Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya y


Download 260.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi260.97 Kb.
#1518316
  1   2   3   4
Bog'liq
rasmiy va norasmiy guruhlar haqida umumiy tushuncha



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 

 PEDAGOGIKA FAKULTETI 
PSIXOLOGIYA YО‘NALISHI 3-KURS 308- GURUH 
TALABASI SHAROPOV NODIRNING 
UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN
 
 
 
 
 
Mavzu: 
 Rasmiy va norasmiy guruhlar haqida umumiy tushuncha 
 
 
 
Bajardi: N.Sharapov 
 
Tekshirdi: M.Fayziyeva 
 
 
 
 
Qarshi 2014


Rasmiy va norasmiy guruhlar haqida umumiy tushuncha 
Reja: 
Kirish
1.Kichik guruh tushunchasi. .
2.Kichik guruhlar klassifikatsiyasi.
3.Kichik guruh tuzilishi.
4.Kichik guruhlar strukturasi va dinamik aspektlari.
5.Ijtimoiy hayotda kichik gruppalar ahamiyati oshishini obetiv sharoitlari.
Xulosa 
Adabiyotlar ro`yxati 


Kirish
Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va 
ko„plab ilmiy tadqiqotlar o„tkazilgan obektlardandir. Bu an‟ana Amerikada asrimiz 
boshida o„tkazilgan ko„plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo„lib, 
ularda olimlar oldiga qo„yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda 
yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning 
yonida bo„lishi uning faoliyatiga qanday ta‟sir ko„rsatadi kabi savollarga aniq 
ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta‟kidlash lozimki, bunday 
sharoitlarda individlarning o„zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir 
vaqtda bir yerda birga bo„lganligi faktining (koaksiya) ta‟siri o„rganildi. Olingan 
ma‟lumotlar shuni ko„rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo„lgan individ 
faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. 
Bunday ma‟lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi 
V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham 
qayd etildi. Bu psixologik hodisa Sotsial psixologiya da ijtimoiy fatsilitatsiya 
nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat 
mahsullariga uning yonida bo„lgan boshqa individlarning bevosita ta‟siri bo„lib, bu 
ta‟sir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning 
tezligida namoyon bo„ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham 
kuzatildi, ya‟ni, boshqalar ta‟sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish 
faoliyatining susayishi holatlari kuzatildi. Bu hodisa fanda ingibitsiya nomini oldi. 
Lekin olingan faktlarning qandayligidan qat‟i nazar, olimlar uchun kichik guruhlar 
asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar 
ochildi.
Birinchidan, kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni 
xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh “diada” ikki kishidan tortib, to 
maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb qabul qilindi. Ikki kishilik guruh 
deyilganda, avvalo oila – yangi shakllangan oila ko„proq nazarda tutiladi. Lekin 
samarali o„zaro ta‟sir nazarda tutilganda “(7–2” kishi nazarda tutiladi. Bunday 
guruh turli ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar uchun ham, ijtimoiy-psixologik 


treninglar o„tkazish uchun ham qulay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning o„lchami qanchalik katta bo„lsa, uning alohida 
olingan shaxslar uchun qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. YA‟ni, shaxsning 
ko„pchilikdan iborat guruhdan o„zini tortish va uning normalarini buzishga 
moyilligi ortib boradi. 
Uchinchidan, guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o„zaro 
munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida 
mas‟uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari ularning o„rtasidagi aloqalarda 
doimo aniqlik bo„lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar 
ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. 
To„rtinchidan, agar guruh a‟zolarining soni toq bo„lsa, ular o„rtasidagi o„zaro 
munosabatlar juft bo„lgan holdagidan ancha yaxshi bo„ladi. Shundan bo„lsa kerak, 
boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror lavozimlarga saylashda, saylov 
kompaniyalarida nomzodlarni elektoratga taqdim etishda va umuman rasmiy 
tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi. 
Beshinchidan, shaxsning guruh tazyiqiga berilishi va bo„ysunishi ham guruh 
a‟zolarning soniga bog„liq. Guruh soni 4-5 kishi bo„lgunga qadar, uning ta‟siri 
kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta‟sirchanlik kamayib boradi. Masalan, 
ko„chada sodir bo„lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, 
jabrlanganga yordam berishga intilish, mas‟uliyat hissi pasayib boradi.

Download 260.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling