Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan


So‟zlarning ma‟no va munosabatiga ko‟ra turlari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/88
Sana30.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1405861
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88
Bog'liq
Tilshunoslik MAJMUA 2022

So‟zlarning ma‟no va munosabatiga ko‟ra turlari. 
Til tarkibidagi leksik ma‗nolar doimo o‘zaro ma‗lum munosabatda bo‘ladi. 
Ayrim so‘zlar anglatgan ma‗nolariga ko‘ra bir-birlariga yaqin, boshqalari esa bir-
birlarini inkor qiladi, qarama – qarshi ma‗no anglatadi. Bu nuqtai nazardan sinonim 
va antonim so‘zlarga farqlanadi. So‘zlar shakl nuqtai nazardan sinonim va antonim 
so‘zlarga farqlanadi. So‘zlar shakl nuqtai nazardan ham ma‗lum munosabatda bo‘ladi. 
Ba‗zan tillarda shakli bir – biriga o‘xshash, ya‘ni shakldosh so‘zlar uchraydi. 
Tilshunoslikda bunday so‘zlarni ikki turga ajratib o‘rganish qabul qilingan: 
omonimlar va polesemantik so‘zlar quyida shakldosh, ma‗nodosh va ma‗nolari bir-
biriga zid bo‘lgan so‘zlarni ayrim-ayrim ko‘rib chiqamiz: 
Omonimlar – shakldosh so‘zlardir. Yozilishi va talaffuzi bir xil; ma‗nosi har xil 
bo‘lgan so‘zlar omonim so‘zlar deyiladi: ot-hayvon, ism, harakat. 
Hozirgi tilshunoslikda omonim so‘zlarni yozilishi va talaffuz qilinishi jihatdan 
ularni bir qancha turlarga ajratadi: tor-musiqa asbobi, keng so‘zining antonimi-bular; 
mutlaq, omonimlar hisoblanadi. : Yozilishi har-xil, lekin talaffuzi bir xil omonim 
so‘zlar omafon deb yuritiladi: tun - (chupon), ton - (ovoz). 
Ba‗zi so‘zlar bir xil yozilib har-xil o‘qiladi. Tilshunoslikda bunday so‘zlar 
omograflar deb yuritiladi; tok-uzum ma‗nosida va elektr quvvati ma‗nosida. Bundan 
tashqari, sinonimlar leksik, qo‘shimchali va frazeologik (tuzilishigako‘ra) 
omonimlarga ham bo‘linadi. Leksik (lug‘aviy) omonimlar - o‘t-maysa, olov, harakat. 
Qo‘shimchali omonimlar - tinch (sifat) - sevin (ot), o‘rok, (ot) - qo‘rqoq. (sifat) 
Frazeologik omonimlar – boshiga kutarmoq.. (hurmat va janjal) Sinonimlar -
ma‗nodosh so‘zlardir. Bir xil yoki bir – biriga yaqin ma‗noga ega bo‘lgan so‘zlar 
sinonimlar deyiladi: chiroyli, go‘zal, zebo, barno va hokazo. Sinonimlar bir narsa 
yoki hodisasi har xil belgilarini nazarda tutib ifodalashi tufayli doimo har biri o‘rnida 
ikkinchsini qo‘lab bo‘lmaydi, qo‘llagan taqdirda ham ularning ma‗nolari bir-biriga 
to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababdan so‘zlarda mutloq sinonimlar yo‘q deyiladi. Agar 
shunday sinonimlar uchrab qolsa, ulardan biri tez orada iste‗moldan chiqib ketadi. 
Samolyot va aeroplan so‘zlari mutloq sinonimlardir, shuning uchun bu 
sinonimlarning ikkinchisi (aeroplan) hozirgi vaqtda iste‗moldan tushib qoldi. 


36 
Xullas, sinonimlar ma‗nodosh so‘zlar bo‘lib, o‘zlari ifoda qilayotgan narsa- va 
hodisalarning har xil belgilarini ifodalaydi. Natijada ularda qo‘shimcha ma‗nolar 
mavjud bo‘ladi, ana shu ma‗nolar evaziga ularning ma‗nosi bir-biridan farq qiladi. 
Ularni birlashtirib turadigan narsa esa sinonimlardagi yetakchi ma‘nodir: yuz-bet, 
bashara, aft, turk, chera, oraz. Ma‗nodosh so‘zlarning yig‘indisi sinonimik qatorni 
tashkil etadi. Har bir guruhdagi ma‗nodosh so‘zlarda betaraf deb yuritiluvchi asosiy 
so‘z bo‘ladi: Lug‘aviy sinonimlar — kulmoq, irjaymoq, tirjaymoq;.
Qo‘shimchali sinonimlar - beaql, aqlli. 
Frazeologik sinonimlar — og‘zi qulog‘ida, duppisini osmonga otmoq,-Grammatik 
sinonimlar –mehmonlarning kattasi gapirdi, mexmonlardan kattasi gapirdi. 
Antonimlar - ma‗nosi bir – biriga zid, ya‗ni qarama – qarshi ma‗noli so‘zlar: katta 
- kichik, yaxshi - yomon, oq, - qora. Antonimlar nutq, jarayonida keng ishlatilib, rang 
– barang tushunchalarni ifodalash uchun qulay vositadir. Hamma so‘zlarning 
antonimi bor deyish mumkin emas. Tillarda antonimlar ko‘p uchraydi. Hamma gap 
shundaki, antonimlar to‘g‘risida gap borganda. Ularni ikkiga ya‗ni asliy (leksik) va 
yasama antonimlarga bo‘linadi. Antonimlarning frazeologik turi ham mavud: 
Lug‘aviy antonim - uzun - qisqa, baland - past.
Qo‘shimchali (yasama) antonim - tinch - notinch, aqlli - aqlsiz. Frazeologik 
antonim - ogzi qulogida, tepa sochi tikka bo‘lmoq- 
Tabu - man qilingan degan ma‗noni bildiradi. Qadim zamonlarda ba‗zi predmet
narsalarni nomini aytish odat bo‘lmagan. Bundan tashqari, taqiqlab qo‘ygan 
so‘zlar xam shu jumlasi gakiradi: rak-oqqon, chayon - nomi yo‘q.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling