Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary education karshi state university
Download 399.07 Kb.
|
UMK majmua 222
Ma’ruza matni
Jahon adabiyoti tarixida tanqidiy realizm XIX asrning 20-yillari oxirda paydo bo‘lib, 30-40 yillarda o‘z taraqqiyot cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bu jarayonning yuzaga kelishi Yevropada ya’ni Angliya va Fransiyada XIX asrning birinchi yarmiga, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda slavyan mamlakatlarida XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Tanqidiy realizm, asosan, ijtimoiy roman janrida Balzaq Dikkens asarlarida o‘z ifodasini topadi. Bu adabiyot kapitalistik jamiyati ziddiyatlari kuchayib borayotgan paytda, burjuaziya bilan ishchilar sinfi o‘rtasidagi qarama-qarshilik keskinlashgan sharoitda kelib chiqqan. Agar XIX asrning boshlarida burjua munosabatlari adabiyotda romantik norozilik tarzida ifodalangan bo‘lsa, 30-40 yillarga kelib esa, bu munosabatlar realistik tanqid obyektiga aylanadi. Burjua munosabatlari tantana qilgan yangi sharoitda «Aql hukumronligi» tug‘risidagi xom xayollar puchga chiqdi. Bu davrga kelib tabiat fanlarining ravnaq topishi ham hayot voqealariga haqqoniy yondoshishni taqoza qiladi. Tanqidiy realizm adabiyotining buyuk namoyandasi Onore de Balzak o‘z asarlarida o‘zi yashab turgan davr hayoti qonunlari, bu qonunlarni boshqarayotgan kuchni, uning xarakterini, tipik belgilarini kashf etdi. XIX asrning birinchi yarmida Fransiyada inqilobiy poeziya rivojlanadi va bu adabiyot mehnatkash xalq ommasining kayfiyatlarini aks ettiradi. Ana shu demokratik adabiyotning yirik vaqili buyuk qo‘shiqchi shoir Pyer Jan Beranjening ijodi burbonlar restavratsiyasi 1814-1830 yillar, hamda iyul manarxiyasi 1830-1848 yillarga to‘g‘ri keladi. Uning she’rlarida fransuz taxtiga qaytib kelgan dvoryan-aristokratlar reaksiyasiga hamda burjua qiroli Lui Filipp zulmiga qarshi xalqning keskin noroziligi o‘z ifodasini topgan. XIX asrning 30-40 yillari Angliyada kapitalizm bilan ishchilar sinfi o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi bilan ajralib turadi. Bu yillarda paydo bo‘lgan va qudratli kuchga aylanganishchilar g‘alayoni Angliya tarixida chartistlar harakati nomini oladi. Chartistlar harakati o‘z zamonida ingliz va Amerika Qo‘shma Shtatlari adabiyotiga va yozuvchilar ijodiga ta’sir etmay qolmadi albatta. Chartistlar harakatining namoyandalari o‘z ijodida tanqidiy realizm adabiy yo‘nalishiga e’tiborlarini qaratadilar. XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida kapitalizm o‘zining so‘nggi va yuqori bosqichi imperializm davriga o‘tdi. Yirik monopoliyalar paydo bo‘ldi. Finans oligarxiyasi hukmronligi boshlandi. Imperialistik davlatlar (Angliya, Fransiya, Germaniya va AQSH) o‘rtasidagi ziddiyatlar ortdi. Ular yer kurrasining turli tomonlarida mustamlakalar bosib olish siyosatini kuchaytirdilar. Kapitalistik davlatlar o‘rtasidagi bu qarama-qarshiliklar oqibatida, jahon imperialistik urushi kelib chiqdi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yashagan realistlar ijodida sotsial tengsizliq zulm, dahshatni fosh etish bosh masala bo‘lib qoladi. Ma’lumki, har bir yozuvchining o‘ziga xos tasvirlash usuli bor. Masalan: Mann ijodida hajv-grotesk kuchli bo‘lsa, Gi de Mopassanda chuqur psixologik tasvir, Bernard Shou va Anatol Fransda esa kinoya piching bo‘rtib turadi. Tanqidiy realistlar turli janrlarga, jumladan Mopassan, Rollan sotsial-psixologik roman, Ibsen Shou sotsial-psixologik drama, Uells ilmiy fantastik roman, London Frans, Uells sotsial-utopik roman, Frans, Rollan, Tven tarixiy roman, tarixiy drama, Drayzer, London sotsial roman janrlariga murojaat etadilar. Fransiya tanqidiy realizm adabiyotining yirik vaqillaridan biri Beranje 1780 yilda Parijda mayda savdogar oilasida tug‘ildi. Beranjening birinchi yirik siyosiy hajviy qo‘shig‘i «Qirol Iveto» nashr qilinadi. Bu qo‘shiqni butun Parij kuylaydi. Muallif nomi hammaga shoyon bo‘ladi. Beranje Ivetoni tinchlikparvar, o‘z xalqi va davlatining baxt-saodatini yuqori qo‘yadigan saxiy qirol sifatida tasvirlaydi. Beranje satirasining tig‘i burjua zulm-dahshatlariga qaratilgandir. U restavratsiya yillarida siyosiy jihatdan nihoyatda o‘tkir bo‘lgan qo‘shiqlarini yaratadi. Bunga shoirning «Zotli itlar arzi» nomli o‘ta satirik she’rini misol keltirish mumkin. Frederik Stendal Fransiyaning Grenobl shahrida advokat oilasida tug‘ildi. Stendel zamonasining keng iqtidorli kishisi edi. Uning ijodi xilma-xil janrlarni, san’atning turli sohalarini qamrab oladi. Uning beshta romani «Italiya yilnomalari» nomli novellalar to‘plami, «Anri Bryular hayoti», «Avtobiografik maktublar». «Egotistning esdaliklari» kabi asarlari, kundalik va xotiralari saqlanib qolgan. Stendalning fransuz imperatori to‘g‘risia yozgan «Napoleon hayoti», «Napoleon haqida xotiralar», shuningdeq «Rim», «Neapol», «Florensiya» nomli yo‘l lavhalari «Rim bo‘ylab sayohat», «Turist xotiralari» nomli esdaliklari bor. Muallifning bu asarlarida falsafiy. Siyosiy hamda estetik mulohazalari bayon etilgan. Stendal musiqa, teatr va boshqa san’at turlarini juda yaxshi his qila olgan. «Italiyada tasviriy san’at tarixi», «Gaydi Motsrat va Metastazio hayoti» nomli asarlari buni ko‘rsatib turibdi. Stendalning «Qizil va Qora» 1830 yilda yozilgan romanidagi qizil sifati «erkinlik», «respublika» ma’nolarini anglatsa, qora esa reaksion kuchlarni bildiradi. Adib Dantonning «Haqiqat. achchiq haqiqat!» degan so‘zlarini romanga epigraf qilib oladiki, bu bilan u asar voqealarining faqat chin haqiqatni hikoya qilishni ta’kidlaydi. Roman syujeti 1827 yili gazetada bosilgan sud voqealaridan olingan. Antuan Berte nomli yigit o‘zi o‘qituvchilik qilgan xonadon bekasi Mishu xonimga suiqasd qilgan va buning uchun u o‘lim jazosiga hukm qilingan. Stendal ana shu sud xronikasini olib, uni badiiy jihatdan qayta ishlab yirik salmoqdor asar yaratadi. «Qizil va Qora» romanining qahramoni kambag‘al durodgorning o‘g‘li Jyulyen Sorel. U maktabda yaxshigina bilim olgan, qobiliyatli, shuhratparas yigit. Jyulyen Sorelning harakat doirasi Veryer, Bezanson, Parij shaharlari bilan bog‘langan. Roman qahramoni Jyulyen Sorel oddiy kambag‘al oiladan chiqqan yigit. U chaqqon, aqqilli ishbilarmonligi bilan yuqori tabaqa kishilaridan ustun turadi. Shuning uchun ham Renal xonim va Matildalarning muhabbatini qozonadi. O‘zidan bir necha pog‘ona ustin turgan bu xonimlarning sevgisiga sazavor bo‘lish Jyulyen Sorelda o‘z qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlaydi. Chunki har ikkala ayolning diqqatini o‘ziga torta olgan yosh qahramon bu holni yuqori sinf vaqillari ustidan qozongan g‘alabasi deb qaraydi. Shuning uchun Jyulyen Sorel atrofidagi hukumron sinf vaqillaridan, o‘sha tuzumdan uni tan olishlarini, o‘z qobiliyatiga yarasha joy berishlarini talab qiladi. Bu esa erksevar Sorelning o‘sha zamon qora kuchlariga qarshi kurash ochganini bildirar edi. Stendal Italiya hayotiga qiziqib qaraydi, «Parma ibodatxonasi» nomli romanining (1830 y.) mavzusi ham Italiyaga bag‘ishlangan. Stendal bu asariga shimoliy Italiyaning Parma knyazligida ro‘y bergan voqealarni asos qilib olsa-da, unda restavratsiya davridagi Yevropa hayotini umumlashtirib ko‘rsatadi. Romanda Karbonarlar harakati davrining aks-sadosi, 1795 yilgi Napoleon yurishlari davrida Avstriya zulmidan ozod qilingan, so‘ngra Napaleon fransuz taxtidan ketgach, 1814 yilda qaytadan Avstriya hukmronligi ostiga o‘tgan shimoliy Italiyada yuz berayotgan siyosiy voqealar ifoda qilinadi. Yozuvchining «Qizil va Qora» romanidagi Jyulyen Soren kabi «Parma ibodatxonasi» romanining qahramonlari ham kitobxon qalbini o‘ziga rom qilish qudratiga ega. Yevropada reaksiya hukm surayotgan «muqaddas ittifoq» taxdid solayotgan bir sharoitda jasoratli, kuchli, irodali ajoyib qahramonlar galleriyasini yaratish Stendal ijodining demokratizmini ko‘rsatadi. Yozuvchi asarlari hayotiy realizm bilan sug‘orilgan. Uning har bir qahramoni ma’lum davr g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi. Yozuvchi hamma vaqt hayot haqiqatlariga sodiq bo‘lib qoladi. O‘z asarlarida dvoryanlar o‘rniga kelayotgan burjuaziya sinfining jirkanch tomonlariga o‘t ochgan yozuvchi hukmron sinfga qarama-qarshi qilib quyi tabaqa orasidan chiqqan ajoiy xalq vaqillarini qo‘yadi. Bularga Petro Misserill, Jyulyen Sorel, Ferrante Pallarni ko‘rsatish mumkin. Shu davrning yirik yozuvchilaridan biri Balzak fransuz tanqidiy realizmining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan adib. U o‘z ijodini «Inson komediyasi» nomli epopiya asariga to‘playdi. Uning xasisliq pul jamg‘arish kasaliga muptalo bo‘lgan kishilar haqidagi asarlardan biri «Yevgeniya Grande» 1833 yilda yozilgan romanidir. Grande ham Gopsek kabi burjua tuzumining tipik vaqilidir. Bu har ikkala shaxs burjuaziyaning yirtqich, talovchi, qizg‘anchiq, pul uchun mukkasidan ketgan vaqillarining umumlashtirilgan obrazlaridir. Agar Gobsek va Grande obrazlari kitobxon ko‘z oldida boshdan-oyoq tipik burjua vaqili bo‘lib gavdalansa, Sharl oddiy, sodda yigitchadan asta-sekin burjuaziyaning yirtqich, muttaham, yulg‘ich vaqiliga aylana boradi. «Inson komediyasi»ning muhim asarlaridan biri bo‘lgan «Gorio ota» 1834 yilda yozilgan romani otalar va bolalar o‘rtasidagi munosabat masalalariga bag‘ishlanadi. Gorio ota mayda burjua muhitidan chiqqan. Ikkita qizini jonidan ortiq ko‘radi Shekspirning «Qirol Lir»idagi Lir kabi qizlariga o‘z davlatini bo‘lib beradi. Oxir oqibat keksalik chog‘ida qizlari uyidan quvilib, ko‘chada qolib ketadi. «Gorio ota»Balzak XIX asrning eng yaxshi romannavislaridan birigina emas, u bugun ham romannavislar ichida eng ulug‘idir. Bu fikrga deyarlik hamma qo‘shiladi. Shubha yo‘qki, Stendal asarlarining uslubi zo‘rroq va ularda yarkiroq nafosat ko‘p, biroq Stendal o‘z personajlari yordamida fakat o‘zininggina ichki dunyosini ochib beradi. Balzak esa butun bir olam yaratdi va bu olam bir vaqtning o‘zida ham uning davriga, ham boshqa hamma davrlarga taalluqlidir. Flober Bovari xonim, Ome, Frederik Moro, Arnu xonim, Byuvar va Pekyushe kabi bir qancha umrboqiy obrazlarni berdi. Bu borada Balzakka yondashadigan bo‘lsaq uni faqat shahar boshqarmasiga qiyos qilishdan boshqa iloj yo‘q. Chunki u asarlarida ikki mingta erkak va ayolning portretini tasvirlab berdi. Balzakshunos olimlar uchun ularning bari kundalik turmushda o‘zlari ro‘para kelib turadigan odamlardan ko‘ra jonliroqdir. Balzak ijodining eng muhim xususiyati shundaki, u bizga shunchaki juda ko‘p roman qoldirib ketgani yo‘q,, balki uning romanlari butun bir jamiyatning tarixidan iborat. Uning asarlarida ishtirok etuvchi shaxslar vrachlar, huquqshunoslar, davlat arboblari, savdogarlar, sudxo‘rlar, zodagon ayollar, satanglar bo‘lib, ular jildlardan jildlarga ko‘chib yurishadi. Bu esa Balzak yaratgan olamning qabarikroq va ishonchliroq bo‘lishini ta’minlaydi. Xolbuki, Balzak o‘zining dastlabki asarlarini yoza boshlagan chog‘larda u hali bo‘lajak ulug‘vor epopeyasining rejasini ishlab chiqqani yo‘q edi. Uning 1834 yilga qadar dunyo yuzini ko‘rgan «Shuanlar», «O‘ttiz yashar ayol», «Sag‘rin teri», «Yevgeniya Grande» kabi asarlaridan qidirib, bunday rejaning izini ham topolmaysiz. Usha paytdagi munaqqidlar bu asarlarga havoyi bir «xazilkash»ning o‘zaro hech narsa bilan bog‘lanmagan asarlari deb qarashgan. Bunaka mulohazalar yozuvchiga juda og‘ir botgan. Axir uning o‘zi juda katta va yaxlit bir epopeya yaratish ishtiyoqi va hatto extiyoji bilan ijod qilgan. «Shunchaki inson bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi, — deb takrorlardi u, — tizim bo‘lmoq kerak». Bu tizim xaqidagi va kitobdan kitobga ko‘chib yuruvchi personajlar to‘g‘risidagi niyat Balzakda Fenimor Quper ijodining ta’sirida tug‘ilgan bo‘lishi ham mumkin. Balzak uning asarlaridan zavqlanib yurardi. Axir, u Kuperning ta’sirida shuanlarni «So‘nggi mogikan» romanidagi xindularga o‘xshatib tasvirlamoqchi bo‘lgani bejiz emas. Fenimor Kuper romanlarida dong chiqargan ovchi Charm Paypoq hamma voqealarning markazida turadi, ularning birontasi bu ovchisiz boshlanmaydi va uning ishtirokisiz intixosiga yetmaydi. Xullas, Charm Paypoq ham Kuper ijodida Votren «Insoniy komediya»da qanday o‘rin tutsa, shunaqa o‘rin tutadi. Balzak yozuvchining bunday usulidan lol qolgandi. Balzak unga ilxom baxsh etgan anglo-sakson yozuvchilaridan ikkinchisi bo‘lmish Valter Skott haqida muloxaza yuritar ekan, hamisha Skottning romanlari o‘rtasida aloqa yuq ekan i to‘g‘risida taassuf bilan gapirgan. Bularning bari Balzakni adibning xayoloti bilan barpo etilgan dunyoning yaxlitligini mustaxkamlash va shu yo‘l bilan butun ijodining yaxlitligini ta’minlash xaqidagi fikrga olib keldi. Adibning singlisi Lora Syurvilning eslashicha, bir ko‘ni 1833 yilda Balzak uning xuzuriga kirib, «Meni muborakbod qilishingiz mumkin, men daho bo‘lishning muqarrar yo‘liga tushib oldim» deb xitob qilgan ekan. Shundan keyin u singlisining ko‘z o‘ngida ulug‘vor rejasini namoyon etipti: «Fransuz jamiyatining o‘zi muarrix bo‘lmog‘i kerak edi, menga esa faqat uning kotibi bo‘lmoq qolgan edi, xolos». «Gorio ota» 1834 yilda yaratilgan bo‘lib, u Balzak yuqoridagiday juda muhim qarorni qabul qilganidan keyin yozilgan birinchi romandir. Keyinchalik u o‘zining epopeyasi tarkibiga epopeya haqidagi niyat tug‘ilishdan ko‘ra avvalroq yozilgan asarlarini ham kiritdi. Buning uchun u asarlardagi ba’zi bir ikkinchi darajali personajlarning nomini o‘zgartirdi. Masalan, «Shuanlar» keyinchalik qayta nashr qilingan hollardan birida romanga baron dyu Genikni (u «Beatrisa» romanida xarakat qiladi) kiritadi, «Yevgeniya Grande» romaniga esa gersoginya de Sholye va baron Nusingenlarni kiritgan. Keyinchalik ular «Insoniy komediya»ning juda ko‘p asarlarida ko‘zga tashlanadi. Biroq adib o‘zining yangi usulini «Gorio ota» romanining dastlabki qoralama nusxasidayoq qo‘llagan edi. Bu romanda «O‘n uchlar tarixi»dagi deyarli hamma personajlar yana yangidan paydo bo‘ladi. Masalan, bir vaktlar O‘n uchlar qatoridan o‘rin olgan va «Zar koqillik oyimqiz» qissasida asosiy rolni o‘ynaydigan jozibador de Marse «Gorio ota» romanida oshkora sotqinlikning ramzi darajasiga ko‘tariladi. Sohibjamol, navqiron, zakovatli va xayotga behayoroq munosabatda bo‘ladigan bu odam, agar ta’bir joiz bo‘lsa, jamiyatga ichki tomondan hujum qiladi, ayni chokda, u o‘zini jamiyat tartibotlari qarshisida bo‘yin egayotganday qilib ko‘rsatadi. De Marse olifta aslzoda qiyofasini kasb etgan Bayron qarokchisidir. Bir vaqtlar Balzakning o‘zi xuddi shunday rol uynashni xoxdab yurardi. Biroq Anri de Marse personajdan ko‘ra ko‘proq ramzdir. U roman saxifalarida lipillab ko‘rinib ko‘yadi, xolos. «Gorio ota» romanini «Insoniy komediya»ning hamma xususiyatlarini belgilovchi asosiy asarga aylantirgan qaxramon ham Anri de Marse emas. Biz Gorio to‘g‘risida xali gapiramiz, shu Goriodan tashkdri yana ikkita odam romanga ulug‘vorlik bag‘ishlaydi, ularning ikkovi ham Balzakning yigirmata romanida ishtirok etadi va ularning ikkovlarida ham muallifning turli qirralari tajassum etgan: biz Votren lakdbli Jak Kollen to‘g‘risida va Ejen de Rastinyak haqida gapiryapmiz. Votren — isyonkor; jamiyat uni bir chekkaga uloqtirib tashlagan va u jamiyatga qarshi urush e’lon qilgan. U jamiyatga qarshi urush olib borar ekan, xech qanaqa vositalarning farqiga bormaydi. U odamlarni ikki ishtiyoq — ikki nafs boshqarishini aniqlagan — bo‘lar oltinga muxabbat va lazzat ishtiyoqi. Shunisi ham borki, bularning birinchisi ikkinchisining oqibati ularoq paydo bo‘ladi. Uning fikricha, qolgan tuyg‘ularning hammasi riyokorlikdan boshqa narsa emas. Shu tariqa Votren ijtimoiy bitimning yaramasligini fosh qiladi. Bu ishda unga qotillik ham, o‘g‘irlik ham ko‘l kelaveradi. Bu qochqin jinoyatchi o‘zini boshqalardan ko‘ra yomonroq deb hisoblamaydi, faqat boshqalarga qaraganda u dovyurakroq, xolos. «Uning kimligini surishtirsangiz, — deb yozadi Bardesh, — u bu saxroning daxshatli yirtqichidir, u Parij dashtining Charm Paypog‘idir, preriyadagi yovvoyilar o‘z o‘ljalarini nechoglik extiyotkorlik bilan ta’qib etsalar, u ham o‘z domiga tushgan ovni shunday ovlaydi...» Balzak o‘z sifatlaridan ancha-munchasini Votrenga bergan. O‘sha davrdagi hamma yosh yigitlar kabi yozuvchi hali ham Napoleon siymosi oldida topinishdan xalos bo‘lgan emas. U o‘z kuchlarini biror ishga sarflashni istaydi. U o‘zini butun-butun dunyolarni xarakatga keltirishga va ular ustidan xukmronlik qilishga qobil deb xisoblaydi. Aslida ham o‘zi shundoq: «Insoniy komediya» uning har narsani yengishga qodir irodasining tantanasiga aylanadi. Birok U xayoliy olamini barpo etar ekan, chin dunyoda zafarlarga erishmoqni orzu qiladi, u baxaybat chayqovchiliklar to‘g‘risida xayol suradi, o‘z davrining frankmasonlari— shuxratparast kimsalarning qo‘rqinchli hamjihatligini qumsaydi. O‘z orzularida Balzak goh devorantlar rahnamosi Ferragyus bo‘ladi, goh Anri de Marse yoki Maksim de Tray bo‘ladi. Bu, albatta, Balzak dahshatli bir maxluq bo‘lgan, degan ma’noni bildirmaydi. Mutlaqo bunday emas. Adibning orzularini va u tomonidan yaratilgan personajlarning ro‘yobga chiqarilgan xatti-harakatini tenglashtirish mumkin emas, aksincha, bunday yo‘l bilan u yaramas ehtiroslardan poklanishga harakat qiladi. Balzak hech qachon Votren qilgan ishni qilmaydi, biroq u ko‘nglida Votrenga nisbatan xayrixoxlik tuyg‘ularini xis qiladi. Buning sababi qisman shundaki, u Votrenga xos bo‘lgan qudratga xavas qiladi, bundan ham ortikroqdarajada sabab shundaki, u riyokorlikdan ko‘ra surbetlikni afzal ko‘radi, ammo bosh sabab shundaki, Votren do‘stlikda sadoqatli bo‘lishga qobil. U jinoyatchi, lekin sotqin emas. Votrenning ustidan chaquv qiladigan mademuazel Mishono Balzakning nafratini qo‘zgaydi, Balzakning emas, balki romanning hamma o‘quvchilari ham undan nafrat qiladi. «Gorio ota» romanida tasvirlanganiga ko‘ra, Rastinyak o‘sib kelayotgan personajdir. U guyo o‘zida usmirlik xayolotlaridan balog‘atga yetgan odamning zalvorli tajribasiga o‘tishni tajassum etadi. U hali juda ham yosh, u chekka viloyatdan Parijga yakindagina kelgan va xali boshdan-oyoq ezgu intilishlarga to‘la. Sevimli onasi va opa-singillari unga oilaviy munosabatga va turli-tuman fazilatlarga teran xurmatni singdirishadi. Shuning uchun g‘am Votren har nima demasin, Rastinyak biladiki, dunyo harqalay, o‘zil-kesil darajada yomon emas. Biroq Balzakning o‘zi kabi
«Bu joylarda o‘zlariga qanday yo‘l ochishlari sizga ma’lummi? Daho nuri bilan yoxud pora san’ati bilan yo‘l ochishadi... Xalollik bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi... Garov uynaganim bo‘lsin - siz Parij buylab ikki qadam ko‘ysangiz bas, albatta, biror muttahamlikka ro‘para kelasiz. Asl xayot ana shunaqa. O‘choq boshidan uning xech qancha afzal joyi yuq — dimog‘ni yoradigan qo‘lansa hidlar, biron yegulik pishiraman desang, bir zumda qo‘ling kir bo‘ladi, keyin uning kirini yaxshilab yuvib tozalamog‘ing keraq Davrimizning bor-yuqaxloqi shundan iborat. Modomiki, men insonlar jamiyatiga ana shunday tarzda qaramokda ekanman, mening bunga haqiim bor, men bu jamiyatni bilaman. Meni bu jamiyatni so‘kayapti deb uylayapsiz-mi? Xechham-da... U hamisha shundoq bo‘lib kelgan. Axloqparastlar uni hech qachon o‘zgartira olmaydilar. Inson komillikdan o‘zoq...» Nazarda tutmoq kerakki, Balzak tobora o‘ziga insonga karshi ashaddiy nafratni singdirib borayotganday ko‘rinadi. Bunday daqiqalarda u guyo Votren siyoqiga kirayotganday bo‘ladi. Xolbuki, o‘zining tabiatiga ko‘ra, u ham Rastinyakka o‘xshagan yumshoq odam. Ezguliq mexribonlik nima ekanini yaxshi biladigan Jorj Sand kat’iyat bilan shunday derdi: «Bu daho inson to‘g‘risida u dastavval mexribon va mushfiq odam bo‘lgan edi demoq — uning to‘g‘risida men biladigan maqtovlardan eng yuksagini aytmoqdir». Biroq xuddi Rastinyak kabi, deyarlik boshqa hamma odamlar kabi Balzak ham murakkab odam edi. Xuddi Rastinyak kabi do‘stlikning kadriga yetar, Lora de Berni yoxud Zyulma Karro kabi oliymaqom qalb egalarining ulug‘ligi oldida bosh egardi. Uning soddadillik va navqironlik ruxi bilan sug‘orilgan intilishlarini namoyon etish uchun «Vodiylar nilufari» yoki «Qishloq tabibi»ni o‘qib chiqishning o‘zi kifoya. Biroq Balzak muxtojliklarga to‘lib-toshgan, kishini yo‘ldan ozdiruvchi ermaklari serob bir tarzdagi xayotni kechirdi, bu xayotda u tez-tez g‘azab otashlariga ham duch kelib turardi. Tabiiyki, Balzak ham xuddi Rastinyakka o‘xshab nima qilib bo‘lsa-da, bunaka turmushdan xalos bo‘lishni istagan. Rastinyak «Gorio ota» romanida xali juda tortinchoq, xijolat chekaveradigan yigit sifatida ko‘rinadi. Votrenning gaplarini tinglar ekan, u daxshatga tushadi va jirkanib ketadi. De Nusingen xonimdan pul olish zaruriyati uni taxqirlaydi. U Maksim de Trayga o‘xshashni istamaydi. Uning qalbi Oras Byanshonga extirom tuyg‘ulariga to‘la. U baayni farzandday Gorio otaning xizmatlarini qiladi va yolg‘iz o‘zi (mulozim Kristofni xisobga olmaganda) qariyani so‘nggi yo‘lga kuzatib qo‘yadi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay u taslim bo‘ladi, muxitga buyin egadi. Biz Rastinyak bilan yana qaytadan uchrashganimizda, u endi baron, davlat kotibi, o‘z uynashini erining ozmi-ko‘pmi ongli sherigi («Bankir Nusingenlar xonadoni»), 1845 yilga kelganda esa u endi ministr bo‘ladi. U graf va Fransiyaning peri, bir yillik daromadi uch yuz ming frankdan ortiq. Endilikda u «Mutlaq ezgulik degan narsa yo‘q, faqat sharoit bor» deb da’vo qiladi («O‘zlari bexabar masxarabozlar», «Asridan saylangan noib»). ko‘pincha bu personaj uchun Tyer nusxa bo‘lib xizmat qilgan deyishadi. Darxaqiqat, Balzak Rastinyak obrazini yaratar ekan, Tyerning ba’zi bir sifatlarini olgan bo‘lishi mumkin, lekin hammadan ortiqrok; u o‘zining sifatlarini olgan. Delfina de Nusingenning xuzurida o‘tirgan Rastinyakning tuyg‘ularini, bejirim tiqilgan liboslarni birinchi bor kiyib ko‘z-ko‘z qilganda bolalarcha ko‘vonib suyunishlarini, uning izzat-nafsiga yoqib tushgan birinchi muvaffaqiyatlarni Balzakning o‘zi ham ko‘nglidan kechirgan — buni u avval markiza de Kastri bilan don olishib yurganlarida, keyinchalik esa Ganskaya xonim bilan yakinlik kezlarida kechirgan. Eng yaxshi romanlar «talabalik»haqidagi romanlardir («Vilgelm Meysterning talabalik yillari», «Qizil va kora», «Devid Kopperfild», «Boy berilgan fursatni izlab»). Bu romanlardagi romantik ko‘tarinqilik ko‘pincha yoshlarning orzu-umidlari bilan shafkatsiz dunyo o‘rtasidagi konflikt yordamida vujudga keladi. Shu ma’noda, «Boy berilgan xayollar» romanlarning nomlari ichida kishini juda xayajonga soladiganidir va guyo bu nomda qolganlarining hammasi tajassum etgandek tuyuladi. Agar «Gorio ota»-ni Rastinyak obraziga nisbatan ko‘zdan kechiradigan bo‘lsaq bu roman ham «talabalik» haqidadir. Unda yosh kitobxonning ko‘z ungida «yo‘ldan ozdiradigan vasvaslarga to‘la qahri kattiq dunyo» manzaralari namoyon bo‘ladi. De Bosean xonim Rastinyakni zodagonlar dunyosiga olib kiradi. U paytlarda zodagonlar dunyosini Sen-Jermen daxasida istiqomat qiluvchi aslzoda xonadonlar tashqil qilardi. De Resto xonim esa uni bir oz puguri ketganroq zodagonlar dunyosiga olib kiradi. Bunday salonlarda keyinchalik Prustning ba’zi bir ayol qahramonlarini uchratish mumkin bo‘ladi. De Nusingen xonim Rastinyakka moliyachilar va tadbirkor odamlar dunyosiga olib boruvchi yo‘lni ko‘rsatadi. Xuddi ana shunday axvol XX asrda ham ko‘plab sodir bo‘ladi. Biz hammamiz bunaqa Rastinyaklarning bittasini emas, ko‘pginasini yaxshi bilamiz va uning Delfinasi bo‘lish kismati kimga nasib etganini osongina bilib olamiz. Gorio ota masalasiga keladigan bo‘lsaq u balzakona ehtiroslar deb haqli ravishda e’tirof etilgan ehtiroslarning asiri bo‘lgan odamlarning eng yorqin misollaridan biridir. Bunday extiroslarning muqqarrar tarzda o‘sib borishi ularga qul bo‘lgan shaxslarning to‘la-to‘kis yemirilishiga olib keladi. Buni tasvirlash Balzak san’atining xarakterli xususiyatlaridan biridir, Gap Grandening xasisligi to‘g‘risida boradimi yoxud baron Yuloning buzuqligi to‘g‘risida ketadimi, Ponsning ochofatligi-yu majruh mayllari to‘g‘risidami yoxud Anriyetta de Morsofning muxabbati-yu Gorio otaning otalarcha mexr-muhabbati xakida boradimi, baribir, Balzaq albatta, bu ehtiroslar ularning qalbini yemirib boruvchi mudxish jarohatday zurayib borishini va oxir-pirovardida boshqa hamma tuyg‘ularni muqarrar tarzda ezib tashlashini ko‘rsatadi. Romanning boshidan biz tanishadigan Gorio ota bir qarashda hali qutulib keta oladiganday ko‘rinadi. Keksa savdogar molu mulkining ancha-muncha qismini qizlariga sarflab bo‘lgan, endi u Voke pansionida xoli va tanho xayot kechiradi, lekin xali g‘amlab qo‘yganlaridan u-bu narsalar qolgan. Balzakning niyati shundaki, u o‘z kaxramonini bir yon berishdan ikkinchi yon berishga, bir maxrumiyatdan ikkinchi maxrumiyatga olib o‘tar ekan, uni to‘la-to‘kis halokat yoqasiga olib kelmoqchi bo‘ladi. Bu niyat uning hamma asarlarida deyarlik o‘zgarmasdan qoladi. Gorio ota ham Grande yoki Baltasar Klaas o‘tgan yo‘ldan boradi. Uning qizlariga muxabbati o‘z-o‘zicha olganda juda go‘zal, biroq u shu qadar daxshatliki, allanechuk tentaklikka aylanadi. Haddidan oshib ketgan extiroslarning hammasi shunaqa taqdirga ega. Ular hech qanday qonunlar bilan — na ma’naviy, na ijtimoiy tartib-qoidalar bilan xisoblashishni istamaydi. «Gorio muloxaza yuritmaydi, — deydi Balzaq — u xukm chiqarmaydi, u sevadi...» U Rastinyakni yaxshi ko‘radi, sababki, uni qizi yaxshi ko‘radi. qizining etagini o‘paman deb yaltoqlanadigan Gorio bizga keksa Grandeni eslatadi. Esingizda bo‘lsa keraq rohib zarharlangan xochni uning lablariga yaqin olib borganda, Grande uni tortib olmoq uchun dahshatli harakat qiladi. Balzak poetikasi ana shu mudhish ramzlarni talab qiladi. Va har qanday chinakam balzakshunos ularni gap-so‘zsiz qabul qiladi. Ehtiroslarga berilib ketgani uchun jamiyat xaqida uylashni ham unutib yuborgan markaziy personaj atrofiga Balzak ikkinchi darajali personajlar obrazlarini joylashtiradi — jamiyat hayoti ayni shu personajlarda tajassum topadi, negaki, xar qanday roman real dunyo bilan mustaxkam rishtalar orqali bog‘langan bo‘lmog‘i kerak. Ayni «Gorio ota» romanida Balzak tomonidan yaratilgan dunyo shu qadar ishonchli sifatlar kasb etadiki, ularni haqikiy hayotdan farqlash qiyin bo‘lib qoladi. Biz bu romanda talaba Oras Byanshon bilan tanishamiz. Keyinchalik esa «Insoniy komediya»-ning boshqa ko‘pgina romanlarida u bizga dong chiqargan doktor sifatida ro‘para keladi. Shu romanning o‘zida zulmat qa’ridan sudxo‘r Gobsekning siymosi ko‘rinib qoladi. Uning nafis rangsiz lablari xotiramizga muxrlanib qoladi. Keyinchalik «Gobsek» qissasida Gorio otaning katta kizi Anastazi de Resto bilan tengi yo‘q darajada surbet Maksim de Tray o‘rtasidagi mojarolar nima bilan tutaganini bilib olamiz. Maksim de Tray ko‘p jixatdan Rastinyakni eslatadi, lekin u Rastinyakka xos bo‘lgan jozibadan maxrum. «Tashlandiq xotin» bizga Klara de Boseanning alamli taqdiri haqida xikoya qiladi. Pok qalbli bu ayolning birdan-bir aybi shundaki, u muhabbatga haddan ortiq ishonib yuborgan. Qizligida Konflan deb atalgan beva Voke, Puare va qari qiz Mishono masalasiga kelsaq bu ikkinchi darajali obrazlar shu kadar jozibadorki, ularni unutib bo‘lmaydi. «Insoniy komediya»dagi oshpaz ayol Silviya yoxud xizmatkor Kristof kabi xarakatsiz obrazlar ham birinchi marta ko‘rinishlari bilanoq xotirangizga o‘rnashib qoladi. Bo‘larning yoniga yana shuni qo‘shimcha qilingki, bu personajlarning hammasi xuddi Prust personajlari kabi uchta o‘lchovga ega va ular roman davomida o‘zgarib boradilar. Shularni ko‘z oldiga keltirsangiz, nima uchun bizda hamisha muqarrar darajada oldinga harakat qilayotgan vaqt taassuroti paydo bo‘lishini anglab olasiz. Biroq ana shu to‘qib chiqarilgan olam kitobxonlar tomonidan chin olam sifatida qabo‘l qilmog‘iuchun ularda harakat qiluvchi shaxslarning o‘zi kifoya qilmaydi. Bundan tashqari, dekoratsiyalar kerak Dekoratsiya bo‘lganda ham teatrlarnikiga o‘xshamaydigan bo‘lmog‘i kerak Shuning uchun ham Balzak mufassal tasvirlar yordamida o‘z romanlarini juda puxtalik bilan tayyorlab boradi. Adabiyet ishida alifni kaltakdan ajrata olmaydigan odamlar ularni haddan tashqari batafsil deb xisoblashadi. Biroq gap shundaki, faqat ana shunaqa mufassal tasvirlargina to‘qnashuvlar sodir bo‘ladigan sharoitning haqqoniyligini vujudga keltiradi. Nev-Sent — Jenevyev ko‘chasi xuddi bronza qolipday bir guruh fojiiy odamlarni o‘z halqasida tutib turadi va faqat «qora buyoqlar hamda jiddiy fikrlar» yordami bilangina o‘quvchida avval boshdan kerakli kayfiyat paydo bo‘ladi. Voke pansionining tasviri ham muallif maqsadlariga xizmat qiladi: «Bu yerning hqdlari o‘ziga xos, bizning tilimizda uni ifodalab beradigan so‘zning o‘zi yo‘q, lekin buni pansion hidi deb atasa ma’qul bo‘lar edi. Unda mog‘or hidi, bug‘iq havo, chirigan narsalar sassig‘i bor. Bu hid kishining vujudini junjiktirib yuboradi, bir laxzada dimog‘ni bug‘ib qo‘yadi, kiyim-kiyimlaringizga o‘rnashib oladi, hozirgina nonushta qilingan oshxonaning buyi keladi. Unda xizmatkorlar xonasining, saisxonaning, uchoq boshining badbuy hidlari qorishib ketgan. Devorlar yonida yelimshiq jovonlar, anjomlar almisoqdan qolgan, chuvrindi, isqirti chiqib ketgan hammasi omonat, bu yerda qashshoqlik saltanati, unda nafosat degan narsadan nishona ham yo‘q bundagi qashshoqlik juda uchiga chiqqan qashshoqliq..» Ana shu kishini jirkantiradigan tasvir yozuvchiga zarur. U bu bilan Gorio ota hamda Rastinyak umrguzaronlik qilayotgan sap-sariq, xunuk va isqirt uy bilan de Nusingen xonim yoxud de Resto xonim istiqomat qiladigan qasrlar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatmoqchi. Bu kasrlar gullarga to‘la, ularning mexmonxonalari zarhallangan, xobxonalarida esa xuddi issikxonalardagi gullardek de Nusingen xonim va de Resto xonim yashnab-yayraydi. Romanning oxiri xaqli ravishda mashxur bo‘lib ketdi. Biz bu yerda Per-Lashez qabristonida go‘rkovlar Gorio otaning qabriga belkurakda tuproq tashlab bo‘lib ketishganidan sqng Rastinya yolg‘iz o‘zi qolganini ko‘ramiz. Yigit Senaning qing‘ir-qiyshiq sohili bo‘ylab yastanib yotgan, ba’zi bir uylarida miltirab chiroq ko‘rina boshlagan Parijga nigoh tashlaydi. Uning ko‘zlari Vandom ustunlari bilan Mayiblar uyining gumbazi oralig‘idagi joyga qadalib qoladi. Bu yerda Parijning oliy tabaqa toifalari istiqomat qiladi. Ejen butun borlig‘i bilan ana shu oliy toifalar dunyosiga intiladi. Ejen ari uyasiday g‘uvillab yotgan bu maskanni nigohidan o‘tkazar ekan, xuddi xozir asal yalab ko‘radiganday tamshanib, mutakabbirlik bilan deydi: —Qani, endi ko‘ramiz — kim yengib chiqarkin — menmi yoki senmi? Shunday deb jamiyatga chorlovini jo‘natgach, «u boshlanishiga tushlik qilgani Delfina Nusingenning xuzuriga yo‘l oldi». Xalqa yopildi, korrupsiya jarayoni xotimalandi, so‘nggi tomchi ko‘z yoshi oqib bo‘ldi. Rastinyaq u bilan birga Balzakning o‘zi va Balzak bilan birga kitobxon ham Parijni fath etishga otlanishga tayyor. Xech kim hech narsani qoralamaydi. Dunyo qanday bo‘lsa, shunday. Balzak esa, Alen qayd etganideq o‘ziga xos yaxshi niyatlarga ega. U qoralamaydi, u bundan yuqori turadi. Dunyoni qayta ko‘rish uning ishi emas, u dunyoni tasvirlaydi, xolos. Tabiatshunos olim turli-tuman biologik turlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tadqiq qilar ekan, mana shunday iqlim sharoitida hayvonlar dunyosi bilan o‘simliklar dunyosi o‘rtasida muayyan muvozanat maydonga keladi deb ta’kidlaydi va bu muvozanatni o‘z-o‘zicha yaxshi deb ham, yomon deb ham xisoblash mumkin emas, uning to‘g‘risida faqat u mavjuddir deyish mumkin, xolos, deya xulosa chiqaradi. Xuddi shunga o‘xshash odamlar jamiyatini o‘rganuvchi yozuvchi ham bu jamiyat o‘z tarkibida muayyan mikdorda oliy tabaka vaqillari, amaldorlar, vrachlar, dehqonlar, tekinxo‘rlar, oliftalar, sudxurlar, badarg‘a qilinganlar, qozilar, zodagon ayollar, mexmonxona bekalari va oqsochlar mavjud bo‘lgani tufayligina yashaydi hamda amal qiladi, deb kayd qiladi. Jamiyat shaklini o‘zgartiring - lekin bundan insonlarning turlari hech qancha o‘zgarib qolmaydi. Gorio otaning qizlari mutlaqo daxshatli maxluqlar emas, balki shunchaki qizlar va rafiqalardir. «Ularning ishi ko‘p, ular ko‘p uxlashadi. Ular kelishmaydi... Bolalarning nima ekanini faqat ulayotganingizdagina bilasiz, — deydi Gorio ota. — Eh, dustim-yey, uylanmang. Bola-chaqa qilmang! Siz ularga xayotingizni baxshida etasiz, ular sizga o‘lim olib kelishadi... Agar men badavlat odam bo‘lganimda, davlatimni ularga bermay, o‘zimda saklab qolganimda, hozir ular shu yerda bo‘lgan bo‘lishar edi, ularning bo‘sasidan ikki betim lov-lov yonayotgan bo‘lardi. Ota, albatta, badavlat bo‘lmog‘i keraq u farzandlarining jilovidan qattik; ushlab turmog‘i kerak — chare otlarni ushlashgandeq. Dunyo ana shunaqa yomon ko‘rilgan». Ha, dunyo yomon ko‘rilgan. Qizlari tashlab ketgan, o‘zining qizlari tomonidan halok etilgan ota qiynalib, ming azobda jon berayotganining tepasida turgan yosh Rastinyak yuragi taka-puka bo‘lib bu dahshatli manzarani kuzatadi. «Senga nima bo‘ldi? - deb suraydi undan Byanshon. O‘lgiday ranging uchib ketibdi-ku?» Rastinyak javob beradi: «Xozir men shunaqa oxu zorlarni, qalb faryodini eshitdimki, ko‘yaverasan! Birok; xudo bor-ku, axir! Ha, ha, xudo bor. U bizning dunyomizni yaxshiroq qaladi. Aks holda, biz yashaydigan zamin bema’ni bir narsa bo‘lib qolaveradi». Bu so‘zlar shundan dalolat beradiki, dunyoning bema’ni ko‘rilgani haqidagi fikr yangi fikr emas va Balzak uning to‘g‘risida uylab yurgan. Biroq faqat o‘ylab yurgan emas, balki uni rad etgan ham. Balzak dunyoni yaxshi ko‘radi, undagi bor narsalarning hammasini, xattoki dahshatli maxluklargacha yaxshi ko‘radi. Shuning uchun ham Alen Balzakni Stendalga qaraganda chinakam mexru shafqatga yaqinroq turadi deb hisoblagan, chunki u «o‘z qavmining tavba-tazarrusini aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan qabul qiladigan rohibday loqaydlikka ega». Chindan ham, Balzak o‘z qaxramonlarining gunohlarini favkulodda osonlik bilan kechib yuboraveradi. Votrenning o‘z himoyasi uchun so‘zlagan nutqini eshitgan biron kimsada Votrenni yaratgan adib uning gunoxlarini kechirishga tayyor ekaniga shubha qolmaydi. Yozuvchi de Nusingen xonimning otasi dafn etilishi bilanoq Rastinyakni uning huzuriga tushlik qilishga junatar ekan, bunda ham o‘ziga xos tarzda gunoxlardan kechishga intilishni yoki jilla bo‘lmasa, ular bilan murosai madora qilishga intilishni ko‘rish mumkin. Tez-tez san’atdagi durdona asarning tabiati haqida baxslar bo‘lib turadi. Agar adashmasam, Pol Valeri chinakam durdona asarni quyidagi shak-shubxasiz belgi orqali bilib olish mumkin degan: Bunday asarda xech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Chinakam durdona asar juda puxta ko‘rilgan bo‘ladi, unda xarakat to‘xtovsiz rivojlanib turadi, uning hamma narsasi, xatto ziddiyatlari ham lol qoldiradigan bir yaxlitlik bilan sug‘orilgan bo‘ladi, unda ip tashlagan joilar yo‘q, bushtob o‘rinlar bo‘lmaydi, u mukammal shaklga ega bo‘ladi. «Bovari xonim» — durdona asarning oliy namunasidir. Bu asarda na notekisliklar, na kemtiklar bor. Balzakning «Gorio ota»,«Betta» va xatto «Yevgeniya Grande» kabi romanlari ham ana shunday durdona asarlar sirasidan. Nozik didli kitobxon boshqa navdagi kitoblardan ham lazzatlanishi mumkin. U «O‘ttiz yashar ayol» yoxud «Satanglarning shavkatiyu qashshoqligi» kabi barkamollikda pastroq turadigan romanlardan ham o‘z aqli uchun ozuqa topishi mumkin... Biroq bironta romanni «Gorio ota»dan ko‘ra «tuzikroq» asar deb atab bo‘lmaydi. Agar bularning bariga mazkur kitob boshqa biron adabiyotda uchramaydigan juda baxaybat epopeyani boshlab berishini qo‘shsaq bu kitobda «Insoniy komediya»dagi eng muxim ishtirok etuvchi shaxslar qatnashishini iazarda tutsaq Fransua Moriakning iborasi bilan aytganda, bu markaziy maydondan «har tomonga yo‘llar taralib ketishini, Balzak o‘zining insonlardan tarkib topgan qalin o‘rmonida ne mashaqkatlar bilan bu yo‘llarni ochganini», bu romanda yuzlab dramalarning tuguni tug‘ilishini, keyinchalik esa ularning xar qaysisi yangi bir durdona uchun mavzu bo‘lishini e’tiborga olsaq Balzak ijodida eng muxim o‘rin egallaydigan asar sifatida «Gorio ota»ni tanlab olganimiz nafaqat zaruriyat ekani, balki mukarrar tarzda shunday qilinishi kerakligi ham ayon bo‘ladi. «Sezar Biroto» Balzakning Ganskaya xonimga maktubidan: «Xozir men «Sezar Biroto» degan juda katta asar ustida ishlamokdaman. Uning kaxramoni siz taniydigan Birotoning ukasi. Uham akasiga o‘xshagan ko‘rbon, lekin u Parij sivilizatsiyasining ko‘rboni, akasi esa («Tur roxibi») fakat bitta odamning ko‘rboni bo‘lgan edi. Parijlik Biroto — «Qishloq vrachi»day gap, fakat bunda voqea Parijda sodir bo‘ladi. U — soddadil Sukrot — zulmat ko‘ynida o‘z zaxarini tomchima-tomchi ichadi. U toptalgan farishta, xo‘rlangan xalol odam. Juda ajib bir manzara xosil bo‘ladi-da! Bu asar xozirga kadar yozganlarim orasida eng ko‘lamli, eng muhim asar bo‘ladi. Agar siz meni unutib yuborsangiz, mening ismim jamiki shonu shavkati bilan sizga ta’nayu dashnom kabi yetib borishini istayman...» «Juda katta asar», Bu roman Balzakni shuning uchun to‘lqin-lantirgan ediki, bu asar uning o‘z xayoti bilan bog‘liq edi. Albatta, Sezar Biroto — mutlaqo Balzakning avtoportreti emas. Ijodkorning daxoligi uning farzandiga o‘tgan emas. Ammo Sezarni qiynagan tashvishlar Onorega yaxshi tanish edi. o‘z vaqtida Balzakning o‘zigaham daromadu buromadlarini kechasiyu kunduzi sinchiklab xisoblab turishga to‘g‘ri kelgan edi. Rost, u sinish darajasiga yetib borgani yo‘q, biroq unga yetib borishiga ikki kadam-gina kolgan edi. Shuning uchunham u umrining oxirigacha kommersiya konunchiligidan yurak oldirib koldi va qalbida unga qarshi otashin bir nafrat bilan yashadi. Balzakning o‘zi sudxo‘rlar bilan, nomussiz bankirlar bilan, kaxri qattiq savdogarlar bilan tanishishga majbur bo‘lgan edi. Bundaylar bugun okshom siz bilan ziyofatda birga o‘tiradi-da, ertasiga qarzini kistab qog‘oz yuboradi. Uning romanlari ichida kamdan-kamida adibning shaxsiy tajribasi asar voqeasiga shunchalik mos keladi. Xuddi Birotoga o‘xshab uham Kassini ko‘chasida va Batay ko‘chasida qarmoni ko‘tarmaydigan xashamatli uy-joylar xarid qilgan edi. Biroq eng muximi shundaki, xuddi Biroto kabi Balzakham kommersiya ishlarida romantik bo‘lgan edi, ya’ni uning fantazi-yasihamisha real imkoniyatlarni orqada qoldirib ketardi. Garchi Balzakning o‘zi xech qachon «komagen» ishlab chiqarish bilan shu-g‘ullangan bo‘lmasa-da, uning tadbirkorlik bobidagi xatti-xarakatlari juda bema’ni bo‘lgan edi. Yana shunisi borki, Biroto — Don Kixotnihamisha oqila rafiqasi Konstans tiyib turgan bo‘lsa, Balzakning yonidaham ayol Sanchosi bor edi. Bu jozibador va oqila Zyulma Karro edi. Biroto Madlen cherkovi yakinida yer sotib oladi. Balzak esa Sardiniyadagi ko‘mush koneoro bilanhamda Vild-Avredagi yer uchastkalari bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etadi. Ammo Biroto bilan Balzak o‘rtasidagi eng katta tafovut shundaki, Biroto o‘z xatolari ustidan ko‘tarilolmaydi, Balzak esa ularni roman uchun materialga aylantirib, xatolarini yengib o‘tadi. Sezar Birotoning akasi («Tur roxibi»ning kaxramoni) to‘g‘risida Balzak shunday deydi: «...Sho‘rlik o‘z xatti-xarakatlarini aniq-ravshan anglab yetmas edi. Bu xususiyat o‘zlarini shu dakiqada qanday bo‘lsalar shunday ko‘ra biladigan va o‘zlari haqida go‘yo bir chetdan turib muloxaza yuritishga qobil bo‘lgan ulug‘ odamlarga va muttaxamlargagina xosdir». Balzakning o‘zi xatti-xarakatlarini aniq-ravshan tushunish qobiliyatiga ega edi va u o‘zi to‘g‘risida guyo bir chetdan turib muloxaza yurita olardi. Andre Biyi judaham ziyraklik bilan Balzak nafaqat Birotoga, balki benavo dyu Tiyyegaham o‘z xarakterining belgilarini bergan deb qayd qiladi. Dyu Tiyye istiqomat qiladigan joyning g‘aroyib anjomlari Balzakning o‘z uyidagi axvolni eslatadi. Xuddi dyu Tiyye Rogen xonimdan pul olganiday, Balzakning o‘ziham de Berni xonimdan mumaygina pul olgan. E’tirof etish kerakki, dyu Tiyyega o‘xshash qallob va yaramas odamni o‘z didi va sifatlari bilan e’zozlash ancha-muncha g‘alati bir xodisadir. «Moxiyatan, u Grandedan qanday zavqlansa, dyu Tiyyedanham shunday zavqlanar edi». Biz xuddi shunga o‘xshagan xodisaga Prustdaham duch kelamiz. Prust o‘zida oshkor etgan va o‘zi nafratlanadigan belgilarni Bloxga yuklaydi. Katta yozuvchi kalbninghamma xolatlarini tasvirlay oladi. Lekin shundoq bo‘lsa-da, ba’zi bir soxalar unga yaqinrokdir. Uning tabiatida ancha-muncha xischan, ancha-muncha zaif joylariham bo‘ladi. Agar u shu joylarga ko‘l tekkizsa, agar u chuqur dardlarni xis etsa, uning qalami ostidan chiqqan saxifalar kitobxonni juda xayajonga soladi. «Sezar Biroto»ni yaratar ekan, Balzak yoshligidagi g‘amli xodisalarni qaytadan boshidan kechiradi. Bu esa kitobga shu paytgacha ko‘rilmagan juda zo‘r ta’sir ko‘chini bag‘ishlaydi. XIX asr fransuz romanining xatolaridan biri shunda ediki, mualliflar ko‘tarinqilikni faqat muxabbat tasvirlaridan izlar edilar. Muxabbat mavzuininghamma narsadan ustun kelib hukmronlik qilishi hayot haqiqatiga muvofiq kelmasligini Balzak ko‘ra oldi. Muhabbat bilan bir qatorda takabburlikshuxratparastlik xasislik ochko‘zlik kabi hirslar romanning asosi bo‘la oladi. «Xayot shunday bir uskunadirki, uni pul xarakatga keltiradi», — deydi Gobsek Romantik ko‘tarinqilik qaxramon o‘zi uchun yaratgan amal bilan kundalik xayotning shafqatsiz voqeligi o‘rtasidagi konfliktdir. Oshiq-ma’shuklar romanning qaxramoni bo‘lishga qanchalik xakli bo‘lsalar, korchalonlar, ruxoniylar, xasislarham romanning asosiy ishtirokchilari bo‘lishga shunchalik xaqlidirlar. «Istagan korchalonning sinishi «Klarissa Garlou»-ga munosib o‘n to‘rt jild roman uchun material bera oladi». «Sezar Biroto» romanida muhabbat ancha soyada qolib ketgan, buning ustiga uni romantik deb atashdan ko‘ra xarakatsiz, qotib qolgan deb atasa to‘g‘riroq bo‘ladi, lekin shunga karamay, bu kitob «Insoniy komediya»ning eng go‘zal va eng ta’sirchan asarlaridan biridir. «Sezar Biroto» («Betta», «Gorio ota», «Satanglarning shavkatiyu qashshoqligi» kabi asarlar bilan birga) shunday asarlar sirasiga kiradiki, uning yordamida Balzakning yozuvchilik texnikasini juda yaxshi o‘rganish mumkin. Bu romanning umumlashgan nomi «Sezar Birotoning parvozi va qo‘lashi tarixi» deb ataladi. Inson takdiridagi ko‘tarilishlar va xalokatlarhamisha Balzakning e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. o‘z qaxramonininghamma istaklarini bajo keltirib, uni farovonlik cho‘qqilariga chiqarib qo‘ymoq so‘ngra esa tubsiz jaxannam qa’riga tushib qo‘ymaguncha uni asta-sekin pastga tushira borish Balzakka juda yoqar edi. Xuddi baron Yulo kabi Birotoham kitobning boshida bizning ko‘z o‘ngimizda shonu shuxrat osmonida parvoz qilib yurgan holda namoyon bo‘ladi. Tantanali ziyofatlar, Faxriy legion ordeni, yangi savdo firmasi — uning ko‘tarilishyo‘lidagi eng yuksak nuqtalar ana shunaqa. Biroq shunisiham ma’lumki, yuksaklarda bizni shayton poylab turgan bo‘ladi. Shuning uchun Balzak sho‘rlik qaxramonni jar yoqasida ushlab turgan tayanch ustunlarini shafqatsizlik bilan birin-ketin sug‘urib tashlaydi. Korchalonlik fotixlari uchun xuddi qadimgi Rim fotihlari uchun bo‘lgani kabi Tarpey qoyasi bor. U Kapitoliyning shundoqqina yonida joylashgan. ko‘npayakun bo‘lib yiqilishlar Balzakni o‘ziga tortadi. U qaxramonning omadli davrlaridayok bunakd inqirozlarni tayyorlab qo‘yadi. qaxramon chuqqiga chiqib olib, o‘zining boyligiyu muvaffakiyatlaridan lazzatlanayotgan bir paytda Balzak uningyo‘liga oyoq ostidan sirg‘alib tushib ketuvchi toshlar, bir karashda paykab bo‘lmaydigan chohlar, ko‘chqilar qo‘yib ko‘yadi. Shurlik Birotoning tevaragiga u qaroqchilar pisib yotgan pistirmalarni joylashtiradi. Romannavisning ixtiyorida bag‘ritosh kallakesarlar tayyor turadi. «Insoniy komediya»ning ulardan boxabar kitobxonlari bu kallakesarlarning nomini eshitiboq titroqqa tushishadi. Sezar Biroto ularninghammasiga ro‘para kelmog‘i kerak bo‘lar - Palma, Jigonne, Verbrust, Gobsek kabi sudxo‘rlar, Nusingen, Keller kabi yirik bankirlar; soxta kiyofali kimsalar (bo‘larning xarakterli vaqili — Klaparon), Dekuen xonimni («Buydoqninghayoti» romanida)ham, Yevgeniyaning amakisi Giyom Grandeniham xonavayron qilgan nomussiz Rogenlardir. Ammo xar qanday mashina kabi pul ishlab chikadigan uskunaham jonsiz, xar narsaga befarqdir. Faqat kimningdir pishib yetishgan nafrati uni biror kimsaga qarshi yo‘naltirsa, u inson dushmanga aylanadi. Aka-uka Birotolar (Sezar va «Tur roxibi»ning qaxramoni Fransua) ko‘z ilg‘amas dushmanlar tomonidan puxta uylanib, sinchiklab ishlab chiqilganhalokatli rejalar oqibatida majaqlab tashlandilar. qaxramonning shunday dushmani uning sobiq gumashtasi Ferdinand dyu Tiyye edi. Sezar uning o‘g‘riligini fosh qiladi-yu, keyin kechiradi, biroq dyu Tiyye Birotoning saxovatpeshaligini sira kechira olmaydi. U juda xavfli dushman, chunki aqlli, abjir, ko‘ngli qora va mutlaqo vijdon degan narsadan maxrum. Dyu Tiyye Nusingen bilan birga Filipp Bridoni tubdan xarob qiladi («operaning artistkasi» Karabina dyu Tiyyening o‘ynashi bo‘lib oladi, uning xotini Mari-Ejeni de Granvil esa unga Sen Jermen salonlari sariyo‘l ochib beradi.) Shu yo‘sin noshud bir parfyumer xaqidagi roman jamiki Balzak dunyosi bilan mustahkam iplar orqali bog‘langan. Prustning «Boy berilgan vaqtni izlab» turkum romanlarida gersog Germant xuzuridagi ertalabki qabullar qanday rol o‘ynasa, «Insoniy komediya»da Sezarning ziyofatiham shunaka rol o‘ynaydi: bu odamlar ko‘p ishtirok etadigan vaziyatlardan biri bo‘lib, uning yordamida ijodkor adib o‘z qo‘li bilan yaratgan odamlarninghammasini qonuniy iftixor tuyg‘usi bilan mehmonxonaga olib kiradi. Balzak Birotoning uyiga oksuyaklar vaqillaridan ancha-munchasini to‘plash imkoniga ega bo‘lmadi. Ammo oqsuyaklar romanda «Atirgullar qirolichasi» do‘konining mijozlari sifatida ishtirok etishadi. «YO tavba, Sezar! — deya yolboradi Konstans. — Faqat senga mol berib turadigan savdogar tarzida bilgan odamlaringga taklifnoma yuborma, axir... Yoki sen biryo‘la ikkala Vandeneslarniham, de Marse, de Ronkerolniham, d'Eglemonniham, qo‘ychi, bir suz bilan aytganda, xaridorlarninghammasini taklif qilmoqni uylayapsanmi? Esingni yeb qo‘iibsan, izzat-ikromlar boshingni aylantirib ko‘yipti». Shunday bo‘lsa-da, Feliks de Vandenes qarol Lyudovik XUShning shaxsiy kotibi sifatida sud tomonidan oqlanib,hamma huquqlari tiklab berilgan Sezar Birotoni qirol nomidan tabriklagani keladi. Gap shundaki, bu roman «Insoniy komediya»dagina emas, balki, aytish mumkinki, butun Fransiya tarixida mustaxkam o‘rin tutadi. Bu roman Restavratsiya to‘g‘risidagi asardir. Inqilob yillarida Sezar Biroto qisman fe’li atvorining xususiyatiga ko‘ra, qisman tasodifning kuchi bilan realist bo‘lib qoladi. Sezarning bi-rinchi xo‘jayini janob Ragon ashaddiy realist edi, shuning uchun uning «Atirgullar kirolichasi» degan do‘koni chinakamiga fitna-ning uyasiga aylanadi. Bu yerga «Jorj de la Billardiyer, Monto-ran, Bovan, Longi, Manda, Bernye, dyu Genik va Fontenga o‘xshagan» odamlar serkdtnov bo‘lib qolishadi. Biz dyu Genikni Gerandda uchratganmiz, graf de Fonten esa «Shuanlar» romanida Katta Jak degan nom ostida qatnashgan. Er-xotin Ragonlar esa «Terror vaqti-dagi voqea» asarida muayyan rol o‘ynaganlar. Sezar Birotoning o‘zi esa Bonapartga qarshi kurashayotib vandemyerda avliyo Roxa cherkovining zinalarida yengil yarador bo‘lgan edi. Uncha katta bo‘lmagan bu vokea uning keyingi xayotini belgilab beradi. Bu voqea Restavratsiya yillarida unga omad keltiradi, uning shaxar mahkamasida mansab egasi bo‘lishiga, Faxriy legion ordeni olishiga yordam beradi. Bu orden oldiniga kaxramonimizning ulug‘vorligini ifodalovchi ramz bo‘lib qoladi, keyin esa uning yemirilishining ilk sababchisi bo‘ladi. ko‘pincha odamning siyosiy mavqei birinchi qaraganda uning e’tiqrdiyu sig‘inadigan qoida-lari bilan belgilanadiganday bo‘lib ko‘rinadi, aslida esa biron-bir uchrashuvga yoxud xovliqib qilingan xarakatga bog‘liq bo‘ladi. Agar Balzakningyo‘lida de Berni xonim ro‘para kelmaganida u monarxist bo‘lmagan bo‘lishi mumkin edi, vandemyerdagi xodisa ruy bermaganida esa Sezar Biroto butun umri davomida oddiygina attor bo‘lib qolaverar edi, uning shuxrattalab intilishlari baq-qollik doirasidan chiqmagan bo‘lur edi. Dunyo ana shunaqa kurilgan. Balzak «Sezar Biroto» ustida ishlashga kirishganda uni roman syujetidan ajratib olib bo‘lmaydigan bir xatar ko‘tib tu-rardi: san’atkor odamhamisha mayda baqqolga nafrat bilan uragan - Balzak ana shu nafratini oshkora qilib qo‘yishi mumkin edi. Unda savdo burjuaziyasining xayotini ko‘rsatuvchi xaqqoniy manzara emas, balki ularni mazax etadigan sahifalargina chiqishi mumkin edi. Anri Monye izidan borish ishtiyoqi juda ko‘chli edi. Balzakning o‘zi buni juda yaxshi anglardi. U yaqin do‘stlaridan biriga batamom oshkoralik bilan shunday yozgan edi: «Olti yil mobaynida men «Sezar Biroto»ning qoralama nusxasini saqlab keldim. Bu asar bilan biron vaqti-soati kelib biron kimsani qiziqtirishim mumkinligidan umidimni o‘zibham qo‘ygandim. Axir, bu odam bush-bayov, aqli kosirgina, cheklangan bir baqqol bo‘lsa, uning boshiga tushadigan ko‘lfatlariham o‘rtamiyona bo‘lsa,hammasi doimo uning ustidan mazax qilib ko‘lib yursa, kimham bunaqa odamga qiziqib qarar edi? Lekin men ajoyib kunlarning birida o‘zimga o‘zim dedim: «Bu obrazni qayta idrok etmoq keraq uni xalollik timsoli sifatida tasvirlash lozim». Dohiyona fikr! Romanning bosh personaji, odat buyicha, alla-nechuk o‘rtamiyona bir narsa bo‘lishi kerak emas. Buni esdan chika-rish xozirgi davrdagi ko‘pgina romannavislarni muvaffaqiyat-sizlikka olib keladi. To‘g‘ri, Flober o‘zining «Buvar va Pekyushe» degan kitobini achchiq va jirkanch bir karikaturaga aylantirib qo‘ydi, biroq bu asarning qaxramonlari juda shaydoyi va pok vijdonli odamlar, xuddi shu fazilatlar ulargahayotiy izla-nishlarida rahnamolik qiladi va ularni asrab qoladi. Bovari xonimni o‘rtamiyona ayol deb atab bo‘lmaydi. Keksa Grandeham xuddi Gorio ota kabi o‘ziga xos tarzda ulug‘vor. Sezar Biroto o‘zining saviyasiga va tevarak-atrofidagilarga ko‘ra o‘rtacharoq odam, ammo xalolligi tufayli yuksak inson darajasiga ko‘tariladi. Qarz berganlar qarzini qistab kelganida, u bor-yo‘q narsasining ham-masini ularga beradi, xatto Popino sovg‘a qilgan «Gero va Le-andr» gravyurasigacha va o‘zining kundalik qimmatbaho taqinchoq-larigacha, galstukka qadaydigan tug‘nagich-u tilla tasmalari yoxud cho‘ntak soatlarigacha, holbuki, xarkanday halol odam ham halolli-giga putur yetishidan qo‘rqmay, ularni olib qolaversa bo‘lar edi. Shu daqiqalarda unda allanechuk ulug‘vorlik paydo bo‘ladi. Biroto bizga shunisi bilan ham ma’kul bo‘ladiki, avvallari ko‘ksini iftixor tuyg‘ulari bilan to‘ldirgan Faxriy legion ordenini to to‘da oqlanguniga qadar taqib yurishdan bosh tortadi. Ishbilarmon odamning nomusliligi soldatning nomusliligidan zarracha kam emas. Birotoning o‘limi fidoyi insonning o‘limidir. Asarning markaziy figurasi uning xarakteri va oxangini belgilab beradi. Biroto obrazini qayta idrok etar ekan, Balzak romandagi mayda burjualarniham xayrixoxlik bilan istarasini issiq qilib tasvirlamog‘i kerak edi. Ular «Yakshanba kunlari dala xovlilariga borishadi, aslzodalarning nozikta’b qaliklariga taqlid qilishga intilishadi. Mahkamalarning ehtiromini qozonish payidan bo‘ladilar, ularhammagahasad qiladilar, shu bilan birga ular ko‘ngilchan, xizmatga tayyor, xischan, dardkash, boshqalarga darxol yordam ko‘lini cho‘zishgahozir odamlar... Ular o‘zlarining ko‘ngilchanliklaridan doim boshlari tashvishda yuradi, zodagonlar jamiyati, garchi o‘zi ularning tirnog‘iga arzimasa-da, ularning nuqsonlari ustidan masxaralab kulib yuradi... Ular qizlarini soddadil mexnatkash qilib voyaga yetkazadilar, lekin ular oliy tabaqalar bilan muloqotga kirishishlarihamono bu fazilatlardan asarham kolmaydi. Bu soddadil qizlar ichidan yumshoq tabiatli Krizal bajonu dil o‘ziga turmush o‘rtog‘ini tanlashi mumkin...» Balzak tomonidan tasvirlangan zodagonlar orasida Konstans, Biroto, Anselma Popino va Pilyero amaki kabi ulug‘ sifatlari kamdan-kam uchraydi. Bu odamlarninghammasi olijanob xarakterlarga ega, ularni pachoq odamlar deb aytib bo‘lmaydi, chunki teran insoniylik ularga betakror joziba baxsh etib turadi. Pilyero — oqil va muloxaza-kor odam. U o‘zining soddaligi bilan bizni maftun etadi. U xatto o‘zining eng yuksak ishlarini amalga oshirgandaham bu soddali-gini yo‘qotmaydi. «Amaki! — deya xitob qiladi sho‘rlik Sezar. — Eng olijanob ishlar to‘g‘risidaham juda oddiy qilib gapirasiz-a! Siz meni to‘lkinlantirib yubordingiz!» Biroq Pilyero aslo pardozlangan avliyo emas. Hordiqqa chiqqan bu tadbirkor ishlar-ning past-balandini yaxshi biladigan, turli xil qallobliklar-u sudxo‘rlar bilan yaxshi tanish, nozik odam. U buning zarur ekaniga ishonch xosil qilganida sira ikkilanmasdan Sezarga o‘zini singan deb e’lon qilishni maslaxat beradi. Zarur bo‘lganida u serzardaham bo‘la oladi, qat’iyatham ko‘rsatadi. Xuddi shunga o‘xshash Konstans Birotoham namunali rafika. Sog‘lom aql unga bo‘lg‘uvsi xalokatni oldindan ko‘rishga yordam beradi, ammo tabiiy mushfikligi bu ayolga baxtsizlik ustidan g‘alaba qozonishga xalaqit beradi. Shunga qaramay, uningham o‘ziga yarasha yurak sir-lari bor. o‘z vaktida dyu Tiyye uning ketidan shilqimlik qilib yurgan, Konstans bu to‘g‘rida eriga xech narsa aytmagan, xatto Sezar-ni bir narsani baxona qilib bu xira gumashtani kuvib yuborishga majbur qilgan, lekin shunga qaramay, dyu Tiyyening maktublarini asrab qo‘ygan. Ularda shunday so‘zlar uchrar ediki, bunakd suzlarni Sezar xotiniga xech qachon gapirgan emas edi: «Men sizni jonimdan ortiq yaxshi ko‘raman. Siz buni bilasiz, xayotimning ko‘vonchi...» Konstans - pastkash xushtorlarni yomon ko‘radigan befarq juvon va ayni choqda u dilbargina bir ayol - o‘zining ta’sir qo‘vvatini xis etish unga lazzat bag‘ishlaydi. Ayni ana shu insoniy murakkabliklari oqibatida Balzak personajlari uchta meyorga ega va u yaratgan dunyo real vokelik dunyosini eslatib turadi. Balzak o‘zi yaratgan xarakterlarni sinchiklab o‘rganadi, lekin o‘z asarlarida ishtirok etuvchilar ustidan xukm chiqarmaydi. Balzak biladiki, agar Rogen surunkali tumov bo‘lmaganida va dimog‘idan badbuy hid kelib turmaganida, vijdonsiz notarius bo‘lmagan bo‘lardi. Bu xastalik Rogen xonimda eriga nisbatan yengib bo‘lmaydigan jirkanish tuyg‘usini uyg‘otadi. Shunda xotinining nafratiga uchragan va uning xiyonatini ko‘rgan notarius taskin topmoq niyatida va yana o‘ziga ishonch tuyg‘usini kaytarmoq uchun buzuq xotinlardan uynash tutadi. Buning oqibatida u doimiy ravishda pulga muxtojlik xis qila boshlaydi, qalloblikyo‘liga qadam qo‘yadi va oxir-oqibatda qochib ketadi. Kishini jirkantiruvchi xastalik Rogenning takdirini xal qiladi. Bunaqa odamning yuztuban qo‘lashdan xalos bo‘lishi amri maxol edi. Alen Balzakning personajlari hech qachon o‘zlarini gunoxkor deb xis etmasliklarini ko‘rsatadi. Ularning har qaysilari o‘zlarininghakliklariga komil ishonch bilan o‘z nuqtai nazarlarini bayon qilishadi. Gobsek sudxo‘rligi uchun zarrachaham vijdon azobidan qiynalmaydi. Bu personajlarninghammasining mushtarak kasali shundaki, «ular xakiqat xaqidagi o‘z tasavvurlarini ayni haqiqatdeb uylaydilar. Ular soddadil va maxduddirlar, shuning uchunham beqaror va ishonib bo‘lmaydigan odamlar. Biroq Balzak ularni shunday joylashtiradiki, ular o‘rtasida shunday mustaxkam aloqalar o‘rnatadiki, natijada ular metinday mustahkam bo‘lib qolishadi, negakihech qanday sharoitda birlari ikkinchilariga aylanmaydilar...» Dikkensdan farq qilaroq, Balzak fazilatni takdirlab, gunoxni jazolashga intilmaydi. U Birotoga go‘zal o‘limni ravo ko‘radi, biroq Gobsekning o‘limiham o‘ziga xos ulug‘vorlikdan xoli emas. Dyu Tiyyening xayoti boshdanoyoq g‘olibona yurishdan iborat. Saxovatli Pilyero temir irodaga ega, biroq u Sezar Biroto singandan so‘ng asrab qolish mumkin bo‘lgan narsani balandparvoz nutqlar irod qilib emas, balki donolik va mugombirlik yordamida asrab qoladi. Olijanoblik tufayli Anselmaning xalok bo‘lishiga sal qoladi, uning baxtiga Anselmaning manfaatlari-ni Pilyero va sudya Popinoga o‘xshash tajribali odamlar himoya qilishar ekan. «Sezar Biroto» romani kitobxonga yashashni o‘rga-tishdan ko‘ra, ko‘proq uni ishlarni qanday olib borish bilan ta-nishtiradi. Abjirlik bilan o‘z maqsadlariga erishishyo‘llarini biladigan andishasiz korchalonlar uchun faqat bitta jazo bor — bu tevarak-atrofdagilarning nafratidir. Manfaatdan ko‘ra ez-gulikni afzal ko‘radigan yaxshi odamlar uchunham faqat bitta mu-kofot bor — bu tevarak-atrofdagilarning extiromidir. Kimda-kim, masalan, Anselm Popinoga o‘xshab («Jiyan Pons»dagidek) ishchanlik sifatini ma’naviy prinsiplar bilan ko‘shishning uddasidan chiqsa, u graf bo‘ladi, Fransiyaning peri bo‘ladi, davlat kotibi bo‘ladi, biroq shunisiham borki, «knrol-fuqaro» Lui Filippning saroyidagi xavoyi muxit bunaqa odamning ma’naviy sifatlariga shikast yetkazaolmaydi. Birotodan farq qilaroq, Anselm Popino shon-shuxrat cho‘qqisiga ko‘tarilgandaham kamtar, kamsukum inson bo‘lib qolaveradi va shuning uchun bekamu ko‘st baxtni totib ko‘rishga muyassar bo‘ladi. Gap shundaki, Balzakning nuqtai nazariga ko‘ra, bu dunyo dolali okeanga o‘xshash bir narsa ekanini, unda kudratli oqimlar tinimsiz to‘qnashib turishini, guyoki ming-minglab to‘lkinlar bir-biriga karshi kurashuvchi manfaatlar va shuxrattalab intilishlar kabi xar laxza, xar soniyada bir-birining ustiga yopirilib turishini, bunday sharoitda o‘zining farovonligi qobig‘iga o‘ralib olib, tabiatning shiddatlihamlasiga dosh berib bo‘lmasligini, bunaqa odam xalokatga maxkum ekanini tushunmagan inson juda katta xato qilgan bo‘ladi. Boshqa odamlarningham manfaatlarini xisobga olmoq keraq faqat shuyo‘l bilangina biz ularga ta’sir ko‘rsata olamiz. Soddadil Biroto Keller yoki Nusingen raxmdilliklari tufayli qarz berishadi deb uylaydi. Biroq ko‘pni ko‘rgan Pilyero yaxshi biladi: kimdan karz so‘rasang, u odam o‘zining kuchli ekanini xis qiladi va bu uning yumshokko‘ngil, raxmdil bo‘lishigayo‘l qo‘ymaydi va, aksincha, karz berib bo‘lgan odamning zaif joyi ko‘rinib qoladi va shu sabab-dan u yaltoqilikyo‘liga o‘tadi. Xuddi shu sababdan noshud korchalon uchun o‘zini singan deb e’lon qilish zarurati paydo bo‘ladi. Shu daqiqadan boshlab xemirisi yo‘q karzdor qarz bergandan ustun kela boshlaydi. «Qarzdor kay bir ma’noda qarz bergandan ko‘chliroq». Bir gal Alen Balzak asarlarinihamma savdo-sotiq o‘kuv yurtlarida diqqat bilan o‘qitish kerak degan edi. Uning gapi to‘g‘ri. Balzak asarlaridan kredit, savdo-sotiq, reklama qonunlari to‘g‘risida juda ko‘p foydali ma’lumot olish mumkin. Ishlarni qanday olib borish kerakligi haqida xikoya qiluvchi romanlar ichida «Sezar Biroto» eng ajoyibidir, u Balzak zamonasida mavjud bo‘lgan axvolni aks ettiribgina qo‘ya qolmaydi, balki xozir sodir bo‘layotgan vokealarniham oldindan aytib beradi. Balzakning extirossiz kuzatuvchi tarzida tutgan mavqei shunga olib keddiki, yozuvchiga zamondosh munakdidlardan ba’zi birlari uni vijdonsizlikda ayblay boshladi. Bu Balzakni qattiq g‘azablantirdi. Bunda u xaq edi, albatta. Sirasini aytganda, u real vokealik yuksak ma’naviyatga ega emas, deb xisoblardi. Insonlar jamiyati minglab tabiiy iplar bilan mustaxkam bog‘langan. Bo‘lar oilaviy munosabatlar, turli sinflar o‘rtasidagi, xo‘jayin bilan xizmatkor o‘tasidagi, savdogar bilan xaridoru, qarz beruvchi bilan qarzdor urtasidagi munosabatlardir. Bu tabiiy aloqalar qonunlardan yuqori turadi. Dexkon tabiatiga ko‘ra savdolashmasa bo‘lmaydi. Xuddi shunga o‘xshash bankirham tabiatiga ko‘ra turli-tuman chayqovchi-liklaryo‘liga kirmasa bo‘lmaydi. Dunyoda xukmronlik qiluvchi qonunlarni xisobga olmasang, yashab bo‘lmaydi. Haqiqiy axvol bilan xisoblashmaydigan odam xalokatta yuz tutadi. Ammo ma’naviyat qonunlariham, o‘z navbatida, «tabiiy alokalar» sirasiga kiradi. «Sezar Biroto»dan chikadigan saboq — shu. Bu romanda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita ifodalangan emas. Chunki Balzak juda katta san’atkor bo‘lgan edi va u yalang‘och tasvirlarni xush ko‘rmasdi. Balzakning falsafiy «Sag‘ri teri tilsimi» 1831 yilda yozgan romani burjua dunyosining vahshiy qonunlari haqida fantastik tarzda hikoya qiladi. Bu roman ham yosh yigit taqdiriga bag‘ishlangan. Asar qahramoni Rafael de Valanten iste’dodli shoir va olim. U kecha-kunduz o‘z ilmiy ishi ustida bosh qotiradi. Rafael o‘z qobiliyati bilan butun Parijni zabt etmoqchi, shuhrat qozonmoqchi. Ammo uning ishlari yurishmaydi. Sevgan ayoli uni rad etadi. Rafael o‘zini Sena daryosiga tashlab o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Ammo bu ishni biroz paysalga solib, eski nodir-noyob buyumlar saqlovchi chol antikvarning do‘koniga kirib tomosha qiladi. Bu chol Rafaelga sirli sag‘ri terisini beradi. Bu terining siri shundaki, uni olgan kishining barcha istaklari amalga oshadi. Shu bilan birga, terining hajmi ham qisqarib boradi. U qisqarib tugashi bilan teri egasining umri ham tugaydi. Rafael qo‘liga olgan Sharq afsonalarida uchraydigan bu mo‘jizakor teriga quyidagi so‘zlar tilsim kabi o‘yib yozilgan edi. «Mening egam hamma narsaga ega bo‘ladi, ammo uning joniga men ega bo‘laman. Tangri irodasi shu. Istaganingni tila, ijobat bo‘lg‘ay lekin tilagingni hayotingga mosla. Joning – menda. Har bir tilagingdan umring kunlari kamaygani singari men ham kamayaman. Menga ega bo‘lishni istaysanmi? Ol. Senga tangri yor bo‘lg‘ay. Omin!» Qahramon vaqtincha bo‘lsada, umrini cho‘zish maqsadida bu shartga rozi bo‘ladi. Rafael’ terini qo‘liga olishi bilan ishlari yurishib ketadi. Do‘stlari ko‘payadi. Jurnallar uning asarlarini bosishga kirishadi. Avval yigitning sevgisini rad qilgan zodagan ayol Feodora endi Rafael yoniga kelib, unga sevgi izhor qiladi. Ammo Rafael uning sevgisini rad qiladi. Tez orada yigit boyib ketadi. Uning barcha orzulari amalga oshmoqda. Shu bilan birga, terining hajmi ham toboro qisqarib bormoqda. Bir vaqtlar o‘zini-o‘zi o‘ldirmoqchi bo‘lgan Rafael endi, ajal ko‘ziga ko‘rinib turganda, bu fikridan qaytadi. Barcha xohish-istaklarini to‘xtatishga, odamlardan yiroqlashishga urinadi. qahramon terining hajmini kengaytirish, hech bo‘lmasa, uning qisqarishini to‘xtatish maqsadida zamonasining mashhur olimlari bo‘lgan fiziklarga, kimyogarlarga murojaat qiladi. Ammo hech kim sirli terining qisqarish jarayonini to‘xtata olmaydi. Nihoyat, sag‘ri terisi qisqarib tamom bo‘ladi – Rafael o‘ladi. Sag‘ri terisi insonni halokatga mahkum etgan tuzumning ramziy obrazidir. Shunday qilib, burjuaziya jamiyati o‘z qatoridan chiqarib tashlagan kishi muqarrar o‘limga duchor bo‘ladi. Bordi-yu u kishi o‘z umrini biror muddatga cho‘zar ekan, bu tasodifiy bir narsa. Ammo halokatga yuz tutgan kishini suyab qoladigan hech qanday kuch yo‘q. Zotan, Rafael sag‘ri terisiga ega bo‘ladi-yu ammo baxtli bo‘lmaydi. Aksincha, u o‘zidagi insoniy fazilatlardan, odamgarchilik xususiyatlaridan mahrum bo‘ldi. O‘z hayotini doimiy xavf xatar tahlikasi ostiga qo‘ydi. Fransuz adabiyotida tanqidiy realizmning ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Prosper Merimedir. Merime Parijda rassom oilasida (1803-1870 yillarda) tug‘iladi. XIX asrning birinchi choragida fransuz adabiyotida tarixiy mavzuda drama va romanlar paydo bo‘la boshlaydi. Merimening «Jakeriya» 1828 yildagi dramasi ham ana shu mavzuda yaratilgan bo‘lib, bu asarida yozuvchi vatani tarixiga murojaat qiladi va XIV asrdagi dehqonlar qo‘zg‘olonini aks ettiradi. «Karl IX saltanati solnomasi» tarixiy romanini 1829 yili diniy urushlar zamonasidan olib yozgan. Bu roman mavzui XVI asrda 1572 yildagi katoliklar bilan Gugenotlar o‘rtasiadagi diniy xunrezlik voqealariga bag‘ishlangan. Qayta tiklash davri hayoti yozuvchiga fransiyaning uzoq o‘tmish voqealari bilan bog‘liq holda zamonasida avj olayotgan diniy reaksiyani fosh qilishga imkon berdi. Merime jahon adabiyotida novella janrining taniqli ustasi sifatida nom chiqargan. Yozuvchining bu sohadagi asarlari orasida quyidagilar alohida ahamiyatga ega: «Tamango» (1829 y.), «Mateo Falkone» (1829 y.), «Etruss guldoni» (1830 y.), «Ikkiyoqlama xato» (1833 y.). Merime novellalari dramatizmga boy, sodda, aniq, ravon tilda yozilgan. «Tamango» novellasida oq tanli qulfurushlarning kirdikorlarini fosh qiladi. Gyustav Flober (1821-1880 y.) Flober Ruan shahrida vrach oilasida tug‘ildi. Uning adabiy merosi u qadar katta emas. «Bovari xonim» (1856 y.), «Salambo» (1862 y.), «Sezgilar tarbiyasi» (1869 y.), «Avliyo Antoniyning aldanishi» (1874 y.), tugallammagan «Buvar va Pekyushe» (1880 y.) kabi yirik asarlari, uchta povesti, hamda bir necha dramatik asarlari bor. Flober to‘ng‘ich asari Bavari xonimda hayot haqiqatlarini romantik xayolparaslikka qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Yozuvchi bu romanda ikki xil vazifani oldinga suradi. Biri reaksion-romantik asrlarning hayotga yaroqsiz, g‘oyasiz ekanini fosh qilsa, ikkinchisi hamma narsa pul bilan o‘lchanadigan burjuaziya sharoitida qahramon Emmaning chinakam sevgi, do‘stliq go‘zallikka intilishlarining zaminsizligini ko‘rsatadi. Yevropa qit’asida, jumladan Angliyada siyosiy va inqilobiy kurashlar nihoyatda qizib ketgan bir paytda ingliz adabiyotining yirik vaqillari Ch.Dikkens, U.Tekkerey, Sh.Bronte, E.Gaskellar o‘z asarlarida chartistlar harakati ta’sirining ishchilar sinfi orasida kengayib borayotganini aks ettirdilar.
Agar siz haqiqatni yashirib, tuproqqa ko‘msangiz, u beshak unib chiqadi va keyin shunday kuchga aylanadiki, bir kun borib, yerni yorib chiqqach o‘z yo‘lida uchragan jami narsalarni surub tashlaydi. Olg‘a, bir zum ham tinim bilmaydigan hayot bilan birga faqat olg‘a qarab yurish kerak.Emil Zol1840 yilning 2 aprelida Parijda tug‘iladi. XIX asrning 60-yillari o‘rtalarida Zolya o‘zining dastlabki hikoyalari:«Ninon ertaklari» ilk romanlari: «Klodning tavbasi», «Marsel sirlari» va boshqalarni yaratadi. Bular romantiklarga taqlidan yozilgan asarlar edi. Yosh yozuvchida sekin-asta realistlar Balzaq Floberga va naturalistlarga qiziqishi orta bordi. «Tereza Raken» (1867 yil ) romanining muqaddimasida Zolya o‘zining «Ilmiy» romanlarida xarakterlarga emas, balki temperamentlarni o‘rganish haqida so‘z yuritadi. Lekin mazkur romanlarida faqat «Mijoz»gina emas, shu bilan birga, oz bo‘lsada ijtimoiy hayot aks etgan. «Tereza Raken». «Madlen Fera» (1868) romanlari Zolyaning naturalistik ta’limotini aks ettirgan asarlaridir. Naturalizm adabiyoti nazariyasi Zolyaning «Eksperemental roman» 1880 yil, «Romanist naturalistlar», «Naturalizm teatiri» 1881 yil maqolalarida to‘la bayon qilingan. «Naturalizm XIX asr 60-yillarida Yevropa va AQSH adabiyoti va san’atida yuzaga kelgan va realizmga qarama-qarshi o‘laroq voqeylikni faqat tashqi tomonidan aniq aks ettirishga ahamiyat bergan oqim» Shoir va yozuvchi Emil Zolya bir nechta hikoyalar to‘plami, adabiy-tanqidiy kitoblar,publitsistik xarakterdagi maqolalar, dramtik asarlar yaratgan bo‘lsada, romanlari bilan mashhurdir. Bu asarlarning ko‘pi «Rugon Makkarlar» nomi bilan ataladigan turkumga kiradi. Mazkur turkumi Balzakning «Inson komediyasi» kabi ko‘p (to‘plamli) tomli epopeyadir. Bu epopeyasi ustida qariyb 25 yil ishlaydi va 20 ta roman yozadi. Bu asrlar turkumida muallif «Ikkinchi imperiya davridagi bir oilaning tabiiy va ijtimoiy tarixi»ni bermoqchi bo‘ladi. Lekin haqiqatdan ham u hayotning turli tomonlarini qamrab olgan voqealarni aks ettiradi. Zolya bu asarini 1871-1893 yillarda yozadi. Zolya hayotining so‘ngi yillarida yangi seriyadagi romanlari «Uch shahar» 1894-1902 yillar, trilogiyasi va «To‘rt injil» 1899-1902 yillar turkumdagi asrlarni yaratadi. Zolya epopeya asarida Fransiya o‘tmishida eng og‘ir zamon bo‘lgan XIX asrning 50-60 yillariga murojaat etadi. Mamlakat hayotida ro‘y bergan bu jiddiy voqealar Zolya ijodida ham ijtimoiy siljishlar tamon o‘zgarish yasaydi. Burjua jamiyati kirdikorlarini fosh etuvchi asarlari: «Rugonlar mansabi», «O‘lja», «Parij qorni», «Ko‘pik», «Aqcha». ( Halq turmushi haqida: «Tuzoq», «Hamal», «Yer». ( Antiklerikal xarakterdagi: «Palassanni zabt etish», «Abbat Murening gunohi». San’at mavzusidagi: «Ijod». ( Irsiyat masalasidagi: «Inson-hayvon», «Doktor Paskal» kabi asarlarini yaratadi. Yozuvchi «Hamal» 1885 yil romanida fransuz proletariatining ilg‘or otryadlaridan biri Mansudagi ko‘mir konida ishlovchi shaxtiyorlarning benihoyat og‘ir ahvoli va kurashlarini aks ettiradi. Ishchilarning qashshoqlik bilan kun kechirishiga asosiy sabab, kapitalistik ekspulatatsiya ekanini u birinchi marta to‘g‘ri ko‘rsatadi. Romanda sanoat ishchilari sulolasidan bo‘lgan Mae oilasi markaziy o‘rinda turadi. XIX asrning 90-yillarida imperalistik reaksiya kuchaygan vaqtda Zolya antiklerikal ruhda «Uch shahar» romanlari seriyasidan (ya’ni Lurd, Rim, Parij) yaratadi. Xristian dini, Rim papasining yovuz ishlarini fosh etgan bu uch asar katolik cherkovi man etgan kitoblar ro‘yxatiga kiritilgan. «To‘rt injil» turkumidagi romanlari fransuz ishchilari harakatidagi ko‘tarilish davriga bog‘liq ravishda yuzaga kelgandir. Bu seriyadagi asarlar: «Serpushtlik» 1899 yil. «Mehnat» 1901 yil. «Haqiqat» 1902 yil «Adolat» (tugallanmagan) dan iborat. Ulardan eng xarakterlisi «Mehnat»da kapitalistik ekspulatatsiya fosh etilgan, sinfiy ziddiyatlar yanada rivojlangan. Gi de Mopassan 1856-1893 yillar. XIX asrning ikkinchi yarimida yashab, o‘z ijodida o‘sha davr Fransuz voqeligini aks ettirgan yirik realist yozuvchidir. Mopassan Normandiyada kambag‘allashib qolgan eski dvoryan urug‘iga mansub oilada tug‘ilgan. Uning dastlabki hikoyalari 1875 yilda e’lon qilingan. Yozuvchining nomini hamma yoqqa ma’lum qilgan «Do‘ndiq» asari 1880 yil chop etilgan. Mopassan qisqa umri davomida 16 ta roman va ko‘plab maqolalar yozgan. Uning ijodi 3 davrga bo‘linadi. Birinchi davri 1863-1878 yillar asosan she’r va hikoyalar yozadi. «Do‘ndiq» (1880 yil) hikoyasi bilan ijodining 2 (ikkinchi) davri boshlanadi. Mopassanning ko‘pchilik novellalari bosqinchilik urushlarni fosh etishga bag‘ishlangan. Ularda nemis ofitserlarining vaxshiyliklari ko‘rsatilgan, oddiy fransuzlarning vatanparvarlik his-tuyg‘ulari va kurashlari yorqin obrazlarda ochilgan. «Do‘ndiq», «Fifi xonim», «Aqldan ozgan qiz», «Duel», «Ikki oshno», «Milon amaki», «Asirlar» va hakoza. Yozuvchining «Hayot» 1883 yil yozilgan romanida sof qalbli go‘zal aqlli Janna ismli qizning tarixi berilgan. Janna kamtar XVIII asr ma’rifatchilik g‘oyalari ruhida tarbiyalangan baron de Vonning qizi tabiatdan zavqlanadi. Shuning uchun Janna Russoning «Tabiiy inson» ideali mujassamidek ko‘rinadi. U shirin sevgi xayoli, baxtli oila qurish ishtiyoqi bilan yashaydi. Janna o‘zi bilmagan, hatto nomini ham eshitmagan Jyulen de Lamarga turmushga chiqadi. Tez vaqt ichida Janna erining qo‘pol yuzsiz beodob kishi ekanini biladi va baxtli hayot haqidagi xayollari zarbaga uchraydi. Asarda Janna obrazi harakatda berilgan .Dastlab u voyaga yetgan jozibador qiz asar oxirida esa be’mani va dahshatli hayot natijasida erta qarib dardman va keksa kampir qiyofasiga kirib qolgan baxtsiz bir xotin sifatida tasvirlanadi. «Azizim» 1885 yil Mopassanning uchinchi respublika davridagi fransuz burjua jamiyati illatlariavj olgan sotqinlikni fosh etgan ikkinchi muhim romandir. Asarning bosh qahramoni qishloq qaxvaxonachisining o‘g‘li Jorj Dyuruadir. U Afrikada soldat bo‘lib xizmat qilgan va mustamlaka xalqlarni kamsitish va qo‘lga o‘lja kiritishga qaratilgan harakatlarda qatnashadi bular uning xarakterining qupol shaxsiyatparast bo‘lib shakllanishiga ta’sir etadi. Yozuvchining bu asarini o‘zbek tiliga Ibrohim G‘afurov 1975 yil tarjima qilgan. Anatol Frans taxallusi bilan mashhur Anatol TiboParijda sahob oilasida tug‘ildi. Uning «Silvestr Bonnarning jinoyati» (1881), «Tois» romani (1890), «Hozirgi zamon tarixi», «Shahar qayrag‘ochlari tagida» 1897 yil «Toldan qilingan manaken» 1897 yil «Yoqut kuzli uzuk» 1899 yil, «Janob Berjere Parijda» 1901 yil romanlari « Pingviniston oroli» 1908 yil pamflet asarlari bilan fransuz adabiyotini yuksak cho‘qqilarga ko‘targan adibdir. Anri Barbyus1873 yilning 17 mayida tug‘iladi. Uning ilk asari Parijda «Yig‘lovchi ayollar» nomi bilan bosilib chiqadi. To‘plamning qayg‘uli ruhi uning sarlavhasidan ham sezilib turadi. Yozuvchining birinchi romani «Yolboruvchilar» 1903 yil yuzaga keldi. Ikkinchi yirik romani «Do‘zax» 1908 yil real hayotga anchagina yaqinlashadi. Shu yillari Barbyus kichik hikoyalar ham yozadi. 1914 yilda uning «Biz o‘zgachamiz» nomi ostida navellalar to‘plami chiqadi. Yozuvchi urush taassurotlari asosida o‘zining ajoyib antimilitaristik kitobi «O‘t» 1916 yil romanini yaratdi. U G‘arbiy Yevropa adabiyotida hammadan oldin imperalistik urush dahshatlarini fosh etibgina qolmay, keng xalq ommasiga bu urushdan qutilish yo‘lini ham ko‘rsatib berdi. «Ravshanlik» 1918 yil romani o‘zining chuqur g‘oyaviy mazmuni va realizm bilan imperialistik urush xonavayronliklarini klassik tasvirlab bergan. «O‘t» romaniga yaqin turadi. Lui Aragon 1897-1982 yillar U birinchi jahon urushi oxirlarida armiyaga olinadi va shu yillari «so‘l» san’ati guruhlaridan biri da (atayin ma’nosizlantirgan so‘z «dada» bolalarning noaniqg‘uldirab gapirishlariga ishora). Dadaizmning nigilistik programmasiga dastlab bo‘lajak syurrealistlar (o‘ta realistlar) ma’qullaydilar.Aragonning «Feyyerverk» 1920 yil «To‘xtovsiz harakat» 1924 yil «Buyuk shodlik» 1929 yil. «Anise yoki panorama» 1921 yil, «Telemak sarguzashtlari» 1922 yil, «Poytaxt sururi» 1923 yil, «Hur fikrlilik» 1924 yil, «Hayot mavjlari» 1924 yil, «Parij dehqoni» 1926 yil. Uslub haqida traktat (1928) asarlari syurrealizm ta’sirida yozilgan. Aragon ularda kompozitsiyadagi ravonlikni, umuman qismlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish zarurligini rad etadi. Gerxat Gauptman XX asr nemis dramaturgiyasining mashhur vaqili gumanist yozuvchi Gauptman Sileziyadagi kurort shaharchasida Zalsbrunda tug‘iladi. Gauptmanning dramaturgiyasi hayotning turli tamonlarini aks ettiradi. «Quyosh chiqishi oldidan», «To‘quvchilar» dramalarida ijtimoiy-siyosiy masalalar yoritiladi. «Yolg‘izlar» psixologik voqealar, «Cho‘kkan qo‘ng‘iroq» afsonaviy- mifologik mavzuga bag‘ishlangan. «Quyosh chiqishi oldidan» 1889 yil Gauptmanning birinchi yirik dramasidir. Asarda dehqonlarga qarashli yerlarda ko‘mir koni topilganidan so‘ng, uning egalarining boyib maishatga berilib ketishi tasvirlanadi. Gauptmanning 20-30 yillardagi ijodida urushga qarshi chaqiriq kayfiyatlari aks ettirilgan. Jumladan «Gerbert Eberman» da (1922 yil) urushning halokatli ta’siri ko‘rsatilsa, «Doroteya Angerman» (1926 yil) dramasida nemis muxojirlarining Amerikadagi og‘ir turmushiga bag‘ishlanadi. «Kun botishidan oldin», «Hayot shami» 1932 yil dramasida eski nemis madaniyatining yemirilishi beor va gerdaygan burjua karcholonlarining zo‘ravonlikka intilishlari hajviy bo‘yoqlarda berilgan. U o‘tmish voqealariga bag‘ishlab pyesalar yaratadi, biroq bu pyesalarda zamona hayotiga ishora qilingani sezilib turadi. Bular antik mavzudagi «Ifigeniya Avlidada» 1934 yil «Ifigeniya Delfada» 1941yil «Agamemnonning o‘limi» 1944 yil «Elektra» 1945 yil dramalaridir. Gauptman 1946 yilda 83 yoshida vafot etadi. Genrix MannLyubek shahrida boy va madaniyatli byurger-savdo ishi bilan shug‘ulanuvchi oilada tug‘iladi. Uning birinchi mustaqil asari «Sharbat qirg‘oqlari»da «Orzu qilingan yerda» 1900 yil. Uning fosh etuvchi satirasi ochiq ko‘rinadi. «Sharbat qirg‘oqlari» romanining qahramonlari chekka viloyatdan kelgan kambag‘al student Andreas Sumzedir. Unga Berlinning g‘arbiy kvartalida birjachilar, bankirlar, savdogarlar sotqin burjua jurnalistlari yashaydigan boy mahallada, tekin daromad manbai-sharbat qirg‘og‘i, sutbulog‘i bo‘lib ko‘rinadi va o‘sha yerni orzu qiladi. Andreas qiynalib bo‘lsa ham o‘sha muhitga kirib oladi, so‘ngra uning yaramas ta’siri ostida tez buziladi. «Ma’budalar» 1902-1903 yillar trilogiyasida ijtimoiy hayot san’at va muhabbat masalalari tasvirlanadi. Asar qahramoni gersoginya Violenta Assidir. G. Mann hajviyotining yuksak namunasi «Imperiya» trilogiyasining birinchi romani «Sodiq fuqaro» (1941)dir. Unda zo‘ravonlik va monarxiya tartiblarining himoyachisi «Ma’suliyatni his etmaydigan shovinist» obrazi yaratiladi. Romanning bosh kahramoni Didrix Gessling. Trilogiyaning davomi «Kambag‘allar», «Boshliq» asarlaridan so‘ng yozuvchining yangi davri boshlanadi. Bu davrda Genrix IVhaqida epopeyasini yaratadi. Bu «Genrix IV yoshligi» va «Genrix IV yetuklik davri» (1935-1939 yillar) deb ataluvchi 2 tomlik romanini yozadi. Genrix haqidagi asarida Fransiyaning XVI asriga murojaat etadi. Anna Zegers. 1900-1983 yillarAnna Zegers-yozuvchining adabiy taxallusi. Uning asl ismi Netti Radvani bo‘lib, Reyn daryosi sohilida joylashgan Mayns shahrida badavlat ziyoli oilasida tug‘iladi. Netti Radvani o‘z ijodini hikoyalar yozish bilan boshlaydi. Bu hikoyalarning ba’zilari «Amerika vakolatxonasiga boradigan yo‘l bo‘ylab» 1930 yil to‘plamiga kiritiladi. Yozuvchining eng yaxshi hikoyalarida oddiy kishilar taqdiriga achinish sezilib turadi. 1928 yilda chop etilgan «Baliqchilar qo‘zg‘oloni» qissasi endi yozuvchining adabiy taxallusi-Anna Zegers nomi bilan chiqadi. Bu asar Germaniyada avj olgan ishchilarning o‘z huquqlari uchun olib borayotgan kurashlari bilan bog‘lanib ketadi. 1933 yilning boshida fashistlar davlatni bosib olgach A.Zegers Fransiyaga ketadi. Usha yerda fashizm yirtqichliklarini fosh etadigan asarlar yaratadi. «Telman va Gitler» kitobida nemis ishchilari harakatining dohiysi Telmanning yorkin qiyofasi tasvirlansa Gitler avantyurizmni qoralaydi. «Yettinchi but» romani 1937 yilda «Vestgofen» konslageridan qochgan yetti mahbus haqida hikoya qiladi. Ulardan oltitasi qo‘lga tushadi va qatl etiladi. Fashistlar ularni mix-shiydali krestga bog‘lab,qiynab o‘ldiradilar. Yettinchisi esa Geogr Geysler Gollandiya kemasida chet elga o‘tib ketadi. Geogrni jazolash uchun tayorlangan yettinchi but (krest) bo‘sh qoladi. Anna Zegersning «Barhayot o‘liklar» (1949 yil) romani 1918 yildan 1943 yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oldi. Bular Saksoniya va Rurdagi sinfiy kurashlar, prezident saylovlari Purussiya hukumatining ag‘darilishi, fashistlar ig‘vosi va Reyxstagga o‘t qo‘yilishi, natsistlarning davlat tepasiga chiqishi, Myunxen bitimi Ikkinchi jahon urushining boshlanishi, nemis-fashist armiyasining Stalingradda tor-mor etilishi va boshqalardir. Yozuvchining «Ahd» (1959 yil) romanida gitlerchilar tor-mor etilgandan so‘ng vujudga kelgan Germaniya Demakratik Respublikasida juda qiyin sharoitda yangi hayot qurish jarayoni aks ettiriladi. Roman voqealari 1947-1957 yillarni qamrab oladi. XIX asrning oxiri va XX boshida qaror topgan tanqidiy realizm adabiyoti o‘z mohiyati bilan demokratik xarakterdadir. Tanqidiy realizm burjua jamiyati va uning zulm dahshatlariga qarshi noroziliklarni aks ettiradi. Har bir yozuvchining qobiliyati va dunyoqarashiga qarab bu norozilik turli meyorda, ba’zilarida kuchli, ba’zilarida mo‘tadil namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga realistlar o‘z ijodlarida tinchliq ozodlik g‘oyalarini ham ifoda etadilar. Lekin hali bu tipdagi yozuvchilarning ko‘plari xalq ommasidan uzoq edilar, shuning uchun ular ozodlikka erishish yo‘llarini ham to‘g‘ri tasavvur qila olmasdilar. Bunga ularning turlicha muhitda yashaganliklari va ba’zan idealistik-reaksion qarashlar ta’siriga tushib qolishlari sababchidir. Masalan, insonparvar Anatol Frans hayotning ma’lum davrida tarixning takrorlanish g‘oyasini yoqlagan. R.Rollan esa ancha vaqtgacha yomonlikka yaxshilik qil, zo‘ravonlikka qarshi turma degan falsafani targ‘ib qilgan. Mopassanga esa, ijodining provordida, Shopengauer falsafasi ta’sir ko‘rsatgan. J. London esa ba’zi vaqtlarda Spenser va Nitsshe qarashlariga yaqin turgan. Bundan tashqari tanqidiy realizm o‘z rivoji davomida turli adabiy oqimlarga duch kelgan va qisman ular ta’siri ostida ham bo‘lgan. Masalan, naturalizm Mopassan, Genri Mann, T.Drayzer, simvolizm Ibsen, Gauptman, Rollan ijodiga ta’sir etgan. Romantizm esa M.Tven, J.London, Ibsen ijodlarida realizm bilan qorishiq holda davom etgan. Bu taraqqiyparvar yozuvchilar turli adabiy an’analardan foydalanadilar, lekin ular ijodiga xos narsa demokratiya, ozodlik va tinchliq tenglik bo‘lib, burjua hayosizligiga qarshi kurash asosiy masala tarzida qolaveradi. G‘arbiy Yevropaning ko‘p yerlari, shu jumladan Skandinaviya hamda slavyan mamlakatlari milliy adabiyotlarida realizm qaror topadi va adabiy oqimlar orasida u asosiy yo‘nalish sifatida qoladi. G‘arbdagi realistik adabiyotning rivojiga rus yozuvchilaridan L.Tolstoy, A.P.Chexov, I.S.Turgenevlarning ijobiy ta’siri nihoyatda katta bo‘lganligi shubhasiz. XIX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan naturalizm ham o‘sha davr adabiyotida ma’lum rol o‘ynadi. Naturalizm negizida Ogyust Kont va boshqalarning pozitivizm falsafasi va estetikasi yotadi. Pozitivistlar tabiat qonunlari bilan jamiyat qonunlari o‘rtasida prinsipial farq borligini ko‘rolmaydilar. Garchi naturalistlar hayotni qanday bo‘lsa, shunday tasvirlashga urinsalar ham, aslida ular turmushning chuqur mohiyatini ochmay, balki mayda-chuydalarigacha qoldirmay ko‘rsatadilar. Umuman olganda bugungi kunda jahon xalqlari adabiyotini o‘rganish va uning boy xazinasidan bahramand bo‘lish, ayniqsa xorijiy tillarni o‘rganayotgan talabalar uchun ahamiyati kattadir Badiiy adabiyot orqali biz xalqlarning milliy an’analarini urf-odatlarini hamda har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini ham o‘rganamiz
XIX asr tanqidiy realizm adabiyoti shu davrning buyuk ijodkorlari Stendal, Balzaq Dikkens, Flober, Geney, Bicher-Stou, J.Beranje, P. Merime, U.Tekkerey kabi san’atkorlar ijodida o‘z ifodasini topgan. Bu yozuvchilar burjua sharoitida harakat qilayotgan, o‘sha sharoit, o‘sha muhitda qaror topgan hamda o‘sha muhit va sharoit uchun xarakterli bo‘lgan tipik xarakterlarni, tipik obrazlarni yaratishga muaffaq bo‘lganlar. Stendalning Jyulyen Sorel, Balzakning Votren, Rastinyaq Dikkensning Nikolas Nikklbi, Tekkereyning Rebekka, Sharp kabi qahramonlari tipik sharoitning tipik obrazlari hisoblanadi. Tanqidiy realizm qaror topishida Stendal qarashlari ham muhim rol o‘ynaydi. U o‘zining «Rasin va Shekspir» 1825 yilgi risolasida san’at va san’atkorning roli haqida gapirar ekan, XVIII asr ma’rifatparvarlariga ergashadi. Klassitsizm san’atining qotib qolgan dogmalariga qarshi, san’at ijtimoiy hodisa ekanini, u davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib turishini ko‘rsatadi. Stendalning fikricha, san’at ijtimoiy maqsadlarga xizmat qilishi, o‘z davrining o‘tkir quroli bo‘lishi kerak. San’atkor o‘z san’atiga ommani ergashtirishi lozim. Tanqidiy realizm romantizmdan farqli o‘laroq, tasvirlayotgan voqea va hodisalarning asl mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. U har bir voqea va hodisaga tarixiy jihatdan aniq yondashadi. Shuning uchun tanqidiy realizm adabiyotida tarixiylik muhim rol o‘ynaydi. Tanqidiy realizm adabiyoti vaqillari zulumga asoslangan tuzumni, uning vaqillarini ayovsiz fosh qilib tashlaydi. Agar yozuvchi tasvirlayotgan voqea-hodisalarga tanqidiy yondoshmasa, tanqidiy realizm adabiyotining vaqili bo‘la olmaydi. Chunki burjua tuzumi haqida haqiqatni gapirish o‘sha tuzum illatlarini ko‘rsatishni taqoza qiladi. Ajoyib ingliz romanistlar pleyadasini tashqil qiluvchi Dikkens bilan Tekkerey miss Bronte va mistris Gaskell hamda Balzaklar o‘z asarlarida kapitalizm dunyosiga nisbatan ana shunday murosasiz munosabatda bo‘lganlar. Bu yozuvchilar o‘z qahramonlarining ichki dunyosini butun murakkabligi va ruhiyati bilan yoritib bera olganlar.
Download 399.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling