Qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida


KIRISH  Mavzuning dolzarbligi


Download 307.58 Kb.
bet2/26
Sana12.11.2023
Hajmi307.58 Kb.
#1768217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Qo’lyozma huquqida-www.fayllar.org

KIRISH 


Mavzuning dolzarbligi. Ma'lumki, Respublikamizda 2010 yilning 7 iyulida “Aholi
o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida” degan muhim qonun qabul 
qilindi. Uning 2-bob 4- va 7- moddalarida Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi
profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ilmiy tadqiqot 
ishlarini qo‘llab quvvatlash hamda sanitariya gigiena va tushuntirish ishlarini olib borish
masalalariga alohida e'tibor berilgan (50).
Mikronutrientlar(vitaminlar va ma'danli moddalar) oqsillar, yog‘lar va uglevodlar
singari organizmning kunlik energetik ehtiyojini qondirishda ishtirok etmasa-da, tanaga 
doimiy ravishda, tegishli miqdorda qabul qilib turilishi lozim. Ularga bo‘lgan kunlik talab
juda oz miqdorni tashkil etib, ular tanadagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning me'yoriy 
kechishida foal qatnashadi. Mikronutrientlar yana organizmda boradigan bir qator fermentativ
hamda moddalar almashinuvi jarayonlarida, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarda, qon 
hosil bo‘lishi hamda boshqa muhim hayotiy faoliyatlarda ham ishtirok etadi (8, 13, 16, 26)
Shu munosabat bilan ular kunlik ovqatning muhim tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblanadi. Oqsil, yog‘ va uglevodlarga bo'lgan kunlik talab grammlarda ifodalansa,
mikronutrientlarga bo‘lgan kundalik fiziologik ehtiyoj esa grammning mingdan bir yoki 
milliondan bir ulushiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan bir qatorda ularga bo‘lgan kunlik ehtiyoj
organizmning yoshi, jinsi, qiladigan aqliy va jismoniy faoliyati, yashash sharoiti va boshqa 
omillarga muvofiq holda o‘zgarib boradi yoki farqlanadi. Bu narsa qayd etib o‘tilgan omillar
natijasida organizmda moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarining tegishli ravishda 
o‘zgarib turishi, ya'ni mazkur jarayonlarning jadallashishi yoki boshqa ko‘rinishlari bilan
tushuntiriladi. Qayd qilib o‘tganimizdek, aholining asosiy qismi ovqatlanish bobida quvvat 
beruvchi oqsillar, yog‘lar hamda uglevodlarga, ya'ni makronutrientlarga e'tibor berib,
mikronutrientlarni nazardan chetda qoldiradi yoki hisobga olmaydi. Buning oqibatida esa 
o‘sish, rivojlanish, kattalarda serunum mehnat qilish, o‘zaro munosabatlar va kayfiyat
ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan mikronutrientlar to‘g‘risida qabul qilingan 
qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, Respublikamiz aholisining turli guruhlarida
amaldagi ovqatlanishini tahlil qilish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar ko‘pchilik hollarda 
bu borada qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligini ko‘rsatadi. Ularni bartaraf qilish
uchun muhim tadbirlardan biri mikronutrientlar haqida aholining turli qatlamlarida tegishli 
tushunchalarni shakllantirishdir. Shunda ushbu masala bo‘yicha qabul qilingan qonun va unga
muvofiq tuzilgan dasturning amalga oshirilishi ancha oson kechadi (5, 9, 13, 18, 25, 41).


4
Shu nuqtai nazardan qishloq va shahar aholisining (30-39 yoshdagi aqliy mehnat bilan 


shug‘ullanuvchilar)


ovqatida 
ba'zi
bir

mikronutrientlarning


qay

darajada


ta'minlanayotganligini o‘rganish va ularni solishtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan 
biridir .


Download 307.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling