Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication
Download 1.81 Mb.
|
Мажмуа 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI
- etnik jamoani
- «astron»—yulduz
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 120000 - Gumanitar fanlar Ta’lim yo‘nalishi: 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha) “MANBASHUNOSLIK” FANIDAN GLOSSARIY Q 147 ARSHI – 2019 GLOSSARIY So`g’d yozuvi — miloddan oddingi ming yillikning oxirlarida oromiy alifbosidan ajralib chiqqan. Arab yozuvi singari o`ngdan chapga qarab yozilgan va o`qilgan. Qadimgi manbalarda so`g’d alifbosida 25 xarf mavjudligi ta`kidlangan, biroq turli joylardan topilgan so`g’d yozuvi yodgorliklarida xarflarning umumiy sonida farqlar bor. So`g’d yozuvining milodning boshlariga oid qadimgi na`munasi Samarqand yaqinidagi Toli barzu degan joydan topilgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o`troq dehqon elatlari xorazmliklarning yurti Xvariazm («Avesto»da), Xvarizmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon) asarlarida yozib qoldirilgan. So`g’diylarning eng yaqin qo`shnilari baqtriyaliklar bo`lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. YOzma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. YUnon–rim mualliflarining asarlarida Baqtriana yoki Baqtriya deb atalgan Massagetlar – Kaspiyorti va Orol dengizi yaqinida va Sirdaryoning quyi oqimida mil. av. VI – IV asrlarda yashagan qabilalar guruhining umumiy nomi. Massagetlar xaqida fanda xar xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlarning fikricha, Massagetlar nomi «muso» — «baliq» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, «baliqxo`rlar» ma`nosini bildiradi. Keyingi tekshirishlar natijasida massagetlarning «mae», «saka» va «ta» so`zlaridan iborat bo`lganligi va saklarning katta uyushmasi degan ma`noni bildirishi aniqlangan. YUnon tarixchisi Gerodotning ta`riflashicha, massagetlar piyoda va otda jang qilganlar, otlarning ko`kraklariga sovut kiydirganlar. Massagetlar o`z podshosi To`maris boshchiligida eron bosqinchilariga qarshi kurashganlar. Mil. av.gi VI asrda ular o`z erlarini boshqa qabilalar xujumidan himoya qilish maqsadida harbiy qabila ittifoqiga birlashganlar. Saklar — milodan avvalgi I ming yillik va milodning boshlarida O`rta Osiyo va SHarqiy Turkistonning shimoliy — SHarqiy hududlarida yashagan chorvador qabilalar. Qadimgi fors manbalarida saklar uch guruhga bo`linganligi ko`rsatilgan: 1) saka — xaumovarka; 2) saka — tigraxauda; 3) saka — tiaytaradarayya. Saklar forslar armiyasi tarkibida yunon—fors urushlarida qatnashgan. Aleksandr Makedonskiy, so`ngra salavkiylar o`zlarining O`rta Osiyodagi mulklariga xavf solgan saklarga qarshi kurash olib borganligi manbalarda qayd qilingan. Mil. avv. II asr o`rtalarida saklar boshqa ko`chmanchi qabilalar bilan birga Parfiya podsholigi erlariga bostirib kirganlar. Ammo ular qattiq qarshilikka uchrab Darang’iyonga siqib chiqarilgan. Saklar Darang’iyonada o`troq joylashganligi uchun unga Sakiston, ya`ni Saklar mamlakati deb nom berilgan. Day — mil. av.gi V — IV asrlarda Sirdaryoning quyi oqimlari atrofida yashagan sak (shak) qabilalaridan ayrim manbalarda ularning daxlar, toxarlar deb ham atashgan. Spitamen Iskandarga qarshi kurashish uchun oxirgi marotaba day qabilasidan qo`shin to`plagan. Mil. av.gi IV asr oxiri — III asr boshlarida Sirdaryoning o`rta va quyi oqimida yashagan saklarning Qang’ davlati vujudga keldi. Keyinchalik daylarning Qang’ davlatiga kirgan qavmlar ittifoqi siqib kirishga majbur bo`lishgan. Mil. av.gi 250 yilda daylar mahalliy Baqtriya aholisi bilan birgalikda Baqtriyani salavkiylardan ajratib oldilar va yangi davlatta asos soldilar. SHundan so`ng bu o`lkaning nomi Toxariston deb atala boshlagan. O`rta Osiyodagi davlat birlashmalari shakllanmasdan oldingi davr harbiy demokratiya — davlatga o`tish davrining boshqaruv shakli bo`lib, uni harbiy qabila boshliqlari boshqarganlar «Avesto» jamiyatining asosini katta patriarxal oila tashkil etgan. U «nmana» deb atalgan. SHunday bir necha urug’ jamoasi «v i s» deb atalgan. «Varzana» deb esa hududiy qo`shnichilik jamoasining, qabilalar jamoasi esa — «zantu»ni tashkil qilgan. Y 148 uqoridagi qabilalarning barchasi etnik jamoani — tili, urf — odati, diniy e`tiqodi jixatdan uyushgan kishilar guruhini tashkil etgan. etnos — yunon tilida «xalq» degan ma`noni anglatadi. Mil. av.gi 1 ming yillikning birinchi yarmida O`rta Osiyoda Zardo`shtiylik dini keng tarqaldi. Zardo`shtiylik diniga ko`ra olov (quyosh), er, suv, havo muqaddas sanalgan Zardo`shtiylik dinini aoschisi Zardo`sht (turli tillarda Zaratushtra, Zorast, Zardo`sht) ismidan olingan. Uning tug’ilgan yili noma`lum. Mil. av.gi I ming yillikning birinchi choragida yashagan. U biz o`z ta`limotini Xorazm yoki Baqtriyada targ’ib qilgan. U 77 yoshida dushmanlari qo`lida xalok bo`lgan Keyinroq Yevropada bu din targ’ibotchisini Zoroastr (yunoncha «astron»—yulduz) deb atay boshlaganlar, chunki YUnonistonda uni alloma — munajjim tarzida ardoqlaganlar. SHu nomdan kelib chiqib, uning ta`limotini zoroastrizm deb yuritganlar. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling