Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication
Download 1.81 Mb.
|
Мажмуа 2019
Samarqandda topilgan yozuvlar IX asrga oid uch tilda so’g’d, qadimgi turk va xitoy tilida yozilgan turk xoqonining qabr toshidagi bitikdir.
Bunday hujjatlar so’g’diylarning Qozog’iston, Qirg’iziston hamda Sharqiy Turkistondagi savdo koloniyadaridan ham topilgan. Bular orasida ayniqsa A.Steyn (1862-1943) tarafidan 1907 yili Dunxuan (Xitoyning Gansu viloyatida) va Turfonda (Sharqiy Turkiston) topilgan hujjatlar, Talas daryosining o’ng sohilida, hozirgi Talas shahridan 7 km shimolda joydashgan Qulonsoy hamda Teraksoy daralarija qoya toshlarga o’yib bitilgan yozuvdar alohida e’tiborga molik. Bu yozuvlar IV-XI asrlarda So’g’d koloniyalarining ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa O’rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari o’rtasidagi savdo aloqalari va bunda so’g’diylarning roli haqida qimmatli ma’lumot beradi. Dunxuan va Xo’tan hujjatlari A.Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar esa V.A.Kallaur, M.Ye.Masson, D.F.Vinnik, A.A.Asanaliev, K.Ashiraliev, U.Jumag’ulovlar tarafidan o’rganilgan. Mamlakatimiz tarixi, xususan unda yashagan qadimiy xalqlar tarixini o’rganishda, so’g’d tilida yozilgan “Xalqlar ro’yxati” deb atalgan bir hujjat (VIII asr) o’ta muhimdir. Unda O’rta Osiyoda yashagan 21 xalq va elatning nomi keltirilgan. Arablar istilosi arafasida O’zbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi. Sharq va xitoy tillarida yozilgan manbalar ma’lumotlariga qaraganda VIII asr boshlarida yurtimizda 15 yaqin mustaqil davlatlar bo’lib, bularning eng kattasi Xorazm, So’g’d, Buxoro, Chag’oniyon, Toxariston, Ustrushona, Choch va Farg’ona hisoblangan. Ularning podshohlari jabg’u (knyaz), xudot, ixshid va ispahbed deb atalardi. Arablar O’zbekiston hududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar. Bosqinchi qo’shinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn Ziyod boshchilik qilar edi. O’shanda ular Poykent va Buxoro shaharlari hamda ularning tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj qildilar va katta o’lja (1 mln dirham pul, 4000 asir va boshqalar) bilan qaytdilar. Bundan keyin ham arablar O’zbekiston ustiga ko’p marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar. 705 yildan boshlab arablarning O’zbekiston ustiga istilochilik yurishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Qutayba ibn Muslim (715 yili hozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, hozirgi Shurunch mozor, aslida Qilich mozor temir yo’l bekati yonida o’ldirilgan) boshchilik qildi. Arab qo’shini 706 yili Omul (Chorjo’y), Zamm (Karki), Buxoro hamda Poykent shaharlarini, 709 yili esa Buxoroning mustahkam qal’alaridan Shofurkom (Vardanza)ni, 710 yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, So’g’d, Vardanza va Farg’ona hukmdorlari turklar bilan qo’shilib arab istilochilariga qarshi ittifoq tuzishga harakat qildilar, lekin o’zaro kelishmovchiliklar va ishtiloflar ittifoqning mustahkamlanishiga yo’l bermadi. Qutayba bundan ustalik bilan foydalandi va ular bilan birma-bir kurashda g’alaba qozondi. 712 yili Qutayba o’zaro ichki kurashlardan foydalanib hiyonatkorona tarzda Xorazmni ham bo’ysundirdi. Samarqand podshohi Ғurak (710-737-yy.) bilan tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarqand va So’g’diyona xalqi arablarga har yili 2 million 200 ming dirham miqdorida o’lpon to’lash va arab qo’shiniga 100 ming kishi to’plab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Qutayba Choch (Toshkent) hamda Farg’ona viloyatlarini, shuningdek Yettisuv va Koshg’argacha bo’lgan yerlarni bosib oldi. A 72 rab istilosi O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotiga katta zarar yetkazdi, ko’plab katta va boy shaharlarning kuli ko’kka sovurildi, ming-minglab kishilarning “yostig’i quridi”, Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda ko’p noyob asarlar yo’q qilindi. Arab istilochilari mahalliy xalqlarni ham majburan islom diniga kiritdilar, mehnatkashlar zimmasiga og’ir soliqlar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot yuklatildi, aholining yarim mulki arab qo’shini foydasiga musodara qilindi. O’zbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor qo’zg’olon ko’tardilar. VIII asrning o’rtalarida bo’lgan Ishoq turk qo’xg’oloni, 769-776- yillari butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o’ldirilgan) boshchiligida bo’lib o’tgan qo’zg’olon, 806 yili Rafi’ ibn Lays boshchiligida So’g’dda bo’lib o’tgan dehqonlar qo’zg’oloni shular jumlasidandir. Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jihatdan bir xil emasligi, ular o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, yer-suv va boylikning tobora mahalliy boshliqlar qo’lida to’plana borishi va nihoyat, mahalliy aholi va bosqinchilar o’rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi xalq harakatlari va o’zaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu hol, o’z navbatida, arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning zaminida mustaqil mahalliy davlatlar paydo bo’ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Tohiriylar (821 y.), Seistonda Safforiylar (867 y.) va nihoyat, Movarounnahrda Somoniylar (819 y.) hokimiyat tepasiga keldilar. Boshqa o’lkalarda ham shunday ahvol yuz berdi. Qisqasi, 935 yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda o’z siyosiy mavqelarini tamoman yo’qotdilar va nomigagina xalifa bo’lib qoldilar. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling