Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication
Download 1.81 Mb.
|
Мажмуа 2019
Filipp Nazarovning esdaliklari
Filipp Nazarovning hayotiga oid ma’lumotlar juda kam, 1789 yili Omsk shahrida Osiyo bilim yurtini tugatib, 1804 yili Tobolsk guberniyasidagi Irtish chizig’idagi Charlakovsk chegara postiga tarjimon bo’lib xizmatga kirgan. Undan keyin xizmat yuzasidan boshqa chegara punktlariga ham borib ishlagan. Qo’qonga jo’nab ketishi (1813 yil) oldidan «Alohida Sibir polki»da tarjimon bo’lib hizmat qilgan. 1813 yili Ғarbiy Sibir general-gubernatori Glazemanning maxsus topshirig’i bilan Peterburgdan yurtiga qaytishda yo’lda, Petropavlovsk (Shimoliy Qozog’iston)da o’ldirilgan Qo’qon xonining elchisi bilan bog’liq janjalni tinchitish uchun Qo’qonga yuborildi. Shu bilan birga uning xotira yozuvlaridan ma’lum bo’lishicha, unga Qo’qonga Sibir orqali olib boriladigan yo’llar, yo’l ustidagi shahar va qishloqlar, xonlikning iqtisodiy va siyosiy ahvoli, uning mudlfaa salohiyatini kuzatish ham yuklatilgan. Filipp Nazarov Qo’qonga sibirlik rus savdogarlari karvoniga qo’shilib, 1813 yil 16 may kuni jo’nab ketdi. Karvon Qozog’iston cho’llari va Janubiy Qozog’istondagi Suzoq va Chimkat orqali Toshkentga, undan 1813 yil oktyabr oyi boshlarida Qo’qonga kirib bordi. U Qo’qonda bir yil atrofida turdi va 1814 yilning avgust oyida, Qo’qon xoni Umarxon (1810-1822 yy.)ning elchisi bilan birga Petropavlovsk shahriga qaytib ketdi. Filipp Nazarov bir yil mobaynida xonlik poytaxti Qo’qondan tashqari, Marg’ilon, Andijon, Namangan, Yangiqurg’on va Xo’jand shaharlarida bo’ldi va bu shaharlar, ularning xalqi hamda mashg’uloti haqida qimmatli ma’lumotlar to’pladi. Bulardan ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz: «Qo’qon katta va aholisi ko’p shahar. Unda 400 ga yaqin masjid bor. Tekislikda joylashgan, xon saroyidan boshqa mustahkam biron imorati yo’q. Tevarak atrofi obod qishloqlar, buloqlarga mo’l jilg’a va ekinzorlar bilan o’ralgan. Zamini tuzli, ko’chalari tor. Yerga ko’proq paxta ekiladi.Uylari guvala va loydan qurilgan. Shahar o’rtasida toshdan bunyod etilgan uchta bozor bor. Bozorlarda savdo haftasiga ikki marta bo’ladi. Xon saroyi oldida arg’umoqlari uchun pishiq g’ishtdan qurilgan katta otxona joylashgan. Qo’qon va unga qarashli yerlarda paxta yetishtiradilar, ipak qurti boqiladi. Yetishtirilgan paxta va ipakdan mato to’qiydilar va uni buxoroliklarga rossiyadan keltirilgan mollar evaziga, masalan, temirga, susar terisi, to’tiyo, bo’yoq, qozon, temir va po’latdan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalarga almashadilar». Marg’ilon. Shaharning aylanasi taxminan 300 verst. Yermozordan boshqa hech qanday harbiy istehkomi yo’q. Unda 20 000 askar turadi. (Marg’ilondagi) uylar ham loydan qurilgan, ko’chalari tor, uylarining derazasi yo’q...Bozorlari qator rastalardan iborat, haftada belgilangan ikki kun aoli kelib ertadan kechgacha savdo-sotiq qiladi. Shaharda har turli korxonalar ko’p. Ularda Eronda ishlab chiqarilgan parchalar, baxmal, sharq gazmollari ishlab chiqariladi va Buxoro va Koshg’arga olib borib sotiladi. Koshg’ardan esa choy, chinni idishlar, kumush, xitoy atlasi, bo’yoq va boshqa zarur xitoy mollari olib keladilar...Shaharliklar to’q va osuda turmush kechiradilar... Bizlarni Marg’ilondan bir kuzatuvchi bilan kechik shahar Andijonga jo’natdilar...Andijon Koshg’ar bilan chegaradosh. Tevarak-atrofi obod qishloqlar, mevazor bog’lar bilan o’ralgan. Aholisi ipak qurti boqish, paxtadan ip-gazlama ishlab chiqarish va dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Yaqin atrofda ko’chib yurgan qirg’izlar bilan savdo-sotiq olib boradilar. Andijonda hokimning uyidan boshqa biron mustahkam qo’rg’on yo’q. U yerda 10 000 askar turadi. Namangan. Andijonda ikki kun turib, u yerdan Namanganga bordik. O’’lda Qo’qon hokimiga qarashli va ariqlar bilan o’ralgan (ikki betida) qamish o’sib turgan jilg’alarni ko’rdik. Jilg’alarda ov o’ilish uchun bu yerga hokimning o’zi, mulozimlari bilan kelib turadi. Namanganning ham hokimning mahkamasidan boshqa, mustahkam imorati yo’q. Shaharda 1 500 ga yaqin kishi istiqomat qiladi...Qog’oz ishlab chiqaradigan korxonalari bor, tut daraxti kup o’sadi. Tut mevalarini Qo’qonning barcha shaharlariga olib borib sotadilar. Shuningdek, (tevark-atrofdagi) qirg’izlar bilan ham savdo-sotiq olib boradilar. O’’lda bir-birlariga tutash juda ko’p qishloqlarga duch keldik. Yangiqo’rg’onning ham, ichiga 200 askar sig’adigan shahar boshlig’ining hovlisidan boshqa, biron mudofaa inshootini uchratmadik. Yangiqo’rg’onda bir necha kun tunab, shahardan 10 verst narida oqib turgan Sirdaryodan o’tdik va taxminan 12 verst yo’l bosib Qoraqalpoq degan joyga borib tushdik. Xalqi gilam va jundan mato to’qir ekan. 1814 yili Qo’qonga qaytdik... Qo’qon va unga qarashli boshqa shaharlarda ukumat savdogarlar o’lchov va tarozidan urib qolmasdiklari ustidan qattiq nazorat o’rnatgan. Qo’qonda bo’lganimda bir odamni matoni gazga solishda urib qolgani uchun yalang’och qilib, qamchilab shahar aylantirganini ko’rdim. Qamchi zarbidan u tez-tez «men gazdan urib qoldim», deb qichqirib bordi. Qo’qonliklar sud ishini hech qanday yozuvsiz olib boradilar. Ikki kishi guvohlik bersa va jinoyatchi qasam ichsa bas. O’g’rilik qilgani uchun qo’lini kesadilar...» Filipp Nazarov va uning hamrohlari Qo’qon xonligiga qarashli Xo’jand shahrini ham borib ko’rganlar. Masalan, Xo’jand haqida uning esdaliklarida quyidagilarni o’qiymiz: «Xo’jand hajm jihatdan Qo’qondan kichik emas. U Buxoro tarafdan ba’zi yerlari nurab qolgan devor bilan, boshqa tarafdan Sirdaryo bilan himoyalangan. Shahardan ariq va kanallar o’tkazilgan. Qo’qondagiga o’xshash korxonalari va xodiq chiqaradigan yerlari ko’p...» Filipp Nazarovning esdaliklari «Filipp Nazarov: Zapiski o nekotorыx narodax i zemlyax Sredney Azii» nomi bilan ikki marta 1821 va 1968 yillari nashr etilgan. Rossiya harbiylari O’rta Osiyo xonliklarini g’arb tarafdan, Astraxan, Kaspiy va Orol dengizi orqali ham taftish qildilar. N.N.Muravyov (1819-1926 yy.), G.I.Danilevskiy (1842-1843 yy.) va A.N.Butakov (1848-1849 yy.) ekspeditsiyalari shunday maqsadlarga xizmat qilgan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling