Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication


Download 1.81 Mb.
bet47/123
Sana30.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1412151
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
Bog'liq
Мажмуа 2019

Paleografiya (yunon. Paleo - qadimiy, grapxo – yozaman; qadimiy yozuv) qadimiy qo‘lyozma asarlarning qog‘ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.
Diplomatika (yunon. Diploma – ikki buklangan qog‘oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Geraldika (yunon. Gerald –gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilarni (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg‘alari) o‘rganadi.
Sfragistika (yunon. Spragis –muhr) qadimiy muhrlar (podshohlar, xonlar, amirlar va qozilar muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika – (yunon. Epi –ustida, tepasida, grapxo – yozuv; biron narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog‘och va boshqa qattiq buyumlar ustiga o‘yib yozilgan qadimgi bitiklarni o‘rganadi.
Numizmatika (lotin. Numis –pul) qadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. Metron -o‘lchov, logos – tushuncha – bilim; o‘lchovlar haqida tushuncha) o‘tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo‘lgan og‘irlik, masofa va sath o‘lchovlarini o‘rganadi.
Xronologiya (yunon. Xronos – vaqt, logos - tushuncha, bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bo‘lgan yil hisobi va taqvimni o‘rganuvchi soha. Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni o‘rganishga bag‘ishlangani uchun Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur.
Manbashunoslikning yo‘nalishlari asosiy maqsad va vazifalari
Manbashunoslik fani asosan ikki yo‘nalishga ega bo‘lib, u nazariy manbashunoslik va amaliy manbashunoslikdan iboratdir. Biz quyida nazariy manbashunoslik xususiyatlarini bayon etamiz.
Nazariy manbashunoslik (yo‘nalishi)
N
56
azariy manbashunoslik yo‘nalishi amaliy manbashunoslik tajribasini umumlashtiradi, yozma manbalarni vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni o‘zida aks ettirish qonuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga olish, tartibga solish asoslarini ishlab chiqadi va ularni ilmiy muomalaga kiritishning, amaliy o‘rganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va yo‘llarini aniqlaydi va amaliyotga tavsiya etadi. Ular quyidagilardir.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling