Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication
Mavzu: Temuriylar davri tarixiga oid yozma manbalar
Download 1.81 Mb.
|
Мажмуа 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temur tuzuklari”
- Temur tuzuklari” ikki maqoladan iborat
4 Mavzu: Temuriylar davri tarixiga oid yozma manbalar.
( XIV asr 70-yillari – 1506 yillari) O’zbek tilidagi manbalar. Temur tuzuklari, “Vaqoy”, Alisher Navoiy asarlarida O’rta Osiyo tarixi. Rashiduddin “Jome’ at-tavorix”, Hamidulloh Qazviniy “Tarixi guzida” asarlarida O’rta Osiyo tarixi. Temuriylar saltanati tarixiga oid forsiy tarixiy yozma manbalar: Nizomiddiy Shomiy “Zafarnoma”, Muiniddin Natanziy “Muntaxab at-tavorix”, Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”, Abdurazzoq Samarqandiy “Matla as-sa’dayn”, Mirxond “Ravzat as-safo” va boshqa asarlardagi ma’lumotlar. XIV asr ikkinchi yarmiga kelib Chig’atoy ulusining janubiy-g’arbiy qismini tashkil etgan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik yanada kuchaydi. Bu ayniqsa amir ul-umaro Qazag’on vafotidan (1358 yili) keyin kuchayib, mamlakat mayda qismlarga bo’linib ketdi. Masalan, Shahrisabzda Xoji barlos mustaqillik bayrog’ini ko’tardi. Xo’jandda Boyazid jaloir mustaqillik e’lon qildi. Balxda Amir Xusayn xon ko’tarildi, Shibirg’onni Muhammad Apardi egalladi. Xuttalonda Kayxusrav o’zini podshoh deb e’lon qildi. Badahshon mahalliy hukmdorlar – Badaxshon shohlari qo’liga o’tdi. Feodal tarqoqlikdan barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik bilan foydalandi va 1370 yili oliy hokimiyatni qo’lga oddi. 1370-1378 yillari u mamlakatdagi tarqoqlikni tugatib, Movarounnahr va Xorazmni o’ziga bo’ysundirdi. 1381-1402 yillari Amir Temur qo’shni mamlakatlar ustiga harbiy yurish qilib, Eron, Kavkaz orti, Iroq, Kichik Osiyo va Shimoliy Hindistonni istilo qildi, Oltin O’rda xoni To’xtamishga (1376-1395- yy.) qaqshatich zarba berib, uni poytaxti Saroy Berkani egalladi. A Amir Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin 1409 yilgacha o’zaro kurash davom etdi. Shohruh Mirzo (1409-1447- yy.), Mirzo Ulug’bek (1409-1449- yy.), Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469 yy.), Sulton Husayn Mirzo (1459-1506- yy.) davrida davlat nisbatan markazlashgan edi va xalqaro obro’ga ham ega edi. XV asrning 80- yillaridan boshlab, o’zaro hamjihatlik juda susaydi. Movaronnahrning bir o’zida deyarli uchta mustaqil davlat bo’lib, ularda Sulton Abu Said Mirzoning o’g’illari Sulton Ahmad Mirzo Samarqandda, Umarshayx Mirzo Farg’onada va Sulton Mahmud Mirzo Hisor, Xuttalon hamda Badaxshonda hokimi mutlaq hisoblanar edilar. Amir Temur va Temuriylar davrida ham yer-suv hamda huearmandchilik korxonalarining katta qismi podshoh xonadoni va badavlat kishilar qo’lida bo’lib, mehnatkash xalq ularning yerini ijaraga olib kun kechirar edi. Ular xiroj, dorug’agi, mirobona, jon solig’i, avorizot, boj, tamg’a, zakot, peshkash, sovari kabi soliq va jarima to’lashga, hukumat va katta yer egalarining turli-tuman yumushlarini bajarishar edilar. Amir Temur davrida davlat tepasida rasman Chingiz avlodidan bo’lgan Suyurg’atmish (1370-1380- yy.) va Sulton Mahmudxon (1380-1402- yy.) turdi, lekin amalda butun hokimiyat Amir Temur qo’lida edi. Keyincha xon ko’tarish tartibi bekor qilindi va oliy hukmdor o’zini podshoh deb e’lon qildilar. Viloyat va tumanlarda hokimiyat markaziy hukumat tarafidan tayinlangan dorug’alar qo’lida bo’ldi. Davlat ishlari asosan turli muassasa – devonlar, devoni oliy – markaziy ijroiya organi, devoni mol – moliya ishlari mahkamasi va devoni tavochi - harbiy ishlar mahkamasi va boshqalar qo’lida bo’lgan. Din, shariat bilan bog’liq ishlar qozi va shayxulislom qo’lida edi. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrdagi Samarqand, Shahrisabz, Buxoro kabi shaharlar iqtisodiy va madaniy jihatdan o’sdi, hunarmandchilik va savdo sotiq rivoj topti. Movarounnahrining Xitoy, Hindiston, Arabiston mamlakatlari, Mo’g’uliston, Oltin O’rda va Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar kengaydi. Bu davrda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Bu davrda Nizomiddin Shomiy va Hofizi Abru, Sharafuddin Ali Yazdiy va Abdurazzoq Samarqandiy, Muhammad Mirxond va Ғiyosiddin Xondamir kabi muarrix olimlarni, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Bisotiy Samarqandiy va Xoja Ismatulla Buxoriy, Shayx Ahmad Suhayliy va Kamoluddin Binoiy kabi juda ko’p iste’dodli shoir va olimlarni yetishtirdi. “Temur tuzuklari” “Temur tuzuklari”, “Tuzukoti Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy” yoki “Voqeoti Temuriy” nomlari bilan atalgan asar Amir Temurning yetti yoshligidan boshlab hayot yo‘li haqida hikoya qiladi. “Temur tuzuklari”- muhim tarixiy manba bo‘lib, unda Amir Temur davlatining tuzilishi va boshqarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab turkiy-o‘zbek tilida bitilgan. Uning bir qo‘lyozmasi Yaman mamlakati oliy hukmdori Ja’far podshoh kutubxonasida saqlangan. “Temur tuzuklari”ning fors tiliga tarjimoni Mir Abu Tolib Husayniy at-Turbatiy tarjima muqaddimasida, Arabistonning muqaddas joylarini haj qilib qaytishda, Yamanda bo‘lgan chog‘ida Ja’far podshoh kutubxonasida turkiy tildagi mazkur asarni topgani va u Amir Temurning hayot yo‘li haqidagi o‘zi yozgan ekanligini ta’kidlaydi. Mir Abu Tolib Arabistondan qaytib kelgandan keyin, asarni fors tiliga tarjima qilgan. Lekin Arabistondan olib kelingan asliyatdan yoki Hindistonda bo‘lgan biron qo‘lyozma nusxadan o‘girilgani aytilmagan. Mir Abu Tolib 1637 yilda “Temur tuzuklari” asari forscha tarjimasini buyuk boburiylardan Shohijahonga tortiq qiladi. Keyin bu tarjima Muhammad Afzal Buxoriy (vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy tahrir qilingan. “Temur tuzuklari” ikki maqoladan iborat: Birinchi maqola Amir Temurning davlatni barpo etish va mustahkamlash, qo‘shinni tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan. I “Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafaqat hukmdorlar va ma’lumotli kishilar orasida, balki jahon ilm ahli o‘rtasida shuhrat topti. Asarning ko‘lyozma shaklida ham, toshbosma shaklida ham, shuningdek jahonning ko‘p tillariga qilingan tarjima shaklida ham (inglizcha, fransuzcha, urdu, rus va o‘zbek tillarida) nashr etilishi so‘zimizga isbot –dalildir. Ikki fozil shaxslar Mir Abu Tolib va Muhammad Afzal Buxoriy xizmatlari tufayli “Temur tuzuklari” fors tilida bizgacha yetib kelgan. Bu tarjimaning mo‘tabar qo‘lyozmalari Rossiya, Hindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya, Fransiya va boshqa mamlakatlar xazinalarida mavjud. “Temur tuzuklari”ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 va 1963 yillari ovrupo va sharq tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan. “Temur tuzuklari”ni to‘liq 1857 yili Xivada Muhammad Yusuf Rojiy tomonidan va 1858 yili Pahlavon Niyoz devon tarafidan turkiy-o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ularning birinchisi “Tuzuki Temuriy”, ikkinchisi “Malfuzot” nomi bilan ma’lum. Yana bir tarjima Xo‘jand qozisi Nabijon mahdum tarafidan, Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (1821-1858 yy.)ning topshirig‘iga binoan amalga oshirilgan. “Temur tuzuklari” asarini Alixon To‘ra Sog‘uniy 1967 yili Mir Abu Tolib tarjimasini o‘zbekchaga tarjima qilgan edi. 1990 yili Alixon To‘ra tarjimasini “Temur tuzuklari”ni Bombay nashri matni asosida Habibullo Karamatov yana bir tarjimani amalga oshirib, nashr ettirdi. “Temur tuzuklari”ning manba sifatidagi tarixiy ahamiyati buyuk ekanligi mutaxassislarning unga bo‘lgan katta e’tiboridan bilish mumkin. Asarning sakkizta mo‘tabar qo‘lyozmasi Toshkentda, Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud. “Vaqoyi’” “Vaqoyi’”- voqealar Zahiriddin Muhammad Boburning jahonga “Boburnoma” nomi bilan mashhur bo‘lgan shoh asarining asl nomidir. Muallif asarda o‘zining o‘n ikki yoshida Farg‘ona viloyati podshohi, deb ko‘tarilgan vaqtidan boshlab, hayotining oxiriga qadar bo‘lib o‘tgan voqealarni yilma-yil bayon qilgan. Dunyoda mavjud asarning barcha qo‘lyozmalarida bir necha yil, xususan 1509-1518, 1521-1524 yil voqealari bayoni tushib qolgan. Bobur Farg‘ona viloyati hokimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-1494 yy.) to‘ng‘ich o‘g‘li, 1483 yilning 14 fevralida Andijon shahrida tug‘ilgan. U 1494 yilning 5 iyunida, hijriy isobda o‘n ikki yoshida halok bo‘lgan otasi o‘rniga Farg‘ona taxtiga o‘tqaziladi. Lekin oradan ko‘p vaqt o‘tmay, mamlakatda avj olgan o‘zaro kurash natijasida mag‘lubiyatga uchrab, Farg‘onani tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Uning 1497-1500 yillari Samarqand taxti uchun olib borgan kurashi ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bobur 1504 yilga qadar Farg‘ona va Samarqand uchun kurashdi, ammo Temuniylar o‘zaro birlasha olmadilar. Natijada, u tajribali Shayboniyxon bilan bo‘lgan janglarda mag‘luyuiyatga uchrab, o‘z yurtini tark etib, omad va baxt izlab Kobulga yo‘l oldi. Kobulni egallagan Bobur o‘z mavqeini asta-sekin mustahkamlab bordi. 1511 yilning kuzida Bobur Ozarbayjon va Eron podshohi Shoh Ismoil Safaviyning (1502-1524 yy.) harbiy yordamiga tayanib, Samarqandni uchinchi bor egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo uning o‘z xalqi e’tiqodi – sunniy mazhabni inkor etib, kishilarga shialar kiyimida ko‘rinishi, aholini undan ixlosini qaytardi. Bu safargi Boburning bobo meros poytaxt Samarqanddagi hukmronligi bir yilga ham yetmadi. 1512 yilning bahorida Ko‘li Malik (Xayrobod bilan Qorako‘l orasida joylashgan mavze’) degan joyda bo‘lib o‘tgan jangda Shayboniylardan Ubaydullaxon, Muhammad Temur Sulton, Jonibek Sulton va boshqalarning birlashgan kuchlari uning qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Bobur Hisori shodmon tomonga chekindi va qariyb ikki yil mobaynida o‘sha viloyatda kun kechirdi va 1514 yili yana Kobulga qaytdi. U Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Hindistondagi poytaxti Agra shahrida vafot etdi. Ammo uning vasiyatiga ko‘ra, keyincha uning xoki Kobul shahridagi o‘zi asos solib obod qilgan bog‘ga ko‘mildi. Uning qabr toshi keyincha chevarasi Nuriddin Muhammad Jahongir (1605-1627 yy.) tomonidan o‘rnatilgan. Bobur iste’dodli qalam sohibi sifatida ikki devon-she’rlar majmuasi, aruz ilmiga oid risola, islom qonunshunosligi masalalariga bag‘ishlangan “Mubayyin” nomli masnaviysi, Ubaydulla Xoja Ahrorning “Volidiya” risolasining turkiy tarjimasi, musiqa va harbiy ishga oid risolalari muallifi, maxsus yangi alifbo “Xatti Boburiy” ixtirochisi hamda “Vaqoyi’” asarining ijodkoridir. “Vaqoyi’” memuar – xotira tipidagi asar bo‘lib, o‘zining bayon uslubi bilan “Temur tuzuklari”ni eslatadi. Kitobda Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Hisori shodmon, Chag‘oniyon, Kobul, Xuroson poytaxti Hirot hamda Shimoliy Hindistonning XU asr ikkinchi yarmi va XU1 asr birinchi o‘ttiz yilligidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli batafsil yoritilgan. Asar mazmunini shartli uch qismga bo‘lish mumkin: Farg‘ona va Movarounnahr voqealari davri (1494-1504 yy.); Kobul va Xuroson voqealari davri (1504-1525 yy.); Hindiston voqealari davri (1525-1530 yy.). Siyosiy voqealar bayonidan tashqari, asar geografik hamda etnografik ma’lumotlarga boy. Undan Farg‘onaning turk-mo‘g‘ul qabilalari, ko‘chmanchi o‘zbeklar qo‘shini tuzilishi, Movarounnahr, Xuroson va Hindiston xalqlarining urf-odatlari, hayvonoti, nabototi, parrandalari va boshqalar to‘g‘risida tafsilotlar ham o‘rin olgan. “Vaqoyi’” asari asl matni uch marta, birinchi marta 1857 yili Qozonda N.I.Ilminskiy tomonidan Buxoro qo‘lyozmasi va ikki marta 1905 va 1970 yillari Angliyaning poytaxti London shahrida A.Beverij xonim tomonidan Haydarobod qo‘lyozmasi asosida chop qilingan edi. 1995-1996 yillari yapon olimi Eyji Manu “Vaqoyi’” asari matnini to‘rtta turkiy va uchta forsiy qo‘lyozmalari asosida tuzib, unga mukammal ko‘rsatkichlarni alohida jild sifatida ilova qildi. Bu tadqiqotchi keyincha yapon tilida tarjima va ko‘rsatkichlarni ikki jildda chop etdi. Kirill-rus alifbosida 1948-1949 yillari ikki jildda S.Mirzayev va P.Shamsiyev tomonidan birinchi bor va 1960 yili bir jild sifatida chop qilingan edi. 2002 yili S.Hasanov tomonidan P.Shamsiyev, S.Mirzayev va Eyji Manu nashrlari asosida “Vaqoyi’” asar matnini chop etdi. Ammo bular va boshqa nashrlar ushbu jahonga mashhur asarning asl nusxasining ilmiy akademik nashri emas. Garchi “Vaqoyi’” asl nusxa matni ilmiy asosda tiklanmagan bo‘lsa-da, uni tarjima qilish, o‘rganish hali asar to‘la tugamasdan oldin boshlangan edi. Ilk marti “Vaqoyi’” asarini fors tiliga tarjima qila boshlagan va bir qismini tarjima qilgan shaxs Boburning safdoshi va sadri Shayx Zayn Xavrfiy (vaf.1534 y.) edi. Asar butunlay tugamasdan turib, undan bir nusxani Bobur ko‘chirtirib Movarounnahrga jo‘natgan edi. “Vaqoyi’” bilan tasodifan tanishgan Boburning chevarasi Sulton Salim, bo‘lg‘usi Jahongir otalig‘i, ma’naviy ustozi Qutbiddin Muhammad Beklarbegi o‘g‘li Behruzxon Navrangxondir. U Mirzo Poyanda Hasan G‘aznaviydan asarni fors tiliga tarjima qildira boshlaydi. Ammo tarjimon vafot etgach, Muhammad Quli Hisoriyni bu ishga jalb etib, 1586 yili tarjima nihoyasiga yetadi. Uchinchi marta “Vaqoyi’”ni fors tiliga tarjima qilish tashabbuskori Boburning nabirasi Jaloliddin Muhammad Akbar (1556-1605 yy.) edi. U asarni Bayramxon o‘g‘li Abdurahimxonga tarjima qildirib, uning ko‘plab nusxalarini nafis mo‘jaz rasmlar bilan bezattirgan. Forsiy tildagi ushbu uchchala tarjima asl matnni tiklashda katta ilmiy ahamiyatga ega. “Vaqoyi’” asari g‘arb olimlari ichida mashhur va juda katta obro‘-e’tiborga molik. Asar ingliz tiliga uch marta 1826, 1921 va 1990 yillari to‘la tarjima qilingan bo‘lsa, uning ixcham va qisqartirilgan nashrlari o‘n beshdan ziyoddir. Aytish mumkinki, so‘nggi ikki yuz yil davomida ingliz sharqshunoslari “Vaqoyi’” asarini juda jiddiy o‘rganmoqdalar va maxsus Boburshunoslik ilmiy yo‘nalishiga asos solganlar. A 90 sarning forsiy toshbosma matni ham mavjud. Kitob yana ikki marta fransuz tiliga, nemis, turk, yapon, hind, urdu, turk, qozoq tillariga tarjima qilingan. Umuman, sharq tarixiga oid asarlar ichida “Vaqoyi’” bksak mavqega ega. Shunday tarixiy obida to‘g‘risida uch marta akademik S.Azimjonova tomonidan rus tilida kitoblar chop etilgan bo‘lsa-da, o‘zbek tilidagi tadqiqotlar asosan filologik yo‘yealishda amalga oshirilgan. “Vaqoyi’” birinchi galda tarixiy manba va u boshqa soha mutaxassislari uchun ham bebaho obida va ibratli namunadir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling