqqanligiga hech qanday shubha yo‗q. Bu gapimizga dalil sifatida hozirgi zamon boshqird va tuva tillarini keltirish mumkin. Ushbu tillarda kesimdagi shaxs va son ko‗rsatkichini urg‗u olmagan kishilik olmoshlari bajaradi. 0‗zbek tilida bu jarayon birmuncha ilgarilab ketgan, ya‘ni –man qo‗shimchaga aylanib, kesimga qo‗shilib yoziladi, lekin tuva va boshqird tillarida bu ko‗rsatkich garchi urg‗u olmasa ham, o‗z mustaqilligini saqlab, kesimga qo‗shilmay yoziladi. Keltirilgan misol turkiy tillar, Shleyxer aytganidek, uch bosqichni bosib o‗tgan, deyishga hech qanday asos bo‗la olmaydi. Turkiy tillaming tarixida o‗zak davri bo‗lganligini isbotlaydigan dalil yo‗q. Lekin ayrim tillarda aks jarayonni kuzatish mumkin. Masalan, bir vaqtlar ichki va tashqi fleksiyaga boy bo‗lgan ingliz, fransuz tillari keyinchalik o‗zlarining bu xususiyatlarini yo‗qotib, xitoy, birma tillari kabi gapda so‗zlami bir-biriga bog‗lash, sintaktik munosabatlami ifodalashda qat‘iy so‗z tartibi va yordamchi so‗zlami keng ishlatadigan bo‗ldi. Demak, Shleyxer yaratgan nazariya amalda tasdiqlanmadi. Taniqli rus olimi F.F. Fortunatov tillar tipologiyasi mutlaq emas, balki nisbiy ekanini ta‘kidladi. U mujassamlashtiruvchi tillarni tipologik sistemadan chetlatib, tillaming to‗rtinchi turi sifatida flektiv - agglyutinativ tillarni qo‗shdi va unga semit tillarini kiritdi, chunki bu tillarda negiz fleksiyalari asosiy grammatik vosita rolini o‗taydi. Bu tillardagi ichki fleksiyalarning negizlarga bo‗lgan munosabati agglyutinativ tillardagi affikslarning o‗zak va negizlarga bo‗lgan munosabati bilan bir xildir, deydi F.F. Fortunatov. Amerika tilshunosi E.Sepir morfologik tipologiyaning yangi sistemasini yaratishga urindi. U tillarni 15 dan ortiq turga ajratdi. Bu tasnif qator kamchiliklari tufayli ko‗pchilikka manzur bo‗lmadi. Hozirgi zamon tilshunosligida V.Fon Gumboldt yaratgan morfologik tipologiya ko‗pchilik tomonidan e‘tirof etilib, tillarni to‗rt turga ajratish an‘anaga aylangan. Bu tasnif asosida Gumboldt sistemasi yotgan bo‗lsa ham, uning uzoq vaqt saqlanib qolishiga Gumboltdan keyin yashab ijod etgan tilshunoslar o‗z hissalarini qo‗shdilar. Endi tillarning ana shu to ‗rt asosiy morfologik turini batafsil ko‗rib chiqamiz. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling