Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication
Bid`at – Islom dinidagi rasmiy ta`limotlarga qarshi yangi fikr va aqidalar Islom Muhammad (S A V )dan keyin paydo bo`lgan unsur va qoidalar. Buroq
Download 1.81 Mb.
|
Мажмуа 2019
Bid`at – Islom dinidagi rasmiy ta`limotlarga qarshi yangi fikr va aqidalar Islom Muhammad (S A V )dan keyin paydo bo`lgan unsur va qoidalar.
Buroq – rivoyat bo`yicha me`roj kechasi Makkadan Baytul muqaddasga keyin osmonga Muhammad (CAB )ni olib ketgan otning nomi. Umra – Islom an`anasida kichik xaj Ka`ba ziyoratiga boriladigan muayyan kunlardan boshqa vaqtda Makkaga borib xaj qilish «kichik xaj» deb hisoblangan va umra deb atalgan. Fatvo – Islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, xuquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror hukm yoki izoh. Fatvo diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan bajarilishi kerak. Fatvo Qur`on, xadislar va shariatga yoki ilgari berilgan fatvolarga asoslanishi kerak. Fiqx – musulmon xuquqshunosligi, shariat qonun—qoidalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi Islom ilohiyotining bir sohasi. Fiqx diniy xuquqshunoslik sifatida ikki sohada — shariat manbalarini ishlab chiqish (usul al—fiqx) va shariatni aniq sohalarga tadbiq qilish (furur` al—fied)dan iborat. Halifa – o`rinbosar, noib, muovin Musulmon jamoasi va musulmon teokratik davlati (Arab halifaligi)ning diniy va dunyoviy boshlig’i. U Muhammad Payg’ambarning o`rinbosari, ummaviylar davridan boshlab esa Allohning erdagi noibi hisoblangan. Birinchi to`rt halifa (Abubakr, Umar, Usmon, Ali) «al—Xulafo ar—roshidun» nomi bilan mashxur bo`lganlar. Ular Muhammad payg’ambardan so`ng arab halifaligini boshqarganlar 1. Abubakr (632–634) 2. Umar (634–644) 3. Usmon (644 – 656) 4 151 . Ali (656 – 665) Ummaviylardan keyin abbosiylar, shuningdek fotimiylar sulolasi vakillari ham halifa unvoni bilan hokimiyatini boshqarganlar. Sayid – arablarda musulmon davri boshlangunga qadar qabilaning saylanadigan rahbarining unvoni bo`lib, boshliq mas`ul shaxs degan ma`noni bildirgan. Muhammad Payg’ambarning amakivachchasi Alining otasi Abu Tolib bir vaqtlar quraysh qabilasining sayidlaridan bo`lgan. SHuning uchun bu unvon Muhammad Payg’ambarning nevaralari, Alining o`g’illari, Hasan va Husaynning butun avlodlari ismiga qo`yiladigan faxriy unvon hisoblangan. Sayidlarning qiziga uylangan kishining farzandlari ham sayid hisoblangan. Mana shuning uchun ham musulmon dunyosida, jumladan Movarounnahrda ham ko`pincha hukmdorlar ham o`z avlodlarining mavqeini ko`tarish maqsadida sayidlar qiziga uylanishga harakat qilishgan. Mang’itlar sulolasining so`nggi vakili Sayd Olimxon ona tomonidan Alining avlodi hisoblangan. Xo`ja – tom ma`noda, asosan YAqin va O`rta SHarq. xalqlari o`rtasidagi feodal ijtimoiy tabaqa. Xo`jalar sayidlardan keyingi o`rinda turgan. Keng ma`noda feodal jamiyatdagi hukmron tabaqalar vakili. Xo`jalarning kelib chiqishi xaqida turli fikrlar mavjud. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda xo`jalar dastlabki to`rt halifa — Abu Bakr, Umar, Usmon, Alidan tarqalgan deyilsa, boshqa manbalarda arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan sarkardalarining nasli deb hisoblanadi. Xo`jalar Islom oqsuyak tabaqasi sifatida ma`lum imtiyozlarga ega bo`lganlar. Ular ko`p hollarda o`lim, tan jazosi, urushlarda qatnashishi hamda soliq to`lashdan ozod etilganlar. Xo`jalar qizini fuqaroga berish man etilgan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling