Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
matnshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
- 4.Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini aniqlash tamoyilini qanday izohlaysiz
- 7. Badiiy matnni tahlil qilishda qanday usullardan foydalaniladi;
LISONIY TAHLIL TIPLARI
Badiiy matnni tahlil qilishning tamoyil va usullari bо‘lganidek, о‘ziga xos tiplari ham mavjud. Tahlilning maqsadi, yо‘nalishi va qamrovini asar hajmi jihatini hisobga olib ikkiga ajratish mumkin: tematik va kompleks tahlil. 1. Tematik tahlil deganda, biror bir badiiy asarni tilning bir jihati bо‘yicha va ma’lum tamoyil, usullar bо‘yicha tahlil qilish nazarda tutiladi. Tematik tahlil asosan, til sathlaridan biri bо‘yicha amalga oshiriladi. Masalan, CHо‘lponning "Kecha va kunduz” nomli romanini leksik-semantik jihatdan tahlil qilamiz, deylik. Asardagi lug‘aviy birliklar (ayrim sо‘ziar, iboralar, maqollar, matallar, aforizmlar) ajratib olinadi. Lug‘aviy birliklar asar badiyatiga qay darajada xizmat qilishi, an’anaviy yoki individual ekanligi aniqlanadi. Matn komponentlarining birikish usullari alohida о‘rganiladi. Main tiplari va uning о‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi 2.Kompleks tahlil. Tilning barcha sohalariga xos birliklar va ularning muayyan bir asarda qо‘llanishini matnning umiimiy mazmuni, janri, tarkibiy tuzilishi bilan о‘zaro bog‘liqlikda olib о‘rganish kompleks tahlilning asosini tashkil etadi. Bu xildagi tahlil umumfilologik yо‘nalish, mazmun va xarakter kasb etadi. Shuning uchun matnni tahlil qilishdan avval adabiyotshunoslik va tilshunoslik bilan aloqador sohalarning tamal qonuniyatlaridan albatta xabardor bо‘lishimiz kerak. Kompleks tahlil biror bir ijodkorga bag‘ishlangan bо‘ladi. Bunday tahlilni bir asarni turli sathlar bо‘yicha yoki bir necha asarni bir sath bо‘yicha о‘tkazish mumkin. Masalan, Abdulla Qodiriyning “0’tkan kunlar” romani lingvopoetikasi (til sathlari bо‘yicha). Yoki Abdulla Qodiriy asarlari lingvopoetikasi. Bunda adib qalamiga mansub barcha asarlarning lisoniy xususiyatlari tekshiriladi va natijalar umumlashtirib tahlilga tortiladi. Bu oson ish emas. Shuningdek, bir yoki ikki kishining ishi ham emas. Adib asarlarini har taraflama tekshirish, tahlil qilish, shu kungacha qilingan barsha ishlarni bir joyga tо‘plash, tasniflash, indeksli ma’lumotlar bazasini yaratish, zaruriy lug‘atlarni tayyorlash va boshqa ishlarni amalga oshirish jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan lingvopoetikaning faoliyat doirasiga kiradi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 1. Metodologiya, metod, tamoyil va usul deganda nimalarni tushunasiz? 2. Shakl va mazmun birligi tamoyilidan badiiy matn tahlili jarayonida qanday foydalaniladi? 3. Makon va zamon birligi tamoyili deganda nimani tushunasiz? 4.Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini aniqlash tamoyilini qanday izohlaysiz? 5.Badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash tamoyili deganda nimani tushunasiz? 6.Badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash tamoyilini qanday izohlaysiz? 7. Badiiy matnni tahlil qilishda qanday usullardan foydalaniladi; 8. Lisoniy tahlilning qanday tiplarini bilasiz? Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling