Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi


Fan о‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar


Download 0.52 Mb.
bet35/69
Sana23.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1382587
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
matnshunoslik

90




  1. Fan о‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar

Fanni о‘zlashtirish natijasida talaba: matn lingvistikasi fanining nazariy va amaliy yutuqlari; undagi turli nazariy qarashlar va yetakchi konsepsiyalar; tadqiqotlarda ilmiylik va manbalarga asoslanib fikr yuritish talablari; matn lingvistikasining metodologik prinsiplar va tamoyillar, matn nazariyasiga turli yondashuvlar tо‘g‘risida tasavvur va bilimga ega bо‘lishi; о‘rganilayotgan fanlarning terminologik apparati, qonuniyatlari va asosiy tushunchalarini; matn lingvistikasining asosiy yо‘nalishlari va ularning xususiyatlarini; matn kategoriyalari: informativlik, modallik kategoriyalari, matn yaxlitligi va tugallanganligi kategoriyalari, matnda о‘rin-payt kategoriyalarini; matn turlari va ularning xususiyatlarini; badiiy matn va uning asosiy kategoriyalari tahlil etish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi; matnni tahlil qilish metodlarini (lingvistik sharhlash, superlinear tahlil metodi, semantik, stilistik, konseptual tahlil, inferensiya metodi, matn tahlilining statistik metodlari) bilish va ularni matn tahlili jarayonida qо‘llash; matnni nazariy-pragmatik, lingvokulturologik, stilistik jihatlarini tahlil qilish; egallagan bilimlarni о‘z ilmiy tadqiqot amaliyotida qо‘llash malakalariga ega bо‘lishi lozim.
2. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Fanni о‘zlashtirish uchun о‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalaniladi: portfolio tayyorlash, guruhli muzokaralar, jamoa loyihalari, juftliklar bо‘lib topshiriqlarni bajarish, yakka holda ma’lum mavzu bо‘yicha prezentatsiyalar qilish, davra suhbatlari о‘tkazish, diskussiya, klaster, bahs-munozara, refleksiv sullar (tahlil, qiyoslash, sintez, baholash). Axborot texnologiyalari, jumladan, multimedia vositalari yordamida mashg‘ulotlar tashkil etiladi, Power Point, Prezi dasturlari yordamida prezentatsiyalar yaratiladi. MOODLE platformasiga fan bо‘yicha dasrlik va о‘quv qо‘llanmalar, media yesurslar va testlar joylashtiriladi.

3.. Kreditlarni olish uchun talablar:


Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni tо‘la о‘zlashtira olish; fanga oid ma’lumotlarni tahlil qilishda ijodiy fikrlay olish; matn lingvistikasining nazariy masalalariga oid xulosa va qaror qilish; matnda tasvirlanayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash (kognitiv, madaniy, pragmatik va hk.); matn kategoriyalarini va ularni aks etuvchi lisoniy birliklarni tahlil qila olish; matn tahlili natijalari asosida kommunikativ vaziyatni tо‘g‘ri interpretatsiya qilish; matnda aks etuvchi konseptual tamoyillarni aniqlash va matndagi lingvistik xodisalar haqida mustaqil mushohada yuritish; matn lingvistikasining metodlarini mohiyatini tushunish va amalda qо‘llay olish hamda fan bо‘yicha joriy, oraliq va yakuniy bо‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish va topshirish.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling