Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication


Download 1.81 Mb.
bet62/123
Sana30.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1412151
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123
Bog'liq
Мажмуа 2019

Qur’on va qur’onshunoslik.
Qur’on 114 ta suradan iborat b´lib, dastlabki – Surai fotihani hisobga olmaganda eng uzun suralardan boshlanib, u yog’iga qisqara boradi va kam oyat li suralar bilan yakunlanadi. £ur’on kitob holiga kelgach, u k´plab k´chirila boshladi. Shu bilan birga xalq ma’naviy ehtiyoji bilan bog’liq bo´lgan boshqa ilmlar yuzasidan yoziladigan kitoblarga ham yo´l ochildi. Masjid va madrasalarda, saroylarda kitob xazinalari yuzaga keldi. Islomgacha bo´lgan davr adabiy, tarixiy va ilmiy manbalari bir sidira ko´rib chiqildi va h.k.
Hadis va muhaddislar
Ma’lumki, xadislar islom olamida qur’ondan keyin ikkinchi muqaddas manba hisoblanib, ijtimoiy hayotning barcha jihatlariga o´z ta’sirini ko´rsatgan. Muhaddislik (hadis yig’ish an’analari), Rasululloh hayot vaqtlaridayoq yuzaga kelgan. Imom ibn Munnabbixning (vft. 101 h.) «Sahiyfa» asari eng qadimiy hadis hisoblanadi. U 138 ta hadisdan iborat b´lgan. Bu asarning VI asr hijriyda ko´chirilgan nusxasi saqlanib qolgan. Islomshunos olim U.Uvatovning xabar berishicha, kitob shaklida, rasmiy ravishda yozilgan birinchi hadis kitobi xijozlik olim Ibn Shihob az-Zaxriy (vft. 124 h.) qalamiga mansub. Bu toplam xalifa Umar ko´rsatmasi bilan yuzaga kelgan. Umuman xalifa Umar madinaliklarga ham xudi shunday topshiriqlar bergan. Uning ikkinchi asrida yaratilgan xadis to´plamlari ichida Molik ibn Anasning «Muvatta» nomli kitobi (Uvatov, 9-b.) alohida qadrlanadi. Shuni ham aytish kerakki, bu asrdan ko´plab nuqsonli hadislar ular qatorida hatto soxta hadislar ham tarqab ketdi.
Tafsir ilmi.
Islom dini turli tillarda s´zlashuvchi xalqlar o´rtasida keng yoyilgan b´lsa-da, qur’onning tarjima qilish taqiqlangan, faqat tafsir qilish (aynan izohlash) an’anaga aylangan edi.
M
73
a’lumki, biror matnning ma’nosini yechish, sharhlash, izohlash tafsir deyiladi. Diniy ma’noda qur’on oyatlarini izohlash va shu to´g’risida yozilgan kitob tafsir deyilgan. Tafsirda odatda har bir sura yoki oyatning qaysi yerda nozil bo’lgani, surada nechta oyat borligi va nimalar xususida gap ketishi, nozir b´lish sabablari batafsil yoritiladi. Islom dini tarida va qo´lyozma fonlarimizda fors, turk, urdu va boshqa tillarda bunday tafsirlar juda ko´p. Ammo ulardan t´qqiztasi – Tafsiri Tabariy, Tafsiri Saolibiy, Tafsiri Zamaxshariy, Tafsiri Bayzoviy, Tafsiri Faxriddin Roziy, Tafsiri Jalolayn (ikki Jalol) – sunniylikda; Tafsiri Tabariy, Tafsiri xilliy, Tafsiri xusayniy – shiallikda tan olingan va keng tarqalgan. Markaziy Osiyo mintaqasida ko´proq qur’onning tatar tilida qilingan tafsirlari tarqalgan edi. So´nggi paytlarda o´zbek tilida yaratilgan tafsirlardan sobiq muftiy Muhammad Sodiqning «Tafsiri hilol» (T., «Movarounnahr», 1991) ini misol tariqasida keltirish mumkin.

Islomshunoslik.
VII asrda paydo bo’lgan islom dini tez orada ulkan xududga tarqaldi. Arab xalifaligi tashkil bo’lgach bu davlat tarkibiga kiruvchi mamlakatlar, xalqlar tarixi, madaniyatiga juda katta ta’sir o’tkazdi. Bizning maqsadimiz islom manbashunosligi asoslari Qur’on, Hadis va tavsirlar tarix ilmi, manbashunoslik nuqtai-nazaridan o’rganishdir. Chunki xalqimiz hayotida XX asr boshlarigacha, xatto bugungi kunda ham e’tiqod masalalari musulmonchilik qonun qoidalari amal qilib kelmoqda. Bundan tashqari aksariyat yozma manbalar islom manbashunosligi qonun qoidalariga binoan yaratilgan. Mana shuning uchun ham tarixchi pedagoglar islomiy manba asarlarini yaxshi bilishi va o’z pedagogik faoliyatlarida foydalanishi lozim. Manbashunoslik fanida talaba dinshunoslik fanida olgan bilimlarini yanada chuqurlashtirish nazarda tutiladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling