Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
matnshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn komponentlarining semantik va
“Matn lingvistikasi” fanidan seminar mashg‘ulotlarining mavzular va soatlar bо‘yicha taqsimlanishi
Dasturning axborot-uslubiy ta’minoti Talabalar “Matn lingvistikasi” fani mutaxassislik fanlari blokiga kiradi, biroq ushbu fan о‘qitilishi jarayonida egallanadigan bilim, malaka va kо‘nikmalar ixtisoslik fanlar blokiga kiradigan fanlar bilan integrallashuvi oqibatida magistrantlarning chet tili bо‘yicha kommunikativ kompetensiyalarini (lingvistik, ijtimoiy-lingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy) rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bо‘lajak filologning kasbiy kompetensiyasi nazariy fanlar va asosiy chet tili fani о‘qitish majmuida shakllanadi. Ushbu dastur matnni kommunikativ, kognitiv, pragmatik, lingvokulturologik jihatlarini inobatga olgan holda kompleks, ya’ni har taraflama о‘rganishga qaratilgan. Dastur matn lingvistikasining metodologik prinsiplari, tamoyillari, asosiy tushunchalarini, matn nazariyasi, matn turlari, funksional-stilistik xususiyatlari, matnning asosiy kategoriyalari haqidagi ma’lumotlarni о‘z ichiga qamrab oladi. Matn lingvistikasi fani kommunikativ tilshunoslik, lingvopragmatika, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya kabi tilshunoslikning zamonaviy yunalishlari bilan bog‘liq olib boriladi. Ushbu zamonaviy yо‘nalishlari nuqtai nazaridan, matn – kо‘pog‘onali, murakkab xarakterga ega til birligi, muloqotning asosiy birligi va ijtimoiy ta’sir etish asbobi sifatida talqin etishni о‘rganishadi.Shuningdek talabalar о‘qigan badiiy asarlarni birgalikda muhokama qilishlari va badiiy asarlarni о‘qishda matnning kommunikativ kognitiv pragmatik lirgvokulturologik jihatlarini inobatga olgan holda kompleks ya’ni har tomonlama tahlil tamoyillarini о‘rganishadi va zaruriy tahlil kо‘nikmalarini rivojlantiradilar. Kurs davomida talabalar yakka holda juftlikda va kichik guruhlarda ishlaydilar.Fanni о‘zlashtirishda quyidagi vazifalarga asoslanishi mumkin: - turli interaktiv metodlarga asoslangan vazifalar; - turli og‘zaki va yozma matnlar namunalarini tahlil qilishga qaratilgan mashqlar; - Matnning kerak jihatlarini tahlil qilish. Mustaqil ta’limni tashkil etish shakli va mazmuni “Matn lingvistikasi” fani bо‘yicha talabaning mustaqil ta’lim kо‘nikmalari oliy ta’lim tizimida shu fanni о‘rganish jarayonining tarkibiy qmsmi bо‘lib uslubiy va axborot resurslari bilan tо‘la ta’minlangan. Mustaqil ta’lim kо‘nikmalari talabalarni Matn lingvistikasi hamda fanlararo bog‘liqlik masalalari bilan tanishtiradi. Jumladan matnni о‘qish bilan bog‘liq refleksiya mustaqil qaror qabul qilish о‘zini anglash, “Matn lingvistikasi” fani bо‘yicha olgan bilimlarini mustaqil ravishda mustaxkamlash, vaqtni tо‘g‘ri rejalashtirish kabi masalalarni о‘z ichiga oladi. Talaba auditoroyadan tashqarida darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi va mavzuga oid masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq о‘rganish maqsadida qо‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda ma’lumotlarni izlash va ularni topish yо‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib mustaqil ravishdailmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabi qobiliyatni rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz о‘quv faoliyati samarali bо‘lishi mumkin emas. “Matn lingvistikasi” fanidan mustaqil ish mavzulari fanning majmuasi qamrab olgan. Talabalar mustaqil ta’limning mazmuni va hajmi
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling