Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‟z iboralar
- Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim
3-mavzu. Leksikologiya
Reja: 1. So‘z tilning markaziy birligi sifatida. 2. Leksikologiya va uning asosiy bo‘limlari. 3. So‘zning xususiyatlari. So‘z va leksema. 4. Leksik ma‘no va uning turlari. 5. Leksik ma‘noning kengayishi va torayishi. 6. Tilning lug‘aviy qatlamlari. 7. So‘zlarning ma‘no munosabatiga ko‘ra turlari. 8. Lug‘at zahirasining boyish usullari. Tayanch so‟z iboralar Leksikologiya, semasiologiya, onomosiologiya, etimologiya, fraziologiya, onomastika, leksikografiya, metafora, sinekdoxa, metanimiya, tabu, evfemizm, so‘z, so‘z va tushuncha, ma‘no ko‘chishi. Ilg‘or pedogogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari inter faol metodlardan dars jarayonida keng foydalaniladi. Jumladan ―Bilaman. Bilishni hohlayman. Bilib oldim‖ metodi talabalarda muayyan mavzular bo‘yicha bilimlar darajasini baholay olish imkonini beradi. Bunda talabalar bilan guruhli va ommaviy ishlash mumkin Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim U uch bosqichda amalga oshiriladi, ya‘ni: 1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi. 3. O‘quvchilar mavzuga oid ma‘lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar. ―Zig-zag‖ metodi(ham yuqoridagidek) 1. O‘quvchilarda jamoa (yoki guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; 2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. Shuningdek ―Zakovatli zukko‖, ―Qarama-qarshi munosabat‖, ―Vediotopishmoq‖, ―Yumaloqlangan qor uyumi‖, ―Qora quti‖, ―Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, …) ortiqcha‖, ―Klaster‖ kabi metodlar tavsiya etiladi. Tilning ifoda tomoni /fonologiya, grammatika/dan tashqari, uning mazmun jihati/ leksika, semantika, stilistika/ borki, bular: ma‘no mazmun va har xil ekspressiv vositalar dunyo tilshunosligida turlicha talqin qilinadi. 29 Odatda tilning leksikasi deganda, shu tilning lug‘at sostavi, ya‘ni barcha so‘zlar yig‘indisi tushuniladi. Tilshunoslikning tilning lug‘at sostavini o‘rganadigan bo‘limi leksikologiya deyiladi. Tilning ma‘no-mazmun tomonini, ya‘ni semantikasini o‘rganadigan bo‘limi semasiologiya deyiladi. Leksikologiya tildagi so‘zlarning yasalishi, ularning kelib chiqishi, (uni alohida nom bilan ―etimologiya‖ deb ham ataladi.) va ishlatilishini o‘rganadi. Semasiologiya esa keng ko‘lamda tildagi barcha birliklarning (so‘z, so‘z formasi, morfema, so‘z birikmalari, gan, frazeologizmlar) ma‘no-mazmun tomonini tadqiq etadi. Biroq ularning har ikkisi ham bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lib, semasiologiyaning o‘rganish ob‘yekti ancha kengroq. Chunki semasiologiya tilning ma‘no-mazmun tomoni ancha chuqur va abstrakt tekshirib, uning tushuncha tafakkur va belgi (znak) bilan bog‘liq tomonlarini ham tadqiq etadi. Ko‘pincha leksikologiya va semasiologiyaning asosiy vazifasi tilning markaziy birligi bo‘lgan so‘zni o‘rganishga qaratiladi. Tilning lug‘at boyligi uning leksik sistemasi deb, so‘zlarning ma‘no-mazmun jihati esa tilning semantic strukturasi deb yuritiladi. Bunda, fonologiya bobida ko‘rsatganimizdek, ―sistema‖ tushunchasi tildagi birikmalarning /bu o‘rinda so‘zlarining/ yig‘indisi va ularning o‘rtasidagi aloqalarni taqazo etdi, ―struktura‖ tushunchasi esa bu bog‘lanishlarni qanday tarzda ekanligini, ularni izohlaydi. Tilning fonologik, morfologik va sintaksis bosqichlarining sistemasi, tasnif qilish metodlari ancha mukammak ishlangan bo‘lsa, uning leksik va semantic sistemalari sayoz yoritilgan. Leksikologiya va semasiologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tilning lug‘atini tuzish prinsiplari har xil soxalarga tegishli lug‘atlarning vazifalarini ko‘rsatib beruvchi bo‘lim l e k s i k o g r a f i ya deb ataladi. Odatda, umumiy va o‘quv leksikografiyasi farqlanadi.Umumiy leksikografiya barcha tillar uchun lug‘at tuzishning nazariy prinsplari metodlarini chuqur yoritib beradi. O‘quv leksikografiyasi biror tilni o‘rganish maqsadida pedagogik vametodik jihatdan asoslangan lug‘atlar tuzish masalalarini o‘rganadi. Mazmun va maqsadga ko‘ra, lug‘atlar bir necha tiplarga bo‘linadi: izohli lug‘at, terminologik lug‘at, o‘quv lug‘ati, ikki tilning lug‘ati, bir necha tillarning lug‘ati, etimologik lug‘at, omonimlar, sinonimlar, paronimlar lug‘atlari, qisqarma lug‘atlar va boshqalar. Keyingi yillarda ―ideografik lug‘at‖ yaki ―tezarus lug‘at‖ nomi bilan ataluvchi lug‘atlar tuzilmoqda. Ideografik lug‘at biror tushuncha doirasidagi so‘zlar gruppasini, ya‘ni simantik maydonini /‖semantichekoe pole‖/, so‘zlarning bir-biridan farqlashbelgilari va ichki bog‘lanish strukturasini izohlab beradi. Leksikologiya, semasiologiya va leksikografiya tarixiy-etimologik qiyosiy va sinxronik shakllarda bo‘ladi. Leksikologiya tilning lug‘at sostavini, semasiologiya tildagi so‘zlarning ma‘no-mazmun tomonini, semasiologiya// leksikografiya esa ularning ma‘lum metod va prinsiplar asosida lug‘atga joylash tartiblarini o‘rganish bilan juda yaqindir. 30 So‘zlarning semantic strukturasini o‘rganishda asosan uch metod mavjud. Birinchi metodga ko‘ra so‘zning semantic strukturasi uning morfemik yasalishi bilan bog‘lanadi. Ikkinchi metod so‘zning semantic strukturasini uning sintaktik ishlatilishi bilan bog‘liq ravishda tekshiradi. Uchinchi metod esa so‘zning /sintaksi/ semantikstrukturasini aloxida, tipning shu so‘zning ichiga olgan leksik-semantik gruppasiga qaraydi. Bu o‘z metodni birlashtiruvchi umumiy xususiyat shuki, so‘zning semantic stukturasiga tip leksik sistemasining elementi sifatida qaraladi, bu so‘zning nutqda, konkret strukturasiya ishlatilish tomonini aks ettirmaydi. Shu tufayli, keyingi davr tilshunosligida so‘zning semantic strukturasi tip belgisining funksional ishlatilishi bilan bog‘liq xolda tadqiq qilmoqda. Bunda ―semantik uchburchak‖ deb ataluvchi tushunchadan foydalanadi. ―Semantik uchburchak‖ so‘z fonemalarining yoki yozuvdagi grafemalarning /harflarning/ yig‘indisi ekanligi bilan uning signifikat /so‘zda ifodalangan tushuncha/ va denotat /so‘z atay oluvchi predmet/ sistemasining elementi sifatida qaralganda so‘zning fonetik jihati bilan signifikatning aloqasi nazarda tutiladi. So‘z simantikasining nutqda ishlatilishi xisobga olinsa, bir yo‘la fonetik denotat tomoni o‘rtasidagi aloqaga asoslanadi. F.Desossyur ta‘limotida so‘zning ifoda va ma‘no jihati ko‘rsatilib, ma‘no denotati o‘rtasidagi aloqa ochilmay qolgan edi. Tipga belgilar sistemasi sifatida qarash natijasida paydo bo‘lgan semiotic yo‘nalish birlamchi va ikkilamchi belgilarni saqlaydi. Ularning birlamchilari – nominative, ya‘ni biror nom bilan atash va ikkinchilari predikativ, ya‘ni fraza va gaplar sostavida ishlatilish funksiyasi deb yuritiladi. Nominative belgilar tipdagi paradekmatik aloqalarga asoslansa, predikativ belgilar esa sintagmatikaga, ya‘ni fraza va gaplarning nutqda ishlatilish tomoniga asoslanadi. Korinadiki, tilning leksika va semantikasini o‘rganishda ikki yo‘nalish mavjud bo‘lib, ularning birinchisi faqat leksik – semantic xususiyatlar bilan ish tutsa, ikkinchi yo‘nalish tilning belgilar yig‘indisi ekanligiga asoslanadi. Biroq har ikki qarashning ham ob‘ekti va vazifalari bir-biri bilan bog‘liqdir. So‘zning semantic strukturasi so‘zlashuv situatsiyasida yoki koptokstda kengroq ochiladi. So‘zning farqlanish alomatlarisema deb ataladi. Semalarning yig‘indisi semantema deyiladi. Leksik qatlamda semantemaga leksema to‘g‘ri keladi. Semalar fonologiyadagi fonemalarning farqlanish belgilariga o‘xshashdir. Biroq semalar o‘rtasidagi munosabat ma‘no bilan bog‘liqdir. Semantikada qaysi ma‘nolar semalarga tegishli va qaysilari ularga tegishli emasligi aniq emas. Bunda bir-biriga yaqin ma‘nolar, ya‘ni semalar sinonimik ma‘nolar, sifatida qaralishi ancha aniqdir. Masalan: ketmoq, uxodit ―harakatning yo‘nalishi‖ ma‘nosidagi semaga ega. Boshqa fe‘llar, xususan, bormoq, jo‘namoq ham ketmoq fe‘lining ma‘nosiga yaqin semalarga ega. Biroq ular shu harakatning ayrim belgilarini ifodalashi mumkin. Bu belgilar nutq situatsiyasida ochiqroq namoyon bo‘ladi. Odatda, bir semantik strukturadan ikkinchi semantik strukturaga o‘tishi semantic transformatsiyasi sifatida qaraladi. Bu xildagi transformatsiya grammatik transformatsiyasiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu o‘rinda so‘z 31 ma‘nolarining kengayishi va torayishi, qayta nomlanish asosida tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanish va tafakkurdagi formal-logik qonuniyatlar yotadi. So‘z tilning eng asosiy va markaziy birligi bo‘lib, tradidsion jihatdan aytilish va ma‘no birligi, tilshunoslar tomonidan haqiyqiy va formal ma‘nolar, formal va semantik ma‘nolar, grammatik va leksik ma‘nolarning qarama-qarshiligi sifatida qarab kelindi. So‘zlarga belgilarning bir-biriga aloqasi jihatidan qaralsa, uning ikki tomoni – formasi /aytilishi/ va mazmuni /ma‘nosi/ o‘rtasidagi aloqa kengroq ochildi. So‘zning semantic jihatdan ikki tomonlama birlik ekanligi tashqi /predmet qatori/ va ichki /tilning qurilishi/ tomonini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham so‘z tilda ikki planda namoyon bo‘ladi: 1/nominatsiya, ya‘ni atash birligi sifatida ma‘lum leksik ma‘noga ega bo‘lgan lug‘tning elementi; 2/ til qurilish strukturasining negizi sifatida ma‘lum morfologik shakllanishga, ya‘ni Grammatik ma‘noga ega bo‘lgan birlik. So‘zning talffuz tomoni ham nazarda tutilsa, u yuqoridagi fikr ikki plani bilan bir qatorda fonologik strukturasi bilan ham alohida birlik hisoblanadi. Shu tufayli ―fonologik so‘z‖, ―morfologik so‘z‖ va ―semantic so‘z‖ tushuncha va terminlari farqlanib, ularning har biri alohida til yarusida /fonologiya, morfologiya va semasiologiyada/ o‘rganiladi. So‘zga kengroq ma‘noda bir necha fonemalarning birikuvidan yo‘ki bir fonemadan iborat bo‘lgan tildagi boshqa birliklardan aloxida talaffuz bilan ajraladigan va o‘zining leksik ma‘nosini /yoki yuqoridagi ―semantic uchburchak‖da ko‘rsatilganidek, refarat funksiyasini /saqlabqoluvchi tilning asosiy birligi deb ta‘rif berish mumkin. So‘zning mazmun jixatini bir necha komponentlarga bo‘lish mumkin. Bu komponentlar ―semantic uchburchak‖da ko‘rsatilganidek, leksik ma‘no, belgi va denotat o‘rtasidagi aloqalarni chuqur o‘rganish orqali aniqlanadi. So‘zning nutqda ishlatilishi ularning tanlanishi, ya‘ni boshqa so‘zlar bilan semantic aloqasi va ma‘lum so‘zlarning boshqa so‘zlar bilan ma‘no jihatidan birikish qobiliyatiga bog‘liqdir. So‘zlarning tanlanishi ularning ma‘lum leksik-semantik paradigmalariga u yoki bu semantik belgilari /semalari/ asosida birlashuvi deb qaraladi. So‘zning birikuvchi ma‘lum sentagmalarining a‘zolari sifatida tildagi sintaktik qoidalar asosida tuziladi. So‘zlarning tanlanish jihati va ularning o‘rtasidagi semantic munosabatlar paradigmatic aloqalar deb qaraladi. So‘zlarning ma‘no jihatidan birikishi sintagmatik aloqalarni izohlaydi. Ulrning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq. Chunki so‘zning ma‘lum paradigrammaning a‘zosi ekanligi uning boshqa so‘zlar bilan ma‘no jihatdan birikishini ham nazarda tutadi. So‘zlar real borliqni aks ettiruvchi sifatida bir-birlari bilan bog‘lanadi va tematik gruppalarga birlashadi /masalan, qush nomlari gruppasi, meva nomlari gruppasi va xkz/. Har xil tiplarda buday tematik gruppalarning leksik-semantik doirasi keng va tor bo‘lishi mumkin. Biroq bu xususiyat tillarni boy yoki kambag‘al deb atashga asos bo‘la olmaydi. Masalan, Yangi Britaniya orolidagi melaniziya tipida banana mevasini 100 ga yaqin turlariga oid so‘zlar mavjud. Biroq bu tilda qush, o‘simlik, xayvon 32 so‘zlari yo‘q. melaniziya tilida birgina a eo so‘zining o‘zi ―barcha uchadigan qush, kapalak va xkz‖ ma‘nosini ifodalaydi. Boshqa ko‘pgina tiplarda ―banana‖ faqat bir so‘z bilan ifodalanadi. So‘zlarning paradagrammik xususiyatlarini aniqlashda ―semantik maydon nazariyasidan foydalaniladi. Ularning sintagmatik xususiyatlari esa valentik prinsipi /birikish tartibi/ asosida o‘rganiladi. So‘zlar o‘rtasidagi ichki ma‘no farqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan paradigmatik va sintagmatik /paradigmalari/ munosabatlar omonimiya, polesemiya, anatomiya va boshqa hodisalarni so‘zlarning, leksik-semantik variantlarini tasnif qilish borasida kengroq ochiladi. So‘zning mazmun komponentlari o‘rtasidagi bog‘lanish va so‘zlarning ma‘nolari orasidagi munosabatlarularning nutqda o‘rganilishini o‘rganish orqali aniqlanadi. So‘zlarni real borliqdagi biror xodisa, predmet, xarakat belgi va xakozolarni aks ettirishlariga ko‘ra tematik gruppalarga birlashtirgan edik. Biroq so‘zlarni biror leksik- semantik gruppaga birlashtirish kreteriyalari har xil bo‘lishi mumkin. Ba‘zi leksik semantik gruppalarga, yuqorida ko‘rsatganimizdek, umumlashtiruvchi so‘zlar ham kiradi. Masalan, o‘rmon, daraxt, qush kabi. Odatda bunday so‘zlarning ko‘pchiligi ot kategoriyasiga kiradi va barcha tiplarda ham blavermaydi. Braziliyadagi aborigenlar tipida to‘tiqush so‘zi yo‘q, lekin uning har bir turi o‘z nomi bilan ataladi. Sharqiy Amerikadagi xinduslar qabilasi bo‘lgan chiqori tilida yuvmoq so‘zi yo‘q, lekin shu ma‘noga yaqin 14 ta maxsus fe‘l bor. Bu qziqarli faktlar tillarning leksik- semantikstrukturasini o‘rganishda uning forma jixatiga emas, balki tafakkurning bilish mazmunini tashkil qiluvchi ob‘ektiv borliqqa ham e‘tibor berishi talab qiladi. Ba‘zi so‘zlarning talaffuzi to‘g‘ri keladi, biroq ularning ma‘nolari har xil bo‘ladi. /Masalan, tokuzum, tok- elektr kuchi /Bunday so‘zlar aloxida gruppaga kiritilib; omonimlar, talaffuzi emas, yozilishi to‘g‘ri kelgan so‘zlar omograflar, bir yo‘la `zilishi va aytilishi to‘g‘ri kelgan so‘zlar esa omonimlar gruppasiga kritiladi. Qarama-qarshi ma‘nolariga ko‘ra so‘zlar antonimlar gruppasini tashkil etadi. Sinonimlar biror predmetlar, xodisa va xokazolarni har xil so‘zlar bilan atash asosida aloxida gruppani tashkil qiladi. Sinonimlar so‘zlarning ma‘nolari o‘rtasidagi yaqin munosabatlarini ifodalaydi. Biroq, ular biror predmet yoki xodisalarning biror alomatini ham ifodalaydi. Boshqacha aytganda, borliqdagi biror narsani har xil tushuncha bilan atash sinonimlarning xususiyatidir. Predmet bir dona, uni ifodalovchi tushuncha ikkita yoki undan ortiq bo‘lsa, denotat bo‘yicha sinonimiya deb yuritiladi. Ba‘zan aksincha so‘zda ifodalangan tushunchalar to‘g‘ri kelib, ular atagan predmet har xil bo‘lishi mumkin. Bunday sinonimlar sitnifikat bo‘yicha sinonimiyani tashkil qiladi. Masalan, yuz, chehra, nusxa, bashara, aft so‘zlari denonat bo‘yicha sinonimlardir. Sinonimlar ma‘lum kontekstda bir-birlarini o‘rnini elallashlari mumkin. Ularning ma‘nolari /signifikati va denotati/ qo‘shimcha ottenkalarga ham egadir. Ba‘zan bunday 33 ottenkalar so‘zlarning ekspressiv-stilistik jixatdan ishlatilishiga bog‘liqdir. Tilning leksik sistemasida bir xil nominativ, ya‘ni atash funksiyasiga ega bo‘lgan so‘zlar sinonimik qatorni tashkil etadi. Bu sinonimik qatordagi boshlang‘ch ma‘noga ega bo‘lgan so‘z dominat deb yuritilib, boshqa so‘zlar o‘z ma‘nolari bilan unga yaqin turadi. Semantik strukturasida biror ma‘nosi bilan yoki predmetpogik mazmuni biln yaqin turgan va ma‘lum kontekstda tekstning mazmunini o‘zgartirmay, bir-birining o‘rnini egallay oladigan so‘zlarni sinonimlar deb xisoblash mumkin. Sinonimlar, odatda, to‘rt tilga bo‘linadi: 1/ absolyut sinonimlar: lingvistika – tilshunoslik; 2/ semantik sinonimlar: botir-qo‘rqmas-jasur kabi; 3/ kontekstual: Xamid Olimjon – avtor-shoir; 4/ stilistik: yuz-bashara-aft-chexra-nusxa kabi. Sinonimlarni klassifikatsiya qilishda so‘zlarning tip va nutqda ishlatilish xususiyatlarini xisobga olish zarur. Shu jixatdan sinonimlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: 1/bir yo‘la til va nutqda sinimlar sifatida ishlatiluvchi so‘zlar /qo‘rqmas- botir-jasur/. 2/ faqat tipda /tip sistemasida/ sinonimlar hisoblanuvchi so‘zlar /katta- ulkan kabi/; 3/ faqat nutqda /tekstda/ sinonimlar deb xisoblanuvchi so‘zlar /o‘zbek shoiri – X.Olimjon- avtor/. So‘zlarning ma‘nolari o‘rtasidgi munosabatlarni qiyoslashda ularning umumiy va xususiy alomatlari oppozitsiyasida qaraladi. Bunday semantik oppozitsiya antonimlarda ancha ravshan ko‘rinadi; Chunonchi, katta-kichik, yaxshi-yomon kabi so‘zlar bir-birlariga ma‘no jihatidan qarama-qarshi turadi va oppozitsiyanitashkil etadi.sinonimlar ma‘no jixatdan yaqin bo‘lsa ham, ayrim xususiyatlari bilan oppozitsiyaga kiradi. So‘zlarni bir-biridan farqlovchi semantikvositalar ularning farqlanish belgilari xisoblanadi.Ularni yuqorida semalar deb atagan edik. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan vositalar farqlamovchi integran belgilar deyiladi. Polisemiya so‘zlarning bir qancha ma‘no;arini anglatadi. So‘zning har xil ma‘nolari kontekst yordamida oydinlashadi. Kelib chiqishi jihatidan polesemiya bir predmetni yoki xodisaning nomini boshqa predmet yoki xodisaga ko‘chirish orqali paydo bo‘ladi. /masalan, qushning qanoti, samolyotning qanoti kabi/. Ko‘pincha polisimiyaga bir so‘z doirasida har xil ma‘nolarning yig‘indisi sifatida qaraladi. Bunda asosiy to‘g‘ri ma‘no va qo‘shma ma‘nolar4 aniqlanadi. So‘zlarning ma‘nolari o‘rtasidgi munosabatlarni o‘rganish ularning nominative yoki atama ma‘nosini, frazeologik-bog‘lanish ma‘nosini va sintaktik – shartlangan ma‘nosini farqlash zarurligini ko‘rsatadi. ―Nominatsiya‖ tushunchasi va termini tipdagi ma‘nodor birliklarning /so‘z, so‘z formalari, gaplar/ hosil bo‘lishi va qanday 34 atash haqidagi tilshunoslik nazariyasi va metodlari bilan bog‘liq. Nominasiya oddiygina biror narsani ko‘rsatish yoki atash prosessi emas, balki bir yo‘la bilish va kommunikatsiya proseslari hamdir. Shu tufayli nom qo‘yishning strukturasi kishining ongida his etilgan material borliqning tilda to‘g‘ri formada ifodalangan formasini aks ettiradi. Tilda nom qo‘yishning leksik /so‘z/ yoki Grammatik /tamomlangan konstruksiyalarning barcha turlari/ formalarni ma‘lum obektni ifodalash uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlarga egadir. Nom qo‘yishning har xil vositalari va bu prosessining tildan tashqari /ekstralingvistik/ xususiyatlari bilan bog‘liq masalalar hozirgi davr tilshunoslik fanida aloxida nominatsiya nazariyasiva metodlari haqidagi bo‘limni tashkil qiladi. Tip birliklarining o‘z o‘z referentlariga munosabati murakkab va ko‘p tomonlama masaladir. So‘z morfema va boshqa til birliklari ma‘lum predmetni atash bilan birga ular o‘rtasidagi munosabatlarni ham aks ettiradi. Biroq, til birliklari o‘z referentlariga munosabatlarini doim saqlab turmaydi. Shu tufayli tilda semantik assimetriya mavjud bo‘lib, bu tildagi semantic o‘zgarishlarni keltirib chiqarishda muhum rol o‘ynaydi. Nominatsiya masalasi tilning tafakkur obektiv borliq, psixologiya, semiotika bilan bog‘liq tomonlarini yoritishda muhumdir. Nom qo‘yish odam tomonidan bajariladi. Odamning o‘z tilidagi nomlarini qo‘yish ma‘lum tajriba yordamida amalgam oshiriladi. Odam ma‘lum predmet yoki hodisaga nom qo‘yishda uning belgilarini xis etadi, ular haqida tushunchaga ega bo‘ladi va o‘zining bilish prosessida, o‘sha obektiv borliqdagi narsalarni takrorlashi borasida tajribasiga ega bo‘ladi. So‘zlarning hosil bo‘lish prosessida odamning fikrlash qobiliyati yordamida nom tanlash amalgam oshiriladi.Til orqali kommunikatsiya prosessida biror predmetning nomini atash bilan eshituvchi shu predmetning shakli, xususiyati va belgilari haqida taassurot hosil bo‘ladi. Eshituvchi bu predmetning boshqa predmetga va uning belgilariga qiyoslaydi, biroq qiyoslash uchun mantiqiy /pogik/ asos zarur. Biror absirakt tushuncha predmet bilan qiyoslanmaydi. /Biroq qiyoslash uchun/ Balki bir predmetni boshqa predmet bilan qiyoslash natijasida ular ongli ravishda his etiladi. Boshqacha aytganda shu narsalarning odam miyasida ―shakli‖ chiziladi. So‘zlarni kelib chiqishini tasnif qilishda ularning etimologiyasidagi o‘xshashlik va farqli alomatlar orqali bir predmetning nomi ikkinchi predmetga ko‘chirilgani ma‘lum bo‘ladi. Masalan, qo‘raga ―quruq narsa‖ma‘nosidan kelib chiqqan o‘zbekcha so‘zdir. Bu so‘z o‘zbek tilidan boshqa tillarga, xususan, rus tiliga ko‘chgan va qo‘raga shaklida ishlatiladi.bu so‘z ma‘nosining asosida quruqlik belgisi bor. Rus tilidagi ―рь нок‖so‘zining ma‘nosi nemischa – aylana/krug/ dan kelib chiqqan va aylanalik belgisi asosida рь нок so‘zi xosil bo‘lgan. Ko‘pgina tiplarda ba‘zi so‘zlarning hosil bo‘lishida taqlid qilish belgisi xizmat qilgan. Masalan, chumchuq-chug‘urchuq, chechak so‘zlari qushlarning ―chuq- chuq‖ ovozi asosida xosil bo‘lgan. Nominatsiyalar faqat leksik vositalar bilan amalgam oshirilmay balki grammatik va stilistik vositalar yordamida yuzaga keladi. Leksik vositalar orqali nom qo‘yish mustaqil nominative funsiyaga ega bo‘lsa, Grammatik va stilistik vositalar yordamida tuzilgan nomlar mustaqil nommunativ 35 funksiyaga ega emas. Masalan, tulki /xayvon/ va tulki /odam/ kabi. Keyingi nom belgi orqali ko‘chirilgan stilistik nominatsiya xisoblanadi. Ish so‘zi grammatik vositalar orqali, xususan, qo‘shimchalar qo‘shish orqali ish joyini mexnat qilish korxonasini va biror masalani xam ifodalay oladi. Qiyslang: bu- qiyin ish /masala/; qiyin ishga /masalaga/ qo‘l uribsiz. Akmal ishga ketdi /korxona/ Bu o‘rinda so‘z tartibining xam semantic roli bor. Keyigi gaplarda ish so‘zinominatsiyaning gapdagi ifodasidir. So‘z birikmalari va gaplar xam nominatsiya xizmatini bajaradi. Nominatsiyalar bir so‘z turkumini ikkinchi so‘z turkumiga aylantirish orqali xosil bo‘lishi mumkin. Masalan: shaxar – shaxarlik, Samarqand – samarqandlik /ot-sifat. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling