2-mavzu. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Ishning maqsadi: Pedagogik ta’limotlar tarixiga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish
Hisobot shakli: hisobot
tayyorlash
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 4 soat
2-mustaqil ish topshirig‘i: Pedagogik ta’limotlar tarixiga oid ma’lumotlarni o‘rganish va
klasterda ifodalash
Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar:
Klaster – o‘quv axborotini sxema (chizma) ko'rinishida tizimlashtirish usuli. Bunda matndagi
ma’lumotlar mazmunan birliklar- tushunchalarga ajratib ko'rsatiladi va ular orasidagi barcha
aloqalarni belgilagan holda grafik shakl chiziladi. Klaster mavzuni, tasvirni konkretlashtirishga,
nutq, fikrlash, tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi. U o'quv materialini tizimlashtirish va
umumlashtirishga yordam beradigan tasvirdir.
Baholash mezoni:
Klaster strukturasi mavzu mazmunini o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan, tizimlilikka amal
qilingan bo‘lsa «5»;
Klaster strukturasi mavzu mazmunini o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan, ammo tizimlilik tamoyili
buzilgan bo‘lsa «4»;
Klaster strukturasi mavzu mazmunini o‘zida qisman mujassamlashtirgan bo‘lsa 3»;
Klaster strukturasi mavzu mazmunini mujassamlashtirmagan bo‘lsa «2».
Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar
1.Abdullayeva Sh., Asqarov A. Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy ta’lim muassasalari
uchun o‘quv qo‘llanma. -T: Fan va axborot texnologiyalari, 2019. -280 b.
2.Xodjayev B.X., Umumiy pedagogika. Darslik.–Toshkent, “Sano-standart”, 2017 y.434 b.
3.Mavlonova R. va boshqalar. Umumiy pedagogika//darslik. –T.: 2016 y. - 538 b.
Umumiy pedagogika fanidan auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun vazifalar va
metodik ko‘rsatmalar
Do'stlaringiz bilan baham: