Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication
Download 1.81 Mb.
|
Мажмуа 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Fors tilidagi tarixiy manbalar
“Buxoro tarixi” “Buxoro tarixi”, “Tarixi Narshaxiy” va “Tahqiq ul-viloyat” (“Buxoro viloyati tahqiqi”) nomlari bilan mashhur bo’lgan bu asarda Buxoro va quyi Zarafshon vohasida joylashgan shahar va qishloqlarning jo’g’rofiy holati, aholisining VII-X asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy manbadir. Kitob muallifining nomi qisqacha Narshaxiy (899-959 yy.) deb ataladi. Uning to’liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Jaxfar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Shariq bo’lib, X asrda ijod qilgan buxorolik ymrmk tarixchi sifatida mashhurdir. Tarixchi Sam’oniyning ma’lumotiga qaraganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog’idan. Narshaxiy o’z asarini 944 yili yozib tugallagan. “ 86 Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy yozgan arab tilidagi asli saqlanib qolmagan. Asar 1128 yili farg’onalik (Quva shahridan) Abunasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilk bor qisqartirilib forsiy tilga tarjima qilingan. Oradan taxminan 50 yil o’tgach, 1178 yili kotib Muhammad ibn Zufar ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta tahrir etildi. Shuni ham ko’rsatish lozimki, “Buxoro tarixi” asarining bizgacha yetib kelgan nusxalarida 1178-1220 yilgi voqealar bayoni uning tarkibiga kiritib yuborilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta noma’lum muharrir tomonidan to’ldirilgan ko’rinadi. “Buxoro tarixi” O’zbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu yerda islom dinining tarqatilishi hamda mamlakatning Somoniylar hukmronligi yillaridagi tarixini bayon etadigan noyob manbadir. Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va Tehronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o’zbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillari) tarjima qilingan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ahmedov B. О‘zbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “О‘qituvchi”. 2001. B. 7-14. 2. Madraimov A., Fuzailova U. Tarixiy manbashunoslik. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan, 2010. 3.T.S.Saidqulov. О‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavhalar.-Toshkent: “О‘qituvchi”. 1993. –B. 3-9. 4.Собрание восточних рукописей Академии наук Республики Узбекистан. Историй. Составители Д. Й. Юсупова, Р.П.Джалилова. –Ташкент: “Фан”. 1998. –С. 3-7. 5.Рукописная книга в культурах народов Востока. Книга первай.-Москва: Наука 1987.-С.5-17. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling