Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
matnshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. “Kontekstda sо‘z dinamikasi” tushunchasining izohi va konkret misollar asosidagi tahlili.
- 5. Lingvistik pragmatika va uning xususiyatlari tahlilida M.Hakimov tadqiqotlarining о‘rni.
- 12-ma’ruza NUTQDA TIL BIRLIKLARINING QО‘LLANILISHI VA MATN TUSHUNCHASI T ayanch sо‘z va iboralar
Nazorat savollari:
1. “Matnshunoslik”, “matn” (tekst) atamalarining izohi haqida. 2. Matn tilshunosligi taraqqiyotida Samarqandda о‘tkazilgan ikki xalqaro konferensiya (1998, 2000), “О‘zbek tili” doimiy anjumanining tо‘rtinchi yig‘ilishi (1997) ning о‘rni.. 3. “Kontekstda sо‘z dinamikasi” tushunchasining izohi va konkret misollar asosidagi tahlili. 4. О‘zbek tilshunosligida matn va uning turlari tahlilida “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” (1990), “Badiiy matn va lisoniy tahlil” (1995) asarlarining tutgan о‘rni. 5. Lingvistik pragmatika va uning xususiyatlari tahlilida M.Hakimov tadqiqotlarining о‘rni. 6. Badiiy matn lingvopoetikasi va matnning kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi kategoriyalar tadqiqida M.Yо‘ldoshev, S.Boymirzayeva tadqiqotlarining tutgan о‘rni. 12-ma’ruza NUTQDA TIL BIRLIKLARINING QО‘LLANILISHI VA MATN TUSHUNCHASI Tayanch sо‘z va iboralar: Sistema, belgi, ifodalovchi, ifodalanuvchi, narsaning nomi, tushuncha, tilning virtualligi, nutqning konkretligi, til unsurlarining meyoridan ortiq qо‘llanilishi, ortiqchalik tilning yutug‘i, ortiqchalik tilning nuqsoni, avtonom monema, funksional monema, qaram (tobe) monema, yarim funksional va superfunksional monemalar, tilning voqelikka munosabati, nutqning voqelikka munosabati, murakkab sintaktik qurilma, abzats. Ma’lumki, tilshunoslik fani taraqqiyotining hozirgi davrigacha tilning ijtimoiy hodisa ekanligi va uning jamiyat taraqqiyotidagi mavqei masalasi yaxshi о‘rganilgan. Bu masala faqat tilshunoslarni emas, balki faylasuflar, tarixchilar, etnograflar, psixologlar va boshqa mutaxassislarni qiziqtirib kelmoqda. Jamiyatda u yoki bu tilning tutgan о‘rni, mavqei uning nutqda real qо‘llanilishi bilan bevosita aloqadordir. Biz nutq haqida fikr yuritganda, eng avvalo tilning murakkab sistema ekanligini chuqur tushunib etmog‘imiz lozim bо‘ladi, chunki til sistemasidagi ana shu elementlar (birliklar) nutqni tashkil etuvchi asosiy xomashyodir. Shveysariyalik mashhur tilshunos Ferdinand de Sossyur (1857-1913) tilning murakkab sistema ekanligini birinchilardan bо‘lib ilmiy asoslagan edi. Sossyur til sistemasi belgi (signal, ramz)lardan tashkil topishini va har bir belgi о‘ziga xos va barcha belgilar uchun umumiy bо‘lgan ikki jihatga ega ekanligini dalillab berdi. Olim bu jihatlarning birini ifodalovchi (signifie), ikkinchisini esa ifodalanuvchi (signifian) deb nomlaydi. Ularning birinchisi shakl tushunchasi bilan, ikkinchisi esa mazmun bilan bevosita bog‘liq bо‘lib, birining ishtirokisiz ikkinchisi belgining shakllanishini tо‘la asoslay olmaydi. Bunda belgining ifodalovchi jihatini nutq tovushlari tashkil etadi, uning ifodalanuvchi tomonini esa ma’no belgilaydi. Ma’no leksik (lug‘aviy) yoki grammatik xarakterga ega bо‘lishi mumkin. Ularning har ikkisi ham belgini ifodalashda faol ishtirok etadi. Masalan, tosh, daftar, uy sо‘zlari til belgisi sifatida leksik ma’no ifodalasa, ammo, biroq, ba’zan, hattoki, ham sо‘zlari faqat grammatik ma’no ifodalaydi. Belgining til sistemasidagi о‘rni va bir-biridan farqi quyidagi ikki vosita orqali belgilanadi: a) tovush; b) ma’no. Bunga bosh, tosh, qosh, chosh, yo(yo)sh, dosh; tog‘, bog‘, zog‘, yo(yo)g‘, chog‘; bilak, tilak, elak kabi bir tovush orqali farqlanuvchi sо‘zlarni misol keltirish mumkin. Biroq shakldosh sо‘zlarda til belgilari, asosan, ma’no orqali farqlanadi. F.de Sossyurning tilshunoslik fani uchun katta xizmatlaridan biri “til va nutq” dixotomiyasini ilmiy asoslaganida kо‘rinadi43. Til va nutqning о‘zaro munosabati F.de Sossyur ta’limotida faqat biri ikkinchisi bilan uzviy bog‘liq hodisalar sifatida emas, balki biri ikkinchisiga zid bо‘lgan hodisalar tarzida ham izohlanadi. Ularning о‘zaro uzviy bog‘liqligi tilsiz nutq, va aksincha, nutqsiz tilning mavjud bо‘la olmasligida kо‘rinadi. Shu bilan birga til va nutqning о‘zaro ziddiyati tilning umumiyligi, nutqning esa xususiyligida, tilning virtualligi, nutqning esa aktualligida ham kuzatiladi44. Sо‘z til birliklari orasida eng faoli sanaladi. Shu bilan birga sо‘z tilning mavhum va kо‘p ma’noli birligidir (bu qatorga terminlarni kiritib bо‘lmaydi). Masalan, Yer sо‘zi sayyora (planeta) tushunchasidan tashqari, о‘rin, joy, sath, tuproq qatlami, tomorqa kabi о‘n bir ma’noda qо‘llanadi (О‘TIL-5, P, 14-15). Biroq nutq jarayonida har safar ana shu ma’nolardan faqat bittasi matn tarkibida faollasha oladi. Mazkur ma’no ifodalarining barchasini nutqda bir yо‘la faollashtirib bо‘lmaydi. Chunki nutq har doim biror aniq xabar ifodasini berish maqsadida shakllanadi. Shu bilan birga “yer” sо‘zi tilimizda yer ostidan qaramoq, yerning tagida bо‘lsa ham topmoq, yer tishlatmoq, yer chizib qolmoq, burnini yerga ishqamoq, gapini yerda qoldirmaslik, tuyaning dumi yerga tekkanda, gapni bir yerga qо‘ymoq singari bir qancha frazemalarning shakllanishi, ularning ikkilamchi kо‘chma ma’noga ega bо‘lishi uchun ham xizmat qiladi. Bu esa, о‘z navbatida, sо‘zlovchiga nutq jarayonida ulkan mas’uliyat yuklaydi. Shuni ham aytish lozimki, sо‘zlovchining nutqida kо‘p hollarda turli xil nuqsonlar, jumladan ma’no kamchiliklari uchraydi. Masalan, rus tilidagi priglashenie uchitelya birikmasining qо‘llanishida ikki xil ma’no ifodasi kо‘zga tashlanadi: о‘qituvchi kimnidir taklif qilmoqda yoki kimdir о‘qituvchini taklif qilmoqda. Bu singari misollarni о‘zbek tili materialida ham keltirish mumkin: Qishlog‘imizda ikki ordenli о‘qituvchi yashaydi. Mazkur matnni quyidagi ikki ma’noda tushunish mumkin: Qishlog‘imizda yashaydigan о‘qituvchining ikki ordeni bor yoki Qishlog‘imizda yashaydigan ikkita о‘qituvchining ordenlari bor. Bunday vaziyatda, shubhasiz, tinglovchi о‘ziga kerakli ma’lumotni olish uchun ancha qiynaladi. Shuning uchun til birliklarining nutqda qо‘llanilishida sо‘zlovchining mas’uliyati, til birliklarini о‘ziga xos ohang, urg‘u bilan talaffuz qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilardan tashqari, nutqning shakllanishida sо‘zlovchi til birliklarining tejalishi masalasiga ham alohida e’tibor bermog‘i lozim. Chunki nutqda til unsurlarining takroriy qо‘llanishi yoki ma’lum bir xabar ifodasining berilishida ularning suiiste’mol qilinishi nutqiy ma’no ifodasining lо‘nda va tushunarli qilib voqelanishiga, sо‘zsiz, salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bu fikr isboti uchun quyidagi misolga murojaat qilaylik: Shunday sovuqda qо‘lda tugunchak bilan qayoqqa boryapsiz? – Shunday sovuqda qо‘lda tugunchak bilan mehmonga boryapman. Kо‘rinadiki, ayni paytda savol beruvchi nutqida ham, javob beruvchi nutqida ham sо‘z qо‘llanilishida ortiqchalikka yо‘l qо‘yilgan: havoning sovuqligi, qо‘lda tugunchak borligi sо‘zlovchiga ham, tinglovchiga ham kо‘rinib turgan narsa. Shu bois bu о‘rinda nutqiy muhit ishtirokchilaridan biri oddiygina qilib Qayoqqa? deganida, ikkinchisi Mehmonga tarzida javob berishi ham mumkin edi. Nutqda qо‘llanilgan bunday ortiqcha sо‘zlar nutqiy ortiqchalik (pleonazm) deb ataladi. Biroq tilda ham shunday ortiqchalik hodisasi kuzatiladi45. Masalan: Men 2012 yildan boshlab magistrman. Bu matnda men kishilik olmoshi qо‘llanilgan holda yana -man shaxs-son qо‘shimchasi ham qо‘llanilmoqda. Lekin ayni paytda bu qо‘shimchani jumla (matn) tarkibidan tushirib qoldirib bо‘lmaydi. Umuman, tildagi ortiqchalikni bartaraf etish qiyin. Nutqdagi ortiqchalikni esa istalgan paytda bartaraf etsa bо‘ladi. Tildagi ortiqchalik haqida gapirganida amerikalik tilshunos G.Glisonning quyidagi fikrlarini esga olish mumkin: “Ortiqchalik – bu tilning kamchiligi emas, balki uning ishtirokisiz til faoliyat kо‘rsata olmaydigan eng muhim omildir”46. Tildagi ortiqchalik haqida sо‘z yuritilganda shunga ham ahamiyat berish zarurki, ortiqcha qо‘llanilayotgan til birliklarini ularning takroriy qо‘llanilishi ma’nosida tushunmaslik kerak. Qiyoslaylik: Men 2011 yildan boshlab magistrman. Ayni paytda -man shaxs-son qо‘shimchasi takror emas, balki jumla tarkibida kesim vazifasida kelayotgan sо‘zga sintaktik faollik beruvchi grammatik-funksional vosita, uni tildan nutqqa kо‘chirayotgan morfologik birlik sifatida faollik kо‘rsatmoqda. Bu esa tildagi ortiqchalikning nutq jarayonida eng muhim ahamiyatga ega ekanligini kо‘rsatadi. Biroq bundan tildagi ortiqchalik har doim ham til birliklarini nutqqa kо‘chiruvchi vosita vazifasida keladi, degan xulosa kelib chiqarmaslik kerak. Chunki til birliklarining nutqqa kо‘chirilishida turli xil morfologik vositalar ishtirok etadi. Bunday vositalarni Praga tilshunoslik maktabining yirik namoyandalaridan biri A. Martine “monema” termini orqali izohlagan edi. A.Martine ta’limotiga kо‘ra, monema nutqning eng kichik birligi hisoblanib, uning vositasida til unsurlari nutqda sintaktik faollik oladi, yoxud u о‘zi-о‘ziga sintaktik aktuallik baxsh etadi. A.Martine monemaning quyidagi uch xil kо‘rinishini bir-biridan farqlashga intiladi: avtonom (muxtor) monema, funksional monema, qaram (tobe) monema47. Avtonom (muxtor) monema vazifasida kelgan morfologik vositalar tildan nutqqa kо‘chganda boshqa biror monemaning yordamiga muhtoj bо‘lmaydi. Bunday monemaga tillarda kirish sо‘z, undalma vazifalarida kelgan sо‘zlar misol bо‘la oladi. Funksional monema esa о‘ziga qaram bо‘lgan biror vositaga sintaktik funksiya beradi va uni bir paytning о‘zida tildan nutqqa kо‘chiradi. Masalan: Talabaning kitobi. Bunda qaratqich kelishigi qо‘shimchasi (-ning) ishtirokisiz Talaba sо‘zi nutqiy funksiya bajara olmaydi. Demak, о‘zbek tilida -ning affiksi yordamida funksional faollik olayotgan sо‘z qaram monemadir, -ning affiksi esa funksional monema vazifasini bajarib kelmoqda. Ortiqchalik (pleonazm)ning xilma-xil turlari mavjud. Shulardan biri semantik ortiqchalik bо‘lib, shulardan biri semantik ortiqchalikdir. Bundan hodisa badiiy matnlarda muhim uslubiy vositalardan biri sifatida faollashadi48. Masalan: Qaysi kuni yig‘lab ketdi bir mо‘ysafid chol (A.Oripov). Keltirilgan misrada mо‘ysafid chol birikmasi semantik ortiqchalikni vujudga keltirgan. “Chol” leksemasi quyidagi denotativ semalarga ega: “shaxs”, “qarilik belgisiga egalik”, “soch-soqoli oqargan”, “yoshi katta” kabi. Bu о‘rinda “muysafid chol” birikmasining ikkala komponentida ham semantik maydon “qarilik” bо‘lib, “chol” arxisema, ya’ni umumiy sema sanaladi. “Muysafid chol” birikuvida “nisbatan qari” semalarini subyektiv munosabatda ta’kidlab kо‘rsatishga xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, U raiyyat, // YA’ni xalqning g‘uch irodasi (A.Oripov); Hanuz kо‘ksimizni tirnaydi firoq, // Garchi siz muzaffar, g‘olib, qahramon (A.Oripov); Qurib ketgan, suyagiga yopishgan eti, // Qalbi tо‘la hasad ekan- noshukur banda (A.Oripov) kabi poetik matnlarda ham sinonim sо‘zlar (raiyyat // xalq, muzaffar // g‘olib // qahramon), iboralar (qurib ketgan // eti suyagiga yopishgan) pleonastik shaklda qо‘llanib, uslubiy maqsad uchun vosita bо‘lgan. Nutqning shakllanishida funksional monema boshqa monemalarga nisbatan ancha sermahsul xususiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. N.Turniyozov va K.Turniyozovalarning “Funksional sintaksisga kirish” nomli asarida funsional monemaning A.Martine tomonidan qayd qilgan uch turi quyidagicha nomlangan: yarim funksional monema, funksional monema, superfunksional monema. Bu ishda yarim funksional monema deyilganda, artikl, egalik, kо‘plik, erkalash, kichraytirish qо‘shimchalari kabi grammatik vositalar inobatga olingan. Superfunksional monema esa alohida olingan til birliklariga emas, balki birikma holidagi til unsurlariga hamda matn maqomida keluvchi qо‘shma gap komponentlariga nutqiy faollik berishlari bilan funksional monemaning boshqa turlaridan keskin farq qiladi. Hozirgi davrda jahon tilshunosligida bо‘lganidek, о‘zbek tilshunosligida ham “matn lingvistikasi” deb nomlanayotgan soha tez sur’atlar bilan shakllanib bormoqda. Bu soha о‘z diqqatini gapdan katta kommunikativ shakllanishlarning xususiyatlarini о‘rganishga qaratmoqda. Matn tilshunosligi ma’nolari alohida gap ichida tabiiy ravishda ochilmaydigan, semantik vazifalari matndagi mustaqil gaplarning rang-barang mazmuniy munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi til birliklarining haqiqiy tabiatini atroflicha tushuntirishga, izohlashga intilmoqda. Masalan, о‘zbek tilidagi –ku, -da, -oq //-yoq, -ki singari ta’kid yuklamalarini о‘rganish uzoq yillar gap doirasida chegaralanib keldi va ularga “gapdagi sо‘zlarning ma’nolarini yoki gap mazmunini ta’kidlaydi”, deb umumiy ta’riflar berildi. Hozirgi vaqtda matn tilshunosligi esa bu yuklamalarga mustaqil gaplarning mazmuniy, kommunikativ, emotsional-ekspressiv holatlarini shakllantiruvchi (ifodalovchi) va ayni paytda ularning matniy (tekstual) bog‘lanishlarini yо‘lga qо‘yuvchi lisoniy birliklar sifatida qaraydi. Masalan, Men bordim-ku. Siz nega bormadingiz? matnida –ku yuklamasining vazifalari eski xabar (tema)ni – “bordim”ni ta’kidlab kо‘rsatish va shu orqali ikkinchi gapdagi uyg‘un semantikali nisbiy yangi xabar (rema)ga – “bormadingiz”ga ham urg‘u berish, ayni paytda oldingi va keyingi gaplarning kesimlarini aktuallashtirib nisbatlash orqali bog‘lash, shuningdek, ta’kidlashning bu turi orqali “shunday bо‘lsa ham” yoki “hech narsaga qaramay” kabi qо‘shimcha his va yordamchi mazmunlar (presuppozitsiyalar) ifodalash uchun xizmat qiladi49. Shu kunga qadar о‘zbek tilshunosligida xullas, birinchidan, ikkinchidan singari ayrim sо‘zlar tashqi о‘xshatishlar asosida modal sо‘zlar guruhida о‘rganib kelinmoqda. Bu sо‘zlar ajraluvchan mavqeiga kо‘ra kо‘rinishicha, ehtimol kabi modal sо‘zlarga juda о‘xshash bо‘lsa-da, ular о‘zlarining ma’no turlariga kо‘ra modallik kategoriyasi bilan unchalik aloqasi yо‘q. Aslida birinchidan, ikkinchidan, xullas kabi sо‘zlar gap ichiga kirib olgan matn bog‘lovchilari bо‘lib, о‘zlarining modal bо‘lmagan qо‘shimcha ma’nolari bilan ajralib turadi. Yoki men, sen, biz, о‘sha, о‘z singari olmosh turkumiga oid sо‘zlarning gap ichi imkoniyatlari asosida о‘rganilishi ularga xos bо‘lgan ma’no va vazifalar kо‘lamining notо‘liq ochilishiga sabab bо‘lmoqda. О‘zbek tilida olmoshlar kо‘p hollarda matn bog‘lovchilari vazifasini bajarsa ham, ba’zan nutqiy situatsiya bilan bog‘liq holda о‘zlarining ishora ma’nolarini ham anglatadilar. Kо‘chirma gapli qurilmalar, о‘zga gap shakllari gap va matn oralig‘idagi hodisalar bо‘lib, bular ham gap sintaksisi va matn tilshunosligining hamkorliklaridagina chuqur tadqiq etilishi mumkin. Til birliklari, avval eslatib о‘tilgani singari (terminlardan tashqari), mavhum ifodali xususiyatga ega bо‘ladi. Ular nutqqa kо‘chirilgandagina konkret ma’no kasb etadi. Umuman, tilning nutqda qо‘llanilgan har qanday birligi ham mavhumlik iskanjasida qolib ketavermaydi. Aks holda, bu birliklar orqali berilayotgan xabar ifodasiga putur etkazilgan bо‘ladi. Masalan, til sistemasidagi yong‘in sо‘zini oladigan bо‘lsak, uning mavhum ifodali ekanligi izoh talab qilmaydi. Lekin u Yong‘in! tarzida nutqqa kо‘chirilsa, nafaqat konkret ifodali, balki mustaqil holdagi alohida matn maqomida bо‘ladi. Bu esa, о‘z navbatida, matn tushunchasining keng kо‘lamli ekanligidan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytganda, matn bir sо‘z bilan ham, bir necha sо‘z bilan ham, bir necha gap bilan ham, bir necha abzats bilan va bir necha bob bilan ham ifodalanishi ham mumkin. Fikr isboti uchun quyidagi misollarga e’tibor qarataylik: 1. О‘zbek romanlarining nomlari: “Ufq”, “Shaytanat”, “Yulduzli tunlar”, “Tangri qudug‘i”, “Sarbadorlar”, “Shinelli yillar”, “Ikki eshik orasi” kabilar. 2. О‘rikning turli navlari, qanday payvand qilish, naycha payvand, kurtak payvandlar tо‘g‘risida sо‘rab-surishtirib, ancha narsalarni bilib oldim. Niyatim – bir fidoyi bog‘bon obrazini yaratish edi. Shu bog‘bonning faoliyati bevosita Yozyovon chо‘llariga aloqador bо‘lishi kerak (Said Ahmad. Umrim bayoni). 3. Bittagina hikoyani oboramanmi, deb yoniga “О‘rik domla”ni qо‘shib “Sharq yulduzi”ga olib bordim. Asqad Muxtor redaktor edi. U ikkala hikoyani ham о‘qib, ma’qul topdi. Albatta, bosamiz, dedi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling