Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication


Satraplik — Ahamoniylar, salavkiylar, Parfiya va sosoniylar davlatlaridagi ma`muriy — hududiy tuzilma. Forscha «Xshatra


Download 1.81 Mb.
bet112/123
Sana30.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1412151
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123
Bog'liq
Мажмуа 2019

Satraplik — Ahamoniylar, salavkiylar, Parfiya va sosoniylar davlatlaridagi ma`muriy — hududiy tuzilma. Forscha «Xshatra» — «viloyat» so`zidan kelib chiqqan. Har bir satraplik belgilangan miqdorda soliq to`lashga majbur bo`lgan.
Satrap — viloyat boshlig’i bo`lib, u cheklanmagan vakolatlarga ega edi. Mil. av.gi IV asrning oxirlarida O`rta Osiyoga Aleksandr Makedonskiyning yurishi boshlanadi. Bu davrda O`rta Osiyo xalqlarining harbiy san`ati yuqori darajada bo`lgan. Xanjar «akg’ainak» atalgan, jangovor bolta «sagiris» deb nomlangan.
Spitamen —O`rta Osiyoning yirik qo`mondoni va Makedonskiyga qarshi mil. av.gi 329—327 yillarda Marokandda ko`tarilgan qo`zg’olon rahbari.
Maroqanda — Samarqandning yunoncha nomi. Mil. av.gi VII — VI asrlarda Maroqanda o`rnida mudofaa devorlar bilan o`ralgan qishloq bo`lgan. YUnon tarixchilari Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf, Strabonning ma`lumotlariga ko`ra mil. av.gi 329 yilida A.Makedonskiy So`g’diyona poytaxti Maroqandni zabt etib, vayron qilgan, so`ngra o`zining harbiy garnizoni uchun qal`ani qayta tiklagan. So`g’diylar Spitamen boshchiligida bu bosqinchilarga qarshi kurashgan, qo`zg’olon bostirilgach, Makedonskiy Marokandni yana vayron qilishni buyurgan. Maroqand keyinchalik Semizkent, Samarqand nomini olgan.
I
149
skandar vafotidan so`ng O`rta Osiyo Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Salavka ham bu erdagi erlarni satrapliklarga bo`ldi. Satraplikdagi davlat mudofaasi va qo`shinlarini tashkil etish ishlari bilan
strateg shug’ullangan.
Yunon va Makedon istilolaridan boshlab O`rta Osiyo viloyatlari madaniyati tarixida antik (yunoncha «qadimgi») davr boshlandi. Bu hol SHarq va G’arb o`rtasida madaniy munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, Baqtriya madaniyatida yunon madaniyatining ta`siri sezila boshladi.
Ellinlashtirish — SHarqda yunon madaniyatining yoyilish jarayoni, aralash madaniyatining — yunon va mahalliy SHarq madaniyatining tashkil topish jarayoni.
Yuechji — ulkan ko`chmanchi qabila bo`lib, eramizdan avvalgi II asr o`rtalarida Tyan’shan tog’lari g’arbidan Dun’xuandan sharqqa tomon Labnor ko`ligacha bo`lgan hududda, hozirgi Xitoyning Gan’su provintsiyasi hududlariga to`g’ri keladi. Yuechjilar xaqida ma`lumotlar. Qadimgi Xitoy yozma manbalari (Ban Gu, Sima Tszyan’)da uchraydi. Yuechjilar Kushon podsholigi tizimida katta rol’ uynagan. etnik tarkibi haligacha o`rganilmagan (Sharqiy eronliklar, xindoYevropaliklar, turklar).
Yuechjilar tili Baqtriya shaharlaridan va qabilalarining nomlaridan bo`lak saqlanib qolmagan. etnik qiyofalari Holchayondagi skul’pturalarda, tangalarda va boshqa yodgorliklarda saqlanib qolgan.
Mil. av.gi II asr o`rtalarida Yuechjilar Xunnlar siquvi ostida Ili daryosi vodiysiga qochishga majbur bo`lganlar keyinroq mil. av.gi II asr o`rtalarida Xunnlar tazyiqi kuchaygach, janubga Shimoliy Baqtriya hududlariga ko`chganlar. G’arb ko`chgan Yuechjilar «Katta yuechj:i», Nan’shan toglarida qolganlari esa «Kichik Yuechji» nomini oldilar. Keyinroq Yuechjilar butun Baqtriyani ishg’ol qildilar va o`zlarining konfederativ davlatini tuzdilar. Bu konfederatsiyalar:
1. Xyumi (Syumi)
2. SHuanmi
3. Guyshuan’
4. Xisi.
5. Xuanmi

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling